Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
982 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"
❗️Alisher Navoiy haqida qiziqarli maʼlumotlar

🔹Turk sultoni Sulaymon Qonuniy (“Muhtasham yuz yil” orqali tanish) Alisher Navoiy ijodiga yuksak ehtirom koʻrsatgan va “Xazoyinul-maoniy”, “Xamsa” singari asarlari qoʻlyozmasini kutubxonasida saqlagan.

🔹Navoiyning etnik mansubligi ustida oʻzbeklar va uygʻurlar tortishib kelishadi.

🔹Navoiy fuqaro uchun oʻz hisobidan madrasa, xonaqoh, kutubxona, shifoxonalar bunyod ettirgan.

🔹Navoiy faylasuf va soʻfiy boʻlgan.

🔹1942-yilda Navoiyning 442-yilligiga bagʻishlab Sovet ittifoqida pochta markalari bosib chiqarilgan.

🔹XVI asrdan XX asr boshlarigacha Alisher Navoiyning asarlari Oʻrta Osiyoning barcha madrasalariga oʻqish darsligi sifatida kiritilgan.

🔹1947-yilda “Alisher Navoiy” filmi suratga olingan. 1980-yilda esa 10 seriyali videofilm ishlangan.

🔹Merkuriydagi kraterlardan biriga Navoiy nomi berilgan.

🔹Moskva, Toshkent, Oʻsh, Baku, Samarqand, Navoiy va Tokio shaharlarida Navoiyga haykal oʻrnatilgan. Olma-Ota, Kiyev, Baku, Ashxobod va yurtimizning koʻplab shaharlaridagi koʻchalar Navoiy nomi bilan ataladi.

🔹2007-yilning aprelida Vashingtonda “Alisher Navoiy va uning Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyotiga taʼsiri” mavzuida konferensiya oʻtkazildi.

🔹2009-yildan boshlab Astraxanda Alisher Navoiyga bagʻishlab har yili madaniy tadbir oʻtkazib kelinadi.

🔹Navoiyning qoʻlyozmalari Rossiya, Angliya, Turkiya, Eron, AQSH, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar kutubxonalari hamda muzeylarida saqlanadi.

🔹Deyarli barcha oʻzbek shoirlari ijodida Navoiyga bagʻishlangan sheʼr topish mumkin.
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

#Navbahor tumanidagi DMTTlarida hazrat Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 581 yilligi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ularda tarbiyalanuvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, g‘azallar va ruboiylar ifodali aytilmoqda

1️⃣ 6-sonli DMTT kichik guruh tarbiyalanuvchilari "Syujetli rolli o‘yinlar markazi" da "Non isi" rivoyatini ijro etishmoqda

2️⃣ 7-Sonli DMTTda bo‘lib o‘tgan navoiyxonlik kechasi

3️⃣13-Sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi "Navoiyga ta'zim" tadbiri

4️⃣ 1-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan ifodali aytilgan Navoiy g‘azallari

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi MTTlarida o‘tkazilgan tadbirlardan videolavhalar

1️⃣ 9-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ijrosidagi raqs

2️⃣ 20-sonli DMTTning "Qoqio't" tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi Parizoda Serverova

3️⃣ 26-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi sahna ko‘rinishi

4️⃣ 30-sonli DMTT tarbiyachilari ishtirokidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

🌺Bugun 9-fevral o‘zbek adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining qutlug‘ 581 yilligi yurtimiz bo‘ylab cheksiz ehtirom bilan keng nishonlanmoqda.

📚Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g‘azallar bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq. 51230 misradan tashkil topgan. "Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. "Xazoyin ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat.

✍️Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo‘lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag‘ishlagan. Bobokalonimiz faqat Hirotda emas, Xurosonning barcha viloyatlarida ham ko‘plab xayriya uylari, ko‘prik va rabotlar, hovuzlar barpo ettirgani tarixdan bizga ma’lum. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o‘z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko‘makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo‘lganlar.
Telegram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

✍️ALISHER NAVOIY HIKMATLARI

🔰 U yerdan bu yerga gap tashuvchilar elning gunohini o’z bo’yniga oluvchilardir. Chaqimchilik hatto chin gap bo’lsa ham ko’ngilsizdir, yolg’on bo’lsa yanada nafratlidir. So’z yetkazuvchining xoh kattasi, xoh kichigi — do’zax o’tining tutanturug’i bil.

* * *

🔰Yolg’onchi odam — unutuvchi; u andisha va ehtiyotdan chetda turuvchi. Har kimning so’zi chin bo’lmasa, rostgo’ylar ko’ngliga u so’z qabul bo’lmas. Yolg’onchi o’zining yolg’on so’ziga bir-ikki marta ishontiradi, keyin nima qiladi? Yolg’onchiligi ma'lum bo’lgach, u rasvo bo’ladi, uning so’ziga xalq ishonchi yo’qoladi. Ko’ngil xazinasining qulfi — til; u xazinaning kalitini — so’z bil.

* * *

🔰Ochiq chehrali odam — ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq bo’ladi... Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik; chuchuk so’zidan el-yurtga xurramlik. Odamiylik bilan ko’ngillarga sevimli; insoniylik bilan jonlarga yoqimli. Undan do’st-dushman xotirjam. Bunday kishi umridan baraka topgay.

* * *

🔰Dushman aldoviga uchma; maddoh xushomadini chin dema. Dushmanning g’arazi o’z yomon niyatiga yetmoqdir; maqtovchining maqsadi — xorlik bilan sendan in'om olmoqdir. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va qabul qilishni lozim bilmasang, biri o’z maqsadining ijrosidan to’xtaydi va tadbiri mujmal bo’ladi va ikkinchisining maqtovi hajvga aylanadi.

* * *

🔰Noxush xabarni chin bo’lsa ham do’stingga yetkazma; birovdan ayb ko’rsang yuziga solma. Qo’yaver, o’sha chin xabarni dushman yetkazsin va sen sabr qil, u ayb mojarosini dushmani qilsin.
Aqlli odam yolg’on gapirmas; ammo, barcha rost gapni aytaverish ham to’g’ri emas. Birovning ko’zi g’ilay — nogirondir; ammo, bunga u aybdor emasdir... Birovni nohaq hijolatga solmoq — o’z nodonligini izhor qilmoq va bir ko’ngilni og’ritmoqdir. Bu kabi kishini xafa qiladigan chin so’zdan ko’ra zarurat yuzasidan — o’rni bilan gapirilgan yolg’on yaxshiroqdir.

«Mahbub ul-qulub»dan
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

🌺Viloyatimizdagi DMTTlarida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

1️⃣Uchquduq tumanidagi 1-sonli DMTT ning maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida oʻtkazilgan adabiy- badiiy tadbir

2️⃣Uchquduq tumanidagi 2-sonli DMTT ning maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Buyuk siymolar mangu barhayot" nomli adabiy- badiiy tadbir

3️⃣Zarafshon shahridagi 13-sonli DMTTda o‘tkzailgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

🌺Viloyatimizdagi MTTlarda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

1️⃣Qiziltepa tumanidagi 17-sonli DMTT "Quyoshjon" maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi Feruzjon Rustamov

2️⃣Qiziltepa tumanidagi "Kichkintoy" ONMTT tarbiyalanuvchilari

3️⃣Karmana tumanidagi 22-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari


WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

"Oʻn sakiz ming olam oshubi agar boshindadur"

O‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakiz yoshindadur.

Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakiz yil husni bor,
O‘n sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.

O‘n sakiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa, uldurur
Husn shohi, ul balolarkim ko‘zu qoshindadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun’ naqqoshindadur.

Tan anga siymu ichinda tosh muzmar ko‘nglidin,
Aqlg‘a yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur.

May ketur, ey mug‘ki, yuz hayrat aro qolmish
Masih, Bul-ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to‘kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

Alisher Navoiy

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

#Zarafshon shahridagi 16-sonli DMTT tarbiyachilari Shahlo Sadullayeva , Ulyana Shomuratova hamda musiqa rahbarlari Husnobod Qarshiyeva va Xurshida Nurmatovalar tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Shuningdek, 1-sonli DMTT ham “Navoiyga ehtirom” deb nomlangan tadbir o‘tkazilib, tarbiyalanuvchilar o‘zlari yod olgan g‘azallarini ifodali o‘qishdi, sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

Bugun buyuk shoir va mutaffakir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari, ziyolilar, shoir va yozuvchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi rahbar-xodimlari, Navoiy shahri va Karmana tumanidagi MTT direktorlari ham ishtirok etib, bobokalonimiz haykali poyiga gulchambarlar qoʼyishdi va hazrat ruhi oldida taʼzim bajo ayladilar.


WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

#Navoiy shahridagi 5-sonli DMTTda shahardagi 10 ta MTT uslubchilari ortasida buyuk shoir va mutafakkir A.Navoiyning 581 yilligi munosabati bilan "Navoiyga ehtirom" deb nomlangan gazalxonlik korik tanlovi bolib otdi.

🔰Korik tanlovda DMTT uslubchilari shoir gazallaridan namunalar keltirishdi. Adabiy-badiiy mushoira kechasiga aylanib ketgan tanlov davomida 22 va 30-sonli DMTT tarbiyachilari tomonidan “Munojot” raqsi ijro etildi. Bundan tashqari, 30-sonli DMTT xodimlari tomonidan A.Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostonidan "Otinchi chol" hikoyasi sahna ko'rinishi orqali namoyish etildi.

📚Tadbir davomida faol qatnashgan DMTT uslubchilari Navoiy shahar MTBining “Tashakkurnoma” va esdalik sovgalari bilan taqdirlandilar.

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

#Nurota tumanidagi 18-sonli DMTTda navoiyxonlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tarbiyalanuvchilar Navoiy g‘azallarini yoddan aytishib, shoir asarlari asosidagi sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi.

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

✍️Viloyatdagi MTTlarida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tarbiyalanuvchilar va pedagoglar ishtirokidagi tadbirlar davom etmoqda.

1️⃣G‘ozg‘on shahridagi 2-sonli DMTT “Bolajon” tayyorlov guruhida o‘tkazilgan “Buyuk siymolar'' deb nomlangan bayram tadbiri

2️⃣Nurota tumanidagi 7-sonli DMTTning “Bilimdon” majburiy tayyorlov guruhida o‘tkazilgan “Navoiyni yod etib” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha

3️⃣Navoiy shahridagi 2-sonli DMTT pedagog xodimlari tomonidan "Navoiyni har kim har kuni o'qishi kerak" shiori ostida o‘tkazilgan g'azalxonlik kechasi


WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

Zarafshon shahridagi 10-sonli DMTTning tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir

Zarafshon shahridagi 17-sonli DMTT tarbiyachilari ishtirokida "Navoiyga ehtirom" mavzusidagi tadbir

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

1️⃣Uchquduq tumanidagi 5-sonli DMTTning "Kamalak" maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir

Tarbiyachi:Ro‘ziyeva G.

2️⃣Qiziltepa tumanidagi "Jasmina" ONMTTda o‘tkazilgan "Bir asrning ikki dahosi" deb nomlangan tadbir


WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak"

Zarafshon shahridagi 16-sonli DMTT tarbiyachilari Z. Burxonova, H. Boliyeva, Z. Farmonova, N. Nosirova,
H.Qarshiyevalar tomonidan buyuk mutaffakkir shoir, ģazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videorolik

https://t.me/navoiyvmtb
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

#Qiziltepa tumanidagi 17-sonli DMTT katta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag'ishlab o`tkazilgan "Biz buyuk siymolarning avlodlarimiz!" deb nomlangan noan'anaviy mashg'ulotidan lavhalar

👩‍🏫Tarbiyachi: Gulnora Abdulloyeva


WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

#Navoiy shahridagi 3-sonli DMTTning “Ayiqchalar” va “Mushukchalar” guruhida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammd Bobur tavallud sanalariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

✏️9-fevral - buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan davlat maktabgacha talim tashkilotlari pedagog-xodimlari va tarbiyalanuvchilari o'rtasida o'tkazilgan “NAVOIYGA EHTIROM” nomli g'azalxonlik ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari

👩‍🏫Pedagog-xodimlar o‘rtasida

🥇-o‘rin. Nurota tumanidagi 9-sonli DMTT direktori Nargiza Tillayeva;

🥈-o‘rin. Navoiy shahridagi 30-sonli DMTT jamoasi;
🥈-o‘rin. Karmana tumanidagi 24-sonli DMTT tarbiyachisi Nazokat Vohidova;

🥉-o‘rin. Zarafshon shahridagi 2-sonli DMTT jamoasi;
🥉-o‘rin. Navbahor tumanidagi 10-sonli DMTT tarbiyachisi Gulmira Zoyirova.

👫Tarbiyalanuvchilar o‘rtasida

🥇-o‘rin. Navoiy shahridagi 25-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Otabek Ismatullayev;

🥈-o‘rin. Konimex tumanidagi 2-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Farangiz Haydarova;
🥈-o‘rin. Navoiy shahridagi 6-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Malika Safarova;

🥉-o‘rin. Navbahor tumanidagi 1-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Nurbek Qurbonaliyev;
🥉-o‘rin. Zarafshon shahridagi 2-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Xonzoda Xalilova.


🎗G‘oliblar viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasining diplomlari bilan taqdirlandi.

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

#Konimex tumanidagi 11-sonli DMTTda Mir Alisher Navoiyning 581 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan videolavha

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram