QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.6K subscribers
17.6K photos
3.14K videos
260 files
7.61K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Download Telegram
#JARAYON

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutining mas’ullari tegishli Farmon hamda qarorlarning mazmun-mohiyati haqida soha vakillariga tushuncha berish, unda belgilangan vazifalarni keng targ’ib qilish maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bo’ldilar.

Kuni kecha “Olmaliq kon-metallurgiya kombinanti” AJning tarkibiy bo’linmalaridan hisoblangan “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Metallurgiya majmualarini qurish direksiyasi, “Yoshlik-1” koni hamda Kapital qurish boshqarmasi xodimlari uchun ayni maqsadda uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu soha vakillari orasida aynan qurilish-montaj, obyektlarni texnik nazorat va ekspertizadan o’tkazish faoliyati bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarning malakaviy ko’nikmalarini oshirish tartibi, institut tomonidan bu borada yaratilgan sharoitlar bo’yicha ma’lumot berildi.

🔵Ma’lumot uchun, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinanti” AJ respublikamizning 5 ta viloyatida joylashgan bo’lib, bunda 40 dan ortiq sanoat va ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan tarkibiy bo’linmalarda 36 ming nafardan ortiq ishchi-xodimlar faoliyat yuritib keladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

⚠️ Ta’kidlab kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan joylarda davlatimiz rahbarining tegishli farmoni hamda "Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo'jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining 460-son qarori mazmun-mohiyatini keng targ’ib qilish maqsadida uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Ayni uchrashuv kuni kecha “Gidroloyiha” AJda ham bo’lib o’tdi. Unda gidrotexnika inshootlar va gidroelektrostansiya (GES) loyihalari bilan shug’ullanuvchi bosh muhandislar ishtirok etdilar. Uchrashuvda xodimlarning malakaviy ko’nikmalarini oshirish, institut tomonidan bu borada yaratilgan sharoitlar bo’yicha taqdimot o’tkazildi.

Taqdimot davomida zamonaviy texnologiyalar bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining har jabhasiga kirib kelayotgani, bunda mutaxassislarni qayta o’qitish, xorijiy tajriba va ko’nikmalarni o’zlashtirish zarurati haqida fikr yuritildi.

Shuningdek, tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishga muvaffaq bo’ldilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏢 ☯️ Buxoroda  ''Yangi Oʻzbekiston'' massivi. Hududi 26 gektar. Qurilish ishlari ikki bosqichda amalga oshiriladi. Yaqin kelajakda massivda 1440 xonadonli 78 ta koʻp qavatli uydan iborat oʻziga  xos majmua paydo boʻladi. Hozirda 240  xonadonli 12 ta koʻp qavatli uylar foydalanishga topshirilgan.

🎥 Batafsil yuqoridagi videoda.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏠 Bulungʻur tumanida qad rostlagan “Yangi Oʻzbekiston” massividagi amaliy ishlar oʻrganildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍 Samarqand. Odamlar koʻz oʻngida paydo boʻlayotgan shahar ichidagi shaharlar -“Yangi Oʻzbekiston” massivlari.

🎥 Batafsil videoda.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🔗 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti mas’ullari bugungi kunda mamlakatimiz ko’chmas mulk bozorida yetakchi kompaniyalardan biri bo’lgan “Golden house” development kompaniyasida bo’ldilar.

Mas'ullar tomonidan kompaniyada faoliyat yurituvchi muhandislar, texnik nazoratchilar va boshqa tor soha vakillariga institut faoliyati, maqsadi xususida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, bugungi kunda qurilish va uy-joy kommunal sohasida mutaxassislarni sertifikatlashtirish, malakasini oshirishga alohida e’tibor berilayotgani ta’kidlandi.

Bu borada davlatimiz rahbarining tegishli farmoni hamda "Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo'jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining 460-son qarori qabul qilinganligi qayd etildi.

Shuningdek, tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishga muvaffaq bo’ldilar. Jumladan, institut tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslarida malaka oshirish tartibi, tashkiliy masalalar, o’quv jarayonining borishi yuzasidan bildirilgan masalalar muhokama qilindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi va Toshkent shahar prokuratura shtabi mas’ullari tomonidan joylarda ko’p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, aholi murojaatlari bilan o’z vaqtida samarali ishlashni tashkil etish, shuningdek, mulkdorlarning debitor qarzdorliklarni kamaytirish yuzasidan yig’ilishlar o’tkazilmoqda.

Bugun Toshkent shahri Yangihayot va Uchtepa tumanlarida ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari rahbarlari bilan shu maqsadda uchrashuv tashkil etildi.

Unda tumanda sohaga doir masalalar, amalga oshirish lozim bo’lgan vazifalar muhokama qilindi. Boshqaruv organlari faoliyatida uchrayotgan muammolar birgalikda tahlil qilindi. Mazkur holatlarni oldini olish yuzasidan taklif-mulohazalar qabul qilinib, optimal variantlarni amaliyotga joriy etish lozimligi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📌 Oliy Majlis Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida “Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining  dastlabki muhokamasi bo'lib o'tdi.

Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan majlisda seysmik ta'sirlardan hosil bo'ladigan zararlanishlarni kamaytirishi mumkin bo'lgan bir qator ilmiy-texnikaviy, boshqaruv va tashkiliy tadbirlar, xususan, inshootlarning seysmik mustahkamligi va xavfsizligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Vazirlik huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig’i o’rinbosari Azlar Sodiqov so’zga chiqib, qurilishda shaharsozlikka oid qonun hujjatlari, shaharsozlik norma va qoidalari, davlat standartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish holati to‘g‘risida ma’lumot berib o’tdi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda qurilishlar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Ya’ni inspeksiya tomonidan:
- 2021-yilda 30 454 ta;
- 2022-yilda 32 531 ta;
- 2023-yilda 36 245 ta obyekt
da qurilish ishlari ustidan davlat nazorati o‘rnatilgan.

Xo’sh, mazkur obyektlarning barchasida ham sifat, xavfsizlik ta’minlanganmi? 

Inspeksiya tomonidan MJtKning tegishli moddasi bilan 2023-yil kesimida jami 7 597 ta jarima qo‘llanilgan.

Sifatsiz qurilish materiallari va buyumlardan foydalanganligi uchun tegishli organ va tashkilotlarga 2023-yilda jami 892 ta taqdimnoma kiritilgan.

Aniqlangan sifatsiz qurilish-montaj ishlari bo‘yicha:
-2021-yilda 952 ta;
-2022-yilda 1 221 ta;
- 2023 yilda 2 091 ta obyekt
da faoliyat to‘xtatilib, uch yil mobaynida jami 1 395 obyektda buzdirish ishlari amalga oshirilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#JARAYON 📌 Oliy Majlis Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida “Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi…
#JARAYON

💠 Mamlakatimizda so’nggi yillarda tadbirkorlikka keng yo’l ochilishi, ularga qator qulayliklar yaratilishi ayrim “uddaburon” shaxslar uchun qo’l keldi. Bu o‘z navbatida qurilish subyektlari tomonidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya etmaslik, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmaslik va shu asnoda noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ko’rsatkichini oshishiga sabab bo’lmoqda.

Xususan, yillar kesimida tahlil qiladigan bo’lsak:

2022-yilda 6 mingdan ziyod;
2023-yilda 4 mingga yaqin;
2024-yil 1-chorak mobaynida 600 tadan ko‘p qurilish obyektlari
da davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan holda noqonuniy qurilishlar olib borilganligi aniqlandi.

Ma’lumki, qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik zaiflanishi o‘z navbatida aholining sog‘lig’i va hayot xavfsizligiga ta’sir o’tkazadi.

Shu ma’noda davlatimiz rahbarining tegishli farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash hamda shaharsozlik sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan Qonun ishlab chiqildi.

Mazkur hujjatda noqonuniy qurilishlarning oldini olish, aholining xavfsizligini ta’minlash, qurilish sifatini oshirish, sodir etilgan huquqbuzarliklarni kamaytirish, jazo  ta’sirchanligini oshirish va boshqa bir qator maqsadlar o’z aksini topgan.

Sohadagi raqamlarga e’tibor beradigan bo’lsak:

🫥 Respublikada oxirgi 5 yil davomida, jumladan:

2019-yilda 71,1 trln;
2020-yil 88 trln;
2021-yil 107,4 trln;
2022-yilda 130,7 trln so‘m
hajmdagi qurilish ishlari bajarilgan.

Majlisda mamlakatimizda barpo etilayotgan va qayta ta’mirlanayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishda tegishli tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish, shaharsozlik qonunchiligida belgilangan talablarga qat’iy rioya etish borasida nazorat qilishni kuchaytirish hamda sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatga jazo ta’sirchanligini oshirish zarurati yuzaga kelgani alohida ta’kidlandi.

Senatorlar Qonunning maʼqullanishi mamlakatimizda qurilishlar sifatini oshirishga, binolar va inshootlar qonunga xilof ravishda qurilishining oldini olishga hamda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdilar. Muhokama yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🔗 Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda
———
🔗 Усиливаются меры административной и уголовной ответственности за нарушение требований законодательства о градостроительстве

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍Davlatimiz rahbarining topshirigʻi ijrosi doirasida Qoʻqon shahrida maʼnan eskirgan turar joy binolari oʻrniga renovatsiya asosida koʻp qavatli turar joy binolari qurish ishlari boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatimizga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan kecha Margʻilon shahri Yangihayot koʻchasidagi 75 gektar yer maydonida 6 ming xonadonli “Yangi Oʻzbekiston” massivi hamda “Ipakchi” va “Qirguli” MFYlar hududidagi bir qavatli maʼnan eskirgan turar joy binolari oʻrniga Renovatsiya dasturi doirasida koʻp qavatli turar joy binolarini qurilishiga start berilgandi.

Bugun esa Qoʻqon shahar “Gʻishtli masjid” mahallasining Movarounnahr koʻchasidagi 3 ta 2 qavatli maʼnan eskirgan turar joy binolari oʻrniga Renovatsiya dasturi asosida yangi 3 ta 9 qavatli jami 134 xonadondan iborat turar-joylar qurilishiga kirishildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹 #ONLAYN Qurilish sohasi vakillari, tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ularning sohaga doir muammolari tinglandi va kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan tizimli ishlar belgilab olindi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari tomonidan soha vakillari, tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan bugungi ochiq muloqotda ularning muammolari tinglandi va yechimi bo‘yicha manzilli vazifalar belgilab olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📌 Reja va natijalar tahlili

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi va maqsadli dasturlar ijrosining borishini muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilish qizg'in bahs-munozaraga boy tarzda o'tdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🟢 O’quv kurslarida qizg’in dars jarayonlari

Ta’kidlab kelayotganimizdek, vazirlik huzurida tashkil etilgan Kompetensiyani rivojlantirish institutida qurilish va uy-joy kommunal sohasi vakillarining malakasi oshirib kelinmoqda.

S
oha mutaxassislarini oʻqitish va sertifikatlash jarayonlariga tajribali o’qituvchi-professorlar, amaliyotchilar jalb etilgan.

Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

- shaharsozlik va kommunal xoʻjaligi sohalariga oid tegishli yoʻnalishlarda kadrlarni maqsadli maxsus hamda qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish;
- kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kompetensiya tasdigʻini olishni xohlovchi jismoniy shaxslarning kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini baholash;
- oʻqitishning zamonaviy shakllari, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari asosida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan oʻquv jarayonini tashkil etish;
- talabalar va tinglovchilarning amaliyotini nufuzli mahalliy hamda xorijiy korxona va tashkilotlarda tashkil etish;
- talabalar va tinglovchilarga sohalardagi yangiliklarni, shaharsozlikka oid qonunchilik hamda texnik tartibga solishga oid normativ hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish;
- taʼlim va ilmiy jarayonga mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarni keng jalb etish, ilgʻor pedagogik tajriba almashish borasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
- tashkilot va korxonalar buyurtmalari asosida taʼlim xizmatlarini koʻrsatish hamda ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish va boshqalar.

Ta’kidlash lozimki, tegishli dasturlar boʻyicha oʻquv kursini tugatib, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislarga maxsus sertifikatlar beriladi.

Eslatib o'tamiz, 2025-yildan boshlab sertifikatga ega boʻlmagan mutaxassislarga yuqori toifali qurilish obyektlari boʻyicha shaharsozlik faoliyati bilan shugʻullanish, shuningdek, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga rahbarlik qilish taqiqlanadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🔵 Qurilish va uy-joylarga xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kompetentligini rivojlantirish ushbu yo’nalishlarda ish samaradorligi va natijadorligi ortishiga zamin yaratadi.

Xabaringiz bor, vazirlik huzurida Kompetensiyani rivojlantirish instituti tashkil etilib, bugungi kunda qurilish va kommunal sohaga doir tashkilotlarning mutaxassislari o’qitib kelinmoqda.

Institutning mas’ullari kuni kecha “ToshuyjoyLITI” AJda bo’ldilar. Loyihachi-konstruktorlar, arxitektorlar, elektriklar, muhandislar ishtirok etgan uchrashuvda Kompetensiyani rivojlantirish instituti faoliyat yo’nalishlari, tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar xususida taqdimot o’tkazildi. Soha mutaxassislarini sertifikatlashning huquqiy asoslari, belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

“ToshuyjoyLITI” turli maqsadlardagi bino va inshootlar, muhandislik tarmoqlari, shuningdek, avtomobil yo‘llari va yo‘l infratuzilmasini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish, sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish kabi faoliyat turlari bilan shug’ullanib keladi.

Ta’kidlash lozimki, sohadagi zamonaviy yondashuvlar, yangi talablar mazkur yo’nalishlarda mehnat qilayotgan mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni talab etadi.

Muloqot chog’ida ana shu jihatlarga alohida to’xtalib o’tildi. O’zaro samimiy ruhda kechgan muloqotda mutaxassislar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

  
  📌 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga ko'ra "E-Antikorrupsiya" loyihasi doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxona va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatidagi korrupsion xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash boʻyicha bir qancha vazifalar belgilab berilgan.

Kuni kecha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida mazkur hujjat  hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 200-sonli qarorlarining ijrosini taʼminlanish maqsadida vazirlik mutasaddilari boshchiligida seminar tashkil etildi.

   Unda Boshqarma xodimlariga har bir davlat xizmatchisi o‘z faoliyati davomida korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymasliklari lozimligi, bu kabi holatlarga aralashib qolishlarining oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Xususan, shu kabi qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish ishlari amalga oshirilishi ta'kidlandi.

   Tadbir yakunida mas'ullar tomonidan ishtirokchilarga mavjud talablarga qat'iy rioya etilishini ta'minlash boʻyicha zarur vazifalar topshirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM