Mirzo Zominiy
5.36K subscribers
4.37K photos
235 videos
46 files
1.39K links
O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi.
Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman.

@toqsonbeshchoy
instagram.com/mirzayor

Reklama hamkorligi uchun: @MirzayorErkinov
Download Telegram
Mirzo Zominiy
Menimcha, Mustaqillik maydonidagi avval bir necha vazirliklar faoliyat yuritgan bino restavratsiya qilinyapti, shekilli. Avval, sovet davrida imorat balandroq boʻlgan. Bino hozir “Milliy Gvardiya”ga tegishli ekani aytiladi. Aniq bilmadim yanayam. Undan sal…
Bu yil Mustaqilligimizga 33 yil toʻladi. Yuqoridagi postda keltirilgan bino ortida deyarli unutilayozgan, yopiq Mustaqillik maydonining asosiy qismi – baxtiyor ona haykali, mustaqillikning ilk yillarida bayramlar nishonlanishi davom etgan globus monumenti bor. U tomonga oʻtish berk ayni paytda.

Toʻgʻri, u kompleks sovet davri bilan bogʻliq xotiralarni ergashtirib keladi, lekin hozir biror umumxalq gʻalabasi nishonlanadigan, barchamizni birlashtirib turadigan chinakamiga xalqqa va tariximizga tegishli, oʻzimiz asrab-avaylaydigan qadriyatlarimiz maydoni yoʻq.

“Yangi Oʻzbekiston bogʻi bor-ku” dersiz, ma’qul, menimcha, u manzil xalq tomonidan his etilib, astoydil, samimiy qabul qilinishi uchun hali vaqt kerak.

Suratda: Tbilisidagi Ozodlik maydoni. Uning atrofi doim toʻla, gavjum. Parlamenti oldi ham. Davlatlarimiz orasida masofalar yaqin, qadriyat va tushunchalar esa naqadar uzoq.

#Tavisupleba

@mirzo_zominiy