Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
893 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
#Zarafshon shahridagi barcha MTTlarida “Xush kelibsan, Yangi yil!” deb nomlangan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
📸Fotolavhalarda 20-sonli davlat MTT tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari Telegram / Facebook / YouTube / Instagram
👨‍🎓#Zarafshon shahridagi 15-sonli DMTTning tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

👫Ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Telegram / Facebook / YouTube / Instagram
🎄#Zarafshon shahridagi MTTlarda ham yangi yil bayram ertaliklari o`tkazilmoqda. 📸Fotolavhalarda 5, 15 va17-sonli davlat MTTlari tarbiyalanuvchilari Telegram / Facebook / YouTube / Instagram
#harbiy_vatanparvarlik_oyligi
1️⃣#Zarafshon shahridagi 20-sonli davlat MTTda "Mard askar yoshlarga namuna" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Unda tashkilot psixologi N.Yodgorova, sport yo'riqchilari D.Babaqulova, A.Ro'ziyeva va pedagog xodimlar bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sport musobaqalari o'tkazildi.

2️⃣#Uchquduq tumanidagi 1-sonli davlat MTT "Kabutar" va "Olmaxon" tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari tumandagi harbiy qismlardan biriga sayohatga borishdi.
👫Harbiy qismda tarbiyalanuvchilar askarlarga yaratilgan shart-sharoitlar va harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishdi. Tarbiyalanuvchilar harbiylarga atab yod olgan she’rlaridan aytib o‘z qo‘llari bilan yasagan sovg‘alarini taqdim etdi. WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#harbiy_vatanparvarlik_oyligi #Zarafshon shahridagi 17-sonli DMTTning tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida karantin talablariga to‘la rioya qilingan holda "Men ham harbiy bo‘laman" mavzusida madaniy tadbir o‘tkazildi.
#Uchquduq tumanidagi 15-sonli DMTTda "Xalq va armiya bir tanu bir jondir" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Unda tarbiyalanuvchilar o‘rtasida turli xil sport musobaqalari o'tkazildi. Musobaqada tayyorlov guruhlaridan "Chaqqon askarlar", "Dengizchilar" va "Chegarachilar" jamoalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.
🎁Barcha tadbirlar so‘nggida bolajonlarga esdalik sovg‘alari ulashildi.
#harbiy_vatanparvarlik_oyligi #Navbahor tumanidagi 2-sonli MTT "Qaldirg'och" guruhi tarbiyalanuvchilarining "Mardlar qo'riqlaydi Vatanni" deb nomlangan videoroligi
#Zarafshon shahridagi 5-sonli MTTda "Xalq va armiya bir tanu bir jondir" shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbiri WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyxonlik

#Zarafshon shahridagi barcha MTTlarida tarbiyachi-pedagoglar va tarbiyalanuvchilar ishtirokida so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomizning 581 yilligiga bag'ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

📸Fotolavhalarda 12-sonli hamda 15-sonli davlat MTTlarida o‘tkazilgan tadbirlar aks etgan


WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

#Zarafshon shahridagi barcha MTTda, xususan, 5-sonli DMTTda so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kechalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#navoiyiftixorim

📚"Navoiyni har kim, har kuni o'qishi kerak!"

#Zarafshon shahridagi 16-sonli DMTT tarbiyachilari Shahlo Sadullayeva , Ulyana Shomuratova hamda musiqa rahbarlari Husnobod Qarshiyeva va Xurshida Nurmatovalar tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Shuningdek, 1-sonli DMTT ham “Navoiyga ehtirom” deb nomlangan tadbir o‘tkazilib, tarbiyalanuvchilar o‘zlari yod olgan g‘azallarini ifodali o‘qishdi, sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#OAVda_biz

#Zarafshon shahar “Oltin vodiy” gazetasining 2022-yil
4-fevraldagi 6-sonida 15-sonli DMTT direktori B.Mardonovaning “Siz abadiy yodimizdasiz” nomli maqolasi chop etildi.

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
#Zarafshon shahridagi 14-sonli DMTTda Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligi munosabati bilan pedagog-xodimlar o‘rtasida "Zulfiyaxonim izdoshlari" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Xususan, o‘zini tanishtirish, Zulfiyaxonim ijodidan she’rlar o‘qish, pazandachilik va erkin mavzuda qo‘shiq kuylash yoki raqslar ijro etish bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlovda barcha ishtirokchilar turli xil nominatsiyalarni qo‘lga kiritishdi hamda g‘oliblar tashkilotning esdalik sovg‘alari bilan taqdirdandi.

WWW - Telegram - Facebook - YouTube- Instagram
Forwarded from Navoiy | Kun.uz
🆕 Hududlardan xabarlar

▪️
#Zarafshon. Shahar hududidagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari uchun qurilgan 24 ta xonadondan iborat xizmat uylari hamda futbol maydonchasi, bolalar o‘yingohi foydalanishga topshirildi. Tadbirda harbiy xizmatchilarga xizmat uylari kalitlari taqdim etildi.

▪️#Xatirchi. Tumanning Chechak ota mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida 100 o‘rinli MTT o‘z faoliyatini boshladi. 2 mlrd 63 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i evaziga qurilgan bolalar bog‘chasida 8 kishi ish bilan ta’minlandi. MTTda rus, ingliz tillari chuqur o‘rgatiladi va rasm, badiiy gimnastika, raqs to‘garaklarida malakali mutaxassislar mashg‘ulot olib boradi.

▪️#Zarafshon. Shahardagi “Yulduz” MFY xodimlari yangi binoda ish boshlashdi. Mahalla yangi binosining ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov, shahar sektor rahbarlari hamda hudud faollari ishtirok etgan.

➡️ Navoiy xabarlari
Forwarded from Navoiy | Kun.uz
📸 Yangi bog‘cha ish boshladi

#Zarafshon. Shahardagi Alisher Navoiy mahallasida 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi. Tantanali ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Yashin Dushanov, shahar hokimi Nazirbek Rahmonov, sektor rahbarlari, tegishli mas’ullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishgan.

Bog‘cha «Obod mahalla» dasturi doirasida 2.9 mlrd so‘m mablag‘ evaziga qurilgan. Endilikda bu yerda 30 nafar «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligi ta’minlanadi.

➡️ Navoiy xabarlari
#Press_tur
#Zarafshon_shahri

Joriy yilning 14-oktyabr kuni viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi, Zarafshon shahar hokimligi bilan hamkorlikda shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari misolida bolalarning MTTlarga qamrab olinish darajasi, ta’lim sifati, ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan OAV vakillari va jurnalistlarni tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

❇️Dastlab tadbir ishtirokchilari 2-davlat MTT faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ular jarayonda tarbiyalanuvchilar bilan o‘tkazilayotgan didaktik o‘yinlar, ertaklar orqali faoliyatni olib borish, turli to‘garak mashg‘ulotlarini, oshxonadagi shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, bolajonlarni bir necha tillarda so‘zlashayotgan jarayonlarni ko‘rib guvohi bo‘lishdi.


❇️2020-yil “Investisiya” dasturi asosida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan ushbu ta’lim tashkilotida hozirgi kunda 12 ta guruhda 378 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda.

❇️Ma’lumot o‘rnida, shaharda 37 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, shundan 18 tasi davlat, 15 tasi oilaviy, 3 ta yirik DXSH asosidagi nodavlat hamda “Umid” nomli reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTlari faoliyat yuritadi. 3-7 yoshli bolalar soni 7084 nafarni tashkil qiladi. Ularning 6982 nafari (98,6 foizi) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim tashkiloti matbuot xizmati.
#Press_tur
#Zarafshon_shahri

Jurnalistlarning keyingi tashrif manzillari shahardagi Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Moychechak” nomli oilaviy nodavlat MTT bo‘ldi.

❇️Yakka tartibdagi tadbirkor Shohista Hayitova tashabbusi bilan tashkil etilgan 25 o‘rinli ushbu tashkilotda xorijiy tillar bilan birga, mental arifmetika, shaxmat-shashka to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

❇️Jurnalist va mehmonlar ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar bilan tanishib, bolajonlar bilan samimiy suhbat qurishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
#Press_tur
#Zarafshon_shahri

Press-tur doirasida jurnalist va mehmonlar 125 o‘rinli “Shodon bolajon” davlat xususiy-sheriklik asosidagi nodavlat MTTga ham tashrif buyurishdi.

❇️Tashkilotda bolajonlarga yaratilgan sharoitlar zamonaviy talablarga mos kelishi, pedagog kadrlar tomonidan ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari va qo‘llanilayotgan didaktik materiallar bilan tanishdi.

❇️Ma’lumot uchun, tadbirkor Almuratova Vazira tomonidan o‘ziga tegishli binoda 2019-yil barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ushbu davlat xususiy-sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha qiymati 1 milliard 875 million so‘m. Shundan o‘z mablag‘i 475 million so‘m va imtiyozli kredit mablag‘i 1 milliard 400 million so‘mni tashkil etadi. 6 ta guruhga mo‘ljallangan bolalar o‘yin jihozlari, oshxona anjomlari, markazlar va tibbiyot xonasi jihozlari bilan ta’minlangan. 10 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
#Press_tur
#Zarafshon_shahri

Press-tur ishtirokchilari “Umid” nomli reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

❇️Navoiy kon-metallurgiya kombinati homiyligi asosida barpo etilgan ushbu tashkilotning qurilish va jihozlashishlariga 31 mlrd 600 million so‘m mablag‘ sarflangan.

❇️Tashkilot maxsus jihozlar, tibbiyot uskunalari bilan ta’minlangan. Mashg‘ulotlar belgilangan dastur asosida guruhlar asosida olib borilmoqda. Bu yerda futbol maydonchasi, basseyn, sun’iy qoplamali bolalar maydonchasi, yugurish maydonchasi mavjud. 72 o‘ringa ega tashkilot Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan farzadlarimizni sog‘lom bolalar qatori ta’lim-tarbiya olishlari hamda ularni tezroq sog‘lom hayot va jamiyatga qo‘shilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.