Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
982 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
Joriy yil 26-iyun kuni Navoiy shahridagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda tizim xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada jami 36 nafar o‘g‘il va qiz tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi.

🙍🏻‍♂️O‘g‘il bola tarbiyalanuvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa natijalariga ko‘ra,

🥇-o‘rinni “Yangi avlod” nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Muhsinbek Komilov,
🥈-o‘rinni 4-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Sherozbek Shodmonov,
🥉-o‘rinni 15-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Islombek Ibrohimovga nasib etdi.

👩🏻‍⚕️Qiz bola tarbiyalanuvchilar o‘rtasida

🥇-o‘rin 10-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Dilnoza Ikromova;
🥈-o‘rin 31-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Xushnoza Murodillaeva;
🥉-o‘rin 33-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Farzona Raximovaga nasib etdi.

🧑🏻‍🏫Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni 4-davlat MTT tarbiyachisi Lola Teshaeva, 2-o‘rinni 13-davlat MTT psixologi Xushnoza Murodillaeva, 3-o‘rinni 1-davlat MTT hovli supuruvchisi Venera Ishqulovalar egalladi.

🏆Musobaqa so‘nggida g‘olib tarbiyalanuvchilar va xodimlar bo‘limning I, II, III darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Shaxmat_kunlari
#Tuman_bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Shaxmat kunlari”ni o‘tkazilmoqda.

🔹Ayni kunlarda joylarda musobaqaning tuman va shahar bosqichlari qizg‘in davom etmoqda.

🔹“Shaxmat kunlari”ning Uchquduq tuman tuman bosqichida 9 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 5-davlat MTT tarbiyalanuvchisi I.Maxmudov I darajali, 13-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Z.Valijonova II darajali, 14-davlat MTT tarbiyalanuvchisi A.Abdushukurov III-darajali diplomlar bilan taqdirlandi.

Navbahor tuman bosqichi ham qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Musobaqa nizom talablari asosida tashkil etildi.

O‘g‘il bolalar orasidan “Aqlli bolalar” oilaviy nodavlat MTT tarbiyalanuvchisi B. Erkinov 1-o‘rin, 7-davlat MTT tarbiyalanuvchisi D. Fayzullayev 2-o‘rin, 12-davlat MTT tarbiyalanuvchisi A. Sanaqulov 3-o‘rin deb topildi.

Qiz bolalar orasidan 12-davlat MTT tarbiyalanuvchisi S. Muhammadova 1-o‘rin, 1-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Sh. Norimova 2-o‘rin, 16-davlat MTT tarbiyalanuvchisi M. Nabiqulova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari o‘rtasida ham shaxmat musobaqasi o‘tkazilib, g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!

Sizlarni ezgulik va saxovat ramzi — muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Mana shunday tabarruk kunda vatandoshlarimizning ezgu niyatlari amalga oshishini tilaymiz.

Yurtimiz ravnaqi, diyorimizning osoyishtaligi, xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan barcha xayrli ishlaringizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin.

Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin! Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin!

Qurbon hayiti barchamizga muborak bo'lsin!

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi.
#Shaxmat_kunlari
#Tuman_bosqichi

Joriy yil 27-iyun kuni Tomdi tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va ishchi-xodimlar o‘rtasida “Shaxmat kunlari” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
🔹3-davlat MTT tarbiyalanuvchisi B. Zeynedullayev 1-o‘rinni egalladi. 4-davlat MTT tarbiyalanuvchisi A. Shalqarbayev 2-o‘rin deb topildi. 1-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Sh. Nurlibayevga 3-o‘rin nasib etdi.
🔹Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni 4-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi M. Ashirbayeva egalladi.

Qiziltepa tumanidagi 36-davlat MTTda ishchi xodimlar o‘rtasida shaxmat musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
🔹Natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Tinchlik yoshlari davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTT sport yo'riqchisi U. Xosilov, 2-o‘rinni 14-davlat MTT musiqa rahbari T. Zayniyev, 3-o‘rinni 20-davlat MTT sport yo'riqchisi O‘.Hakimova egalladi.

🏆G‘oliblar bo‘limning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Forwarded from Didaktik qo’llanma
Sizni va O'zbekistonning barcha musulmonlarini ulug’ Qurbon Hayiti ayyomi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ushbu muqaddas bayram qadimiy insoniylik an'analarini o'zida mujassam etgan bo'lib, bu yaratuvchanlikning asosi bo'lmish rahm-shafqatning namunasidir.
Sizga chin dildan baxt va totuvlik, ma'naviy va jismoniy yuksalish, oilangizda sihat-salomatlik va farovonlik hukm surishi, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi

****
От всего сердца поздравляем Вас и всех мусульман Узбекистана с Великим праздником Курбан хайит! Этот светлый праздник знаменует собой старинную гуманистическую традицию, которая является примером милосердия и созидания.
Искренне желаем счастья, гармонии и духовных сил, крепкого здоровья и благосостояния в семьях, благополучия и успехов.

Агентство дошкольного образования Республики Узбекистан
#Xushxabar

Kuni kecha Samarqand shahrida mental arifmetika bo‘yicha o‘tkazilgan respublika ochiq olimpiadasida Nurota tumanidagi 10-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Toshqulov Muhammadali oliy o'rinni qo'lga kiritdi.

U 5-6 yosh toifasida 50 ta misolni 2 minut 47 sekundda bajarib, raqiblarini ortda qoldirdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#30_iyun_Yoshlar_kuni

⚡️Yoshlar bayrami munosabati bilan Navoiy shahridagi 26-davlat MTT jamoasi tomonidan mazkur videorolik tayyorlandi.

She’r muallifi Latofat Rajabova.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.