NamMQI rektori
1.08K subscribers
16.6K photos
780 videos
18 files
1.01K links
Наманган муҳандислик-қурилиш институти ректори Эргашев Шарифжон Тўланович
Download Telegram
#NamMQI_YI
#Yoshlar_parlamenti
#Iqtidorlilar_faxrimiz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti uchun boʻlib oʻtgan saylovning Respublika bosqichida talabalarimiz faol ishtirok etgan edi.

Quvonarlisi shundaki, 52-Chust saylov okrugidan Soataliyev Diyorbek Bahodir oʻgʻli va 55-Mingbuloq saylov okrugidan No'monjonov Bunyodbek Baxtiyor oʻgʻli Yoshlar Parlamenti aʼzoligiga saylandi.

Talabalarimizning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!
#NamMQI_YI
#Iqtidorlilar_faxrimiz

Xabaringiz bor, oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan "Yil talabasi-2023" tanlovining natijalari eʼlon qilingan edi. Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohiblari Qurilish fakulteti talabasi Ahmadjon Muxtorjonov va Transport fakulteti talabasi Bunyodbek No'monjonov tanlovning Respublika bosqichida faol ishtirok etib, VAZIR FAXRIY YORLIGʻI bilan taqdirlandi.

Ahmadjon Muxtorjonov "Islohotlar bilimdoni" keng tarmoqli koʻrik-tanlovining Respublika bosqichida ham 1-shart boʻyicha gʻolib boʻldi va faol ishtirok etgani uchun VAZIR FAXRIY YORLIGʻI bilan taqdirlandi.

Kuni-kecha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari egalariga yetkazildi.

Talabalarning keyingi faoliyatiga ham omad va zafarlar tilab qolamiz.