Manaviyat.edu.uz
57.5K subscribers
7.35K photos
1.97K videos
80 files
4.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar begona shaxs jamoat transportida sizga tegajog'lik qilsa nima qilish kerak?

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxon_yoshlar_ligasi

📚Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoshlar ligasi” 3-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi.

⚡️Taqdirlash marosimini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshonbek Xudayberganov ochib berib, mazkur tanlov yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirishini va 125 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tanlov tashlikotchisi, markaz bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblariga smartfon va sertifikatlarni topshirdi.

🔹Tanlovning final bosqichida faol ishtirok etib, 4-5-o‘rinni egallagan tanlov sovrindorlariga vazirlik sertifikati va smartfon sovg‘alarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktor o‘rinbosari Anvarmirzo Qudratov va markaz bo‘lim boshlig‘i Mansur Boysariyev topshirdi.

🔹Kitobxonlik tanlovi 3-mavsumida davomida eng kuchli deya e’tirof etilgan 1 nafar 1-o‘rin, 2 nafar 2-o‘rin va 3 nafar 3-o‘rin egalarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Salohiddin Sanaqulov va markaz direktori Ravshonbek Xudayberganov taqdirlab, ularga qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, smart televizor va planshet) va vazirlik diplomlarini topshirdi.

🎙 Taqdirlash marosimi davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ustoz san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

📌Tanlov g‘oliblari ro‘yxati

Tanlovda g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha talaba-yoshlarni ushbu mukofotlar bilan markazimiz nomidan samimiy muborakbod etib, kitob doimo eng yaqin do‘stingiz bo‘lishini tilab qolamiz.

🌐Videoni YouTube orqali ko‘rish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxon_yoshlar_ligasi

📚Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan“Kitobxon yoshlar ligasi” 3-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlash marosimidan fotolavhalar

▶️ Fotolavhalarni ko‘rish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 18-may haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Xalqaro muzeylar kuni.
🌏 Butunjahon OITSga qarshi emlash kuni.
🌏 Global foydalanish imkoniyatidan xabardorlik kuni‌‌
🇹🇲 Turkmaniston ‐ Konstitutsiya va bayroq kuni‌‌.
🇩🇰 Daniya - Dyubbel yonidagi jang.

#voqealar
🔸Yekaterina I Rossiya imperiyasi taxtiga o‘tirdi (1724).
🔸Rossiya imperiyasida  birinchi bank ochildi (1753).
🔸 AQShda birinchi grammofon plastinkasi namoyish qilindi (1888).
🔸Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g’risidagi Yevropa konvensiyasi kuchga kirdi (1954).
🔸Hindiston atom quroliga ega bo‘lgan oltinchi davlatga aylandi (1974).
🔸Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati Eronga qarshi iqtisodiy sanksiyalar joriy qildi (1980).
🔸Litva Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi (1989).
🔸“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi navbatdagi “Bankok-Toshkent” yangi xalqaro marshrutini ochdi (1993).
🔸Rossiya terma jamoasi xokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi (2008).

#tavalludlar:
🔹1048-yil: Umar Xayyom (1131) - Sharq mumtoz adabiyotiming yirik vakili, shoir, matematik va faylasuf.
🔹1912-yil: Richard Bruks (1922) - Amerikalik kinorejissyor, "Oskar" mukofoti sohibi.
🔹1978-yil: Rikardu Karvalyu - Portugaliyalik futbolchi.
🔹1981-yil: Shchou Shimin - xitoylik bokschi, ikki karra Olimpiya chempioni (2008, 2012).
🔹2002-yil: Alina Zagitova - rossiyalik figurali uchuvchi, jahon (2019), Yevropa (2018) va Olimpiya o‘yinlari (2018) chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 19-may haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Butunjahon oilaviy shifokorlar kuni.
🌏 Yallig'lanishli ichak kasalligi kuni.
🇱🇰 Shri-Lanka - Xotira kuni.
🇹🇷 Turkiya - Otaturkni xotirlash, Yoshlik va sport bayrami‌‌.

#voqealar
🔸 Angliya Respublika deb eʼlon qilindi (1649).
🔸Rossiya poytaxti  Moskvadan Sankt-Peterburgga  koʻchirildi (1712).
🔸"Qora kun": Shimoliy Amerika ustida quyosh yoʻqolib qoldi (1780).
🔸Napoleon Faxriy legion ordenini taʼsis etdi (1802).
🔸Finlyandiya futbol federatsiyasi ish boshladi (1907).
🔸Janubiy Afrikada oq tanli ayollarga ovoz berish huquqi berildi (1930).
🔸Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqoti markazi ochildi (1995).
🔸“Chelsi”  birinchi marta UEFA chempionlar Ligasining g’olibi bo‘ldi (2012).

