Mirzo Zominiy
5.39K subscribers
4.33K photos
229 videos
44 files
1.37K links
O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi.
Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman.

@toqsonbeshchoy
instagram.com/mirzayor

Reklama hamkorligi uchun: @MirzayorErkinov
Download Telegram
Forwarded from 95 CHOY
Yaponlar har safar biror o‘yin / chempionatdan keyin o‘zlarining kiyim almashtirish xonasini tozalab ketardi.

Endi ularning odatiga ruminlar ham qo‘shilibdi. Hollandiya bilan o‘yindan keyin yig‘ishtirib, rahmatnoma ham tashlab ketishibdi.

M = mentalitet. T = tarbiya.

Plastik idishlar, chiqindilarini ko‘chaga, maysalar ustiga otib ketadiganlar, bahonasiga idish yo‘qligini yozadiganlar yodimga tushdi.

@toqsonbeshchoy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun – AQSh Mustaqillik kuni va A’zam Qahramoniy do‘stimizning tug‘ilgan kuni.

Teacher A’zamga 95 – 100 yoshga kirib yurishini tilayman.

Sarlavhani esa tushuntirib beradi degan umiddaman)

Suratda: The Economist muqovasi

@mirzo_zominiy
Forwarded from 95 CHOY
Menimcha, Mustaqillik maydonidagi avval bir necha vazirliklar faoliyat yuritgan bino restavratsiya qilinyapti, shekilli. Avval, sovet davrida imorat balandroq boʻlgan.

Bino hozir “Milliy Gvardiya”ga tegishli ekani aytiladi. Aniq bilmadim yanayam.

Undan sal pastroqdagi “Poytaxt” biznes markazi ham bir necha oydan buyon deyarli qayta qurilyapti (faqat skeleti qolgan). Eski MXX binosi buzib tashlangan.

Markazda shunday gaplar.

@mirzo_zominiy
Mirzo Zominiy
Menimcha, Mustaqillik maydonidagi avval bir necha vazirliklar faoliyat yuritgan bino restavratsiya qilinyapti, shekilli. Avval, sovet davrida imorat balandroq boʻlgan. Bino hozir “Milliy Gvardiya”ga tegishli ekani aytiladi. Aniq bilmadim yanayam. Undan sal…
Bu yil Mustaqilligimizga 33 yil toʻladi. Yuqoridagi postda keltirilgan bino ortida deyarli unutilayozgan, yopiq Mustaqillik maydonining asosiy qismi – baxtiyor ona haykali, mustaqillikning ilk yillarida bayramlar nishonlanishi davom etgan globus monumenti bor. U tomonga oʻtish berk ayni paytda.

Toʻgʻri, u kompleks sovet davri bilan bogʻliq xotiralarni ergashtirib keladi, lekin hozir biror umumxalq gʻalabasi nishonlanadigan, barchamizni birlashtirib turadigan chinakamiga xalqqa va tariximizga tegishli, oʻzimiz asrab-avaylaydigan qadriyatlarimiz maydoni yoʻq.

“Yangi Oʻzbekiston bogʻi bor-ku” dersiz, ma’qul, menimcha, u manzil xalq tomonidan his etilib, astoydil, samimiy qabul qilinishi uchun hali vaqt kerak.

Suratda: Tbilisidagi Ozodlik maydoni. Uning atrofi doim toʻla, gavjum. Parlamenti oldi ham. Davlatlarimiz orasida masofalar yaqin, qadriyat va tushunchalar esa naqadar uzoq.

#Tavisupleba

@mirzo_zominiy
Forwarded from Orif Tolib
Ortiqcha majhul nisbat

5️⃣ Majhul nisbat qoʻshimchasini bir soʻzda ikki marta ishlatish.

Bu soʻz juda koʻp xato qoʻllaniladi.
Aytilingan ishni vaqtida bajaringlar.


Qoʻllanmoq soʻzida hatto ziyolilar ham koʻp yanglishadi. Uning xato shakli kitoblar-u qoʻllanmalarga, rasmiy hujjatlargacha kirgan. Aslida qoʻllamoq feʼliga majhul nisbat qoʻshimchasi -n qoʻshilishi yetarli. Aytmoq feʼliga esa bitta -il qoʻshilsa kifoya:

Bu soʻz juda koʻp xato qoʻllanadi.
Aytilgan ishni vaqtida bajaringlar.


@oriftolib
Forwarded from 95 CHOY
2-3 oy avval reklamalariga koʻzim tushgandi va bugun ayolim bilan “Oʻzbegim” restoraniga bordik.

✦ Birinchi taassurot – Qozogʻistondagi “Sandiq” restoranining oʻzbekcha alternativasini (muqobilini) koʻrgandek boʻldim. Oshpazlar-u girgittonlarning* uniformasigacha milliylikka e’tibor berilgan.

✦ Ikkinchi taassurot – ustalarning ishi sifatli amalga oshirilgan, detallarga nisbatan yaxshi e’tibor qaratishgan. Birinchi qavatda oshxona, tandirxona va stollar, ikkinchi qavatda banket uchun stollar va tashqarida veranda bor ekan.

✦ Uchinchi taassurot – chet eldan mehmon kelib qolsa, uyalmay olib boradigan joy boʻlibdi. Girgittonlar tez-tez xabar olib turishibdi. Taomlar tortilishi va maza tomonlama sifati ham yaxshi.

✦ Toʻrtinchi taassurot – Narxlar. Oʻzbek milliy taomlari restoranlari orasida “Afsona” lyuks hisoblansa, bu restoran yangiligi, interyer, xizmat, umuman koʻp jihatlarda lyuks+ . Qancha sarflaganimizni yozolmayman, kechirasiz) Menyuni esa ularning Instagram’dagi sahifasidan koʻrib olishingiz mumkin.

✦ Beshinchi taassurot – Joylashuv. Atrofi yashillik bilan oʻralgan. Yetib borish uchun ham qulay. Abdulla Qodiriy koʻchasiga Ekopark tomondan chiqib borishda yoʻl yoqasida joylashgan.

Oyda bir marta yoki biror maxsus bayram, vaziyat boʻlsa, mehmonga boradigan fayzli joy boʻlibdi. Bahomiz taomlar, xizmat, interyer, narx mutanosibligi hisobiga – 8.5/10.

*girgittonlar – ofitsiantlar

#ChoydanOling

@toqsonbeshchoy
Portugaliya va Fransiya oʻyinidagi Oʻzbekiston hamda Qoraqalpogʻiston bayroqlari 🇺🇿

Yaqin rakursdan Zafar aka Hoshimov olgan surat 📷

@mirzo_zominiy