Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
953 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
Forwarded from Didaktik qo’llanma
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi.

Unda Samarqand shahri Tashkilot sammitiga tayyorligi urg'ulangan.

"Savdo-iqtisodiy va ishlab chiqarish aloqalarining jiddiy uzilishiga olib kelgan uch yillik “pandemiya tanaffusidan” so‘ng SHHT mamlakatlari va xalqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot zarur", — deyiladi maqolada.

———————-

Статья Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Самаркандский саммит ШОС: диалог и сотрудничество во взаимосвязанном мире"

Article by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev "The SCO Samarkand Summit: Dialogue and Cooperation in an Interconnected World"

Maqolani to'liq o‘qish 👇👇👇
https://president.uz/uz/lists/view/5495

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Didaktik qo’llanma
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan olib borilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar, yechimini topishi kerak bo'lgan kamchiliklar "Minbar" ko'rsatuvida o'rtaga tashlandi.

Jurnalistlar va blogerlar, soha mutaxassislari ishtirokida kechgan qizg'in munozarani quyidagi ssilka orqali tomosha qilishingiz mumkin.

To'liq video 👇👇👇
https://youtu.be/6-Pb3fBvmPU

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Navoiy | Kun.uz
📸 Yangi bog‘cha ish boshladi

#Zarafshon. Shahardagi Alisher Navoiy mahallasida 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi. Tantanali ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Yashin Dushanov, shahar hokimi Nazirbek Rahmonov, sektor rahbarlari, tegishli mas’ullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishgan.

Bog‘cha «Obod mahalla» dasturi doirasida 2.9 mlrd so‘m mablag‘ evaziga qurilgan. Endilikda bu yerda 30 nafar «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligi ta’minlanadi.

➡️ Navoiy xabarlari
Forwarded from Didaktik qo’llanma
⚡️Бугун Мактабгача таълим вазирлигида А.И.Герцен номидаги Россия давлат педагогика университети делегацияси вакиллари ҳамда вазирлик раҳбарияти ўртасида ҳамкорлик учрашуви бўлиб ўтди.

📌Учрашувда А.И.Герцен университетининг Тошкент шаҳридаги филиалининг фаолияти, истиқболдаги вазифалар ва уларнинг ижроси ҳақида сўз борди. Университетнинг умумий ишлар бўйича проректори Рыборецкая Татьяна ўз нутқида самарали ва ўзаро манфаатли алоқаларнинг давомийлигидан умидворлигини билдирди.
——————————————
⚡️Сегодня в Министерстве дошкольного образования состоялась встреча представителей делегации Российского государственного педагогического университета имени А.И.Герцена с руководством Министерства.

📌На встрече обсуждались будущие задачи и их реализации, а также деятельность филиала Университета им. А.И.Герцена в г.Ташкент. В своем выступлении проректор университета по общим вопросам Татьяна Рыборецкая выразила надежду на продолжение эффективных и взаимовыгодных отношений.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yo'qlama qilish tugmasi chiqmasligi muammosini hal etish uchun Geolakatsiya ma'lumotlarini to'g'rilash to'g'risida video qo'llanma.

https://t.me/nmttbat
O‘RGANISH NATIJALARI TAHLILIY-TANQIDIY MUHOKAMA ETILDI
Joriy yilning 13-sentyabr kuni Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasining faollar zalida boshqarmaning ishchi guruhi tomonidan Navoiy shahri Maktabgacha talim bo‘limi va hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhokama etildi.
❇️Boshqarmaning ishchi guruhi a’zolari, Navoiy shahar MTBning rahbar va mas’ullari, davlat MTTlarining direktorlari, metodistlari, hamshiralari va xo‘jalik mudirlari ishtirok etgan yig‘ilish tahliliy va tanqidiy bo‘lib o‘tdi.
❇️Boshqarma boshlig‘i U.Tillaev bo‘lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati, xususan, ta’lim-tarbiya jarayonining Davlat o‘quv dasturi asosida olib borilishi va tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom ovqatlanishni tashkil etilganligi, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, yuqori organlardan kelgan tegishli hujjatlarni ijrosini bajarilishining ahvoli va tizimdagi boshqa holatlarni o‘rganish davomida aniqlangan har bir kamchiliklarni birma-bir tahlil qilib, ushbu holatlar takrorlanmasligi va bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
❇️Yig‘ilish yakunida xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarmagan, faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan davlat MTTlarining rahbar va mas’ullariga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi.

Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.