#tavalludlar:
🔹1881-yil: Mustafo Kamol Otaturk – Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti (1923-1938).
🔹1890-yil: Xo Shi Min (1969) – Vetnam prezidenti (1945-1969).
🔹1937-yil: Ali Hamroyev  – kinorejissyor, ssenariynavis, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san‘at arbobi.
🔹1938-yil: Nazar To‘raev  – fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
🔹 1945-yil: Shuhrat Ergashev  – kinoaktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1989). 
🔹 1946-yil: Mikele Plachido  – "Sprut" filmida komissar Kattani obrazini talqin qilgan italyan kinoaktyori.
🔹 1976-yil: Sergey Krushevskiy  – velopoygachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), "Oʻzbekiston iftixori" (2003).
🔹1979-yil: Diyego Forlan  – Urugvay terma jamoasi a‘zosi, 2010 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi.
🔹1979-yil: Andrea Pirlo  – italyan futbolchisi, jahon chempioni 2006).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 20-may haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro asalarilar kuni.
🇺🇳 Xalqaro metrologiya kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy qutqaruvchi it kuni‌‌.
🇷🇺 Rossiya – Volga daryosi kuni.
🇺🇦 Ukraina – Bank xodimlari kuni.

#voqealar
🔸Suriyadagi zilzila (1202).
🔸Parijda 17 ta davlat tomonidan Metrik Konvensiya imzolandi (1875).
🔸Fransiyada II Olimpiya o‘yinlari boshlandi (1900).
🔸Buyuk Britaniya Saudiya Arabistonining mustaqilligini tan oldi (1927).
🔸Qozog’istonning Olma-ota shahrida O‘zbekiston kunlari ochildi (1995).
🔸Toshkentda “Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo madaniyatlarining o‘zaro boyish yo‘li” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi (1996).
🔸Iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya davlatlar o‘rtasida sakkizinchi majlisi yakunlandi (2006). 
🔸Donetskning "Shaxtyor" futbol klubi o‘z tarixida ilk bor UEFA Kubogini qo‘lga kiriti (2009).
🔸Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti bo‘ldi (2019).

#tavalludlar:
🔹1822-yil: Frederik Passi (1912) – fransuz iqtisodchisi, jahonda birinchi Nobel mukofoti sohibi (1901).
🔹1851-yil: Emil Berliner (1929) – nemis ixtirochisi, birinchi ovoz yozish uskunasi – grammofonni yaratgan.
🔹1901-yil: Maks Eyve (1981) – golland shaxmatchisi, 5-jahon chempioni.
🔹1914-yil: Zunnun Madaliyev (1980) – aktyor va rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1967). 
🔹 1916-yil: Aleksey Maresyev (2001) – uchuvchi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, B. Polevoyning "Chin inson qissasi" kitobi qahramonining prototipi.
🔹1923-yil: Sarvar Azimov (1994) – O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
🔹1937-yil: Tursunoy Oxunova (1983) – oʻzbek xotin-qizlari orasida paxta terish texnikasini oʻzlash tirish harakati tashabbuskori, 2 marta "Mehnat Qahramoni" (1959, 1978), 
🔹1981-yil: Iker Kasilyas – sobiq Ispaniya milliy futbol terma jamoasi darvozaboni.
🔹 1982-yil: Petr Chex – sobiq Chexiya milliy futbol terma jamoasi posboni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 21-may haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro rivojlanish va kelishuvga bag’ishlangan madaniy rang-baranglik kuni.
🇺🇳 BMT – Xalqaro choy kuni.
🌏 Butunjahon non pishirish kuni.
🇺🇿 O'zbekiston – Kutubxonachilar kuni.

#voqealar
🔸Avstraliyada birinchi oltin topildi (1851).
🔸Parijda FIFA – Xalqaro futbol federatsiyasiga asos solindi (1904).
🔸"An-26" transport samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi (1969).
🔸Laslo Tot Mikelanjeloning "Pyeta" asariga bolg’a bilan urdi (1972).
🔸Oʻtkir Sultonov  Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tayinlandi (1995).
🔸Serbiya va  Chernogoriya Respubli­kasi ikki mustaqil  davlatga ajralib ketdi.  Chernogoriya Respublikasi va Serbiya Respublikasi tashkil topdi (2006).

#tavalludlar:
🔹1927-yil: Orif Alimahsumov (2005) – xonanda va sozanda, O‘zbekiston xalq artisti, ustoz-murabbiy.
🔹1955-yil: Sergey Shoygu – Rossiya harbiy arbobi, amaldagi mudofaa vaziri. 
🔹1960-yil: Vladimir Salnikov – sovet suzish ustasi, 4 karra olimpiya va ko‘p karra jahon chempioni.
🔹1963-yil: Oxunjon Madaliyev (2000) – xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist.
🔹1990-yil: Tiril Ekxof – norvegiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
🏛Adiblar xiyobonidagi ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari davom etmoqda!

▶️Andijon davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor M.Parpiyev boshchiligida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida bo‘lib, ajdodlarimiz merosini oʻrganish va ularni kelgusi avlodga yetkazish maqsadida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi.

▶️Toshkent tibbiyot akademiyasi Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti tomonidan “Zulfiyaxonim xotirasini yod etib” nomli tadbiri “Adiblar xiyoboni”da tashkil etildi.

▶️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan “Adiblar xiyoboni”da “Mushoira fest” adabiyotshunoslik festivali o‘tkazildi.

▶️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Uchinchi Renessans yoshlarini tarbiyalashda Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybekning badiiy merosi” nomli konsert dasturi “Adiblar xiyoboni”da tashkil etildi.

▶️Toshkent davlat pedagogika univeristeti tomonidan “Adiblar xiyoboni”da Abdulla Avloniy haykali poyida hisobot konsert dasturi boʻlib o‘tdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM