QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
10.6K subscribers
17.6K photos
3.14K videos
260 files
7.61K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Download Telegram
#MUNOSABAT

“Novosti Uzbekistana” telegram kanali orqali tarqalgan eʼtirozlar yuzasidan Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma'lum qiladi:

Mirobod tuman Qurilish bo’limi tomonidan Mirobod tumani “Qizil Arvat” ko’chasi 28-uy manzilida joylashgan mavjud DSO “Lokomativ” qozonxonasi hududini yuridik hujjatga ega qismini o’rta qavatli turar-joy binosiga qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun “Ozbekiston temir yo’llari” AJning ishlarni boshqarish direksiyasiga berilgan.

🛡 “Lider Prof Proekt” MCHJ loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ishchi-loyiha hujjatlariga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan yig’ma ekspert xulosasi berilgan. Ushbu hududda qurilish ishlarini boshlash uchun Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda ko’rib chiqish va ijobiy xulosalar asosida kelishish belgilanganligini inobatga olib, mazkur nizoli masala qonunda belgilangan tartibda sud orqali ko’rib chiqilishini, “O’zbekiston temir yo’llari” AJning buyrug’ini bekor qilish esa nazorat inspeksiyasi vakolati doirasiga kirmasligini ma'lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🟡 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax viloyatida 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash to‘g‘risida” 2022-yil 25-oktabrdagi 408-son qaroriga ko‘ra ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal taʼmirlash uchun “ERGO-HOUSE” MCHJ pudrat tashkiloti jalb qilingan.

🟢Ushbu pudrat tashkiloti tomonidan 67 ta ko‘p kvartirali uylarning (“Ittifoq” MFYda 32 ta, “Yoshlik” MFYda 35 ta) 73,7 ming m kv tom qismini yopish, 288 ta temir eshiklarga kodli qulflar o‘rnatish va kirish yo‘laklaridagi framuga oynalarini yangilash, 35 ta uyning fasad qismini va kirish yo‘laklarini taʼmirlash hamda 32 ta uyning muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini almashtirish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, bugungi kunda pudrat tashkiloti tomonidan taʼmirlash-tiklash ishlari jadal tarzda davom etmoqda.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🗺Mahallalarda suv tarmog‘i yangilanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan tumanidagi 11 ta MFYda 51.9 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda.

☀️Ushbu jarayon viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan doimiy monitoring qilinyapti.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

Devorning buzilishi uyning zilzilabardoshligini kamaytirishi mumkin

✍️ Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva poytaxtimizning Yashnobod tumani Tuzel-2 mavzesi “Vatandosh” MFY 12-b uyda istiqomat qiluvchi aholi murojaatlariga asosan o‘rganish ishlarini olib bordi.
Murojaatlarga ko‘ra 9 qavatdan iborat mazkur uyning yerto‘la qismida tadbirkorlar tomonidan noqonuniy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Holat joyida o‘rganilganda, haqiqatan ham ko‘p qavatli uyning yerto‘lasi buzilib yotgani, hatto bino fundamenti o‘zgartirilayotgani aniqlandi. Mazkur noqonuniy qurilmalar bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal sohasida nazorat inspeksiyasining uy-joy fondi va ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha mas’ullari chaqirtirilib, mavjud holatni tezkorlik bilan o‘rganish vazifasi yuklatildi.
Ozoda Jo‘rayeva 12-b uy aholi vakillarining kommunal sohaga oid boshqa muammolarini ham tingladi. Xususan, ular tomonidan uyda issiqlik tizimining yaxshi ishlamasligi bildirildi. Vazir o‘rinbosari poytaxtimizda holati yaxshi bo‘lmagan uylarning ichki tizimini to‘liq almashtirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilganligini ta’kidladi:
- Dalatimiz rahbari tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar hisobidan bu yil Toshkent shahridagi 1 825 ta ichki tizimi nosoz, muammoli ko‘p kvartirali uyning kommunikatsiya tizimlari to‘liq yangilanishi rejalashtirilgan. Xususan, siz istiqomat qiluvchi hamda mahallangizdagi yana 4 ta uy ushbu ro‘yxatga kiritilgan. Bu bo‘yicha tez kunlarda ta’mirlash ishlari boshlanadi. O‘zaro hamjihatlikda uyingizdagi barcha kommunal muammolarni bartaraf etilishiga erishamiz, - dedi vazir o‘rinbosari.
❗️Ma'lumot uchun, uyning yerto‘la qismidagi qoidabuzarliklar inspeksiya tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalariga yana to‘xtalib o‘tamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd

🟢 Noqonuniy ulanmalar bartaraf etilmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ichimlik suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Nazorat tadbirlari davomida Qashqadaryo viloyati Nishon tumani "Istiqbol" MFY hududida joylashgan chorva mollari boqiladigan ferma o'rganildi. Unda tadbirkor tomonidan ichimlik suv tarmog'iga noqonuniy ravishda ulanish natijasida viloyat Suvta'minot korxonasiga 192 mln so'm zarar yetkazilgani aniqlandi.
To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish maqsadida tegishli organlarga taqdim etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📹 2023-yilning 22-fevral kuni youtube platformasiga qo‘yilgan video yuzasidan Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan quyidagilar aniqlandi:

Toshkent shahar Yashnobod tumani Sodiq Azimov 5-2-3-tor ko‘chasidagi maʼmuriy va ko‘p qavatli turar-joy binolari “Training Project” MCHJ buyurtmachiligida  amalga oshirilayotgan bo’lib, bundan hudud aholisining  norozi ekanligi bildirilgan.
 
🗺Mazkur obyektda inspeksiya  tomonidan doimiy nazorat ishlari olib borilgan.  Monitoring qilish davrida qurilish-montaj ishlarida yuzaga kelgan kamchiliklar yuzasidan yozma ko‘rsatma berilgan va ushbu talablar o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Hozirgi vaqtda qurilish-montaj va binoning poydevor qismiga beton qorishmasi quyish ishlari davom etmoqda.

“Zebuzar” TChSJ va “Nur Ilod” TChSJ tomonidan qurilish loyiha-smeta hujjatlarini bekor qilish bo‘yicha berilgan davo arizasi Toshkent shahar tumanlararo sudining 2022-yil 22-avgustdagi hal qiluv qaroriga binoan qanoatlantirilmaganini ma'lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muammo bartaraf etildi

       😄 Bugun soat 15-48 da "Daryo — LIVE" telegram kanali orqali "Xorazm viloyati Yangiariq tumani "Vakillar" mahallasida quvur yorilishi natijasida 2 oydan buyon ichimlik suvi isrof bo‘lmoqda" nomli maqola e'lon qilingan edi.
      Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan mazkur nosozlikni tezkor bartaraf etish choralari ko'rildi va muammo to'liq bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13.pdf
8.5 MB
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 24 февраль кунги 13-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан https://t.me/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/uzbunyodkor