SamDUKF Yoshlar ittifoqi
832 subscribers
5.91K photos
577 videos
104 files
1.31K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#XUSHXABAR
#AYNI_PAYTDA

Muvaffaqiyatli yurishda davom etamiz!
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabasi Muxlisa Baxranova "Odam savdosi davr muammosi" mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi respublika bosqichida 1-o'rinni egalladi.
Forwarded from MATBUOT XIZMATI
#ayni_paytda

Айни вақтда шаҳар 2-сон Мусиқа ва санъат мактабида "Зулфия" номидаги Давлат мукофоти танловининг шаҳар босқичи ўтказилмоқда.

https://t.me/kurganpress
#ayni_paytda

ZAKOVATLI TALABA YOSHLAR ZAKIYSI SINALMOQDA

SamDUKF Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetida talabalar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o'yinining fakultet saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 1- va 2-kurs talabalaridan iborat o'nga yaqin jamoalar o'z bilim va iqtidorlarini namoyon etishmoqda.
#AYNI_PAYTDA

BUYUK AJDODIMIZ TAVALLUDI NISHONLANMOQDA

Ayni paytda SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetida ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
#AYNI_PAYTDA
#YOSHLAR_OYLIGI

YOSHLAR OYLIGI DOIRASIDA "DIREKTOR KUBOGI" MUSOBAQASI O'TKAZILMOQDA

SamDU Kattaqo'rg'on filialida "Yoshlar oyligi" doirasida "Bilim va tafakkurimiz — shu el uchun, shu yurt uchun!" shiori ostida sportning mini-futbol turi bo'yicha "Direktor kubogi" musobaqasiga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida filial direktori Sh.Urakov mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar ta'lim-tarbiyasi, iqtidorini qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarga to'xtalib, barcha talabalarga omad tiladi.

Mini-futbol boshlandi. Ishtirokchilar 9 ta jamoa bo‘lib, qur'a tashlash orqali maydonga tushishmoqda. Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetining Sport faoliyati va O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishlari talabalaridan iborat jamoalari musobaqani boshlab berdi.
#ayni_paytda
#zakovat
#SamDU_KF_YI_BT

TALABADA BO'SH VAQT YO'Q, UNI "ZAKOVAT" BILAN O'TKAZAMIZ!

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o’qitish fakultetida Yoshlar ittifoqi filial boshlang’ich tashkiloti yetakchisi J.Abduraxmonov, Intellektual loyihalar yo’nalishi koordinatori Sh.Axmedova va filial “Zakovat” klubi koordinatori H.Rashidovlar tomonidan "Zakovat" intelektual o'yini "Talabalar ligasi"ning navbatdagi soni o'tkazilmoqda. Talabalar ligasini Kattaqo‘rg‘on shahar "Zakovat" koordinatori B.Esanboyev olib bormoqda.

Musobaqada filial iqtidorli talabalaridan iborat 12 ta jamoa o'zaro kuch sinashishmoqda.
#Ayni_paytda
#SamDU_KF
#Sifat_samaradorlik

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN NAVBATDAGI SEMINAR-TRENING TASHKIL QILINDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida davom etayotgan "Ta'lim sifati va samaradorligi oyligi" doirasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, pedagogik-psixologik bilimlarini takomillashtirish, dars jarayonlarini tashkil etishning pedagogik qonuniyatlari va mexanizmlari hamda o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari bo‘yicha o‘zaro malaka va tajriba almashishini ta'minlash maqsadida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim, sport kafedrasi mudiri To‘lqin Eshquvvatov "Muvaffaqiyatli ta'limning psixologik asoslari: o‘quv motivlari, ta'lim va tarbiya psixologiyasi" mavzusida ma'ruza o‘qidi.
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#Ayni_paytda
#SamDU_KF

"SUG‘DIYONA" xalq cholg‘ulari orkestri SAMDU KATTAQO‘RG‘ON FILIALIDA

Ayni paytda SamDUning Kattaqo‘rg‘on filialida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tashabbusi bilan xalqaro tanlov va festivallar sovrindori "Sug‘diyona" xalq cholg‘ulari kamer orkestrining konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova, filial direktori Sh.Urakov, shuningdek, davlat idoralari, muassasa va tashkilotlari rahbarlari, talabalar, Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi ishtirok etmoqda.
#OTA_ONALAR_KONGRESI
#Ayni_paytda

SHERZOD URAKOV: OTA-ONALAR FAOLIYATIMIZDAGI ENG YAQIN HAMKORLARIMIZDIR!

Bugun, 3-may kuni SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida navbatdagi ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Filial hamda ota-onalar hamkorligini mustahkamlash eng asosiy maqsad etib belgilangan ushbu tadbirda bugun Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ta'lim olayotgan talabalarining ota-onalari ishtirok etmoqda.

Unda so‘zga chiqqan filial direktori Sh.Urakov ota-onalar filialimiz o‘quv jarayonlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, yoshlar bilan ishlashdagi eng yaqin hamkorlar ekanligini e'tirof etdi. Ayni paytda bo‘lg‘usi pedagog kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan filial faoliyatida ko‘zlangan yuqori natijalarga erishishda ota-onalar bilan mustahkam hamkorlik qilish muhim ekanligini qayd etdi. Zarur taklif va tavsiyalarga to‘xtalib, ota-onalarning murojaatlarini tinglamoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_paytda

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar jarayonida mehmonlar daraxt o‘tqazib, filial faoliyati bilan tanishdi.


A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
SamDUKF Yoshlar ittifoqi
Video message
#Ayni_paytda

Kattaqoʻrgʻon shahri Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida "Barhayot anʼanalar" shiori ostida SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali talabalari ishtirokida "Milliy qadriyatlar" sayli boʻlib oʻtmoqda.
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#Ayni_paytda
#SamDUKF

"TENGDOSH TENGDOSHGA KO‘MAKCHI"

Ayni paytda SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamkorligida yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh tengdoshga ko‘makchi" loyihasi tadbirlari boshlanish arafasida.

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#Ayni_paytda

YOSHLAR TANTANALI KUTIB OLINDI!

Ayni paytda yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamkorligida "Tengdosh tengdoshga ko‘makchi" loyihasi tadbirlarlarining ochilish marosimi boshlandi.

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati raisi D.Azizova, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari J.Nosirov, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori birinchi o‘rinbosari Sh.Mustafayev, ittifoq koordinatorlari, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etmoqda.

Bugungi loyiha doirasida talabalar o‘rtasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi", "Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" seminari, "Munozara", "Kitobxon talaba", "Zakovat" intellektual o‘yinlari, turli sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov