Navoiy viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali
917 subscribers
7.1K photos
715 videos
41 files
1.43K links
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi e'lonlar va yangiliklar kanali
🌍 Веб сайт: navoimtb.uz
🔷 Facebook: fb.com/navoiyviloyat.maktabgachatb
🌟 Алоқа учун: t.me/navoiymtb_bot
📞Телефон: +998792201281
Download Telegram
Joriy yilning 13-sentyabr kuni Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi va viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida matbuot anjumani tashkil etildi.
❇️Anjumanni O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi raisi O.Aslonov ochib berdi.
🔰Shundan so‘ng Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U.Tillayev so‘zga chiqib, tizimda murojaatlar bilan mahallabay ishlash, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘nalishida qilinayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
🔰Ta’kidlanganidek, joriy yilning 6 oyi davomida 706 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 260 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Bosh Vazir virtual hamda xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan. Ularning asosiy qismi ta’lim tashkilotlariga farzandini joylashtirish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va mas’ul xodimlari faoliyatidagi kamchiliklarni yuzasidandir.
🔰Mazkur yo‘nalishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish hamda ularga imkon qadar keng qulayliklar yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2022-yil yillik jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish yuzasidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazish jadvali viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan.
🔰Qabullar belgilangan muddatlarda viloyatning barcha hududlarda, mahalla fuqarolari yig‘inlarida o‘tkazilmoqda. Joriy yilning shu davriga qadar 174 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Shundan 90 tasi murojaat ijobiy hal etildi. 57 nafar fuqarolarga huquqiy tushunchalar berish orqali ijobiy hal etildi. 27 ta murojaat tushuntirish berish orqali belgilangan tartibda o‘rganilib chiqib javob xatlari taqdim etildi.
🔰Bundan tashqari, hududiy maktabgacha ta’lim bo‘lim mudirlari tomonidan ham 304 nafar fuqaroning murojaatlari eshitildi.shundan 187 ta murojaat ijobiy hal etildi. 70 nafar fuqaroga huquqiy tushuncha berish orqali muammosi bartaraf etildi. 46 nafar fuqaroga esa huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
📹Anjuman yakunida OAV vakillari va jurnalistlar o‘zlarini qiziqritgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
Forwarded from Didaktik qo’llanma
#diqqat

Tashkilot rahbari Elektron davomatni yuritishni tarbiyachi yoki tarbiyachi yordamchisiga yuklashi qat'iyan man etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
BOLALAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH – ASOSIY VAZIFAMIZ
Navoiy viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan barcha maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarlari, davlat va nodavlat MTT direktorlari uchun videokonferensaloqa (zoom) orqali yig‘ilish tashkil etildi.
🔰Unda viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U. Tillaev O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yil 30-apreldagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda Maktabgacha ta’lim vaziriligining 2022-yil 12-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining mazmun-mohiyati, asosiy e’tiborni nimaga qaratish lozimligi xususida so‘z yuritdi.
❇️Yig‘ilish yakunida tashkilot rahbarlaridan “kafolat xat”lari olinib, har bir tashkilot xodimlariga o‘tkazilgan jarayon haqida tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
G‘OZG‘ONDA YILNING ENG YAXSHI TARBIYAChILARI ANIQLANDI

“Sifatli ta’lim – inson kapitali rivoji” shiori ostida G‘ozg‘on shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” ko‘rik- tanlovining shahar bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
❇️Ilm-ma’rifat va mahorat namoyishi natijalariga bag‘ishlangan ushbu tadbirda shahar hokimi A. Bazarov tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritar ekan, bu kabi tanlovlar sohadagi sifat tamoyilini yanada yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladi.
💥Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-sonli davlat MTT tarbiyachisi G. Qulmurodova “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”, 3-sonli davlat MTT tarbiyachisi D. Bekova “Eng yaxshi kreativ tarbiyachi”, 4-sonli davlat MTT tarbiyachisi Sh. Qurbonova “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, 1-sonli davlat MTT tarbiyachisi L. To‘xtaeva “Eng yaxshi loyiha mullifi”, 2-sonli davlat MTT tarbiyachisi Ch. Xasanova “Mohir qo‘l ustasi” yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.
Joriy yilning 15-sentyabr kuni Navoiy shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 19-sonli davlat MTTda “Hayvonot olami va biz” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
❇️Unda “jajji rassomlar” dengizda suzib yurgan baliqlarni, uy va yovvoyi hayvonlarini, ertaklarda tasvirlangan ayyor tulkini, yuvvosh ayiq polvonni, cheksiz qumlar oralab ketayotgan tuyalar kabi mavzulardagi tasavvurlarini turfa ranglarda jilo berib, chizishdi.
🎯Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ularni asrash, ozor bermaslikka o‘rgatish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tuyg‘ularini bolalikdan shakllantirishdir.

Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati.