QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.7K subscribers
19.9K photos
3.38K videos
274 files
8.25K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

     Ishchi guruhi a’zolari Bekobod shahridagi  boshqaruv tashkilotlari faoliyati va ular xizmat ko‘rsatadigan hududlar holatini o‘rgandilar. Dastlabki manzil "Nur Classik Servis" boshqaruv servis kompaniyasi bo‘ldi. Kompaniyaning 40 nafarga yaqin ishchi xodimi bugungi kunda 170 ta ko‘p qavatli uyga samarali xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniya faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ko‘p qavatli uylarning hududiga alohida e’tibor qaratilgan. Aholi vakillari mutasaddilar  bilan bo‘lgan suhbatda xizmat ko‘rsatish sifatidan mamnun ekanliklarini bildirdilar. O‘yingohlarda bolalar gavjum, ko‘p qavatli uylar atrofi ham ozoda.
    🟪 Ikkinchi  "Kommunal Tex Servis Konsult"  boshqaruv tashkiloti faoliyati ham qoniqarli, deb topildi. Aholi qulayligi uchun kompaniyada barcha imkoniyatlar yaratilgan. 24/7 ish rejimidagi dispetcherlik faoliyati ishlab turibdi. Kompaniyaning moddiy-texnika bazasi ham shakllantirilgan. Mutasaddilar ikkala kompaniya vakillariga faoliyati salmog‘ini yanada kengaytirish, qo‘shimcha servis xizmatlar turini ko‘paytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar.
      Shaharda ta’bni xira qiluvchi manzaralar ham yo‘q emas. Ushbu manzilda ham chiqindi muammosi aktual. Ishchi guruh rahbari Sherzod Hidoyatov mazkur masalalarni bartaraf etish bo‘yicha shahar mas’ullari bilan muhokamalar o‘tkazdi. Ishni tizimli ravishda amalga oshirish,  chiqindi muammosi bilan kurashishga aholini ham undash maqsadida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_muborak

💐 Xotira — abadiy, qadr — muqaddas!

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi aziz yurtdoshlarimizni 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan samimiy qutlaydi!

🇺🇿 Tinchlik - bebaho neʼmat! Unga erishish yoʻlida bukilmas irodasi va jasorati ila kurashganlar esa haqiqiy qahramonlardir! Ular xotirasi abadiy.

Bugungi muhim va ibratli kunda Vatanimiz erki va ozodligi yoʻlida hayotini-da qurbon qilishga tayyor boʻlgan yurt qahramonlariga, urush faxriylariga tinch va musaffo osmonimiz va bugunimiz uchun minnatdorlik bildiramiz.

🔎 Dunyo uzra osoyishtalik hukm surib, har bir inson baxtli yashasin!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_aziz_xotira_muqaddas

    🕊  Tinchlik so‘zi har bir o‘zbek oilasi uchun alohida ma’noga ega. Bugungi to‘kin-sochinlik, baxt va farovonlikka tasavvur qilib bo‘lmaydigan mashaqqatlar, bobolarimiz tomonidan keltirilgan ulkan qurbonliklar orqali erishilgan.
      O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi buyuk ajdodlarimizning ozodlik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati va keltirgan qurbonligini g‘urur bilan eslaydi.
     
📝 Bugun 9-may kuni - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati boshchiligidagi xodimlar poytaxtimizdagi Xotira maydonida bo‘ldi. Ular ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan hamyurtlarimiz yodiga hurmat bajo keltirib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_aziz_xotira_muqaddas

🇺🇿 Millat va xalq tarixiy xotira tuygʻusi bilan barhayotdir!

Bugun butun mamlakatimiz bo'ylab keng nishonlanayotgan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" DUK bosh direktori Mirabbos Inoyatov boshchiligidagi xodimlar Toshkent shahridagi "Birodarlik qabristoni" memorial majmuasida bo'ldilar. Katta iftixor va bugungi kunga shukronalik hissi bilan majmuadagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo'yildi. Vatanimiz erki yo'lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Urush va ayriliqlardan qaddi bukilgan, o'zbek xalqining dard-u tashvishlari, mushtipar onalar uqubatining timsoli hisoblangan Mutamsaro ona haykali qarshisida tinchlik-osoyishtalik, qadr tushunchasining mohiyatini yanada teranroq anglash mumkin.

Bugungi ibratli kun xotirjam o'tayotgan har onimizning qadriga yetishga, yurtimizning porloq kelajagi yo'lida munosib hissa qo'shishga da'vat etadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_aziz_xotira_muqaddas

❗️“Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo‘yildi

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi poyiga gulchambarlar qo‘yish tadbirida ishtirok etishdi.

Ushbu marosimda Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdi.  

➡️Bugun jamoamiz hamda faxriy arxitektorlarimiz bilan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo‘ydik, – deydi Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Saidjon To‘xtayev.  Yuragimizda urushda matonat ko‘rsatgan ota-bobolarimizga nisbatan hurmat-ehtirom va faxr tuyg‘usi yana bir bor jo‘sh urdi. Chinakam jasorat, bir necha yuz minglab o‘zbek o‘g‘lonlarining yurt sha'ni uchun kurashgani bugungi mustaqillik shamoli esayotgan zaminda yashayotgan har birimizning ko‘nglimizdan ularga bo‘lgan xotira va e'zozni mangu muhrlaydi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Toshkent shahrining Yashnobod tumani Izzat ko'chasida qurilayotgan turar-joy binosi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

😇Buyurtmachi “Aziya Invest favarit” MChJ tomonidan ko’p qavatli turar-joy binosini qurishda murojaatda keltirilgan holat, ya'ni bino balkon qismining yuqori qavatlarida rigel quyilmaganligi masalasi bundan bir qancha muddat avval Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi vakillari tomonidan o'rganilgan. Bunda masalaning yechimi sifatida buyurtmachi va loyiha tashkiloti konstruktori bilan kelishilgan holda ishchi loyihaga o’zgartirish kiritilib, binoning og’irligini kamaytirish maqsadida balkon qismida g’ishtli devorlarni olib tashlash hamda rigel va quyma temir-beton hududlarni kuchaytirish ishlari amalga oshirilgan.

😇Ma'lumot uchun, mazkur obyektdagi qurilish-montaj ishlari shaharsozlik sohasidagi tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda tashkil etilgan hamda ijobiy ekspertiza xulosasi olingan. Tegishli tartibda Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tilgan va davlat nazorati o’rnatilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

✔️ Boysunda “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilgan energiya tejamkor turar joylar foydalanishga topshirildi

Boysun tumani “Mustaqillik” mahallasida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivining birinchi bosqichida 10 ta 5 qavatli, 200 xonadondan iborat turar joylar foydalanishga topshirildi.

#SURXONDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📣 10 май, чоршанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинг:
〰️〰️〰️

📌 Мавзу: “Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” дастурларини жамоатчилик фикри асосида ташаббусли бюджетлаштириш жараёнлари орқали амалга ошириш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги Вазирлар Маҳкамаси қарори мазмун-моҳияти
Вақти: 12:00
Иштирок этади: Жалол Арашов, Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазири ўринбосари
〰️〰️〰️

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

Qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati, reytingiga bag'ishlangan ochiq muloqotga marhamat!

• 11-may Navoiy shahridagi "Shirin" madaniyat markazi binosida (soat 15:00da)
• 12-may Buxoro shahar hokimligi binosida (soat 11:00da)

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM