Manaviyat.edu.uz
86.1K subscribers
8.11K photos
2.49K videos
85 files
5.31K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Bugun 1-avgust haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌎 Butunjahon o‘pka saratoniga qarshi kurash kuni.
🌏 Xalqaro bolalardan xoli kun.
🌍 Butunjahon Internet kuni.
🇨🇩 Kongo Respublikasi – Ota-onalar kuni.

#voqealar
🔸Xristofor Kolumb Venesuelaga tashrif buyurgan birinchi yevropalik bo‘ldi (1498).
🔸Josef Pristli  kislorodni kashf etdi (1774).
🔸Berlinda Olimpiya o‘yinlarining ochilishi (1936).
🔸Sovet Ittifoqi Qahramonining “Oltin yulduz” medali ta'sis etildi (1939).
🔸Katta Farg’ona kanali qurilishi boshlandi (1939).
🔸Qora dengizda suv osti daryosi topildi (2010).

#tavalludlar
🔹1819-yil: Herman Melville (1891) – amerikalik yozuvchi va Amerika uyg’onish davri shoiri. 
🔹1926-yil: Anna Glushenkova – kimyogar olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1996) va Oʻzbekiston  FA akademigi (2000).
🔹 1933-yil: Safarov Firudin Sattor oʻg’li – opera rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1986). 
🔹 1956-yil: Hoshim Arslonov (2020) – oʻzbek kino va teatr aktyori.
🔹 1951-yil: Shoazim Minovarov – Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi
🔹 1956-yil: Abdulxay Karimov – “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”.
🔹 1957-yil: Nuriddin Haydarov (2004) – estrada xonandasi, Oʻzbekiston xalq artisti (2003). 
🔹 1984-yil: Bastian Shvaynshtayger – nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 2-avgust haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🇺🇦 Ukraina – Halok bo‘lgan parashyutchilarni xotirlash kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Ozarbayjon kinosi kuni.

#voqealar
🔸Fransiya poytaxti Parijda pochta qutisi ilk bor o‘rnatilgan (1653). 
🔸Makmillan nashriyotida L.Kerrollning “Alisaning mo‘jizalar mamlakatidagi sarguzashtlari” kitobi 1-marta nashr etildi (1865).
🔸Londonda Tauer tunneli ochildi (1870).
🔸Portugaliyaning “Portu” futbol klubiga asos solindi (1906).
🔸Mulla To‘ychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri tashkil topdi (1932).
🔸O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan beri birinchi marta Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari 1-avgustdan 2-avgustga ko‘chirildi (2011).

#tavalludlar
🔹1820-yil: Jon Tindal (1893) – ingliz fizigi, osmon nega ko‘k ekanligini tushuntirgan.
🔹1834-yil: Frederik Ogyust Bartoldi (1904) – fransuz haykaltaroshi, Ozodlik haykali muallifi.
🔹1891-yil: Viktor Maksimovich (1971) – rus tilshunosi, adabiyotshunos va folklorshunosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1944).
🔹1909-yil: Ilyos Muslim (1993) – Bolalar yozuvchisi.
🔹1943-yil: Sayyora Rashidova – kimyogar olima, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (1995-2015).
🔹1960-yil: Olivye Gruner – fransuz kino aktyori va sobiq kikboksing chempioni.
🔹1977-yil: Shahnoza Soatova – jurnalistlik tajribasiga ega taniqli o‘zbek blogeri, kolumnisti va jamoatchilik faoli.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 3-avgust haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌏 Xalqaro tarvuz kuni.
🇳🇪 Niger – Daraxt ekish kuni.
🇺🇸 AQSh – Tarvuz kuni.

#voqealar
🔸Nemis astronomi David Fabrisius birinchi o‘zgaruvchan yulduz – Kit Mirasini kashf etdi (1596).
🔸Milanda “La Scala” opera teatri ochildi (1778).
🔸Londonning birinchi svetoforlari Pikadilli maydonida o‘rnatildi (1926).
🔸BMT Xavfsizlik Kengashi Xitoyning BMTga kirishiga qarshi ovoz berdi (1950).
🔸SSSR poytaxti Moskva shahrida yozgi olimpiyada o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi (1980).

#tavalludlar
🔹1928-yil: Qunduz Mirkarimova (2019) – raqqosa, baletmeyster va pedagog, O‘zbekiston xalq artisti (1966).
🔹1983-yil: Ulug’bek Qodirov – aktyor.
🔹1986-yil: Darya Domrachyova – belorus biatlonchisi, to‘rt karra Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni, Belorusiya Qahramoni.
🔹1994-yil: Koranten Tolisso – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 4-avgust haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌏 Xalqaro bulutli leopard kuni.
🌏 Xalqaro ishlayotgan yolg’iz ayollar kuni.

#voqealar
🔸Telefon ixtirochisi Aleksandr Bellning dafn marosimi. AQShda 1 daqiqa davomida 13 million telefon ishlamay turdi (1922).
🔸Toshkentda “Temir yo‘l texnika” muzeyi ochildi (1989).
🔸Marsni o‘rganish uchun mo‘ljallangan Amerikaning AMS Phoenix kemasi Delta-2 raketasi yordamida Kanaveral burni kosmodromidan uchirildi (2007).

#tavalludlar
🔹1895-yil: Shermuhammadov Mirmuhsin (1929) – O’zbek matbuotining asoschilaridan, jurnalist, yozuvchi.
🔹1915-yil: Igor Savitskiy (1984) – grafikachi rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Qoraqalpog’iston xalq rassomi.
🔹1983-yil: Aida Xasanova – o‘zbek qilichbozi va qilichbozlik bo‘yicha xalqaro hakam.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 5-avgust haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌏 Xalqaro svetofor kuni.
🌏 Ufqni kuzatish kuni.
🌏 Xalqaro blyuz musiqasi kuni.

#voqealar
🔸shu kuni Nyu-York shahrida “Ozodlik haykali” qurilishi boshlandi (1884).
🔸Klivlend (AQSh)da dunyodagi birinchi elektr svetofor o‘rnatildi (1914).
🔸O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini tashkil etish to‘g’risida”gi qarori qabul qilindi (1994).
🔸Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlandi (2016).

#tavalludlar
🔹1850-yil: Gi de Mopassan (1893) – fransuz yozuvchisi.
🔹1921-yil: Jo‘ra Abdurasulov (1990) – rentgenolog, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964).
🔹1930-yil: Nil Armstrong (2012) – amerikalik astronavt, birinchi marta oyga qadam qo‘ygan odam.
🔹1941-yil: O‘tkir Hoshimov (2013) – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi.
🔹1943-yil: Abdulla Sher (Sherov Abdulla) – shoir va tarjimon.
🔹1974-yil: Valeriy Kechinov – O‘zbekiston va Rossiyalik sobiq xalqaro professional futbolchi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 6-avgust haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Vrachlar uchun xalqaro tinchlik kuni
🇰🇿 Qozog’iston – Transport xodimlari kuni.
🇺🇦 Ukraina – Harbiy havo kuchlari kuni.

#voqealar
🔸AQShda ilk bor elektr kursida qatl amalga oshirildi (1890).
🔸Yaponiyaning Xirosima shahriga “Bolakay” atom bombasi tashlandi (1945).
🔸Dunyodagi birinchi internet-servis paydo bo‘ldi (1991).
🔸Xaker hujumi bilan Yaponiya Mudofaa vazirligining kompyuter tarmog’i buzildi (2002).

#tavalludlar
🔹1952-yil: Abdurahmon Abdurazzoqov – Oʻzbekiston Qahramoni (2003).
🔹1958-yil: Kavsar Turdieva – bolalar shoirasi, olima, murabbiy.
🔹1963-yil: Kevin Mitnik – amerikalik dasturchi, ilgari dunyoga mashhur kompyuter xakeri.
🔹1978-yil: Dildora Rustamova – oʻzbekistonlik taniqli jurnalist, suxandon, dublyaj aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
🔹1992-yil: Xan Kong – xitoy konkida uchish ustasi, uch karra jahon chempioni va toʻrt qit’a chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 7-avgust haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌏 Professional ma’ruzachilar kuni.
🇰🇮 Kiribati – Yoshlar kuni.
🇹🇻 Tuvalu – Bolalar kuni.

#voqealar
🔸Angliyada bolalarning mo‘ri tozalashi taqiqlandi (1840).
🔸Boris Rozing televideniye yaratish uchun patent oldi (1907).
🔸“Mark I” kompyuteri taqdim etildi (1944).
🔸Birinchi kompyuter shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi (1970).

#tavalludlar
🔹1954-yil: Valeriy Gazzayev – rossiyalik futbolchi va futbol murabbiyi.
🔹1966-yil: Jimmi Donal Ueyls – amerikalik internet-tadbirkor, Viki konsepsiyasi ideologi, Vikipediya asoschilaridan biri.
🔹1969-yil: Ra’no Zokirova – sovet va o‘zbek teatr va kino aktrisasi.
🔹1984-yil: Ruxsora To‘laboyeva – adabiyotshunos.
🔹1987-yil: Sidney Krosbi – kanadalik xokkeychi, ikki karra Olimpiya chempioni, jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 8-avgust haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌏 Xalqaro mushuklar kuni.
🌏 Xolodilnik tug’ilgan kun.
🇨🇳 Xitoy – Otalar kuni.

#voqealar
🔸Minnesota shtatida istiqomat qiluvchi amerikalik ixtirochi Albert Marshall muzlatgichni patentladi (1899).
🔸Bruklinda Devis kubogi ta’sis etildi (1900). 
🔸Ikkinchi jahon urushi: “Sharqqa yurish” boshlandi (1940).
🔸Buyuk Britaniya, AQSh va Italiya olimlari insonni klonlashtirish tajribalari boshlanganini e’lon qilishdi (2000).
🔸Pekinda XXIX-yozgi olimpiada oʻyinlari boshlandi (2008).

#tavalludlar
🔹1935-yil: Ta’naberdi Qurbonov – O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1945-yil: Ibrohimov Ne’matulla – sharqshunos-manbashunos olim, jamoat arbobi.
🔹1987-yil: Shaxzoda Matchanova – oʻzbek, qoraqalpoq teatr va kino aktrisasi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube+
Bugun 9-avgust haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🇺🇳Butunjahon tubjoy xalqlarining xalqaro kuni
🌏Butunjahon kitobsevarlar kuni.
🌍Butunjahon xattotlik kuni.

#voqealar
🔸Nagasakiga atom bombasi tashlandi (1945).
🔸XXV yozgi Olimpiada o'yinlarining yopilish marosimi bo'lib o'tdi (1992).
🔸Belarusiyada oltinchi navbatdagi prezident saylovlari bo'lib o'tdi. MSK taqdim etgan rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Aleksandr Lukashenko g’olib bo'ldi (2020).

#tavalludlar
🔹1593-yil: Isaak Uolton (1683) – ingliz yozuvchisi.
🔹1894-yil: Mixail Zoshchenko (1958) – rus sovet yozuvchisi, dramaturg, ssenariynavis, tarjimon.
🔹1897-yil: Erix Xyukkel (1980) – nemis fizigi va kimyogari, kvant kimyosining asoschilaridan biri.
🔹1899-yil: Pamela Trevers (1996) – ingliz yozuvchisi, Meri Poppins haqidagi kitoblar muallifi.
🔹1914-yil: Tove Marika Jansson (2001) – shved tilida soʻzlashuvchi fin yozuvchisi, romannavis, rassom, illyustrator va komikslar muallifi. 
🔹1962-yil: Baxtiyor Zokirov – kinoaktyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1997).
🔹1974-yil: Rafael Puare – fransuz biatlonchisi, 8 karra jahon chempioni, Jahon kubogining 4 karra g’olibi.
🔹1977-yil: Ravshan Ermatov – Oʻzbekistonlik futbol hakami. Ginnesning rekordlar kitobiga “Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam” sifatida kiritilgan.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 10-avgust haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing

#bayramlar
🌏 Xalqaro biodizel kuni.
🌏 Butunjahon sherlar kuni.
🇪🇨 Ekvador – Milliy kun.

#voqealar
🔸Diogu Diash Madagaskar orolini kashf qildi (1500).
🔸Kuniya sultoni, Xims, Halab, Mayafiriqin va Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddin Manguberdini mag’lub etdi (1230).
🔸Ekvador Ispaniyadan mustaqillik e’lon qildi. Aslida mustaqillikka faqat 1822 yilda erishildi (1809).

#tavalludlar
🔹1845-yil: Abay Kunanboyev (1904) – qozoq ma’rifatparvar shoiri, qozoq mumtoz adabiyotining asoschisi.
🔹1877-yil: Frenk Jeyms Marshall (1944 y.) – Amerikalik shaxmatchi, shaxmat nazariyotchisi.
🔹1878-yil: Alfred Dyoblin (1957) – Nemis yozuvchisi.
🔹1910-yil: Amin Turdiyev (1978) – aktyor va rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1960-yil: Toshpo‘lat Matkarimov – xonanda, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”.
🔹1994-yil: Gulnoza Matniyazova – oʻzbek dzyudochisi, 70 kg vazn toifasida. 
🔹1995-yil: Nigina Sharipova – oʻzbek sportchisi, sprint boʻyicha ixtisoslashgan.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 11-avgust haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇦🇲 Armaniston – Arman milliy o‘ziga xosligi kuni.
🇹🇲 Turkmaniston – Chegarachilar kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Tog’lar kuni.

#voqealar
🔸Gamburgda Karl Marksning “Kapital” kitobi nashr qilindi (1867).
🔸Paxtakor stadioni ochildi (1956).
🔸“Bahorning o‘n yetti lahzasi” serialining birinchi televizion namoyishi boshlandi (1973).
🔸Dneprodzerjinsk osmonidagi to‘qnashuv. 178 kishi halok bo‘lgan, ulardan 17 nafari O‘zbekistonning “Paxtakor” jamoasi a’zolari (1979).
🔸O‘zbekistonda butifosdan o‘tkir zaharli moddasidan foydalanish ta’qiqlandi (1981).

#tavalludlar
🔹1916-yil: G’ulom Ahmedov – huquqshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1993).
🔹1938-yil: Dilbar Ismoilova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1946-yil: Merilin vos Savant – amerikalik yozuvchi, dunyodagi eng yuqori IQ darajasidagi ayol.
🔹1948-yil: Rustam Akramov – futbolchilar murabbiysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi (1994). 
🔹1974-yil: Odri Mestre (2002) – fransuz fridrayver rekordchisi.
🔹1984-yil: Lyudmila Postnova – rossiyalik gandbolchi, uch karra jahon chempioni.
🔹1985-yil: Xurshid Nabiyev – oʻzbekistonlik dzyudochi, 90 kg vazn toifasida ishtirok etgan.
🔹1989-yil: Xulio Sesar La Kruz – kubalik havaskor bokschi, ikki karra Olimpiya chempioni (2016, 2020).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 12-avgust haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 Xalqaro yoshlar kuni.
🌏 Butunjahon fillar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Yoshlar kuni.
🇮🇳 Hindiston – Kutubxonalar kuni.

#voqealar
🔸Eyzek Zinger tikuv mashinasi uchun patent oldi (1851).
🔸Ingliz shifokori Jozef Lister birinchi marta jarrohlik asboblari va qoʻllarini dezinfektsiya qilish uchun fenolni ishlatdi. Keyinchalik, bunday muolajalar natijasida operatsiyadan keyingi oʻlim uch baravar kamaydi (1865).
🔸Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi oʻrtasida Gandimiyon shartnomasi imzolandi (1973).
🔸IBM firmasi shaxsiy kompyuter ishlab chiqara boshladi (1981).
🔸Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy Afrika Respublikasi bilan diplomatik munosabatlarni oʻrnatdi (1992).
🔸NASA quyosh shamolini oʻrganish uchun Quyoshning atmosferasiga Parker Quyosh zondini uchirdi (2018).

#tavalludlar
🔹1903-yil: Muhiddin Rahimov (1985) – kulol, sanʼatshunos. Oʻzbekiston xalq rassomi (1944).
🔹1924-yil: Boʻriboy Ahmedov (2002) – manbashunos-olim, tarixchi-sharqshunos, tarix fanlari doktori  (2002).
🔹1935-yil: Yoʻldosh Sulaymon – bolalar shoiri, yozuvchi.
🔹1938-yil: Nosir Otaboyev – rejissyor, Oʻzbekiston (1983) va Qoraqalpog’iston Respublikasi (1999) sanʼat arbobi.
🔹1940-yil: Fozilbekov Adhambek (2012) – Oʻzbekiston davlat arbobi, Toshkent shahar hokimi (1990 – 1994).
🔹1954-yil: Matlyuba Alimova – sovet va oʻzbek kino aktrisasi.
🔹1979-yil: Raʼno Shodiyeva – oʻzbek kinoaktrisasi.
🔹1994-yil: Nurxon Qurbonova – paralimpiyachi, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining kumush va bronza medali sohibi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 13-avgust haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Xalqaro chapaqaylar kuni.
🌏 Quruvchilar kuni.
🌏 Uchrashuvlar kuni.

#voqealar
🔸Nyu-Yorkda birinchi taksi yo'lga qo'yildi (1907).
🔸Fransuz shifokori G.Odin dunyoda birinchi bo'lib saraton virusini ajratib olganini e'lon qildi (1912).
🔸Londonda dunyodagi birinchi rangli teledastur namoyish etildi (1928).
🔸O‘zbekiston Respublikasi va Portugaliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi (1992).
🔸Afinada (Gretsiya) XVIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilishi (2004).

#tavalludlar:   
🔹1829-yil: Ivan Sechenov (1905) – rus fiziologi, mehnat fiziologiyasining asoschisi.
🔹1950-yil: Usmon Azim – O‘zbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg.
🔹1992-yil: Lukas Moura – braziliyalik futbolchi.
🔹1998-yil: Egizak opa-singillar Arina va Dina Averinalar – rus  gimnastikachilari, badiiy gimnastika bo'yicha ko‘p karra jahon va Yevropa chempionlari.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 14-avgust haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Butunjahon kaltakesaklar kuni.
🌏 “Telegram” messenjerning tug’ilgan kuni.

#voqealar
🔸Maynsda nashriyotchilarning ismi ko‘rsatilgan birinchi kitob – Psaltir nashr etildi (1457).
🔸Oliver Shellenberg elektr hisoblagichini patentladi (1888).
🔸Olimpiya o‘yinlarida basketbol birinchi o‘ynaldi (1936).
🔸O‘zbekiston Respublikasi Ukraina bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi (1992).
🔸Ikki nafar hamyurtlarimiz Rio Olimpiadasida shohsupaga ko‘tarilgan edi: Hasanboy Do‘stmatov oltin medal, Elmurat Tasmuradov bronza medalini qo‘lga kiritishdi (2016).

#tavalludlar
🔹1907-yil: Mirkarim Osim – yozuvchi va tarjimon, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
🔹1930-yil: Yayra Abdullayeva (2019) – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1964).
🔹1978-yil: Sardor Komilov – oʻzbekistonlik jurnalist, blogger, rejissyor, Sayyod koʻngilochar blogi asoschisi va muharriri, Sayyod taxallusi bilan ijod qiladi. 
🔹1979-yil: Denis Lebedev – rossiyalik professional bokschi, jahon chempioni.
🔹1985-yil: Shi Ueber – kanadalik xokkeychi, himoyachi, ikki karra Olimpiya chempioni (2010, 2014), jahon chempioni (2007).
🔹1986-yil: Gabriella Sabo – vengriyalik baydarkachi, uch karra Olimpiya chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 15-avgust haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 “Allo” so‘zining tug’ilgan kuni.
🇮🇳 Hindiston – Mustaqillik kuni.
🇱🇮 Lixtenshteyn – Milliy kun.
🇨🇷 Kosta-Rika – Onalar kuni.

#voqealar
🔸Aylanadigan barabanli kir yuvish mashinasi uchun patent olindi (1835).
🔸“Allo” so‘zi birinchi marta ishlatildi (1877).
🔸Prussiyada xotin-qizlarga universitetlarga kirishga ruxsat berildi (1908).
🔸Vatikandagi qazishmalar paytida qadimgi Rim “Triumfal yo'li” topilgan (1932).
🔸Koreya mustaqillikka erishdi (1945).
🔸Britaniya Hindistonni Hindiston va Pokistonga ajratib yubordi (1947).

#tavalludlar
🔹1884-yil: Avaz O‘tar (1919) – O‘zbek ma’rifatparvar shoiri.
🔹1915-yil: Tursunxon Jafarova (1997) – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1952).
🔹1924-yil: Karim Shoniyozov (2001) – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, tarixchi-olim, etnograf – turkshunos, professor.
🔹1933-yil: Halim Latipov (2014) – fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
🔹1935-yil: Elbek Musayev – telejurnalist, kichik hajmdagi hikoyalar ustasi.
🔹1935-yil: Telman Rajabov (2020) – fizik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1995).
🔹1959-yil: Bahodir Niyozov – usta kulol, kulollar sulolasining vakili, Oʻzbekiston xalq ustasi (2003).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 16-avgust haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.Bugun

#bayramlar
🌏 Xalqaro “Kuzatuv kamerasiga qo‘l silkitish” kuni.
🇵🇾 Paragvay – Bolalar kuni.
🇹🇭 Tailand – Tinchlik kuni

#voqealar
🔸Birinchi ovozli rangli multfilm yaratildi (1930).
🔸Xalqaro astronavtika akademiyasi tashkil etildi (1960).
🔸Eldar Ryazanovning “Taqdir hazili, yoki Qushdek yengil boʻling” filmi namoyishi (1976).
🔸Trigana Air Service kompaniyasining ATR 42 samolyoti Indoneziyada halokatga uchradi. 54 kishi halok bo'ldi (2015).
🔸Simob to‘g’risidagi Minamata konvensiyasi kuchga kirdi (2017).

#tavalludlar
🔹980-yil: Ibn Sino (1037) – Buyuk alloma, faylasuf, shoir, shifokor, musiqashunos.
🔹1587-yil: Sulton Xusrav Mirzo  1622) – Boburiylar sulolasidan boʻlgan shahzoda, Boburiylar hukmdori Jahongirning toʻng’ich oʻg’li.
🔹1903-yil: Natalya Raevskaya – ginekolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi.
🔹1939-yil: Abduqahhor Ibrohimov – yozuvchi, dramaturg, publitsist, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1990). 
🔹1970-yil: Muhammad Iso Abdulhairov – oʻzbek kino va teatr aktyori.
🔹1974-yil: Nurilloh (Nurilla Narzullaev) – shoir.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 19-avgust haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 Butunjahon gumanitar yordam kuni.
🌎 Butunjahon fotosuratlar kuni.
🌏 Xalqaro uysiz hayvonlar kuni.

#voqealar
🔸Amerikalik Geyl Borden quyultirilgan sut ishlab chiqarish usulini patentladi (1856).
🔸A vitamini (retinol) birinchi marta sintez qilindi (1947).
🔸Google o‘z aktsiya fond bozorida sotishni boshladi (2004).

#tavalludlar
🔹1646-yil: Jon Flemstid (1719) – ingliz astronomi, Grinvich rasadxonasining birinchi direktori.
🔹 1871-yil: Orvil Rayt (1948) – amerikalik konstruktor, aviatsiya kashshoflarining kichkinasi.
🔹1946-yil: Firuz Yusupovich Gʻarib – immunolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998).
🔹1967-yil: Satya Nadella – asli kelib chiqishi hindistonlik boʻlgan amerikalik  top menejer. 2014-yil 4-fevraldan Microsoft bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 20-avgust haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Butunjahon chivinlar kuni.
🌏 Xalqaro tibbiy transportchilar kuni.
🌏 Butunjahon dangasalik kuni.
🌏 Virtual olamlar kuni

#voqealar
🔸Moskvada Vasiliy Burtsov tomonidan birinchi alifbo nashr etilgan (1634).
🔸Tomas Edison fonograf va elektr batareyasiga patent oldi (1912).
🔸Behbudiy “Oyna” jurnalini nashr eta boshladi (1913).

#tavalludlar
🔹1377-yil: Shohrux Mirzo (1447) - Amir Temurning toʻrtinchi oʻg’li, Mirzo Ulug’bekning otasi, temuriy hukmdor (1409-1447).
🔹1827-yil: Sharlz Teodor Anri de Koster (1879) - belgiyalik yozuvchi.
🔹1909-yil: Olga Rubsova (1994) - sovet shaxmatchisi, toʻrtinchi jahon chempioni.
🔹1946-yil: Anvar Ilhomov - naqqosh, Oʻzbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi.
🔹1977-yil: Nilufar Rahmatova - xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori.
🔹1984-yil: Sitora Farmonova - oʻzbek kinoaktrisasi, qoʻshiqchisi va qiziqchi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#kun_tarixi

Bugun 21-avgust haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇦🇹 Latviya – Konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan kun.
🇲🇦 Marokash – Yoshlar kuni.
🇺🇸 AQSh – Keksa fuqarolar kuni.
🇺🇳 Xalqaro Terrorizm qurbonlarini Xotiralash va qadrlash kuni.

#voqealar
🔸1393 – Amir Temur Bag‘dod sultonligini zabt etish uchun harbiy yurish boshladi.
🔸1911 – «Mona Liza» asari  o‘g‘irlandi.
🔸1917 – Toshkent shahar dumasi Toshkentda universitet tashkil etish haqida qaror qabul qildi.

#tavalludlar
🔹1948 – aktyor, dblyaj ustasi – Avzal Rafiqov tavallud topgan kun.
🔹1826 – Karl Gegenbaur (1903) – nemis zoologi, qiyosiy anatomiya evolyutsion yo'nalishining asoschilaridan biri.
🔹1973 – Sergey Brin – kelib chiqishi isroillik Amerika tadbirkori, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyalari, iqtisod sohasida xizmat koʻrsatgan olim, milliarder, Google qidiruv xizmatining asoschilaridan biri.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#kun_tarixi

Bugun 22-avgust haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇸 AQSh – Xirurg-onkologlar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Xizmat burchini o‘tayotganda halok bo‘lgan ichki ishlar xodimlarini xotirlash kuni.
🇮🇳 Hindiston – Madras shahri kuni.

#voqealar
🔸1984 – so‘nggi “Volkswagen- Rabbit” ishlab chiqarildi.
🔸1991 – Uch xil: oq – ko‘k – alvon ranglardagi bayroq Rossiya davlat bayrog‘i deb e'lon qilindi.

#tavalludlar
🔹1834 – Samyuel Lengli (1906) – Amerikalik astronom, fizik, bolometr ixtirochisi, aviatsiya kashshoflaridan biri.
🔹1886 – Raymonda de Larosh (1919) – fransuz aktrisasi, dunyodagi birinchi ayol uchuvchi.
🔹1985 – Sumeyye Erdog‘an Bayraktar – turk nohukumat tashkiloti faoli, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning kenja qizi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube