SamDUKF Yoshlar ittifoqi
831 subscribers
5.91K photos
577 videos
104 files
1.31K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#SamDUKF
#Yoshlar_ittifoqi
#9_may

🏛 Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filialida erta tongdan 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan filial Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tomonidan shahar nuroniylari, filial professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlariga "Sharaf lentalari" tarqatildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#SamDUKF
#Final

Ayni paytda SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Zakovat" intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 13 ta jamoa qatnashmoqda.
1-2-3-o‘rinlarni egallagan jamoalar pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

👍 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
#Yashil_makon_loyihasi_amalda
#SamDUKF_YI_BT
#koordinatorlar_faoliyati

Yoshlar ittifoqining endilikda oʻz bogʻi bor

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga binoan hozirgi kunda barcha davlat tashkilotlarida, oliy taʼlim muassasalarida daraxt koʻchatlari oʻtqazish, rango-rang gullar bilan atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Shu jumladan, bugun 24-may kuni Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Yoshlar ittifoqi bogʻi" yaratildi. Unda filial boshlangʻich tashkilot yetakchisi H.Rashidov, yoʻnalish va fakultet koordinatorlari hamda "Qalqon" jamoatchilik harakati aʼzolarining faolligida "Yoshlar ittifoqi bogʻi" shakllantirilib, turfa xil daraxt koʻchatlari va manzarali gullar ekildi.
#SamDUKF_YI_BT
#Qalqon_jamoatchilik_guruhi


IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI TALABALAR DOIMO NAZORATDA

SamDU Kattaqo’rg’on filialida talabalar bilan ishlash, ularning holidan xabar olish va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish ishlari muntazam davom etib kelmoqda.

Jumladan, kuni kecha, 24-may kuni Yoshlar ittifoqi filial boshlangʻich tashkilot yetakchisi H.Rashidov, filial koordinatorlari, "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari birgalikda ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olishdi.

Jarayon davomida talabalarning yashash joyida yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi.
#ichki_turizm
#SamDUKF_YI_BT
#koordinatorlar_faoliyati

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi H.Rashidov boshchiligida filial va fakultetlar koordinatorlari qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida Registon majmuasi, Bibixonim masjidi, Islom Karimov qabriga tashrif uyushtirildi.
#Tashabbus
#SamDUKF

IQTIDORLI TALABALARNING DASTLABKI GURUHI POYTAXTIMIZDAGI NIZOMIY NOMIDAGI TDPUGA YETIB KELDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sh.Urakov tashabbusi bilan tashkil qilingan guruhlar reytingida yetakchi guruhlardan Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 2-kurs BT_22_13-guruh (2-o‘rin) hamda Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs FT_22_09-guruh (3-o‘rin) talabalari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga yetib keldi.
Talabalar universitetning o‘quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishlardagi faoliyati, yutuqlari bilan yaqindan tanishdi.
Ma'lumot uchun, reytingda 1-o‘rinni egallagan Matematika yo‘nalishi 3-kurs M_21_01-guruh talabalari O‘zbekiston milliy universitetiga yo‘l oldi. Bu haqda ham qisqa fursatda ma'lumot beramiz!

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SamDUKF_YI_BT

📹 Sen yetim emassan (o'zbek film)

1 Iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan ushbu filmni sizga havola etamiz.

1962-yili suratga olingan “Sen yetim emassan” filmi oʻzbek kinosining durdonalaridan biri hisoblanadi. Film hayotiy voqealarga asoslangan boʻlib, unda toshkentlik temirchi Shomahmud Shoahmedov va uning turmush oʻrtogʻi Bahri aya Akramovalarning II jahon urushi paytlarida ittifoqning turli hududlaridan Toshkentga keltirilgan har xil millatga mansub 14 nafar bolani boqib olgani haqida hikoya qilinadi.
#Imtihon
#SamDUKF

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Nazoratlar yozma, og‘zaki-yozma, test hamda amaliy shakllarda olinib, talabalar bilimi baholanmoqda.

Baholash jarayonlarining adolatli va shaffof, korrupsiyon holatlardan holi ravishda o‘tkazilishi uchun filial Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat bo‘limi boshlig‘i Elbek Xudoyqulov hamda boshqa mas'ullar tomonidan doimiy kuzatuvlar olib borilmoqda.

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#Rag_bat
#SamDUKF

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida o‘tgan may oyida "Ma'rifat ulashib" hamda "Milliy qadriyatlar sayli" nomli nufuzli respublika tadbirlari o‘tkazildi. Unda filial jamoasi faol ishtirok etdi.

Ushbu tadbirlarda faol qatnashib, tashabbusi va fidoyiligi bilan munosib hissa qo‘shgan bir guruh filial xodimlari rag‘batlantirildi.

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov