Manaviyat.edu.uz
104K subscribers
7.96K photos
2.38K videos
84 files
5.18K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#milliy_qadriyatlar_sayli
#kitobxon_yoshlar_ligasi

🏛 Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi bo‘yicha Yoshlar radiosi “Salom yoshlar loyihasida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov bilan suhbat efirga uzatildi.

📚 Shuningdek, Yoshlar radiosi orqali yaqinda yakunlanganKitobxon yoshlar ligasi onlayn tanlovi 3-mavsumi final bosqichi haqida ham ma’lumotlar efirga uzatildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#kitobxon_yoshlar_ligasi

🏛 Yoshlar radiosi orqali Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan Kitobxon yoshlar ligasi onlayn tanlovi 3-mavsumi g‘olibasi ToshDO‘TAU talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova bilan jonli intervyu efirga uzatildi.

Intervyuni tinglab loyiha haqida, uni o‘tkazilish va g‘oliblarni taqdirlash tartibi haqida yanada batafsil g‘olibning o‘zidan eshitishingiz mumkin.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxon_yoshlar_ligasi

📚Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli Kitobxon yoshlar ligasi 3-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi.

⚡️Taqdirlash marosimini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshonbek Xudayberganov ochib berib, mazkur tanlov yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirishini va 125 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tanlov tashlikotchisi, markaz bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblariga smartfon va sertifikatlarni topshirdi.

🔹Tanlovning final bosqichida faol ishtirok etib, 4-5-o‘rinni egallagan tanlov sovrindorlariga vazirlik sertifikati va smartfon sovg‘alarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktor o‘rinbosari Anvarmirzo Qudratov va markaz bo‘lim boshlig‘i Mansur Boysariyev topshirdi.

🔹Kitobxonlik tanlovi 3-mavsumida davomida eng kuchli deya e’tirof etilgan 1 nafar 1-o‘rin, 2 nafar 2-o‘rin va 3 nafar 3-o‘rin egalarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Salohiddin Sanaqulov va markaz direktori Ravshonbek Xudayberganov taqdirlab, ularga qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, smart televizor va planshet) va vazirlik diplomlarini topshirdi.

🎙 Taqdirlash marosimi davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ustoz san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

📌Tanlov g‘oliblari ro‘yxati

Tanlovda g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha talaba-yoshlarni ushbu mukofotlar bilan markazimiz nomidan samimiy muborakbod etib, kitob doimo eng yaqin do‘stingiz bo‘lishini tilab qolamiz.

🌐Videoni YouTube orqali ko‘rish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxon_yoshlar_ligasi

📚Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilganKitobxon yoshlar ligasi 3-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlash marosimidan fotolavhalar

▶️ Fotolavhalarni ko‘rish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxon_yoshlar_ligasi

🏛 Kecha Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumi final bosqichi bo‘lib o‘tdi!

✔️Final bosqichida har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga o’tgan har bir ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida final testlarini ishladi. Markazlashgan holda tashkil etilgan final bellashuvida 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 150 nafar talaba-yoshlardan ishtirok etdi.

➡️Finalda ishtirokchilarga oldindan o‘qish uchun vazifa qilib berilgan Deyl Karnegining “Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir etish” hamda Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” kitoblari bo‘yicha tuzilgan 50 tadan test savollari va har bir test uchun 40 soniyadan vaqt berildi.

🔹Yakunda testlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb topildi. Tanlov nizomiga ko‘ra, yuqoridagi o‘rindagi ishtirokchilarning ballari teng bo‘lib qolganda, kim testni ishlash uchun umumiy kamroq vaqt sarflagan bo‘lsa, usha ishtirokchi yuqori o‘rinda deb hisoblandi.

📌 Jarayondan fotolavhalar

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM