SamDUKF Yoshlar ittifoqi
832 subscribers
5.92K photos
581 videos
104 files
1.32K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#navbatdan_tashqari_yigʻilish
#SamDUKF_YI_Boshlangʻich_tashkiloti


Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali Boshlangʻich tashkiloti tomonidan filial koordinatorlari, fakultet koordinatorligiga nomzodi qoʻyilgan talabalar hamda guruh sardorlari bilan navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar koʻzda tutilib, talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va ularning iqtidorlarini namoyon qilish maqsadida tashkil etilishi mumkin boʻlgan koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisida bevosita fikr almashinildi.
#navbatdan_tashqari_yigʻilish
#koordinatorlar_faoliyati


Joriy yilning 13-may kuni SamDU Kattaqo'rg'on filialida Boshlangʻich tashkilot koordinatorlari tomonidan talaba qizlar oʻrtasida navbatdan tashqari yigʻilish o'tkazildi. Unda filial Talaba qizlar koordinatori Sh.Hasanova, Besh tashabbus loyihalar koordinatori S.Samadova, "Yoshlar daftari" va metsenatlik dasturlari koordinatori M.Roʻziyeva hamda fakultet koordinatorlari ishtirok etib, talaba qizlarning odob-axloqi, iffati uning go'zalligining asosi ekanligi, hayolilik va pokizalik ularning shiori bo'lishi, kiyinish madaniyati toʻgʻrisida muhim tavsiyalar berishdi. Muammoli holatlarni muhokama qilishdi. Talaba qizlar o'zlarining taklif va savollarini berib, kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.