MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
58K subscribers
231 photos
60 videos
41 files
418 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#интервью #АзизИкрамов №1

Савол. Президентни ИИО фаолияти билан боғлиқ қарорни қабул қилишидан нима кутиляпти? ...

Жавоб: видеода

тўлиқ видео 👈 бу ерда

@manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#интервью #АзизИкрамов №2

Савол. Кодекс талабларини бажармаса нима бўлади. Аввалги тартиб билан янги кодекс талабларини қандай фарқи бор?

Жавоб: видеода

тўлиқ видео 👈 бу ерда

@manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#интервью #АзизИкрамов №3

Кодекс талабларини билмаган ходим рағбатлантирилмайди, лавозими оширилмайди...

тўлиқ видео 👈 бу ерда

@manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#интервью #АзизИкрамов №4

Ножўя хатти-ҳаракатлар ва тизим обрўсига салбий таъсир кўрсатувчи омиллар

тўлиқ видео 👈 бу ерда

@manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#интервью #АзизИкрамов №5

Ходимга қандай жазо берилиши
кодексда аниқ белгилаб берилган

тўлиқ видео 👈 бу ерда

@manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#интервью #АзизИкрамов №6

Бу кодексга ходимлар нафақат хизмат вақтида хизматдан ташқари вақтида ҳам риоя қилиши шарт

тўлиқ видео 👈 бу ерда

@manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#интервью #АзизИкрамов №7

Тизим ходимлари албатта ўзгаради, бунга мажбур, бу бўйича барча зарурий чораларни кўрамиз...

тўлиқ видео 👈 бу ерда

@manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#интервью #АзизИкрамов №8

Жамоатчилик кенгашини таркибида журналистлар, фаол юртдошларимиз ва бошқалар  ҳам бўлади

тўлиқ видео 👈 бу ерда

@manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#интервью #АзизИкрамов №9

Йўллардаги ҳуқуқбузарликларни 60%ини бугунги кунда камералар аниқламоқда, кўпчилик эса ҳали ҳам ходимларни айблайди, энди қоидабузарни танқид қилиш керакмасми?

тўлиқ видео 👈 бу ерда

@manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#интервью #АзизИкрамов №10

Номзодларни ишга қабул қилиш тартиби бутунлай ўзгаради, аввал биринчи спорт, кейин сухбат ва тест бўлганди, энди биринчи ақлий жихатга эътибор қаратяпмиз...

тўлиқ видео 👈 бу ерда

@manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 20 январдаги ПҚ –10-сон қарори билан тасдиқланган "Ички ишлар органлари ходимларининг касбий
маданият ва хизмат интизоми кодекси"
бўйича тайёрланган медиа маълумотлар
Қайси транспорт воситасининг ҳайдовчиси қайрилиб олишни тўғри бажармоқда?
Anonymous Quiz
12%
- Кўк рангли юк автомобиль ҳайдовчиси
40%
- Оқ рангли енгил автомобиль ҳайдовчиси
43%
- Ҳар иккала ҳайдовчи
6%
- 🤷♂️
8-mavzu

Ta’lim va axborot texnologiyalari sohasi istiqboli

Ta’kidlash kerakki, pande¬miya barcha sohalar singari, ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. UNES¬COning ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1,7 milliard o‘quvchi darslar to‘xtatilgani bois an’anaviy o‘qishdan mahrum bo‘lishdi. Shundan so‘ng avval ishlamagan, joriy etilsa-da, foydalanilmay turgan zamonaviy texnologiyalarni keng ko‘llashga majbur bo‘lindi. Ta’lim muassa¬salarining aksariyati to‘liq raqamli ta’limga o‘tishdi.

Bugun ta’lim muassasalari an’anaviy ta’limga o‘tgan bo‘lsa-da, axborot texnologiyalari imkoniyatidan keng foydalanish, sohani raqamlashtirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab oliy ta’lim muassasalari talabalar va o‘quvchilar uchun virtual ta’lim tizimlarini ishga tushirdi. Masalan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maktab va akademik litsey o‘quvchilari, talabalar va AT sohasida bilim olishni xohlovchilar uchun virtual ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Boshqa oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida ham masofaviy ta’lim platformalari, mobil telefon va planshetlar uchun Google Classroom, Ereader ilovalari ishga tushirilib, onlayn darslar tashkil etilmoqda.

Individual foydalanish uchun elektron darsliklar keng joriy etilmoqda. Muhimi, masofaviy ta’lim va zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilim olish imkoniyatini kengaytiryapti. O‘quvchi yoki talaba o‘ziga qulay vaqtda, uyidan chiqmasdan turib, individual o‘qituvchidan saboq olyapti. Imtihonlar ham masofadan turib o‘tkazilmoqda.

Bugun ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalarning qanchalik samara berayotganini ko‘pchiligimiz ko‘rib, his qilib turibmiz. O‘zingiz o‘ylang, bir paytlar mamlakatimizning chekka bir hududi¬da yashaydigan abituriyent poytaxtdagi qaysidir oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi uchun kelib-ketishida qanchalik ovora bo‘lardi. Keyin titul varag‘ini olishi uchun yana, imtihon kuni va imtihon javobi chiqqandan keyin yana va yana Toshkentga bo¬rishiga to‘g‘ri kelardi. Bu sargardonlik uchun qan¬cha vaqt, qancha mablag‘ ketishini faqat shunday kunlarni boshidan o‘tkazganlar biladi. Bugun esa o‘sha kunlar tarixda qoldi. Hozir respublikamizning eng chekka hududida yashaydigan yoshlar ham uyidan chiqmay turib, birvarakayi¬ga 4–5 ta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi, imtihon natijalarini ham o‘tirgan joyi¬da bilish imkoni bor.

Avval ota-ona farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish uchun ko‘plab qog‘ozlar to‘g‘rilashi, bir-necha kun ovora bo‘lib bog‘chaga borishi, kamiga, kimnidir rozi qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, bugun bola elektron ro‘y¬xatga olinyapti. Navbati kelgach, yashash joyiga yaqin hududdagi MTTga joylashtiriladi. Yaqin kunlarda umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnomalarning ham elektron shaklda berilishini ana shunday qulayliklar sirasiga kiritish mumkin. Joriy etilayotgan tartibga ko‘ra, 9 va 11-sinf bitiruvchilariga beriladigan elektron shahodatnomalar o‘zbek va ingliz tillarida bo‘ladi. Bitiruv¬chilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi. Endi o‘zingiz o‘ylang, bu kabi qulayliklar evaziga budjetning qancha mablag‘i, qancha qog‘oz va vaqt tejaladi?! Korrupsiya degan illat kamayib, shaffoflik yuzaga keladi. Bularning hammasi ta’lim sohasiga joriy etilayotgan axborot texnologiyalari samarasidir.

Maktab ta’limida oxirgi yillarda bo‘lgan eng katta o‘zgarish sifatida o‘quvchilarni baholash jarayoni onlayn platformaga o‘tkazilgani va shu sabab qog‘oz jurnal, kundaliklardan voz kechilganini aytish mumkin. Soha vakillarining aytishicha, bu o‘zgarish qog‘ozbozlikni 70 foizgacha qisqartirgan. Fan olimpiadalari shaffof va haqqoniy tizimga aylantirilganini e’tirof etish mumkin.
Ma’lumki, ko‘pgina rivoj¬langan davlatlar ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanib kelmoqda. Aksariyat rivojlangan davlatlar ta’lim muassasalarida maktab darsliklaridan voz kechib, o‘quvchilar elektron darsliklardan foyda¬lanib kelishayotga¬niga ancha bo‘ldi. Masa¬lan, shu tartibga o‘tgan, ta’limda yaxshi natijalarga erishayotgan Finlandiya¬da o‘quv dasturlarining ta’lim jarayoniga tatbiq etilishida an’anaviy darsliklar bilan bir qatorda, innovatsion texnologiyalar yordamida tashkil etilgan elektron qo‘llanmalardan ham keng foydalaniladi. Mamlakatdagi aksariyat maktablar 2017-yildan dars vaqtida ruchkadan voz kechishgan. Dars jarayonida to‘liq kompyuter va planshetlardan foyda-laniladi.

Basharti mamlakatimizda ham darsliklar elektron shaklga o‘tkazilsa, davlatning, xalqning qanchadan qancha puli iqtisod qilinardi. Shuning uchun ta’limda axborot texnologiyala¬ridan keng foydalanishni davrning o‘zi taqozo qilmoqda. Xo‘sh, bu¬ning uchun nimalar qi¬lish kerak? Birinchidan, albatta, mamlakatimizda internet infratuzilmasini yaxshilash, mobil operatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshi¬rish, eng muhimi, aholining, ayniqsa, yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining so‘nggi yutuqlarini o‘zlashtirishiga shart-sharoitlar hamda imtiyoz¬lar yaratib berish lozim.

Shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish va axborot resurslari, o‘qitish vositalari va masofaviy o‘qitish texnologiyalarini rivojlantirish, yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari, laboratoriyalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan markazlarni tashkil etish shart.

Bundan tashqari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib bo¬rish ham muhimdir. Shundagina, biz raqamli texnologiyalardan foydalanib ta’lim sifatini tushirmagan holda, yoshlarning bugungi kun talabi darajasida bilim olishiga erishamiz.

Foziljon MAMASHARIPOV,
«Postda» muxbiri.


📌 Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

📌 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📌 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

📌 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing

📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Хизмат кийимига орден ва медаллар ёки уларнинг планкалари, алоҳида фарқловчи белгиларни тақиш билан боғлиқ ўлчамлар ҳақида

Орден ва медаллар ёки уларнинг планкалари, алоҳида фарқловчи белгиларни тантанали формали кийим-бошга тақиш намунаси

Тантанали формали кийим-бош фуражкаси

Галстук қисқичи

Ички ишлар органларини англатувчи
шеврон

https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ходимларнинг барча турдаги формали кийим-боши учун белгиланган погонлар ҳамда уларга ўрнатиладиган фарқловчи белгилар

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

Генераллар таркибининг формали кийим-бошига погонлари, улар қуйидагича тақилади

✔️ мундирга – зарҳал рангли;
✔️кундалик пальто, китель ва кундалик кўйлакларга – денгиз тўлқини рангли;
✔️дала (камуфляжли) формали кийим-бошга – “соя” (кўкимтир, қора тусли) рангли;
✔️оқ кўйлакка – зарҳал ипдан тўқилган оқ рангли.

Шунингдек, генераллар таркибига кийиб юришга рухсат этилади:

✔️қишки хизмат кийимини кийишда қулоқчинли қоракўл телпак ўрнига фуражка;
✔️кундалик хизмат кийимини кийишда китель ўрнига ярим жунли куртка;
✔️кундалик хизмат кийимини кийишда мавсумий пальто ўрнига куртка.

https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Формали кийим-бошнинг бош кийимларига белгиланган тартибда кокардалар тақилади.

https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
9-mavzu

AYOL – HAYOT CHAROG‘BONI

Mamlakatimizda 9 milliondan ziyod oila mavjud. Bu degani, millionlab odamlarning, ayniqsa, xotin-qizlarning dard-u tashvishi, quvonchi, kelajak rejasi mana shu kichik makonlarda mujassamlanadi. Oilada ma’naviy muhitni yaxshilash, farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyat, milliy qadriyatlarni singdirish va qator tashabbuslarda faol, shijoatli va tashabbuskor ayollarning o‘rni bor.

Yurtimizda 17 milliondan ortiq xotin-qizlar istiqomat qiladi. Bugungi kunda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni har bir sohada, jabhada ko‘rish mumkin. Xususan, Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan «Xotin-qizlar.uz» milliy platformasi yaratilib, unda mahalla xotin-qizlar faollarining sa’y-harakati bilan xotin-qizlarning anketa so‘rovnomalari to‘ldirilib, ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi. Bu degani, har bir xotin-qizning holati, u nimaga muhtoj-u qanday yutuqlarga ega ekanligigacha aniq ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Misol uchun, 14 mingga yaqin xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash choralari ko‘rildi.

Xotin-qizlarimizni qiynaydigan aksar muammolarning ildizi bilimlarning yetishmasligi, huquqiy savodxonlik darajasi yetarli emasligi bilan bog‘liqdir. Afsuski, oiladagi ajrimlar, kelishmovchiliklar sabab uysiz, joysiz qolayotgan, hattoki bolalarining ta’minoti uchun ham pul talab qila olmayotgan ayollarimiz bor oramizda.

Bugun xotin-qizlarning ta’lim oli¬shi borasidagi orzulari amalga oshmoqda, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Xotin-qizlar ta’limiga alohida e’tibor berilayotganligi tufayli ayni paytda talabalarning 46 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

Prezidentimizning 2022-yil 7-martdagi «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022–2023-o‘quv yilidan boshlab bir qancha imtiyozlar berildi. Xususan, yangi o‘quv yilidan boshlab ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun qizlarga ilk marotaba 7 yil muddatga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinishi, magistraturada o‘qiyotgan qizlar¬ning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab berilishi, ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan talaba qizlarning ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lanishi, qizlarimizni nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalav¬riat va magistratura dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga yuborilishidagi imtiyoz¬lar muhim ahamiyatga egadir.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi «Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishi uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Jamiyatimizda olima ayollar ulushini sezilarli oshirish maqsadida doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratilishi, davlat boshqaruvida ayollar faolligini oshirish bilan bog‘liq ko‘rsatmalar ta’lim sohasida faoliyat yuritib kelayotgan olima opa-singillarimiz uchun ko‘rsatilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi.
Bugungi kunda o‘nlab akademik va professorlar, fan doktorlari va fan nomzodlari, yuzlab iste’dodli tadqiqotchi xotin-qizlar bor. Oila tashvishlari va farzand tarbiyasini ilmiy tadqiqot bilan birga olib borayotgan, bu borada amaliy yutuq va natijalarga erishayotgan olima ayollar chinakam matonat va jasorat sohibalaridir.
Ayni paytda yurtimizda 396 nafar qizlar «Zulfiya» nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Har yili 28 nafar o‘z sohasidagi iste’dodli, muvaffaqiyatlarga erishgan qizlar «Zulfiyaxonim izdoshlari» nomini olishga muyassar bo‘lishmoqda. 1147 nafar «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni sohibalari bor. Ta’lim muassasalarida, mahallalarda «Qizlarjon» klublari ishi takomillashtirilib, ularning soni 20 ming nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shu o‘rinda joriy yilning 19-yanvarida «Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masa¬lalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi «To‘maris izdoshlari» jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilinganini ham aytish lozim. Mazkur guruhlarning asosiy vazifalaridan biri o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashish hisoblanadi.

Mamlakatimiz mudofaa qudratini yuksaltirish, jamiyatda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrashga munosib hissa qo‘shayotgan ayol harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «To‘maris» ko‘krak nishoni ta’sis etilgani ham ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tiborning yuksak namunasidir.

Keyingi paytlarda xalqimiz orasida gender tengligi deganda, ayollar ustunligini ta’minlash degan noto‘g‘ri fikr ham shakllanayotgani bor gap. Aslida unday emas. Azaldan oilada ayolga hurmat bilan qarashgan. Aynan bizning qadriyatlarimiz asosida otaga hurmat, uni ulug‘lash va e’zozlash qad¬riyatlari shakllantiriladi. Bugun ayollar mulkdor bo‘lishi, har bir jabhada erkaklar bilan teng huquqlarga ega bo‘lishi uchun harakat qilinyapti. Xususan, SHHT doirasida o‘tkazilgan sammitda O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berildi. Birgina tadbirkorlikni oladigan bo‘lsak, ular¬ning 35 foizini ayollar tashkil qilyapti. Rahbarlik lavozimlarining 27 foizini ayollar tashkil qiladi. «Gender-madad» elektron huquqiy maslahat platformasi hamda uning mobil ilovasi ishga tushirildi.
«Davlat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirish dasturi» ishlab chiqilib, Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha 60 soatlik malaka oshirish kurslarida 319 nafar rahbar xotin-qizlar o‘qitildi.

Kelgusida oldimizga qo‘ygan maq¬sadlarimiz bisyor. Har bir oilaga kirib borish, ayollar bilan alohida ishlash bo‘yicha tizimli ishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Maqsadimiz esa aniq: barcha oilalarga sog‘lom muhitni kiri¬tish. Xotin-qizlarning esa muam¬molarini o‘z joyida hal etish. Bu borada bugungi kunda Qo‘mita tomonidan shakllantirilgan «Oqila ayollar» harakatining bir yuz ellik mingga yaqin a’zolari bilan ishni hamkorlikda olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Mahallalar¬dagi 118115 nafar «Ko‘chaboshi», «Uyboshi» ayollarning faoliyati tahlil qilinadi. Ularni farzand tarbiyasi, ota-onalarning mas’uliyati borasidagi targ‘ibot ishlaridagi faolligi oshiriladi.

Ayni paytda ichki ishlar organlari¬ning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda mahallalarda uyma-uy yurib, aholining tashvish va muammolarini o‘rganish asosida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning o‘z qobiliyati hamda imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Bu esa muammosi hal bo‘layotgan xotin-qizlarning ichki ishlar organlari xodimlari, ayniqsa, ayol xodimlarga bo‘lgan ishonchi va mehrining oshi¬shiga sabab bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, sohada rahbar ayollarning soni oshayotgani ham tizimda yanada samarali ishlar amalga oshirilishiga zamin bo‘lmoqda.