Mirzo Zominiy
5.66K subscribers
4.46K photos
241 videos
46 files
1.41K links
O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi.
Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman.

@toqsonbeshchoy
instagram.com/mirzayor

Reklama hamkorligi uchun: @MirzayorErkinov
Download Telegram
Forwarded from 95 CHOY
2-3 oy avval reklamalariga koʻzim tushgandi va bugun ayolim bilan “Oʻzbegim” restoraniga bordik.

✦ Birinchi taassurot – Qozogʻistondagi “Sandiq” restoranining oʻzbekcha alternativasini (muqobilini) koʻrgandek boʻldim. Oshpazlar-u girgittonlarning* uniformasigacha milliylikka e’tibor berilgan.

✦ Ikkinchi taassurot – ustalarning ishi sifatli amalga oshirilgan, detallarga nisbatan yaxshi e’tibor qaratishgan. Birinchi qavatda oshxona, tandirxona va stollar, ikkinchi qavatda banket uchun stollar va tashqarida veranda bor ekan.

✦ Uchinchi taassurot – chet eldan mehmon kelib qolsa, uyalmay olib boradigan joy boʻlibdi. Girgittonlar tez-tez xabar olib turishibdi. Taomlar tortilishi va maza tomonlama sifati ham yaxshi.

✦ Toʻrtinchi taassurot – Narxlar. Oʻzbek milliy taomlari restoranlari orasida “Afsona” lyuks hisoblansa, bu restoran yangiligi, interyer, xizmat, umuman koʻp jihatlarda lyuks+ . Qancha sarflaganimizni yozolmayman, kechirasiz) Menyuni esa ularning Instagram’dagi sahifasidan koʻrib olishingiz mumkin.

✦ Beshinchi taassurot – Joylashuv. Atrofi yashillik bilan oʻralgan. Yetib borish uchun ham qulay. Abdulla Qodiriy koʻchasiga Ekopark tomondan chiqib borishda yoʻl yoqasida joylashgan.

Oyda bir marta yoki biror maxsus bayram, vaziyat boʻlsa, mehmonga boradigan fayzli joy boʻlibdi. Bahomiz taomlar, xizmat, interyer, narx mutanosibligi hisobiga – 8.5/10.

*girgittonlar – ofitsiantlar

#ChoydanOling

@toqsonbeshchoy