QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.8K subscribers
20.4K photos
3.44K videos
277 files
8.39K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

🗺 Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining “Malikobod” mahallasida "Yangi O‘zbekiston" massivining ikkinchi bosqich qurilishi taklif loyihasi ishlab chiqildi

Massiv uchun jami 20 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bu yerda jami 2 000 dan ortiq xonadonli 60 ga yaqin ko‘p qavatli uylar, maktab, maktabgacha ta‘lim tashkiloti, oilaviy poliklinika, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, istirohat bog‘i, ichimlik suvi, elektr, tabiiy gaz, issiqlik ta‘minoti obyektlari, kanalizatsiya tarmog‘i, massiv ichki yo‘llari qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

🏢 Loyihaning birinchi bosqichida 200 xonadonli 8 ta uy qurib bitkazilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichida 7 ta 9 qavatli uylar barpo etilishi va ushbu uylarga ko‘chib keladigan aholining munosib shart-sharoitlarda yashashi uchun zaruriy kommunikatsiya tarmoqlari tortilishi rejaga kiritilgan.

#NAVOIY

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-sinov laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan obyektlarda belgilangan tartibda doimiy ravishda sinov laboratoriya ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi ishlar kelgusida bino va inshootlarning mustahkam bo'lishini ta'minlaydi.

#QASHQADARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Kuz_qish

🌧❄️ Hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg’in davom etmoqda.

🗺Xususan, Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nurobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Nur sifat kommunal xizmati” BSK tomonidan Amir Temur, "Navro‘z" va "Sharq yulduzi" mahallalaridagi ayrim ko‘p qavatli uylarning tom qismi mukammal ta‘mirlanmoqda. Shuningdek, Amir Temur mahallasidagi 53-sonli ko‘p qavatli uyning tutash hududidagi beton yo‘laklarda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi yana bir boshqaruv servis kompaniyasi “BIO-TEX-SERVICE” tomonidan "Shukrona", "Guliston" mahallalari hamda Umid ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismi izol qoplamasi bilan yopib berilmoqda. Sattepo maskanidagi uylarning tom qismida ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari Abu Bakr Roziy ko‘chasidagi 29-sonli hamda Jarariq ko‘chasidagi 17-sonli ko‘p qavatli uyning yo‘laklariga beton qoplamasi yotqizildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

🚨 Sirdaryo viloyatida kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, o'rganish ishlari Yangiyer shahri "Yangi O’zbekiston" massivida qurilayotgan ko'p qavatli turar joylarda davom ettirildi.

Jarayonda qurilayotgan 6 ta ko'p qavatli turar joylarning bugungi holati ko'zdan kechirilganda tashqi elektr, ichimlik va oqova suv quvurlari, gaz tarmoqlarini tortish va issiqlik ta'minotini qurish borasida kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi, shu bilan bir qatorda hudud chiqindilardan tozalanmaganligi aniqlandi.

🔴 Ushbu kamchiliklar yuzasidan qurilish mas'ullariga yozma ko'rsatmalar berildi hamda holat inspeksiya xodimlari tomonidan nazoratga olindi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

🚨 Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, Paxtaobod tumani "Sangraobod" MFY hududidagi 5-umumta'lim maktabini rekonstruksiya qilish hamda qo’shimcha 3 qavatli o'quv binosini qurish obyekti o'rganilganda sifatsiz ora yopma plitalar olib kelinib, montaj qilinganligi aniqlandi.

🔴 Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan qurilishning mas'ullariga elektron yozma ko'rsatmalar berilib, sifatsiz plitalar bo'yicha ishlab chiqaruvchiga taqdimnoma kiritildi hamda ora yopma pilitalar buzdirilib, ishlab chiqaruvchi korxonaga qaytarildi.

#ANDIJON

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

📍 Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi  tomonidan ichimlik suvidan besamar foydalanish holatlarini oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari davom etmoqda

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Unda bino va inshootlarning zilzilabardoshliligini oshirish, qurilish ishlarida shaharsozlik normalariga rioya etilishi, shuningdek, ijro hujjatlari qay holatda yuritilishi bo'yicha inspeksiya xodimlariga kerakli tushunchalar berildi.

Mazkur seminar-treninglar hududlar bo'ylab o'tkazilmoqda.

#QASHQADARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

🚨 Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ko'p qavatli uylarning holati o'rganilib, mulkdorlar tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan qurilmalarga qonuniy choralar ko'rilmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🫥 Jizzax viloyatida bugungi kunda jami 11 ta qozonxonalar boʻlib, shundan 6 tasi markaziy, 5 tasi mahalliy (lokal) qozonxonalar hisoblanadi va ular viloyatdagi 106 ta (4 128 ta xonadon) koʻp kvartirali uylar hamda 11 ta ijtimoiy soha obyektlari uchun xizmat qiladi.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🏢✔️Yangi turar joylarni barpo etishda Fargʻona tajribasi

📍FARG'ONA

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM