Mehnat huquqi
28.7K subscribers
904 photos
223 videos
393 files
4.04K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#savolimbor Salom, xodim homiladorlik tatilidan mehnat tatiliga chiqdi. Keyin bola parvarishlash tatiliga chiqadi. YAMMT ga kiritiladimi mehnat tatili yoki bola parvarishlash ga chiqqandan keyin yoziladimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga 1-ilova “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bobi 33-35-bandlari xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishini ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga soladi https://lex.uz/docs/-4630020

Unga ko’ra, xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishini ro‘yxatdan o‘tkazish “YAMMT” IDAKga ijtimoiy ta’til davri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Xodimning ijtimoiy ta’tilini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi kiritilgan ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi. Xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishi ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan ro‘yxatga olingan taqdirda kiritilgan ma’lumotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlarni tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddatdan oshgan taqdirda ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor
Assalomu alaykum davlat ishida ishlayman lekin bir necha bor rahbar meni hamkasblarim oldida yani yig'ish bo'lganda izza qilishga harakat qildi va xo'p deyishimga qaramay ushbu holatdan keyin davlenamda muammo bo'ldi lekin hamkasblarim buni tabiiy qabul qilishmoqda guvohlik berishmayabdi?


Javob
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan, 13-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasiga asosan, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur kodeksning 298-moddasiga asosan, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha aniqlanishi kerak bo‘lgan biron-bir holatdan voqif bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs shu ish yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan guvoh ko‘rsatilgan vaqtda kelishi, haqqoniy ko‘rsatuvlar berishi, shu ish xususida o‘ziga ma’lum bo‘lgan hamma narsalarni aytib berishi va qo‘yilgan savollarga javob berishi shart.

Xulosa o‘rnida ish beruvchi sizni haqoratlashi, kamsitishi mumkin emas. Agar shunday holat yuz bergan bo‘lsa ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Guvohlar esa bo‘lgan voqeani aytib berishi shart.

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot
#savolimbor Xususiy klinikadan bolnichniy olib kelsam o’tmas ekan. Shu to’g’rimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

👉 O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi 2667 Yo’riqnoma
(https://lex.uz/docs/-2625878) 4-bandiga ko’ra, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari, qoida tariqasida, davlat sog‘liqni saqlash tizimi, shu jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalarining davolovchi shifokorlari tomonidan beriladi.

⚠️E’tibor bering, qoida tariqasida deyilmoqda. Ya’ni bundan faqat davlat davolash-profilaktika muassasalari mehnatga layoqatsizlik varaqalari berishga haqli degan xulosaga kelmaslik kerak.

👉 Yo’riqnomaning 5-bandiga ko’ra, sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga tegishli davolash-profilaktika muassasalari mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish yoki tibbiy-ijtimoiy ekspertiza bo‘yicha yetarli malakali xodimga ega bo‘lgan taqdirda, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berishga haqli. Bunda sog‘liqni saqlashning xususiy tizimidagi davolash-profilaktika muassasasi statsionar sharoitda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi zarur.

❗️Demak, agar xususiy klinika Yo’riqnomaning 5-bandidagi talablarga javob bersa, ular mehnatga layoqatsizlik varaqalari berishga haqli.

Quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga haqli emas:

tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati;
shifoxonalarning qabul bo‘limlari;
sud-tibbiy ekspertiza muassasalari;
pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno;
fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy muassasalar.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алайкум! Ходимга 2 ойлик огохлантириш бердик штатлар қисқарганлиги муносабати билан, ходим келиб огохлантиришни имзо қўйиб олди, 5 кундан кейин келиб огохлантириш муддатини пулли компенсацияга алмаштириб ўз хохишимга кура м.ш ни бекор қилишни сўрамоқда, биз буйрукни 161 2 2 билан чиқарамизми ёки 160 биланми

Asos: MK 100, 173, 160, 161.2.2, 165 - moddalar

Batafsil maqolada👇 https://t.me/mehnathuquqi/5915

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi :

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Qizim 2022 yil bankka kassir lavozimiga ishga kirdi u birinchi marotaba ishga kirishi ini dekretga ketayotgan ayolni urniga ishga oldi va 11 oy utib urindoshlik asosida ishga olgandek dib ayol ishga qaytgach bushatdi bu vaqtda boshqa bush urin ham bor edi shu tugrimi javo uchun oldindan raxmat

Asos: MK 112, 158, 408 - moddalar

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi :

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Хотин-қизлар фаоли судланди, уни ишдан бўшатишди. Шу асослими

#savolimbor Ассалому алайкум, хотин-қизлар фаоли лавозимида ишлаб келганман. Жиноят кодекси 45-моддаси қўлланилиб, 1 (бир) йил муддатга давлат органи ёки давлат иштирокидаги ташкилотларда мансабдорлик ва моддий жавобгарлик билан боғлиқ бўлган лавозимларда ишлаш ҳуқуқидан маҳрум қилиндим. Шуни асос қилиб мени 168-модда 3-банди ишдан бўшатишди? Шу асослими

https://t.me/mehnathuquqi javobi :
Ходим томонидан жиноят содир қилиниши ҳар доим ҳам у билан тузилган меҳнат шартномаcини бекор қилинишига олиб келавермайди ҳамда жиноят содир килиш билан боғлиқ тарзда меҳнат шартномасини бекор қилиш учун муайян юридик фактлар мажмуи мавжуд бўлиши талаб этилади.
Жумладан, қуйидагилар мавжуд бўлган тақдирдагина меҳнат шартномаси бекор қилиниши асосли ҳисобланади:
а) ходимнинг жиноят содир этганлиги суднинг ҳукми билан исботланган ва мазкур ҳукм қонуний кучга кирган (апелляция шикояти бериш муддати ўтган ёки апелляция шикояти тегишли инстанция суди томонидан кўриб чикилиб, ҳукм кучда қолдирилган) бўлиши;
б) суд ҳукми билан тайинланган жазо ва ушбу жазонинг ижро килиниши ходимни мазкур корхонада қолиб ишлашини истисно этиши ва меҳнат муносабатлари давом этишига имкон бермаслиги лозим.

Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2023 йил 20 ноябрдаги 26-сонли “Судлар томонидан меҳнат шартномасини бекор қилишни тартибга солувчи қонунчиликни қўллаш амалиёти тўғрисида”ги қарорининг 51-бандига кўра, ходимни аввалги ишини давом эттириш имкониятини истисно этадиган жазога маҳкум этган суднинг ҳукми қонуний кучга кириши, шунингдек ходимни суднинг қарорига кўра ихтисослаштирилган даволаш-профилактика муассасасига юборилиши МК 168-моддаси биринчи қисмининг 3-бандига асосан меҳнат шартномасини бекор қилишга асос бўлади.

Қуйидаги ҳолатлар мавжуд бўлган тақдирда ушбу асос бўйича меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин:
ходимнинг жиноят содир этганлиги суднинг ҳукми билан исботланган ва мазкур ҳукм қонуний кучга кирганлиги;

суд ҳукми билан тайинланган жазо ва ушбу жазонинг ижро қилиниши ходимни мазкур ташкилотда қолиб ишлашини истисно этиши ва меҳнат муносабатлари давом этишига имкон бермаслиги.

Судларнинг эътибори ходимни жиноят содир қилганликда айблов ҳукми қонуний кучга кирганидан сўнг ҳам, башарти суд ҳукмида назарда тутилган жиноий жазо уни ташкилотда ишни давом эттиришга тўсқинлик қилмаса (масалан, жарима, мажбурий жамоат ишлари, ахлоқ тузатиш ишлари каби жазолар қўлланилганлиги), иш берувчи ходим билан ушбу асосга кўра меҳнат шартномасини бекор қилишга ҳақли эмаслигига қаратилсин.

Жиноят Кодекси 8-бўлими (Атамаларнинг ҳуқуқий маъноси)га кўра хотин-қизлар фаоли мансабдор шахс ҳисобланмайди.
МК 343-моддаси ва бошқа қонунчилик ҳужжатларига кўра (21.08.2023 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами 3452) ҳам хотин-қизлар фаоли пул ёки товар қимматликлари билан бевосита муомала қилувчи ходим ҳисобланмайди.

Қачонки ходим эгаллаган лавозим ҳақиқатан ҳам моддий жавобгарлик ёки мансабдорлик лаовзими бўлсагина, ана ўшандагина ходимни 168-моддаси 1-қисми 3-банди билан бўшатиш асосли бўлади.

Юқоридаги ҳолатда, хотин-қизлар фаоли билан тузилган меҳнат шартномасини МК 168-моддаси 1-қисми 3-банди билан бекор қилиниши ғайриқонуний ҳисобланади.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor
Assalomu alaykum men 1 stavka tarbiyachi vazifasidan dekretga chiqqanman meni urnimda urindosh bulib ishlayotgan xodim 20 noyabrda dekretga chiqib ketishi kerak edi men ishga chiqishim uchun oldinroq Buyruq olishim kk chunki 18 noyabrdagi Namangan davlat Universitetiga uqishga ketishim kerak men 10 noyabrdan ishga chiqsam dekretga chiqadigan xodimga meni ishga chiqishim zarar bermaydimi bu masalada nima qilsam bo'ladi?

Javob
Sizni o‘rningizga kelgan xodimni o‘rindosh deyish har doim ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Sababi o‘rindoshlik butunlay boshqa tushincha. Sizni o‘rnigizga kelgan xodim bilan Mehnat kodeksining 112-moddasiga asosan, muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan.

O‘rningizga kelgan ayol Mehnat kodeksining 408-moddasiga asosan homiladorlik va tug‘ish ta’tilini olishga haqli. Unga ko‘ra ayolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasining muddati tugagan taqdirda, ish beruvchi ayolning yozma arizasiga binoan va homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda, mehnat shartnomasining amal qilish muddatini homiladorlik tugaguniga qadar, unga homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilgan taqdirda esa bunday ta’tilning oxiriga qadar uzaytirishi shart.

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 27-bandiga asosan, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor o‘rinbosari bilan birgalikda bir yo‘la bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

Xulosa, agar o‘rningizdagi ayolning homilasi o‘ttiz hafta yoki undan oshiq bo‘lsa, u hozirgi kunlar atrofida yoki siz ishga chiqmoqchi bo‘lgan 10-noyabrga qadar homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqib ketishga haqli. Shundan so‘ng siz ishga chiqasiz va 18-noyabrda belgilangan tartibda o‘quv ta’tili olib o‘qishga ketaversiz.

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://t.me/MehnathuquqimurojaatBot
#savolimbor Assalomu alaykum, taʼtildagi xodimga intizomiy jazo qoʼllasa boʼladimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi

Taʼtildagi xodimga mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari) tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʼllab boʼlmaydi. Chunki, MK 163-moddasiga koʼra, xodim mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan taʼtillarda boʼlgan davrlarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilish taqiqlanadi, korxona tugatilgan hollar bundan mustasno.

⚠️ Taʼtildagi xodimga hayfsan, jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʼllash boʼyicha qonunchilikda toʼgʼridan toʼgʼri taqiq yoʼq. Lekin jazo qoʼllashda MK 313-moddasidagi qoidalarga rioya qilish shart. Xodimdan tushuntirish xati olish va yana boshqa harakatlar. 314-moddasiga koʼra, xodim vaqtincha ishga layoqatsiz boʼlgan yoki taʼtilda boʼlgan davrda intizomiy jazoni qoʼllash muddati oʼtmay turadi.

Shuning uchun ham, xodim taʼtildan qaytgach hayfsan, jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʼllashni tavsiya qilamiz.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
“Suyunchi puli”dan quruq qolmay desangiz, postni oxirigacha o’qing …

#savolimbor Ассалому алайкум мени набирам 14 сентябрда тугилган суюнчи пулини олмагандик бугун олгани борсак мудати 1 ой берилмайди деб банкдан кассир кайтариб юборди шу тугрими

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qaroriga 4-ilova “Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti 9-bandning “v” kichik bandiga ko’ra, bolaning otasi yoki onasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan holda, bola tug‘ilgandan boshlab 1️⃣ oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun AT “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat qiladi.

⚠️ Diqqat! Avval 6 oy muddat ichida murojaat qilsa bo’lar edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 110-sonli qarori bilan 6 oylik muddat 1 oyga tushirildi.

Demak, “Suyunchi puli”ni olish uchun 1️⃣ oy muddat ichida “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat qilish mumkin! ⚠️ Agar muddatni o'tkazib yuborsangiz, "suyunchi puli"dan mahrum bo'lasiz!

“Suyunchi puli” mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi miqdorida beriladi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 so‘m. 1 155 000 *70,3% = 811 965 so'm. “Suyunchi puli”dan soliq ushlanmaydi! Qo’lga to’liq 811 965 so'm tegadi!

⚠️ Diqqat! Endi ikkinchi va undan keyingi farzandlar uchun “suyunchi puli” barchaga berilmaydi. Batafsil bu yerda👉 : https://t.me/mehnathuquqi/8297

❗️⚖️ Mehnat va ijtimoiy ta'minot qonunchiligi bo'yicha pulli professional yuridik yordam olish uchun @MuhammadaminKarimjonov ga murojaat qilishingiz mumkin!


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Xodimparvar ish beruvchilar uchun layfhak!

#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin Ustoz. Xodimlarga 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan premiya bersa bo’ladimi?

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

Ha, albatta berish mumkin. Bu tashkilotning mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlariga bog’liq.

MK 24-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodimlarni halol samarali mehnati uchun rag‘batlantirish huquqiga ega.

MK 299-moddasiga ko’ra, ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi.

MK 13-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.

MK 12-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
jamoa kelishuvlari;
jamoa shartnomalari;
ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.

⚠️ Diqqat! Agar tashkilotning ichki hujjatlarida faqat MK 208-moddasida nazarda tutilgan, 9ta ishlanmaydigan bayram kunidagina xodimlarni mukofotlash nazarda tutilgan bo’lsachi Yoki tashkilotning ichki hujjatlarida xodimlarni umuman mukofotlash nazarda tutilmagan bo’lsachi

❗️Bu holatda ish beruvchi garchi ichki lokal hujjatlarda nazarda tutilmagan bo’lsada, xodimlarni rag’batlantirishi mumkin.

Chunki, yuqorida tahlil qilib o’tganimizdek, ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar — buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar ham mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjat hisoblanadi!

Budjet tashkilotlari ham o’zlarining budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan xodimlarni 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan mukofotlashlari mumkin!

Hurmatli ish beruvchilar, xodimlarni bir xursand qilinglar…


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi