SamDUKF Yoshlar ittifoqi
833 subscribers
5.92K photos
581 videos
104 files
1.32K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#SamDUKF
#Yoshlar_ittifoqi
#Munozara #koordinatorlar_faoliyati
"Munozara" debat turniri o'tkazildi


Joriy yilning 30-aprel kuni SamDU Kattaqo'rg'on filialida Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi H.Rashidov, Intellektual loyihalar koordinatori S.Toshtemirova, "Zakovat" klubi koordinatori S.Baxtiyorov, fakultet Intellektual loyihalar koordinatori Sh.Axmedovalar tomonidan tashkillashtirilgan "Munozara" debat turniri bo'lib o'tdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rinni Filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tili yo'nalishi;
2-o'rinni Pedagogika yo'nalishi
3-o'rinni Pedagogika yo'nalishi talabalari egalladi.
G‘olib jamoalar filial direktorining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#milliy_qadriyatlar_sayli
#SamDUKF_YI_BT
#koordinatorlar_faoliyati


Bugun, 30-aprel SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularning turli yoʻnalishdagi qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida "Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri doirasida "Arqon tortish", Stol tennisi, Shaxmat-shashka hamda Voleybol kabi sport musobaqalari oʻtkazildi. Filial professor oʻqituvchilari va Boshlangʻich tashkilot koordinatorlari ham faol ishtirok etgan ushbu tadbir koʻtarinki taassurotlarga boy boʻldi.
#SamDUKF
#Yoshlar_ittifoqi
#Munozara #koordinatorlar_faoliyati

"Munozara" debat turnining Samarqand viloyat bosqichida talabalarimiz faol ishtirok etishdi.

Joriy yilning 1-may kuni SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti talabalari "Munozara" debat turnining Samarqand viloyat bosqichida faol ishtirok etishdi. O'yin turli bahs-munozaralarga boy bo'ldi. Keyingi o'yinlar uchun foydali takliflar aytilib, xulosalar chiqarildi...

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Talabalik_bahori #Intellektual_haftalik
#koordinatorlar_faoliyati

Joriy yilning 2-may kuni Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo'rg'on filiali Boshlangʻich tashkiloti tomonidan Zakovat intellektual musobaqasining Pedagogika va tillarni o'qitish fakultet bosqichi o'tkazildi. Musobaqada kafedralardan faxrli o'rinni egallagan jamoalar ishtirok etishdi. Musobaqani fakultet dekani A.Sobirov, dekan o'rinbosari F.Ismatov jamoalarga omad tilagan holda ochib berishdi hamda yo'nalish tyutorlari, filial koordinatorlari musobaqaga hakamlik qilib, uning adolatli va shaffof tarzda oʻtkazilishini taʼminlashdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o'rin "Parvoz" jamoasiga;
2-o'rin "Renessans" jamoasiga;
3-o'rin "Besties" jamoasiga nasib etdi.
Jamoalarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Siz ham o'z intellektingizni rivojlantirmoqchi bo'lsangiz, bizning safimizga qo'shiling.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#navbatdan_tashqari_yigʻilish
#koordinatorlar_faoliyati


Joriy yilning 13-may kuni SamDU Kattaqo'rg'on filialida Boshlangʻich tashkilot koordinatorlari tomonidan talaba qizlar oʻrtasida navbatdan tashqari yigʻilish o'tkazildi. Unda filial Talaba qizlar koordinatori Sh.Hasanova, Besh tashabbus loyihalar koordinatori S.Samadova, "Yoshlar daftari" va metsenatlik dasturlari koordinatori M.Roʻziyeva hamda fakultet koordinatorlari ishtirok etib, talaba qizlarning odob-axloqi, iffati uning go'zalligining asosi ekanligi, hayolilik va pokizalik ularning shiori bo'lishi, kiyinish madaniyati toʻgʻrisida muhim tavsiyalar berishdi. Muammoli holatlarni muhokama qilishdi. Talaba qizlar o'zlarining taklif va savollarini berib, kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
#besh_tashabbus
#koordinatorlar_faoliyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning Mart oyida yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda xotin-qizlarning bandligini ish bilan taʼminlash maqsadida 5 muhim tashabbus ilgari surildi.
Shu munosabat bilan bugungi kunda yurtimizda koʻplab oliy taʼlim muassasalarida, turli xil davlat rasmiy tashkilotlarida xotin-qizlar bir qancha kasb va hunarlar yordamida ish bilan taʼminlab kelinmoqda. Jumladan, SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida ham YI Boshlangʻich tashkilot tomonidan tikuvchilikda mahorati bor talaba qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida "Tikuvchilik klubi" tashkil etildi. Hozirda filial talaba qizlari kiyim-kechak, pardalarni bichish, tikish, ularni har xil munchoqlar bilan bezash, turli aksessuarlarni yasash kabi mashgʻulotlar bilan oʻzlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazib kelishmoqda.
#profilaktik_uchrashuv
#koordinatorlar_faoliyati

Joriy yil 15-may kuni SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali talabalar turar joyida yotoqxonada yashovchi va koʻp sonli boʻlib turadigan hostellardagi talabalar bilan filial Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot yetakchisi, profilaktika inspektori va yoʻnalish koordinatorlari Sh.Hasanova, M.Roʻziyeva, S.Samadovalar ishtirokida profilaktik uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda filial yotoqxona mudirasi B.Aripova TTJ nizomi, uning ichki tartib qoidalari bilan yana bir bor tanishtirib oʻtdi. Profilaktika inspektori X.Haydarov talabalar orasida Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish boʻyicha maʼruza qildi. Filial BT yetakchisi H.Rashidov tomonidan talabalarga TTJ da istiqomat qilishda tozalikka rioya etishlari, oʻqish jarayonida odob-axloq qoidalariga amal qilishlari kerakligi toʻgʻrisida zaruriy tavsiyalar berildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Yashil_makon_loyihasi_amalda
#SamDUKF_YI_BT
#koordinatorlar_faoliyati

Yoshlar ittifoqining endilikda oʻz bogʻi bor

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga binoan hozirgi kunda barcha davlat tashkilotlarida, oliy taʼlim muassasalarida daraxt koʻchatlari oʻtqazish, rango-rang gullar bilan atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Shu jumladan, bugun 24-may kuni Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Yoshlar ittifoqi bogʻi" yaratildi. Unda filial boshlangʻich tashkilot yetakchisi H.Rashidov, yoʻnalish va fakultet koordinatorlari hamda "Qalqon" jamoatchilik harakati aʼzolarining faolligida "Yoshlar ittifoqi bogʻi" shakllantirilib, turfa xil daraxt koʻchatlari va manzarali gullar ekildi.
#ichki_turizm
#SamDUKF_YI_BT
#koordinatorlar_faoliyati

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi H.Rashidov boshchiligida filial va fakultetlar koordinatorlari qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida Registon majmuasi, Bibixonim masjidi, Islom Karimov qabriga tashrif uyushtirildi.