Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
1.01K subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
YOSH SHAXMATCHILAR G‘OLIBLIK UCHUN BELLASHDI

Joriy yilning 5-iyun kuni Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2023-yil 19-iyundagi “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat kunlari”ni oʻtkazib borish toʻgʻrisida”gi 58–sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5-7 yoshli 21 nafar tarbiyalanuvchi bellashdi.

Jajji shaxmatchilar 5 tur asosida dona surib, qizgʻin bahslashdi.

O‘yin yakuniy natijalariga ko‘ra:

🙍🏻‍♂️O‘g‘il bola tarbiyalanuvchilar o‘rtasida,

🥇-o‘rin Navoiy shahridagi “Yangi avlod” oilaviy nodavlat MTT tarbiyalanuvchisi Muxsin Komilov;
🥈-o‘rin Navbahor tumanidagi “Aqlli bolalar” oilaviy nodavlat MTT tarbiyalanuvchisi Bahodir Erkinov;
🥉-o‘rin Qiziltepa tumanidagi “Tinchlik yoshlari” davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTT tarbiyalanuvchi Ibrohim Asadillayevga nasib etdi.

👩🏻Qiz bola tarbiyalanuvchilar o‘rtasida,

🥇-o‘rin Navoiy shahridagi 31-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Xushnoza Murodillayeva;
🥈-o‘rin Xatirchi tumanidagi 7-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Gulbahor Raxmatova;
🥉-o‘rin Karmana tumanidagi 15-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Elnura Erkinovaga nasib etdi.

🔖Ma’lumot uchun: I o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar respublika bosqichida viloyatimiz sha’nini himoya qiladi.

🏆G‘olib va sovrindor bolajonlarga boshqarmaning diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#OAV_nigohida

🗞 "Do'stlik bayrog'i" gazetasining 2023-yil 6-iyuldagi 27-sonida "Yosh shaxmatchilar dono surishdi" nomli maqola chop etildi. Unda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o'tkazilgan shaxmat musobaqasining viloyat bosqichi tafsilotlari yoritilgan.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Навоийда ёш шахматчилар беллашди

Жорий йилнинг 5 июнь куни Навоий шаҳридаги “Ёшлар маркази”да мактабгача таълим ташкилотлари тарбияланувчилари ўртасида шахмат мусобақасининг вилоят босқичи бўлиб ўтди.

Батафсил: https://bolalarolami.uz/1130

Каналга обуна бўлинг: @bolalarolamiuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

📺 Assalom, Yangi kun dasturi |Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasi o'tkazildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Истеъдод булоқлари кўз очмоқда (фоторепортаж)

Bolalarolami.uz мухбирлари бу гал Навоий шаҳридаги 26-ДМТТдаги таълим-тарбия жараёнларидан фоторепортаж тайёрлади.

Батафсил: https://bolalarolami.uz/1161

Каналга обуна бўлинг: @bolalarolamiuz
#Tayinlov
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Hayitova Ra’no Zokirovna Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

R. Hayitova 1981-yil Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: tarix, davlat va huquq asoslari.

R. Hayitova tayinlovga qadar Navoiy shahar “Orzu” MFY da tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Tayinlov
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Muxtorov Murodulla Muxtorovich Xatirchi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

M.Muxtorov 1985-yil Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: matematika fani o‘qituvchisi.

M. Muxtorov tayinlovga qadar Navoiy viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi axborot-tahlil va ijro intizomi shoʻbasi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Tayinlov

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Kamolov Uyg‘un To‘lqinovich Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

U.Kamolov 1977-yil Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: tarix, davlat va huquq asoslari.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.