SamDUKF Yoshlar ittifoqi
1.1K subscribers
6.42K photos
676 videos
138 files
1.47K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@Rashidov_Husniddin
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#OTA_ONALAR_KONGRESI
#Ayni_paytda

SHERZOD URAKOV: OTA-ONALAR FAOLIYATIMIZDAGI ENG YAQIN HAMKORLARIMIZDIR!

Bugun, 3-may kuni SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida navbatdagi ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Filial hamda ota-onalar hamkorligini mustahkamlash eng asosiy maqsad etib belgilangan ushbu tadbirda bugun Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ta'lim olayotgan talabalarining ota-onalari ishtirok etmoqda.

Unda so‘zga chiqqan filial direktori Sh.Urakov ota-onalar filialimiz o‘quv jarayonlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, yoshlar bilan ishlashdagi eng yaqin hamkorlar ekanligini e'tirof etdi. Ayni paytda bo‘lg‘usi pedagog kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan filial faoliyatida ko‘zlangan yuqori natijalarga erishishda ota-onalar bilan mustahkam hamkorlik qilish muhim ekanligini qayd etdi. Zarur taklif va tavsiyalarga to‘xtalib, ota-onalarning murojaatlarini tinglamoqda.