Mehnat huquqi
26.8K subscribers
863 photos
182 videos
385 files
3.79K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor Assalomu alaykum. Biz ko‘p qavatli uyda istiqomat qilamiz. Bizga xizmat ko‘rsatadigan kompaniyaning aytishicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 15-apreldagi 114-son buyrug‘i bilan majburiy badal (ta'rif) summasi may oyidan boshlab salkam uch baravarga ko‘tarilibdi. Kompaniya hech chanday umumiy yig‘ilish qarorisiz majburiy badal summasini o‘zgartirishi huquqiga egami?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Davlatimiz rahbarining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori asosida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining “Ko‘p kvartirali uy-joy fondi umumiy mulkni va unga tutash hududlarni saqlash uchun mulkdorlarning majburiy badallari yoki to‘lovlarining eng kam miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi https://mc.uz/oz/views/diqqat-bu-muhim

Ayrim BSK (Boshqaruv servis kompaniyalari) mazkur buyruqni asos qilib, majburiy badallar yoki to'lovlar miqdorini g'ayriqonuniy ravishda oshirmoqdalar!

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi munosabatlar “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi https://lex.uz/docs/-4586282

Mazkur Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun joylar mulkdorlari majburiy badallarining yoki to‘lovlarining miqdori umumiy yig‘ilish qarori bilan belgilanadi.

Qonunning 28-moddasida ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan joylarning mulkdorlari o‘rtasida har bir joy mulkdori bilan ushbu Qonun talablariga muvofiq yozma shaklda, umumiy yig‘ilish qarorlarida ko‘rsatilgan shartlar asosida tuzilishi belgilangan.

Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasida shartnoma narxini belgilash tartibi, shuningdek to‘lovni to‘lab berish tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerakligi belgilangan.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 356-moddasiga ko‘ra, shartnomani bajarganlik uchun taraflarning kelishuvi bilan belgilangan bahoda haq to‘lanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar (tariflar, rassenkalar, stavkalar va h.k.) qo‘llaniladi. Shartnoma tuzilganidan keyin bahoni o‘zgartirishga qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2024-yil 15-apreldagi 114-son buyrug‘ining 3-bandida “joriy yildan boshlab ko‘p kvartirali uylarning boshqarish organlari hamda mulkdorlar tomonidan majburiy badallar yoki to‘lovlarning umumiy yig‘ilish orqali yuqoridagi nizom talablariga asosan minimal ishlar ro‘yxatidan kelib chiqib, belgilanishini nazoratga olish” qayd etilgan.

Yuqoridagilarga asosan, majburiy to‘lovlarning miqdorini o‘zgartirish uchun umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi va majburiy to‘lovlarning miqdorini o‘zgartirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinishi hamda mazkur umumiy yig‘ilish qarorlarida ko‘rsatilgan shartlar asosida har bir mulkdor bilan tuzilgan ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasiga tegishli o‘zgartirish kiritilishi lozim (shartnomada shartnoma bahosiga bir tomonlama o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

⚠️ Mazkur tartibga amal qilinmasdan, kompaniya tomonidan majburiy to‘lovlarning miqdori bir tomonlama o‘zgartirilgan bo‘lsa, oshirilgan miqdordagi majburiy to‘lovlarni to‘lashga majbur emassiz.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya qarorlarining tayyorlangan loyihalari komissiya a’zolariga komissiya majlisini o‘tkazishning tayinlangan sanasidan kamida o‘n kalendar kun oldin tarqatiladi.
Mehnat kodeksi 58-modda.

Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi videoni ko'ring.
https://youtu.be/2xsQrZjBYxs?si=S1v0R10xzui2mqfK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Juma, soat 22:10 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi yozgi mavsumning birinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#test Ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda, xodimning Mehnat kodeksining 100-moddasi birinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan moddiy madad olishga oid qo‘shimcha kafolatlari ...
Anonymous Quiz
41%
saqlanib qoladi.
20%
saqlanib qolmaydi.
39%
mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan bo'lsa saqlanib qoladi.
Xodim 1,5 yilga Koreyaga o’qishga ketmoqda, ish joyini saqlab qolishni imkoni bormi?

#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz bitta masalada maslahatiz kerak edi! Bizada Koreyaga magistarturaga o'qishga kirgan xodimlarimiz bor edi! Ularni o'qish muddati 18 oy ekan.....Shunga ula so'rashayotgan edi....shu o'qish davrida mehnat shartnomasini bekor qilmasdan, ta'tilmi yoki shunga o'xshash holatlar bo'yicha qanaqadur norma bormidi?
Tadbirkorlik va biznes oliy maktabida o'qivotkanda VMQ ga asosan lavozimi va o'rtacha ish haqqi saqlangan holda ta'til berilishi belgilangan edi ?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Ayrim qonunchilik hujjatlarida o’qish davrida xodimning ish o‘rni (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinishi belgilangan! Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 4-ILOVA “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi to‘g‘risida” Nizomning 9-bandiga ko’ra, magistraturada ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish davrida magistratura tinglovchilarining egallab turgan ish o‘rinlari (lavozimlari) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi https://lex.uz/docs/-4923372#-4924064

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.05.1996 yildagi 180-son “O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori 9-bandiga ko’ra, Akademiyaning magistraturasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun ularning o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Boshqa joylardan kelgan tinglovchilarga asosiy ish joyi bo‘yicha o‘qish joyigacha va undan qaytib kelish joyigacha bir martalik yo‘l haqi (bir yilda bir martadan ko‘p emas) to‘lanadi.

❗️Qonunchilik hujjatlarida belgilanmagan holatlardachi? Aytaylik, xodim xorijga o’qishga kirdi? Bu holatda nima qilish mumkin? Bu vaziyatda xodimga MK 240-moddasi bo’yicha ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berilishi mumkin❗️

Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtilning davomiyligi qanchadan oshmasligi kerak

Аvvalo, bunday taʼtil jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud boʼlmaganda esa mehnat shartnomasida nazarda tutiladi va bunday taʼtilning kalendar yil davomidagi eng koʼp davomiyligi belgilanishi mumkin. Ya’ni ushbu ta’tilning maksimal chegarasi belgilanmagan. Ish haqi saqlanmagan ta’tilga chalg’imaslik lozim! Ish haqi saqlanmagan ta’tilning esa maksimal chegarasi bor 3 yoki 6 oy (MK 241-moddasi).

MK 240-moddasi 2-qismiga koʼra, xodimga ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil berish va uning davomiyligi toʼgʼrisidagi masala har bir muayyan holda mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʼra hal etiladi. Xodimning unga bunday taʼtil berilishiga roziligi ish beruvchiga yozma ariza berish orqali bildiriladi.

Аgar jamoa shartnomasi yoki mehnat shartnomasida ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil nazarda tutilmagan boʼlsa xodimga bunday taʼtil berib boʼlmaydimi

Bemalol bersa bo’ladi! Batafsil quyidagi maqolamiz bilan tanishib chiqing👇

Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil va uni berish tartibi (240-modda) hamda rasmiylashtirish masalalari quyidagi maqolamizda tahlil qilingan. Аriza, buyruqdan namunalar keltirilgan https://t.me/mehnathuquqi/7440

👉 Ha aytgancha, MK 104-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodim bilan qo’shimcha kelishuv tuzib, xodimning o‘qishdan keyin shartnomada belgilangan muddatdan kam bo‘lmagan muddatni ishlab berish majburiyati to‘g‘risida qo’shimcha shartlarni kiritib qo’ysa bo’ladi!

👉 Bundan tashqari, MK 348-moddasiga ko’ra, xodim mehnat shartnomasini shartnomada yoki ish beruvchining hisobidan o‘qitish to‘g‘risidagi kelishuvda shartlashilgan muddatdan oldin uzrli sabablarsiz bekor qilingan taqdirda, xodim ish beruvchi uni o‘qitish uchun qilgan, o‘qish vaqti tugaganidan keyin haqiqatda ishlab bermagan vaqtiga mutanosib tarzda hisoblab chiqarilgan xarajatlarning o‘rnini, agar mehnat shartnomasida yoki o‘qitish to‘g‘risidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qoplashi shart.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Кўмакчи_эксперт

Қайси тоифа ходимлар ўзига қулай бўлган вақтда таътилга чиқиш ҳуқуқига эга?

Эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов ушбу саволга жавоб берди.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alekum ustoz, duo qiling, sizga havas qilib qo‘ydim, sizni yo‘lingizni bersin🙏🙏🙏🙏
Tabriklaymiz! FAZILDJANOV MUHAMMADAMIN ABDULLAJONOVICHning tug'ilishi FHDY bo'limida qayd qilindi. QR-kodli ma'lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtirilgan.

Kanal obunachisi Abdullajonni farzandli bo’lganligi bilan tabriklaymiz! Solih farzand bo’lsin! Adashga hayrli va manfaatli ilm tilaymiz! Qaysi soha yoki kasb egasi bo'lishidan qat'i nazar, o'z sohasining bilimdoni bo’lib yetishsin🤲
O'rindoshga ham bolnichniy puli berilishi kerakmi?

#savolimbor Assalomu alaykum.Bizda yarim stavkada ishlaydigan xodim bolnechniga chiqqanedi.Asosiy joyidan mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olgan.Lekin bizdan ham olishi kerakligini aytyapdi.Shu tog'rimi.Iltimos asosli qaror yoki yuridik hujjat aytaolasizmi shu bo'yicha.Oldindan rahmat

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 18-bandiga ko’ra, o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir https://lex.uz/docs/-2070161

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida” nizomning 40-bandiga ko’ra, nafaqalar o‘rindoshlik asosidagi (shu jumladan, ichki o‘rindoshlik asosidagi) ish joyi bo‘yicha ham alohida to‘lanadi, sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi https://lex.uz/docs/-6978570

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#qonunbilan
Agar jamoa shartnomasining loyihasi ma’qullanmasa, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya uni umumiy yig‘ilishning (konferensiyaning) takliflari va mulohazalariga muvofiq maromiga yetkazadi hamda o‘n besh kun ichida umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etadi.
Mehnat kodeksi 70-modda.

Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi videoni ko'ring.
https://youtu.be/ab9imNiCVq0?si=JheNXJNd4yT0OxcM
#test Dekret pulidan 12 foiz daromad solig'i ushlab qolinadimi?
Anonymous Quiz
41%
Ha, ushlab qolinadi.
59%
Yo'q, ushlab qolinmaydi.
Nogiron farzandi borlardan daromad solig’i ushlanmaydimi?

#savolimbor Ассалому алайкум Укитувчи болиб ишлайман ногирон фарзандим борлиги учун подаход ушланмасди лекин отписной пулимда 12% олиб колинибти даромат солиги деб Бу канчалик тогри? Жавобингизни кутаман, олдиндан рахмат

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

👉 Soliq kodeksining 380-moddasiga ko’ra, bolaligidan nogironligi bo‘lgan, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab uni tarbiyalayotgan ota yoki onaga daromad solig'i kamaytiriladi. Ya’ni daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi.

👉Masalan, bolaligidan nogironligi bo‘lgan, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab uni tarbiyalayotgan ota yoki ona 4 million so‘m maosh olsa, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1.41 baravari miqdori (1 mln 50 ming *1.41= 1 mln 480 ming 500 so‘m) dan 12% daromad solig‘i ushlanmaydi qolgan 2 mln 519 ming 500 so'mdan esa 12% daromad solig‘i ushlanadi, oylik maoshdan boshqa daromadlar yo'q deb tasavvur qilamiz.

💡Ya’ni agar Siz 4 million maosh olsangiz 480 ming so‘m emas, balki taxminan 302 ming daromad solig‘i to‘laysiz.

❗️Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, sizning ta’til pulingizning 1 mln 480 ming 500 so‘m qismidan 12% daromad solig‘i ushlanmaydi, undan oshgan qismidan esa soliq ushlanadi! (Diqqat! Ta'tili pulidan boshqa daromadlar yo'q deb tasavvur qilamiz!)

❗️ Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida beriladi.
👉 Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi z-bandiga ko‘ra, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni 8️⃣ yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 2️⃣0️⃣ yil bo‘lgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni5️⃣yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga egalar.

👉Basharti, ayol o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5️⃣ yil tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi.

💡Demak, agar bolalikdan nogiron farzandni 8️⃣ yoshgacha tarbiyalagan onalar, ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda 50 yoshdan imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Кўмакчи_эксперт

Ногиронлиги бўлган шахслар таътилни қисмларга бўлиб олиши мумкинми?

Эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов ушбу саволга жавоб берди.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunbilan
Jamoa shartnomasi mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida (konferensiyasida) ma’qullanganidan keyin taraflarning vakillari uch kun ichida jamoa shartnomasini imzolaydi.
Mehnat kodeksi 70-modda.

Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi videoni ko'ring
https://youtu.be/ab9imNiCVq0?si=JheNXJNd4yT0OxcM
Mehnat huquqi
📌 Juma, soat 22:10 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi yozgi mavsumning birinchi o‘yinida ishtirok etadi. Ko‘rsatuv homiysi - “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
📌 O'tkazib yubormang, bugun soat 22:10 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi yozgi mavsumning birinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Sizni qiziqarli o'yin kutmoqda...
Forwarded from Zakovat harakati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanlov uchun javoblarni qanday yuborish kerak?

📺 Bilasizki, bugun soat 22:10 da Milliy TVda Zakovat teleo’yinining yozgi mavsumi doirasida Muhammadamin Karimjonov jamoasi o’yini o’tkaziladi.

🏅 Teletomoshabinlar uchun tanlov bu o’yinda ham davom ettiriladi. Tanlovda O’zbekiston hududida bo’lib turgan istalgan kishi ishtirok eta oladi. O’yin davomida teletomoshabinlar uchun berilgan 2 ta savolga eng birinchi to’g’ri javob bergan tomoshabin 4 000 000 so’m sohibiga aylanadi.

📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to’g’ri foydalanish bo’yicha videoqo’llanma tayyorladik.

Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!

@zakovatharakati
#test Jamoa shartnomasi mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida (konferensiyasida) ma’qullanganidan keyin taraflarning vakillari ... kun ichida jamoa shartnomasini imzolaydi.
Anonymous Quiz
56%
3
16%
5
12%
7
16%
10
#savolimbor? Assalomu aleykum xodim ish haqi saqlanmagan holda berilgan taʼtildan muddatidan oldin ishga chiqmoqchi Mehnat kodeksida ish haqi saqlanmagan holda berilgan taʼtildan chaqirib olish nazarda tutilmagan qanday yoʻl tutgan maʼqul ?

Aloqador moddalar:  MK 232, 241-moddalar

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi  📤:
Mehnat huquqi
Photo
⚠️ 2024-yil 2-iyuldagi O'RQ-934 bilan Mehnat kodeksinining 269-moddasi (Ish haqidan ushlab qolishni cheklash) 2-qismi 7-band ya'ni "qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda" bilan to'ldirildi. Shuning uchun ham lex.uzda Mehnat kodeksiga kirsangiz "Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda" jumlasi turibdi.