QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.8K subscribers
20.4K photos
3.44K videos
277 files
8.39K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

🗺Mahallalarda suv tarmog‘i yangilanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan tumanidagi 11 ta MFYda 51.9 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda.

☀️Ushbu jarayon viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan doimiy monitoring qilinyapti.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

💧 Norin tumani aholisining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanmoqda

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qaroriga asosan Namangan viloyati Norin tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholini ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalasiga ham alohida ahamiyat berilmoqda.

➡️ Xususan, tumanning "Suzoqovul" MFY hududida 4.3 km uzunlikdagi toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar mahallada "Obidjon Akmalxon hamkor" MCHJ tomonidan 1.5 km uzunlikdagi ichimlik suv quvurlarini tortish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, "Mustaqillikning 20 yilligi" mahalla fuqarolar yig'ini Tegirmonboshi ko‘chasida ham 2.2 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

Namangan viloyatining boshqa tumanlari kabi Pop tumanida ham bugungi kunda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

💧 Xususan, tumanning “Temir yo‘l” MFYda 15,5 km suv tarmog‘i, 1 ta suv inshooti va tik quduq, “Chortoq” MFYda 8,6 km suv tarmog‘i va 1 ta suv inshooti hamda “Eski To‘da” MFYda 14,9 km uzunlikdagi suv tarmoqlarini tortish va qurilish jarayonlari nihoyasiga yetgach, aholi to‘liq toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Hozirda tegishli tashkilot mutasaddilari bilan birgalikda barcha obyektlarda qurilish-montaj ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, Pop tumanidagi jami 9 ta mahallaga ichimlik suv tarmoqlarini tortish orqali aholining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish ko‘zda tutilgan.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

‼️Namangan viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Namangan shahri hududida noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha navbatdagi monitoring ishlari o‘tkazildi.

💬Taxtako‘prik” mahallasi hududida "Gavxar stroy-1" MCHJ tomonidan qurilayotgan 9 qavatli turar-joy obyekti o‘rganilganda ishchi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmagani va bu hujjatlarga nazorat inspeksiyasining xulosasi olinmagani, shuningdek, hududiy inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirayotgani aniqlandi.

◀️ Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan quruvchi tashkilot mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Barcha muammolarni bartaraf etib, inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish bo‘yicha ogohlantirish xati taqdim etildi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

💸 “NEW STORY"  BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI  XALQ XIZMATIDA

         Namangan viloyati Davlatobod tumani "Davlatobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan “NEW STORY” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
        Jumladan, 6-kichik nohiya hududida joylashgan 26, 27, 33-ko‘p qavatli uylarning tom qismlari joriy taʼmirlanmoqda.  
       Shuningdek, kompaniyaning  kun-u tun ishlovchi dispetcherlik xizmatiga aholi tomonidan kelib tushayotgan muammolar o‘z vaqtida bartaraf etib, aholiga keng qulayliklar yaratib kelinmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍 Yangi Namangan tumanida aholining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qaroriga asosan Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

◀️ Xususan, tumanning "Axsikent" mahalla fuqarolar yig‘inida jami 1 800 metr uzunlikda bo'lgan D-315 mm diametrga ega polietilen tarmoq tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 1 650 m qismida ishlar to'liq amalga oshirildi.
Shuningdek, “Maʼnaviyat” mahalla fuqarolar yig‘inida ham 200 m tarmoq tortish ishlari yakuniga yetkazilishi natijasida 170 ta xonadonning ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🔎 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-sonli qaroriga asosan Yangi Namangan tumanida ham keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, tumandagi “Axsikent” mahallasining “Saxovat 3” ko‘chasidagi aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, yo‘llarni soz holatga keltirish hamda elektr taʼminotini yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

🫥 Shuningdek, Yangi Namangan tumani “Yoshlik”, “Mingterak” mahallalaridagi ko‘chalarda ham asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan yo‘llarni sifatli taʼmirlanishini nazorat qilish, ichimlik suvi, elektr va gaz taʼminotlaridagi kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi bo‘yicha zaruriy topshiriqlar berildi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📔 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli qaroriga asosan Namangan tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholini ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalasiga ham alohida ahamiyat berilmoqda.
Xususan, Namangan tumanining Bo‘ston mahallasidagi “Bo‘ston-1”, “Bo‘ston-2” , “Shodiyona” va “Shukrona” ko‘chalarida “Olmos Uychi” MCHJ tomonidan 12 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 1 ta suv inshooti qurilmoqda.
Shuningdek, “Olaxamak” mahallasidagi “G‘uncha”, “Ziyokor” va “Nurafshon” ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholining ham quvonchi cheksiz. Chunki mahallaga suv tarmog‘ini tortish bilan bir qatorda yaroqsiz holatga kelgan eski yo‘llarda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

❗️ Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan og‘ir ahvoldagi uy-joy mulkdorlari shirkatlarini boshqaruv servis kompaniyalariga o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mutasaddilar, shirkat va boshqaruv servis kompaniya vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman boshqarma xodimlaridan tarkib topgan ishchi guruh aʼzolari tomonidan ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar va shirkat raislariga boshqaruv servis kompaniyalarining qulaylik va afzalliklari, shaffof tanlov asosida shirkatlarni bosqichma-bosqich boshqaruv tashkilotlariga biriktirib borilishi to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi bilan mavzu doirasida suhbatlar olib borildi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🔎 Xabar berib kelayotganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qarori asosida joylarda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti. Yangi Namangan tumanida ham bu borada samarali ishlar tashkil etilmoqda.
Qaror asosida tumanda o‘tkazilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholining ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, "Istiqbol" mahallasining 5-Kamalak ko‘chasida 2,5 km uzunlikdagi suv tarmog‘ini yangilash ishlari bajarilmoqda.
Tumanning “Maʼnaviyat” mahallasida ham "Murodil vaqt invest" MCHJ tomonidan 12 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i yangilanmoqda. Bu esa hudud ahlining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanishiga xizmat qiladi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍 Davlatobod tumanida boshqaruv-servis kopmaniyalaridan aholi minnatdormi?

Davlatobod tumani hokimligi binosida tumandagi ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan tanqidiy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tumanda 22 363 ta xonadondan iborat 481 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, shundan 400 tasi 7 ta boshqaruvchi tashkilot tomonidan, 81 tasi esa quruvchi-pudratchi tashkilotlar tomonidan boshqariladi.
Bugungi kun holatiga ko'ra tumandagi o'zini oqlamagan 165 ta shirkat faoliyati to‘xtatilib, tarkibidagi barcha uylar boshqaruv kompaniyalari qamroviga o‘tkazilgan. Boshqaruv kompaniyalari tomondan aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatish maqsadida 24 soat faoliyat ko‘rsatuvchi avariya-dispetcherlik xizmatlari tashkil etilib, aholiga qo‘shimcha 20 dan ortiq turdagi kommunal xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Sifatli ish tashkil etgan BSKlar qatorida kamchilklarga yo‘l qo‘yayotganlari ham yo'q emas. Aholini rozi qilish ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar taqdimoti ko‘rib chiqilib, shu yerning o'zida muhokama qilindi. Boshqaruv tashkilotiga keyingi ish faoliyati davomida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirildi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM