NamMQI rektori
1.1K subscribers
17.5K photos
829 videos
18 files
1.03K links
Наманган муҳандислик-қурилиш институти ректори Эргашев Шарифжон Тўланович
Download Telegram
#NamMQI_YI
#Yoshlar_parlamenti
#Iqtidorlilar_faxrimiz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti uchun boʻlib oʻtgan saylovning Respublika bosqichida talabalarimiz faol ishtirok etgan edi.

Quvonarlisi shundaki, 52-Chust saylov okrugidan Soataliyev Diyorbek Bahodir oʻgʻli va 55-Mingbuloq saylov okrugidan No'monjonov Bunyodbek Baxtiyor oʻgʻli Yoshlar Parlamenti aʼzoligiga saylandi.

Talabalarimizning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!
#NamMQI_YI
#Iqtidorlilar_faxrimiz

Xabaringiz bor, oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan "Yil talabasi-2023" tanlovining natijalari eʼlon qilingan edi. Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohiblari Qurilish fakulteti talabasi Ahmadjon Muxtorjonov va Transport fakulteti talabasi Bunyodbek No'monjonov tanlovning Respublika bosqichida faol ishtirok etib, VAZIR FAXRIY YORLIGʻI bilan taqdirlandi.

Ahmadjon Muxtorjonov "Islohotlar bilimdoni" keng tarmoqli koʻrik-tanlovining Respublika bosqichida ham 1-shart boʻyicha gʻolib boʻldi va faol ishtirok etgani uchun VAZIR FAXRIY YORLIGʻI bilan taqdirlandi.

Kuni-kecha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari egalariga yetkazildi.

Talabalarning keyingi faoliyatiga ham omad va zafarlar tilab qolamiz.
#Onlayn
#NamMQI_YI

Ayni paytda Toshkentda "Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari" mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu jahon anjumani Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi va Inson huquqlari bo‘yicha Vena konferensiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan bo'lib, unda "Zoom" ilovasi orqali Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari ham ishtirok etmoqda.

Institut yetakchisi Diyorbek Soataliyev fikr-mulohazalar qismida soʻz olib, nogironligi bor yoshlar bilan ishlashning noanʼanaviy usullari toʻgʻrisida uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish taklifini bildirdi.
#NamMQI_YI
#Yoshlar_oyligi

"Yoshlar oyligi" talaba-yoshlarni birlashtirmoqda

Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti koordinatori Jasurbek Rustamov boshchiligidagi bir guruh volontyor yoshlar tomonidan aksiya oʻtkazildi.

Fakultet tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan "Oliygohim-ikkinchi uyim" deb nomlangan aksiya bu safar "Oliygohni asraymiz" shiori ostida tashkillandi.

Aksiya davomida yoshlar tomonidan institut hududi va xonalar keraksiz chiqindilardan tozalanib, aksiyani har kuni har kim amalga oshirishi mumkinligini taʼkidlovchi chellenj ham tashkillandi.

Anʼanaviy "Yoshlar oyligi" doirasidagi loyihalar davom etmoqda...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM