Manaviyat.edu.uz
56.4K subscribers
7.38K photos
1.99K videos
81 files
4.62K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Bugun 16-iyun haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro oilaviy pul o‘tkazmalari kuni.
🇺🇳 Xalqaro Afrika bolalari kuni.
🌏 Butunjahon dengiz toshbaqasi kuni.
🌍 Xalqaro sharshara kuni.
🇿🇦 JAR – Yoshlar kuni.

#voqealar
🔸Kembrij universitetida – eksperimental fizika, biologiya va boshqa fundamental tadqiqotlar uchun dunyo markazlaridan biri bo‘lgan Kavendish fizika laboratoriyasi ochildi (1874).
🔸Pyer de Kuberten tashabbusi bilan Olimpiada o‘yinlarini tiklash masalasida kongress ish boshladi (1894).
🔸The Ford Motor Company tashkil topdi (1903).
🔸AQShda “Pepsi-Cola” savdo markasi ro‘yxatdan o‘tdi (1903).
🔸“Artek” bolalar oromgohi ish boshladi (1925).
🔸Dunyodagi birinchi fazogir ayol Valentena Tereshkova kosmosga parvoz qildi (1963).
🔸Nyu-Yorkda jaz muzeyi ochildi (1972).
🔸Somalida talabalar mamlakat ko‘chmanchilariga o‘qish va yozishni o‘rgatishlari uchun universitetlar bir yilga yopilishi e’lon qilindi (1974).
🔸“Shenchjou-9” kosmik kemasi ekipaji tarkibida birinchi xitoy ayol-taykonavti kosmosga uchdi (2012).

#tavalludlar
🔹1313-yil: Jovanni Bokachcho (1375) – italyan yozuvchisi va shoiri.
🔹1896-yil: Jan Pejo (1966) – fransuz avtosanoatchisi, “Pejo” avtokompaniyasi asoschilaridan biri.
🔹1937-yil: Margarita Filanovich – sovet va oʻzbek tarixchisi, arxeolog, Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi rahbari.
🔹1949-yil: Kaju – braziliyalik futbolchi, 1970-yilgi jahon chempioni.
🔹1951-yil: Roberto Duran – panamalik boksyor, to‘rtta vazn toifasida jahon chempioni.
🔹1957-yil: Aleksandra Marinina – rus yozuvchisi, detektiv janri asarlari muallifi.
🔹1964-yil: Robin Sharma – ingliz yozuvchisi, motivator va shaxsiy rivojlanish boʻyicha mutaxassis.
🔹1966-yil: Yan Jelezniy – polshalik nayza uloqtiruvchi, uch karradan olimpiada va jahon chempioni.
🔹1990-yil: Yigitali Mamajonov – oʻzbek aktyori.
🔹1991-yil: Fazliddin Gʻoibnazarov – oʻzbekistonlik professional bokschi.
🔹2000-yil: Biansa Andreesku – kanadalik professional tennischi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 17-iyun haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Butunjahon tozalov xodimlari kuni.
🌏 Butunjahon karate kuni.
🌏 Xalqaro syorfing kuni.
🌏 Xalqaro timsohlar kuni.

#voqealar
🔸Ozodlik haykali  Nyu-Yorkka olib kelindi (1885).
🔸Stalingrad traktor zavodining konveyeridan birinchi traktor chiqib ketdi (1930).
🔸Chikagolik jarroh Richard Louler dunyoda birinchi marta insonga buyrakni ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini bajardi (1950).
🔸Xitoyda birinchi vodorod bombasi sinovdan o‘tkazildi (1967).
🔸Edvin Lend “Polaroid” kamerasiga patent oldi (1970).
🔸“Microsoft” MS DOS 4.0 operatsion tizimini ishlab chiqdi (1988).

#tavalludlar
🔹1912-yil: Zunnun Qodiriy (1989) – uyg’ur yozuvchisi, dramaturg, yangi davr uyg’ur adabiyoti asoschisi. 
🔹1929-yil: Tigran Petrosyan (1924) – sovet shaxmatchisi, 9-jahon chempioni.
🔹 1946-yil: Javlon Umarbekov  – rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1989), Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi (1982).
🔹1964-yil: Mixael Gross – nemis suzish ustasi, uch karra olimpiada chempioni.
🔹1978-yil: Izabel Delobel – muz ustida raqs tushuvchi fransuz muz raqqosi, Jahon (2008) va Yevropa (2007) chempioni, Gran-pri finali chempioni (2008).
🔹1980-yil: Vinus Uilyams – amerikalik tennischi, Katta dubulg’a turnirining ko‘p karra g‘olibi.
🔹1988-yil: Stefani Rays – avstraliyalik suzish ustasi, uch karra olimpiada chempioni.
🔹1996-yil: Bekmurod Oltiboyev – oʻzbek dzyudochisi, 100 kgdan ortiq vazn toifasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.
🔹2000-yil: Odessa Aʼzion – amerikalik aktrisa.
🔹2002-yil: Shohjahon Abdullayev – oʻzbek havaskor va professional bokschisi.
🔹2010-yil: Cristiano Ronaldo Jr – Krishtianu Ronalduning o‘g’li.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 18-iyun haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Barqaror oziq-ovqat mahsulotlari (gastronomiya) kuni.
🌏 Bolalar kolyaskasi tug’ilgan kun.
🌏 Xalqaro vahimaga qarshi kurash kuni.
🌍 Xalqaro nafratga qarshi kurash kuni.
🌏 Xalqaro piknik (tabiat qo‘yniga chiqish, sayr) kuni.

#voqealar
🔸Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino vafot etdi (1037).
🔸Londonda ilk marotaba inson hayoti sug’urta qilindi (1583).
🔸Italiya respublika deb e’lon qilindi (1946).
🔸Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi ochildi (1982).
🔸O‘zbekistonda Davlat tili to‘g’risidagi qonun loyihasi matbuotda e’lon qilindi (1989).

#tavalludlar
🔹 1812-yil: Ivan Goncharov (1891) – rus yozuvchisi.
🔹 1946-yil: Nuriddin Hamroqulov – xonanda, O‘zbekiston xalq artisti (1987).
🔹 1947-yil: Bernard Jirodo (2010) – fransuz aktyori, yozuvchi, kinorejissyor, ssenariychi.
🔹 1974-yil: Sergey Sharikov (2015) – rossiyalik qilichboz, ikki karra olimpiada chempioni (1996, 2000).
🔹 1976-yil: Maksim Galkin – rossiyalik estrada artisti, parodiyachi, teleboshlovchi, qo‘shiqchi.
🔹 1989-yil: Pyer-Emerik Obameyang – gabonlik futbolchi, Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi (2015).
🔹 1989-yil: Anna Fayt – avstriyalik chang’ichi, Olimpiya chempioni (2014), uch karra jahon chempioni.
🔹 1990-yil: Sandra Izbasha – ruminiyalik gimnastikachi, ikki karra Olimpiya chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 19-iyun haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 Butunjahon bolalar futboli kuni.
🌏 Ishga borish kuni.
🇵🇾 Paragvay – Daraxt ekish kuni.
🇧🇲 Bermud orollari – Milliy qahramonlar kuni.

#voqealar
🔸mil. avv. 240 – Eratosfen Kirenskiy birinchi marta yer meridiani uzunligini o‘lchadi.
🔸AQShda Vashingtonning Spokan shahrida Dodd xonim tomonidan ta’sis etilgan Otalar kuni birinchi marta nishonlandi (1910).
🔸Buyuk Britaniyada aholi ro‘yxatga olindi (1921).
🔸Kanadalik muhandis Don Beytmen keyinchalik minglab odamlarning hayotini saqlab qolgan quruqlik yaqin qolgani to'g'risida ogohlantirish tizimi (GPWS)ga patent olish uchun hujjat topshirdi (1974).
🔸O‘zbekiston Iroq Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatdi (1993).

#tavalludlar
🔹1909-yil: Osamu Dadzay (1948) – yapon yozuvchisi.
🔹1924-yil: Vasiliy Bikov (2003) – Belorus xalq yozuvchisi (1980). 
🔹1926-yil: Azizxon Qayumov (2018) – adabiyotshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995).
🔹1941-yil: Vaslav Klaus – chex siyosatchisi, Chexiyaning 2-prezidenti (2003-2013).
🔹1971-yil: Lola (Lobar) Islomova – oʻzbek jurnalisti, muxbir va muharrir, publitsist.
🔹1975-yil: Oksana Chusovitina – sovet, o‘zbek va nemis gimnastika ustasi, olimpiada chempioni (1992).
🔹1986-yil: Mari Doren Aber – fransuz biatlonchi ayoli, besh karra jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 20-iyun haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Butunjahon qochoqlar kuni.
🌏 Butunjahon Wi-Fi kuni.
🌏 Xalqaro tennis kuni.
🇺🇿 Oʻzbekiston – Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun.
🇦🇺 Avstraliya – Daraxt ekish kuni.

#voqealar
🔸Amerikalik Eli Uitni paxta tozalash mashinasiga patent oldi (1793).
🔸Samuel Morze telegraf uchun patent oldi (1840).
🔸Boltiq va Shimoliy dengizlarini bog’lovchi Kil kanali ochildi (1895).
🔸Germaniya poytaxti  Bonndan Berlinga koʻchdi (1990).
🔸Oʻz SSR Oliy Soveti  Oʻzbekiston mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildi (1990).
🔸La-Mansh boʻg’ozi ostidagi Yevrotunnel boʻylab birinchi poyezd qatnovi sinab koʻrildi (1993).
🔸Vikimideya fondi tuzildi (2003).

#tavalludlar
🔹1905-yil: Imomxoʻjayev Ortiqxoʻja (1996) – xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (1949).
🔹1919-yil: Karimov Muhammadjon (1998) – xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (1992).
🔹1927-yil: Simin Behbahoniy (2014) – taniqli eronlik shoira va yozuvchi.
🔹1932-yil: Sayfi Jaliliy (2003) – taniqli kompozitor, sozanda va dirijyor, Oʻzbekiston xalq artisti.
🔹1932-yil: Robert Rojdestvenskiy (1994) – rus sovet shoiri va tarjimon.
🔹1978-yil: Frenk Lempard – ingliz futbolchisi, murabbiy va bolalar yozuvchisi.
🔹1983-yil: Ignatiy Nesterov – Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasining sobiq darvozaboni.
🔹1987-yil: Gulhida Joʻrayeva – taniqli oʻzbek jurnalisti va teleboshlovchisi. “Oltin qalam” mukofoti sohibasi (2014).
🔹1998-yil: Muslima Odilova – oʻzbek paralimpiyachi suzuvchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 21-iyun haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Xalqaro selfi kuni.
🌏 Butunjahon musiqa kuni.
🌏 Butunjahon jirafalar kuni.
🌏 Xalqaro futbolkalar kuni.
🇨🇺 Kuba – Daraxt ekish kuni.
🇮🇩 Indoneziya – Qishloq xo'jaligi kuni.

#voqealar
🔸Qomusiy olim, astronom, faylasuf Ibn Sino vafot etdi (1037).
🔸“O‘zbekiston ovozi” ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun (Dastlab 1918-yilda “Ishtirokiyun” nomi bilan chop etilgan, 1991-yildan hozirgi nomda, XDP gazetasi) (1918).
🔸 Eronda 7,7 balli zilzila sodir bo'ldi, 35 mingdan ziyod kishi halok bo'ldi  va 100 mingdan ziyod odam tan jarohatlandi. 500 000 dan ortiq odam esa  boshpanasiz qoldi (1990).
🔸Dunyodagi birinchi xususiy boshqariladigan kosmik kema - SpaceShipOne birinchi marta kosmosga chiqdi (2004 ).

#tavalludlar
🔹1905 -yil: Jan Pol Sartr (1980) – fransuz faylasufi, yozuvchi, dramaturg.
🔹1910-yil: Aleksandr Tvardovskiy (1971) – sovet shoiri, yozuvchi, jurnalist, jamoat arbobi.
🔹1955-yil: Zamira Davletmuratova – opera va balet artisti, Oʻzbekiston xalq artisti (1992).
🔹 1955 -yil: Mishel Platini – fransuz futbolchisi, Yevropa chempioni, murabbiy.
🔹1962 -yil: Viktor Soy (1990) – sovet musiqachisi, qo‘shiqlar muallifi, “Kino” rok guruhining asoschisi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 22-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Butunjahon tropik o‘rmonlar kuni.
🌏Butunjahon tuyalar kuni.
🌏Butunjahon cho‘milish kuni.
🇸🇻 Salvador – O‘qituvchilar kuni.
🇨🇴 Kolumbiya – Advokatlar kuni.

#voqealar
🔸Grinvich observatoriyasiga asos solindi (1675).
🔸Rigada “Russo-Balt” avtomobili taqdim etildi (1909).
🔸Plutonning yo‘ldoshi Xaron kashf qilindi (1978).
🔸Diego Maradona, argentinalik futbolchi Meksikada bo‘lib o‘tgan FIFA Jahon chempionatida Angliya darvozasiga “Xudoning qo‘li” bilan “Asr goli” ni urdi (1986).
🔸G’arbiy Eronda Rixter shkalasi bo‘yicha 6,5 ​​balli zilzila 260 dan ortiq odamni hayotdan olib ketdi (2002).
🔸Ingushetiya prezidentiga suiqasd qilindi. Yunus-bek Yevkurov yaralandi (2009).
🔸Angren-Pop elektrlashtirilgan poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi (2016).

#tavalludlar
🔹1767-yil: Vilgelm Gumbolt (1835) – nemis faylasufi, filolog, tilshunos, Berlin universiteti asoschisi.
🔹1837-yil: Pol Morfi (1884) – amerikalik shaxmat dahosi.
🔹1863-yil: Georgi Volf (1925) – rus fizigi, rentgen spektroskopiyasini yaratgan.
🔹1898-yil: Erix Mariya Remark (1970) – nemis yozuvchisi.
🔹1965-yil: Den Braun – amerikalik mashhur yozuvchi.
🔹1966-yil: Emmanuel Senye – fransuz aktrisasi.
🔹1969-yil: Shuhratbek Abdurahmonov – Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Andijon viloyati hokimi (2013-yildan).
🔹1983-yil: Mansurbek Chashemov – o‘zbek og’ir atletikachisi va murabbiyi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Osiyo o‘yinlari g’olibi.
🔹1996-yil: Rodrigo Ernandes – ispan futbolchisi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 23-iyun haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Xalqaro Olimpiya kuni.
🌏 Xalqaro muhandis xotin-qizlar kuni.
🌏 Butunjahon ayol inspektorlar kuni.
🌎 Pushti flamingo kuni.
🌏 Yozuv mashinkasi tug’ilgan kun.

#voqealar
🔸Robert Fulton Sena daryosida birinchi bug’ kemasini ommaga namoyish qildi (1803).
🔸Adolf Saks saksofonni patentladi (1846).
🔸Kristofer Letem Shoulz yozuv mashinkasiga patent oldi (1868).
🔸Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tashkil topdi (1894).
🔸Jamol Abdul Nosir Misr prezidenti etib saylandi (1956).
🔸Lozannada Olimpiya muzeyiga asos solindi (1993).
🔸Dunyoda birinchi marta inson miyasi hujayralari ko‘chirib o‘tkazildi (1998).
🔸Avstraliya hayvonot bog’ida 175 yoshli Garietta  toshbaqasi oʻlib qoldi (2006).

#tavalludlar
🔹1668-yil: Jambattista Viko (1744) – italyan faylasufi, tarix falsafasi va etnik psixologiya asoschisi.
🔹1889-yil: Anna Axmatova (Gorenko) (1966) – rus sovet shoirasi, tarjimon va adabiyotshunos.
🔹1972-yil: Zinedin Zidan – fransiyalik futbolchi, jahon chempioni (1998), Yevropa chempioni (2000), jahonning eng yaxshi futbolchisi (1998, 2000, 2003), murabbiy.
🔹1976-yil: Patrik Viyeyra – fransiyalik futbolchi.
🔹1992-yil: Luiza Galiulina – oʻzbek gimnastikachisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, sport gimnastikasi boʻyicha Osiyo oʻyinlari va jahon kubogi bosqichlari sovrindori.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 24-iyun haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 Xalqaro diplomatiyadagi ayollar kuni.
🌏 Butunjahon tarix kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya – Qurolli Kuchlar kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Mashinasozlik sanoati xodimlari kuni.

#voqealar
🔸Nyufaundlend oroli kashf etildi (1497).
🔸Manila shahriga asos solindi (1571).
🔸Parijda 19 yoshli Pablo Pikassoning birinchi ko‘rgazmasi ochildi (1902).
🔸Birinchi marta samolyotlarni aniqlash uchun radar ishlatildi (1930).
🔸Ukraina poytaxti Xarkovdan Kiyevga ko‘chirildi (1934).
🔸Moskvada Gʻalaba paradi (1945).
🔸Rangli tijorat teleko‘rsatuvlar (CBS) boshlandi (1951).
🔸Moskvada Xalqaro ayollar kongressi ochildi (1963).
🔸Viktor Soyaning Kino guruhi "Lujniki" stadionida so'nggi kontsertini o‘tkazdi (1990).
🔸"Vatanparvar" gazetasining ilk soni chop etildi (1992).

#tavalludlar
🔹1771-yil: Eleter Dyupon (1834) – fransuz sanoatchisi, DuPont kompaniyasi asoschisi va birinchi prezidenti.
🔹1795-yil: Ernst Veber (1878) – nemis psixofiiziologi va anatomi.
🔹1842-yil: Ambrioz Birs (1914) – amerikalik yozuvchi va jurnalist.
🔹1900-yil: Mixail Zapashniy (1982) – sovet artisti, Zapashniylar sirk sulolasi asoschisi.
🔹1914-yil: Safo Muhamedov (1990) – rangtasvir ustasi, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971). 
🔹1968-yil: Boris Gelfand – sovet va isroil shaxmatchisi, grossmeystr.
🔹1987-yil: Lionel Messi – Inter Mayami futbol klubi va Argentina milliy futbol jamoasida oʻynaydigan professional futbolchi. 
🔹1989-yil: Shuhrat Muhammadiyev – futbolchi, Nasaf va O‘zbekiston terma jamoalari o‘yinchisi.
🔹1993-yil: Hasanboy Doʻstmatov – Oʻzbekistondagi taniqli bokschilardan biri, olimpiada chempioni (2016).
🔹1997-yil: Jasurbek Yaxshiboyev –"Navbahor" klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining vingeri.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 25-iyun haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇸 AQSh – Amerika bolalari kuni.
🇧🇾 Belarus – Yoshlar kuni.
🇬🇹 Gvatemala – O‘qituvchilar kuni.
🇵🇭 Filippin – Daraxt o‘tqazish kuni.

#voqealar
🔸Xitoyda tish cho‘tkasi yaratildi (1498).
🔸Virjiniya AQShning 10-shtatiga aylandi (1788).
🔸Parijda “Laylaklar”  baleti namoyish etildi (1910).
🔸Parijda Xalqaro yozuvchilar assotsiatsiyasi tuzildi (1935).
🔸Litva milliy valyutasiga ega bo‘ldi (1993).
🔸Toshkentda “Ijtimoiy fikr” markazi ochildi (1997).
🔸“Windows 98» operatsion tizimi rasman chiqarildi (1998).

#tavalludlar
🔹1560-yil: Xuan Sanches Kotan (1627) - ispan rassomi, natyurmort janri ustasi.
🔹1903-yil: Jorj Oruell (1950) - ingliz yozuvchisi va publitsisti, “1984” romani muallifi.
🔹 1947-yil: Saidahror G’ulomov - O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
🔹 1953-yil: Abdug’ani Abdullayev - yog’och oʻymakori, O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999).
🔹 1975-yil: Vladimir Kramnik - rossiyalik shaxmatchi, 14-jahon chempioni.
🔹1977-yil: Fernanda Lima - braziliyalik aktrisa, model va teleboshlovchi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 26-iyun haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni.
🌏 Tish choʻtkasining tug’ilgan kuni.

#voqealar
🔸Alpinizmning paydo boʻlishi (1492).
🔸Yangi Orleanda birinchi kinoteatr ochildi (1896).
🔸Gollivudda Charli Chaplinning “Oltin vasvasasi” filmining premyerasi (1925).
🔸 Madagaskar mustaqilligi e’lon qilindi (1960).
🔸Kasperskiy Laboratoriyasi kompaniyasi tashkil topdi (1997).
🔸 AQShda Bir jinslilar nikohini roʻyxatga olish shartligi belgilandi (2015). politetraftoretilen

#tavalludlar
🔹1730-yil: Sharl Messye (1817) – fransuz astronomi, 14 ta kometani ochgan.
🔹1910-yil: Roy Plankett (1994) – amerikalik kimyogar, politetraftoretilen plastigini ochgan.
🔹1921-yil: Vera Aleksandrova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1981). 
🔹1950-yil: Oybarchin Bakirova – kinoaktrisa.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 28-iyun haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Xalqaro ijtimoiy biznes kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston – Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
🇻🇳 Vyetnam – Oila kuni.

#voqealar
🔸Rossiyada sug’urta tizimini joriy etish to‘g’risidagi birinchi hukumat qarori chiqarildi (1786).
🔸Sankt-Peterburgda birinchi fond birjasining ochilishi (1816).
🔸Millatlar Ligasi tashkil etildi. (1919).
🔸Gorkiy avtozavodida birinchi “Pobeda” avtomobili chiqarildi (1946). 
🔸O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib tashkil etildi (2013).

#tavalludlar
🔹1712-yil: Jan-Jak Russo (1778) – fransuz yozuvchisi va Ma’rifat davri mutafakkiri.
🔹1932-yil: Ahmadjonov Muxtor (1998) – geolog olim.
🔹1949-yil: Aleksandr Pankratov-Cherny – teatr va kino aktyori, rejissyor, Rossiya Xalq artisti.
🔹1971-yil: Fabienne Barthez – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (1998), Yevropa chempioni (2000).
🔹1971-yil: Ilon Mask – kanadalik va amerikalik muhandis va tadbirkor, PayPal, SpaceX asoschisi, Tesla Motors asoschilari va investorlaridan biri.
🔹1972-yil: Mariya Butyrskaya – rossiyalik figurali uchish ustasi, jahon chempioni (1999), uch karra Yevropa chempioni.
🔹1992-yil: Eleyn Tompson-Hera – yamaykalik yuguruvchi, 5 karra Olimpiya chempioni.
🔹1994-yil: Anastasiya Bliznyuk – rossiyalik gimnastikachi, jahon va Yevropa chempioni.
🔹1994-yil: Anish Kumar Giri – gollandiyalik shaxmat grossmeysteri.
🔹1996-yil: Donna Vekik – xorvatiyalik professional tennischi va ishbilarmon ayol.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 29-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌍 Xalqaro yo‘lbarslar kuni.
🇹🇭 Tailand - Milliy Tailand tili kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy raqs kuni.

#voqealar
🔸O‘zbekiston “Shoyi” ilmiy tadqiqot instituti tashkil topgan kun (1937).
🔸Londonda XIV yozgi Olimpiya o'yinlarining ochilishi (1948).
🔸AQSh Prezidenti Duayt Eysenxouer NASAni tashkil etdi (1958).
🔸Microsoft kompaniyasi Windows NT 4.0 operatsion tizimini taqdim etdi (1996).
🔸Microsoft o‘zining yangi Windows 10 operatsion tizimini taqdim etdi (2015).

#tavalludlar
🔹1888 - Vladimir Zavorkin (1982) - rus muhandisi, zamonaviy televideniye ixtirochisi.
🔹1914 - Marsel Bich (1994) - Fransuz ixtirochisi, “Bic” kompaniyasi asoschisi.
🔹1957 - Nelly Kim - sovet gimnastikachisi, 5 karra Olimpiya chempioni, 5 karra jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni.
🔹1975 - Akobir Qurbonov - Milliy kurash bo‘yicha jahon chempioni (1999), “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
🔹1982 - Ibrohim Hamroqulov - Xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni.
🔹1984 - Anna Bessonova - ukrainalik sportchi (badiiy gimnastika), mutloq jahon chempioni (2007).
🔹1988 - Taryey Byo - norvegiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni (2010), sakkiz karra jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 30-iyun haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 Xalqaro parlamentarizm kuni.
🌏 Ijtimoiy tarmoqlar kuni.
🇺🇿 O‘zbekiston – Yoshlar kuni.
🇳🇮 Nikaragua – Daraxt ekish kuni.
🇩🇴 Dominikan – O‘qituvchilar kuni.

#voqealar
🔸Vatikanda 1-rasmiy gazeta “L’Osservatore Romano”ning ilk soni nashr etildi (1860).
🔸“EKSELSIOR” nomli olmos topildi. Og’irligi: 995 karatga teng (1893).
🔸Koreya Xitoydan mustaqilligini e’lon qildi (1894).
🔸Tungus meteoritining  Sibirga tushishi oqibatida 2150 km² oʻrmon yer bilan yakson boʻldi (1908).
🔸Germaniyada “uzun pichoqlar tuni” (1934).
🔸Pepsi-Cola kompaniyasi “Loft” qandolat kompaniyasi bilan birlashtirildi (1941).
🔸Oyning yaqin masofadan birinchi fotosuratlari olindi (1964).
🔸O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil topdi (2017).

#tavalludlar
🔹1887-yil: Yevgeniy Betger (1956) – tarixshunos va sharqshunos olim, kitobshunos, bibliograf.
🔹1914-yil: Kalonov Saidjon (1971) – sozanda (nay), bastakor, O‘zbekiston xalq artisti (1966).
🔹1920-yil: Zeno Kolo (1993) – italiyalik sportchi, olimpiada chempioni (1952).
🔹1941-yil: O‘lmas Alixoʻjayev (2015) – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti (1983). 
🔹1966-yil: Andrey Abduvaliyev – sovet, tojik va o‘zbek yengil atletikachisi, Olimpiya chempioni (1992), ikki karra jahon chempioni.
🔹1966-yil: Mayk Tayson – amerikalik bokschi, sobiq jahon chempioni.
🔹1977-yil: Xusto Vilyar – Paragvay terma jamoasi darvozaboni.
🔹1982-yil: Otis Xarris – amerikalik yengil atlet, olimpiada chempioni (2004).
🔹1982-yil: Sevinch Moʻminova – oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. 
🔹1983-yil: Cheryl Ann Tweedy – ingliz qoʻshiqchisi, raqqos va teleboshlovchi.
🔹1985-yil: Maykl Felps – amerikalik suzuvchi, 23 karra Olimpiya chempioni, 26 karra jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 1-iyul haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 Xalqaro kooperativlar kuni.
🌎 Xalqaro tovuq qanoti kuni.
🇬🇹 Gvatemala – Bank xodimlari kuni.
🇭🇺 Vengriya – Davlat xizmatchilari kuni.

#voqealar
🔸Toshkentda o‘g’il va qiz bolalar o‘qiydigan birinchi rus maktabi ochildi (1866).
🔸Uimbledon tennis turniri ilk bor oʻtkazildi (1877).
🔸O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan (1994).
🔸Xitoyning maxsus hududi sifatida Gonkong Xitoy davlati tarkibiga qayta qoʻshildi (1997).
🔸Xorvatiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shildi (2013).
🔸O‘zbekistonda 200 va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqarildi (2020).

#tavalludlar
🔹1918-yil: Ahmad Husayn Didot (2005) – Janubiy Afrika Respublikasilik yozuvchi va hind millatiga mansub ommaviy notiq.
🔹1925-yil: Muhtarama Nosirova – aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 
🔹1961-yil: Karl Lyuis – amerikalik sportchi, 9 karra Olimpiya chempioni, 8 karra jahon chempioni.
🔹1973-yil: Tohir Sodiqov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹1976-yil: Rud van Nistelroy – gollandiyalik futbolchi, hujumchi.
🔹1996-yil: Adelina Sotnikova – figurali uchish, ayollarning yagona konkida uchish bo‘yicha birinchi Rossiya Olimpiya chempioni (2014).
🔹1999-yil: Charos Qayumova – oʻzbek taekvondochi, 53 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. Osiyo chempioni (2021).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 2-iyul haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Xalqaro sport jurnalistlari kuni.
🇺🇿 O‘zbekiston – O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun.
🇸🇬 Singapur – Yoshlar kuni.
🇮🇳 Hindiston – Daraxt ekish milliy bayrami.

#voqealar
🔸Zolotoy Rog sohilida Aleksey Shefner Vladivostok shahriga asos soldi (1860).
🔸Parijda 2-Olimpiya o‘yinlari ochildi (1900).
🔸Xalqaro Sport Matbuot Assotsiatsiyasi tashkil etildi (1924).
🔸Amelia Earhart Tinch okeanida g’oyib bo‘ldi (1937).
🔸O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi (1992).
🔸Osiyo moliyaviy inqirozining boshlanishi (1997).

#tavalludlar
🔹1904-yil: Rene Lakoste (1996) – fransuz tennischisi, “Katta dubulg’a”ning ko'p karra g’olibi, “Lacoste” moda yo'nalishining asoschisi.
🔹 1946-yil: Gulchehra Jamilova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1992).
🔹1961-yil: Sami Naseri – mashhur fransuz aktyori, “Taksi” filmi seriallarida bosh rol ijrochisi.
🔹1978-yil: Diana Gurtskaya – estrada qo‘shiqchi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹 1992-yil: Madison Chok – amerikalik figurali uchish ustasi, to‘rt qit’a chempioni (2019, 2020).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 3-iyul haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Pinhona do‘stlik kuni.
🌏 Xalqaro tosh otish kuni.
🇸🇸 Janubiy Sudan – Onalar kuni.
🇲🇲 Myanma – Xotin-qizlar kuni.

#voqealar
🔸Moskva badiiy teatri tashkil topdi (1897).
🔸Turkiyada birinchi qog’oz pul muomalaga chiqarildi (1915).
🔸Toshkentning “eski” shahar qismida terapevtik yo‘nalishdagi umumiy kasalxona ochildi (1918).
🔸Qoraqalpog’iston Respublikasining Beruniy tumani tashkil etilgan (1927).
🔸Birinchi televizorlar sotuvga chiqdi. Ular 75 dollar turardi (1928).
🔸AQSh Kongressi Kuba shakarini olib kirishga taqiq qo‘ydi (1960).
🔸Prezident Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi (1992). 
🔸Daniya olimlari ilk bor sun’iy odam tuxumdonini yaratdilar (2018).

#tavalludlar
🔹1881-yil: Natalya Goncharova (1962) – rus avangard rassomi, grafika va teatr rassomi.
🔹1883-yil: Frans Kafka 1924) – chex faylasufi, nemis tilida yozuvchi adib.
🔹1931-yil: Toymas Yo‘ldoshboyev – fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991).
🔹1962-yil: Tom Kruz – amerikalik kino aktyori, rejissyor, prodyuser, “Oltin globus” mukofotining uch karra sohibi.
🔹1982-yil: Lola Astanova – kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan amerikalik pianinochi.
🔹1987-yil: Sebastyan Vettel – nemis poygasi, Formula-1 toifasida to‘rt karra jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 4-iyul haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro tajovuz qurbonlari begunoh bolalar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Qirg’oqlarni tozalash kuni.
🇭🇺 Vengriya – Oʻqituvchilar kuni.

#voqealar
🔸“Kraysler” avtomobil konserni tashkil topdi (1925).
🔸Tonga Britaniyadan mustaqil bo‘ldi (1970).
🔸Putrajaya Malayziyaning yangi federal poytaxtiga aylandi (1999).
🔸Kanaveral burnidan “Falcon-9” raketasining birinchi uchirilishi amalga oshirildi (2010).

#tavalludlar
🔹1908-yil: Aminov Mahmud (1992) – tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977).
🔹1929-yil: Maʼrifat Ubaydullayeva – aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1983).
🔹1930-yil: Viktor Tixonov (2014) – sovet xokkeychisi, mashhur xokkey treneri.
🔹1939-yil: Poʻlatova Naima – aktrisa, xonanda (soprano), Oʻzbekiston xalq artisti (1997). 
🔹1957-yil: Mustafa Belyalov – sovet va oʻzbek futbolchisi.
🔹1985-yil: Lukas Podolski – nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).
🔹1985-yil: Yevgeniy Ustyugov – rossiyalik biatlonchi, ikki karra olimpiada chempioni.
🔹1995-yil: Rashida Ellis – amerikalik bokschi, 60 kg gacha toifasida ishtirok etadi, Jahon chempioni (2019).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 5-iyul haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Butunjahon atrof-muhit kuni.
🇺🇳 BMT – Noqonuniy, qayd etilmagan va tartibga solinmagan baliq ovlashga qarshi xalqaro kurash kuni.
🌏 Butunjahon turlarga qarshi kurash kuni.
🇳🇿 Yangi Zelandiya – Daraxt ekish kuni.
🇧🇾 Belarus – Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni.
🇰🇿 Qozog’iston –Ekologlar kuni.

#voqealar
🔸Neapol universitetiga asos solindi (1224).
🔸Brinchi Apple II kompyuterlari sotuvga chiqdi (1977).
🔸Yo‘l jamg’armasi tashkil etilgan kun (1993).
🔸NASA mutaxassislari Amerikaning Kassini avtomatik sayyoralararo stansiyasi Saturnning yo‘ldoshi Titanda hayot belgilarini aniqlaganini taxmin qilishdi (2010).

#tavalludlar
🔹1913-yil: Nazira Ahmedova (1964) – o‘zbek opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano), O‘zbekiston xalq artisti (1951). 
🔹1909-yil: - Ahmadjon Shukurov (1990) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, serjant, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1943).
🔹 1921-yil: Toʻxta Rahmonova (1984)  qoraqalpoq aktrisasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 
🔹 1939-yil: Azimjonova Matluba (2009) – Markaziy Osiyoda Neonatologiya asoschisi, pediatr, gematolog.
🔹 1950-yil: Anorqul Nazarov – kompozitor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1995)
🔹1957-yil: Yusup Roziqov – oʻzbek va rus kinorejissyori va ssenariynavis, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (2001).
🔹 1985-yil: Ruben de la Red – Ispan futbolchisi, Yevropa chempioni.
🔹1997-yil: Tursunoy Rahimova – Oʻzbekistonlik bokschi, oʻta yengil vazn egasi. 
🔹1998-yil: Yuliya Lipniskaya – Rossiyalik figurali uchish ustasi, olimpiada chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 6-iyul haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 Butunjahon kardiologlar kuni.
🇵🇪 Peru – O‘qituvchilar kuni.
🇰🇿 Qozog’iston – Poytaxt kuni.
🇨🇱 Chili – Daraxt ekish kuni.

#voqealar
🔸Nyu-Yorkda dunyodagi birinchi to‘liq ovozli film namoyishi bo‘lib o‘tdi (1928).
🔸XV Moskva kinofestivali ochildi (1987).
🔸Qozog’iston poytaxti  Almatidan Ostonaga ko‘chirildi (1997).
🔸 Belgianing Kortrijk shahrida Abu Ali ibn Sino haykali ochildi (2000).

#tavalludlar
🔹1818-yil: Adolf  Andersen (1879) - mashhur nemis shaxmatchisi.
🔹1926-yil: Rashidov G’ulomqodir (2020) – tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989).
🔹1940-yil: Nursulton Nazarboyev – Qozog’iston 1-prezidenti  (1990-2019).
🔹1946-yil: Jorj Bush kichigi – AQSH sobiq prezidenti (2001-2009).
🔹1950-yil: Sulton Raxmonov – sportchi, 1980-yilgi Olimpiada chempioni.
🔹1951-yil: Qurbonov Shukur – shoir, tarjimon.
🔹1960-yil: Rahim Karimov – oʻzbek-qirgʻiz-rus yozuvchisi, shoir, publitsist, tarjimon, kinossenariychi, jurnalist.
🔹2003-yil: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov – oʻzbek futbolchisi, Oʻzbekiston U-20 futbol terma jamoasi hujumchisi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube