MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
57.8K subscribers
218 photos
64 videos
41 files
436 links
Download Telegram
43-mavzu

XALQQA XIZMAT QILISH – SHARAFLI BURCH

Azaldan milliy qadriyatlarimiz, muqaddas dinimiz ahkomlarida xalqqa xizmat qilish, odamlarga yaxshilik ulashish, ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zish doimo ulug‘langan. Insonlarga nafi tekkan kishi nafaqat el orasida hurmat-ehtirom qozonadi, balki u ko‘pdan-ko‘p savobga ham noil bo‘ladi, deya ta’kidlangan.

G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy ham o‘zining deyarli barcha asarlarida xalqparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan. Ulug‘ mutafakkir inson hayotining mohiyatini uning jamiyatga foydali kasb bilan shug‘ullanishi, xalqqa nafi tegishi, odamlarning og‘irini yengil qilishida, deb biladi. Uning quyidagi misralariga e’tibor qiling-a:

Naf’ing agar xalqqa beshak durur,
Balki, bu naf’ o‘zingga ko‘prak durur.


Ya’ni, shoir insonning xalqqa qancha foydasi tegsa, bundan uning o‘ziga ham yanada ko‘proq foyda tegishini bayon etadi. Aksincha, xalq g‘amini o‘z g‘ami deb bilmaydigan odamni esa odam qatoriga qo‘shmaslik kerakligini ta’kidlaydi:

Odamiy ersang, demagil odami,
Onikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.


O‘z hayotida so‘z va ish birligiga amal qilgan Hazrat Navoiy umrini el-u yurtining obodligi, xalqning farovonligi yo‘lida sarflab, biz avlodlariga buyuk o‘rnak ko‘rsatgan. U Xurosonda muhim davlat lavozimlarida xizmat qilish, turkiy tilda olamshumul asarlar yaratish barobarida el-yurt manfaatlari yo‘lida ham ko‘p ishlarni amalga oshirgan. Shaxsiy mablag‘i hisobidan aholi uchun masjidlar, madrasalar, hammomlar, shifoxonalar, hovuzlar, ko‘priklar, rabotlar qurdirgan.

Yurtimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli o‘zgarishlar yuz berayotgan bugungi kunda xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, yurt taraqqiyoti, Vatan ravnaqiga o‘zini daxldor deb his qilish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda davlat boshqaruvini takomillashtirish, davlat organlarining jamiyat va fuqarolar oldidagi mas’uliyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida mamlakatimiz rahbari ilgari surgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak», degan tamoyil har bir davlat xizmatchisi uchun muhim qoidaga aylanmoqda.
So‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida muayyan tajriba orttirildi. Ana shu tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida ham xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish g‘oyasi alohida o‘rinni egallagan.
Ma’lumki, ichki ishlar organlari davlat ijro hokimiyatining muhim bo‘g‘ini, tinchlik va osoyishtalikni asrash, fuqarolarimiz huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy subyektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tizimda xodimlarning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish ishlari «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!» konseptual g‘oya¬si asosida tashkillashtirilayotgani ham yuqoridagi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Islohotlarning mantiqiy davomi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va hukumatning qator farmon va qarorlari ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirishga, el qadri va tashvishi bilan yashashga, xizmat qilishga qaratilgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi osoyishtalik posbonlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalq¬chil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash, mahallalar, aholi turarjoylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyish¬talikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bunda ichki ishlar organlari xodimlarini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish ustuvor vazifa sifatida e’tirof etiladi. Qolaversa, osoyishtalik posbonlarida vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas’uliyat bilan yonda¬shish, jamiyatda umume’tirof etilgan odob-axloq normalariga so‘zsiz amal qilish tuyg‘usini shakllantirish hamda ichki ishlar organlarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olishga xizmat qiladi.

Shu o‘rinda, ichki ishlar organlari oldiga qo‘yilgan vazifalarning bekamu ko‘st bajarilishida aholining qo‘llovi, mazkur tuzilmalarning fuqarolik jamiyati institutlari, keng jamoatchilik bilan o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashi nihoyatda muhimligini ta’kidlash joiz. Boshqa kasblarni aslo kamsitmagan holda aytish kerakki, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati insondan chinakam fidoyilikni talab qiladi. Shu sababdir, ushbu soha vakillariga «sharafli kasb egalari» deya ta’rif beriladi.
Darhaqiqat, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati favqulodda xavf-u xatarlarga, kutilmagan vaziyatlarga boy, mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli faoliyat hisoblanadi. Ular o‘z xizmat faoliyatini doimo xalq ichida, insonlar ko‘z o‘ngida olib boradi. Shuning uchun ularning yutug‘iga ham, xato va kamchiligiga ham avvalo aholi baho beradi.

Tizimda vatanparvar, kasbiga sodiq xodimlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin sohaga adashib kirgan, har xil salbiy harakatlar sodir etishga moyil shaxslar ham onda-sonda uchrab turadi. Ularning qilmishi minglab halol, kecha-yu-kunduz fidoyilik bilan o‘z vazifasini bajarayotgan xodimlarning xizmatiga soya solishi bor gap. Ichki ishlar organlari faoliyatining murakkabligi ham shunda, aslida.

Xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish¬ga qasamyod qilgan xodim doimo hushyor va sergak bo‘lib, har qanday xavf-u xatarga tayyor turmog‘i, fuqarolar xavfsizligini, yurt tinchligini ta’minlash yo‘lida kerak bo‘lsa o‘z huzur-halovatidan kechishi lozim. Uning xizmati sharafli ekanligining boisi ham shunda. Qachonki xodim zimmasidagi burchning mas’uliyatini chuqur anglasa, o‘zini ko‘p yillik shonli an’analariga ega ulkan tizimning bir vakili, inson va fuqarolarning ishonchli himoyachisi deb bilsa, xizmatdagi turli qiyinchiliklarni chidam va bardosh bilan yengib o‘tishi, xalq mehri va ishonchini qozonishi mumkin bo‘ladi.

Shuni unutmasligimiz kerakki, mamlakat taraqqiyoti, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar samaradorligining asosiy sharti bo‘lgan tinchlik-osoyish¬talikni saqlash, qonun ustuvorligini ta’minlashda ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati beqiyos. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Agar davlat tayanadigan asosiy ustun qonun bo‘lsa, uning kuchini amalda namoyon etadigan eng samarali tizim bu – ichki ishlar sohasi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi».

Elbek NORMO‘MINOV,
mayor.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони
Мамлакатимизда жамоат хавфсизлиги, халқимиз осойишталигини таъминлаш, тинчлик ва барқарорликни мустаҳкамлашга қўшган муносиб ҳиссаси, жиноятчиликка қарши курашиш, профилактика ишлари самарадорлигини ошириш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликлари, қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш борасидаги алоҳида хизматлари, муқаддас қасамёдига содиқ қолиб, шарафли бурчини бажаришда мардлик ва жасорат намунасини кўрсатгани, соҳада профессионал кадрларни тайёрлаш, ёш авлодни Ватанга муҳаббат ва садоқат руҳида тарбиялаш йўлидаги ибратли фаолияти учун қуйидагилар мукофотлансин:
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларига табриги
44-mavzu

JAHON TAMADDUNI RIVOJIDA MIRZO ULUG‘BЕKNING O‘RNI


Ko‘plab buyuk ajdodlarimiz jahon tamadduni rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Ulardan biri Mirzo Ulug‘bekdir. Uning ilmiy-ma’rifiy merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada chuqur o‘rganish maqsadida joriy yil buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Buyuk qomusiy olim, astronom va matema tik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek o‘zining boy ilmiy-ma’rifiy merosi hamda mislsiz bunyodkorlik faoliyati bilan yurt taraqqiyoti va jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulkan tarixiy siy modir.
Mirzo Ulug‘bek 1394-yil 22-mart kuni hozirgi Ozarbayjon hu dudidagi Sultoniya shah rida tavallud topgan. 1405-yil, Markaziy Osiyo dan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi, O‘rta yer dengi zidan Shimoliy Hindiston gacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan bu yuk Amir Temurning va fotidan so‘ng, butun me rosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Sohibqiron bobomiz ning o‘g‘li – Shohrux Movarounnahr boshqa ruvini to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bekka top shiradi. 1409-yili Ulug‘bek Sa marqand hokimi etib e’lon qilinadi, otasi Shoh ruxning o‘limidan so‘ng, 1447-yil Temuriylar sulo lasiga bosh bo‘ladi.
Ulug‘bek o‘z hukmronligi da vomida 2 marta yirik harbiy yurish qilgan. Shohrux vafotidan keyin Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li Ab dullatif voris sifatida Temuriylar hukmdori bo‘lib qoladi. Keyincha lik otasi Mirzo Ulug‘bekka qarshi urush e’lon qiladi. So‘ng otasiga Makka ziyoratiga borishlikni taklif etadi. 1449-yilda Ulug‘bek Mak kaga safari chog‘ida xoinona o‘l diriladi. U Go‘ri Amir maqbarasiga dafn etilgan.
Ulug‘bek otasi Shohrux davrida siyosiy hukmdor sifatida ichki va tashqi siyosat bobida birmuncha mustaqil bo‘lgan. Boshqa davlatlar bilan bevosita savdo va elchilik mu nosabatlari olib borgan. Uning davri da Samarqand shahri yanada ravnaq topgan. Shaharda hunarmandchilik, me’morchilik, adabiyot, umuman ilm-fan yuksalgan, savdo taraqqiy etgan. Buxoroda, Samarqandda, G‘ijduvonda madrasalar va Marv da xayriya muassasalari qurilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan bir ga dunyoviy fanlar ham o‘qitilgan, ko‘proq aniq fanlarga ahamiyat berilgan. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohizinda va Registon majmualari qurilishlari poyoniga yetkazilgan. Bundan tashqari, mamlakatda tim, chorsu, hammom kabi ko‘plab jamoat inshootlari ham bunyod etilgan. Mirzo Ulug‘bekning O‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo fanining eng yuqori pog‘onasiga olib chiqqan. Uning qilgan eng buyuk ishi – Sa marqand ilmiy maktabini, o‘sha davr akademiyasini barpo etganligi bo‘ldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari – Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy edi. Ulug‘bekning ilmiy maktabi o‘z faoliyatida mashhur olimlar Muham mad Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abul Abbos al-Javhariy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Xolid al-Marvarrudiy, Ahmad al-Marvaziy, Abu Nasr Foro biy, Abu Rayhon Beruniylar boshlab bergan ilmiy an’anaga asoslanar edi.
Ulug‘bek Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi. Ulug‘bek akademiyasidagi yirik olim — Ali Qushchini Ulug‘bek «Ziji»ning so‘zboshisida «farzandi arjumand», ya’ni «aziz farzandim» deydi. Aslida u Ulug‘bekning sadoqatli shogirdi bo‘lib, «Zij» ustida ishlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan.
Ulug‘bek Samarqandda ikkita madrasa barpo etgan. Biri Regis ton ansambli, ikkinchisi Go‘ri Amir ansambli tarkibida bo‘lgan. Boshqa yirik olimlar qatorida uning o‘zi ham bu madrasalarning har birida hafta da bir marotaba ma’ruza o‘qigan. Ko‘proq vaqtini astronomik kuzatishlarga, «Zij» ustida ishlashga va davlat ishlariga bag‘ishlagan.
Ulug‘bekning yana bir matematik asari «Risolai Ulug‘bek» deb ataladi va uning bir nusxasi Hindistonda Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi. Yaqin yillargacha Ulug‘bek faqat astronom va matematik deb hisob lanardi. Lekin XX asr oxirida uning ijodi serqirra bo‘lib, tarix, she’riyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi. Navoiyning «Majo lis un-nafois» va Abu Tohirxojaning «Samariya» asarlarida ham uning she’rlaridan namunalar keltirilgan. Uning davrida ko‘pgina asarlar arab va fors tilidan eski o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ulug‘bek tashkil et gan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq jildli kitob bo‘l gan. Alisher Navoiy «Xamsa» asarida uni ulug‘lab, shunday yozgan edi:

Temurxon naslidan Mirzo Ulug‘bek,
Ki olam ko‘rmadi sulton aningdek,

Ki davr ahli biridin aylamas yod,
Aning obnoyi jinsi bo‘ldi barbod.

Valek ul ilmi sari topdi chun dast,
Ko‘zi oldinda bo‘ldi osmon past.

Rasadkim bog‘lamish — zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur,

Bilib bu nav ilmi osmoniy,
Ki ondin yozdi «Ziji Ko‘ragoniy».

Uzoq va yaqin o‘tmish muallifla rining ta’kidlashicha, Ulug‘bek yosh ligidan boshqa fanlar qatori musiqa ilmidan saboq olib, bir qator kuy va usullar yaratgan, bu sohaga oid risola ham yozgan.
Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatini har tomonlama o‘r ganish hamda ommalashtirish maqsadida ko‘plab tadqiqotlar, mahalliy va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar mun tazam o‘tkazib kelinmoqda. Uning davrida bunyod etilgan me’moriy obidalarni asrab-a vaylashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bugungi kunda yurtimizdagi ko‘plab aholi yas hash maskanlari, ta’lim muas sasalari, poytaxtimizdagi yirik tuman Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataladi. Mamlakatimiz va xorijda olimning muazzam haykallari o‘rnatilgan. Ulug‘bek siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti konferens zallarida dunyodagi mashhur olimlarning portretlari qatoridan joy olgan. Samarqandda uning memo rial muzeyi tashkil etilgan. Buyuk ajdodimizning hayoti va faoliyati haqida atoqli ijodkorlar M.Shayxzo da «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasini, O.Yoqubov «Ulug‘bek xazinasi», S.Borodin «Samarqand osmonida yulduzlar» romanini yozgan. Taniqli rejissyor Latif Fayziyev «Ulug‘bek yulduzi» nomli film yaratgan.

Adolat FAYZIYEVA tayyorladi.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
45-mavzu

SOG‘ TANDA SOG‘LOM FIKR


Jamiyat ravnaqi, istiqboli birinchi galda inson salomatligi bilan bog‘liq. Mamlakatimizda millat salomatligini ta’minlash, jismonan va ruhan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Zero, aholi salomat¬ligiga davlatning strategik resursi, milliy xavfsizligi va mamlakat mehnat salohiyatining asosiy sharti sifatida qaraladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida soha vakillari oldiga yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, vijdonli, insofli, mas’uliyatli va jismonan sog‘lom bo‘lish talabi qo‘yilgan. Shuningdek, ularning sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarni erta aniqlash, vaqtida davolash, shaxsiy tarkib o‘rtasida profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shaxsiy tarkibga zamon talablari darajasida sifatli, xavfsiz tibbiy xizmat tizimini yaratish lozimligi belgilangan.

Birlamchi tibbiy tizimning ustuvor yo‘nalishi profilaktik tibbiyot bo‘lib, sog‘lom turmush tarzi, salomatlikni asrash mexanizmini ishlab chiqish, targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘ziga xos xiz¬mat sharoitlari, ruhiy stress holatlari, noqulay ob-havo sharoitlari, jangovar harakatlar, yuqori travmatik vaziyatlar kasallanish sabablarini tashkil etadi.
Xizmat sharoiti va ish muhitidagi salbiy omillar: quyidagicha tahlil etildi: xiz¬matning o‘ziga xos murak¬kabligi, stress holatlar ko‘pligi, ob-havo sharoiti, ovqatlanish tizimining sanitar normalarga javob bermasligi, kamharakatlilik, jismoniy tayyorgarlik va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanmaslik.

Irsiy-biologik yaqin qarindoshlarda qandli diabet, gipertoniya, asab kasalliklari, semizlik kabi surunkali kasalliklar borligi o‘rganildi. Sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq holatlar profilaktik chora-tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi, samarasiz davolanish, davolanish sifatining pastligi va tizimli nazorat yo‘qligi bo‘yicha tahlil qilindi.

Kasallik keltirib chiqaradigan xavf omillari ichki ishlar organlari xodimlarida o‘rganilganda, xizmat sharoiti bilan bog‘liq omillar 36 foizni, turmush tarzidagi salbiy holatlar ta’siri 32 foizni, irsiy-biologik omillar 20 foizni, tibbiy xizmat bilan bog‘liq holatlar 12 foizni tashkil etishi aniqlandi.

Yuqorida qayd etilgan kasallanishga olib keluv¬chi sabablardan xulosa qilib aytganda, ichki ishlar organlari xodimlarining yetuk professional shayligini ta’minlashda tibbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, tibbiy xavfsizlikni ta’minlashda esa kasbiy faoliyatni ijtimoiy hayot bilan integratsiya qilish zarur.

Quyidagi sog‘lom turmush tarzining eng muhim 7 qoidasi siz-u bizga avvaldan ma’lum. Biroq hayotning mayda-chuyda tashvishlari bilan ovora bo‘lib, yodimizdan ko‘tarilgan va amalga oshira olmay qolgan tartiblarni yodga solsa, ne ajab.
Sport umrimizning oxiriga qadar sog‘lom hayot kechi¬rishning asosiy shartlaridan. U yosh ham, joy ham, hattoki maxsus shart-sharoit ham tanlamaydi. Chunki uning ko‘rinishlari, shakllari, usullari ko‘p. Yoga, pilates, piyoda yurish, yugurish, turnikda tortilish, raqs, rafting, bodi¬bilding, gimnastika, futbol kabilar shular jumlasidandir. Istaganingizni tanlang, faqat jismonan faol bo‘lsangiz kifoya. Har kuni emas, hech bo‘lmaganda kunora 30–60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, bu sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli.

Kamroq o‘tirish va ko‘proq harakatlanish kerak. Agarda kasbingiz o‘tirib ishlashni taqozo etsa, har soatda kamida 5 daqiqa tanaffus qiling va bu vaqtda turli yengil mashq¬larni bajarib, yelka, bel va oyoqlar chigilini yozing.
To‘g‘ri ovqatlanish. Taomnomangizga tabiiy mahsulotlar — meva va sabzavotlar, vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni ko‘proq kiriting. Ovqatlanish ratsioni¬ning 65 foizini meva va sabzavotlar, non va turli bo‘tqalar tashkil etishi, 30 foizi go‘sht va sut mahsulotlari, 5 foizi shirinlik va yog‘larga ajratilishi lozim. Ozuqalar imkon qadar yangi, sarxil, mavsumga mos bo‘lishi kerak. Bahor va yozda o‘simliklar, qishda oqsil va yog‘ga boy mahsulotlarga ko‘proq o‘rin ajratilishi maq¬sadga muvofiq. Har kuni 2 litr atrofida suv iching. Fast-fud, gazli ichimliklar, yarim tayyor mahsulotlar, boshqa ko‘plab sun’iy ta’m, rang va shakl berilgan ozuqalardan voz keching.

Ovqatlanishda xilma-xil taom¬larni aralashtirib yubormaslik lozim. Mevalar ovqat¬dan yarim soat avval, choy va ichimliklar 1–2 soat keyin iste’mol qilinishi zarur. Kechki soat 19:00da olma tanovul qilishni tavsiya etamiz.

Zararli odatlardan voz kechish organizmimizning asosiy dushmanlaridan bo‘lmish tamaki va alkogol mahsulotlari, turli zararli odatlar (ularni o‘zingiz yaxshi bilasiz)dan voz kechish orqali sog‘lom turmush tarziga keng yo‘l oching. Har bir chekilmagan sigaret, ichilmagan har bir stakan aroq sizning sog‘lom hayot kechirish sari tashlagan muhim qadamingizdir.
Yaxshi kayfiyat. Sog‘lom turmush tarzining yana bir muhim qoidasi — yorqin va ijobiy kayfiyat! Hayotdan ko‘proq zavq oling, muvaffaqiyatsizlik, omadsizliklarga ko‘p e’tibor qaratmang, doimo olg‘a intilish uchun kuch topa biling. Odamlarga nisbatan g‘araz, gina-kudurat, yomon gumonlar saqlab yurmang, kechirimli, bag‘rikeng bo‘ling. Nodonlar bilan aslo tenglasha ko‘rmang!

Toza havo. Uyingiz, xonangiz va ish kabinetingizni doimo toza tuting, har kuni uni artib-tozalang, derazalarni ochib, toza havo kirishini ta’minlang.
Normal jismoniy holatda bo‘lish uchun albatta chuqur va to‘g‘ri nafas olishni bilish lozim. Tabiat qo‘ynida sayr qilish, tomorqa yoki ochiq havoda jismoniy mehnat qilishga yetadigani yo‘q.Shaxsiy gigiyena. Ovqatlanishdan avval va keyin albatta qo‘llarni yuvish, uyqudan oldin va ovqatlangandan keyin tishlarni tozalash, toza kiyim kiyish, umuman, tozalikka qat’iy rioya etish sog‘lom turmush tarzining asosiy shartlaridan hisoblanadi.

Sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasida, mehnat jamoasida, umuman, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, turli murakkab vaziyatlarni yengib o‘tish, hayot qiyinchiliklari oldida o‘zini yo‘qotmaslikka o‘rganadi. Yana bir gap. Sog‘lom turmush tarzi qoidalari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, to‘ldiradi. Ularni ertaga qoldirmasdan, hoziroq amalga oshirishni boshlang. Shunda sog‘lom va baxtli hayot sari ilk qadamla¬ringizni tashlagan bo‘lasiz.

Feruza ZAKIROVA,
IIV Markaziy poliklinikasi boshlig‘i, polkovnik,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46-mavzu

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — DAVLAT VA JAMIYAT YANGILANISHIDA MUHIM OMIL


Ijtimoiy hayotda korrupsiya do miga tushib, oyog‘i qoqilayotganlar oz emas. Qadimgi dunyoda ba’zi qabilalarda muayyan mavqega ega bo‘lish uchun uning sardoriga turli sovg‘a-salom berish odatidan korrupsiyaning ildizlari boshlangan ekan. Mashhur faylasuf Tomas Gobbsning «Korrupsiya – davrlar osha o‘sib kelayotgan ildiz bo‘lib, u har xil orzu-havaslar ortidan qo nunlarni mensimaslikdir», degan so‘zlari ham bu jirkanch illatning naqadar qadimiy ekanligini tas diqlaydi.

Jahonda globallashuv jarayonlarining tobora rivojlanishi sababli davlat va nodavlat sektorida korrupsiyaning zamonaviy va yashirin ko‘rinishlari yuzaga kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda uning dunyo miqyosidagi zarari yiliga 3 trillion AQSH dollariga yaqin miqdorni tashkil etadi. Mazkur illat yalpi ichki mahsulotning 5 foizdan ortig‘ini tashkil etsa, har yili global miqyosda korrupsiya tufayli davlat xaridlari fondlarining 25 foizgacha qismi yo‘qotiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish da albatta, xorijiy tajribalarni o‘rga nishimiz zarur.

Singapurda Korrupsiyaviy faoli yatni tergov qilish byurosining asosiy vazifasi ham davlat tashkilotlarida, ham xususiy sektorda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish va tergov qilishdan iborat. Uning asosiy funksiyalari sifatida korrupsiyaga oid shikoyatlarni qabul qilish va tekshirish, davlat organlari mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid qo nunga xilof xatti-harakatlar va man sab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarini tekshirish, davlat organlari faoliyatini tahlil qilgan holda, ulardagi korrupsion harakatlarni minimumga tushirish belgilangan.

Janubiy Koreyaning «Kor rupsiyaga qarshi kurash to‘g‘ risida»gi qonuniga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurash tashkiloti har qanday shaxs ning arizasiga ko‘ra dastlabki tergovni boshlashi shart. Agar fuqaro korrupsiya to‘g‘risida yolg‘on xabar bersa, buning uchun u qattiq jazolanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa ko‘pgina davlatlardagi dek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ham ko‘proq va kolatlar berish hozirgi davrda qanchalik muhim ekanligi ayon bo‘lmoqda.

Hozirgi paytda respublikamizda ham bu illatga qarshi kurashish doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular bo‘yicha keng qam rovli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda so‘nggi yillardagi korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga solishga qaratilgan huqu qiy asoslar sifatida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘ri sida»gi, «Davlat xaridlari to‘g‘ri sida»gi, «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunlarni alohida qayd etish o‘rinlidir. Yurtimizda korrupsiyaning oldini olishga qara tilgan muhim preventiv mexanizm lar yaratilganligi, davlat boshqa ruvida byurokratiyani kamaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash, raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining muhim elementlari bo‘lib xizmat qilmoqda. Poytaxtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakat larni ifodalovchi monument ham ochilgan bo‘lib, kafti ochiq qo‘l ko‘rinishidagi ushbu kompozitsiya halollik, korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni, butun dunyoni unga qarshi kurashishda birlashishga da’vatni anglatadi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘z maqsadlariga ega. Xususan, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida maqsad belgilangan. Xususan, 89-maqsad — korrupsiyaviy omil larni bartaraf etish tizimining sa maradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishla rini jadal davom ettirish sifatida belgilandi. Umuman olganda, korrupsiya davlat organlari faoliyatiga putur yetkazadi, iqtisodiy tushkunlikni keltirib chiqaradi, aholining davlat hokimiyati boshqaruv organlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi, ta raq qiyotni sekinlashtiradi. Shuning uchun ham ushbu illatga qarshi kurashish barchamizning asosiy vazifamizga aylanishi lozim. Kor rupsiyaga qarshi kurashish bo‘yi cha davlat siyosatini amalga oshi rishda eng muhim vazifalardan biri, jamiyat ongini tubdan o‘zgartirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirishdir.

Keyingi vaqtlarda respubli kamizda nodavlat notijorat tash kilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi o‘rni va roli tobora ortib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimizda korrupsiyaga qar shi kurashishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati ning boshqa institutlarini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamiyatning taraqqiy etishida mu him ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz aholisining 60 foi zi dan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha faolligini oshirish jamiyat oldida turgan muammoni hal qilishning kalitidir. Korrupsiyaning oldini olish va ha lollikni yoshlar orasida izchil targ‘ib qilishda ta’lim muassasalari katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bolalar va yoshlarga halollik va qo nun ustuvorligi kabi tushunchalarni har tomonlama singdirish muhim masalalardandir.

XORIJDA

Italiya qonunchiligiga ko‘ra, poraxo‘rlikda ayblangan kompaniyalar 1 million yevrogacha jarima to‘laydi. Jismoniy shaxslar esa 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

* * *
Xitoyda korrupsiyaviy jinoyatlar uchun o‘lim jazosi faqatgina 463 ming dollardan oshiq pora yoki davlat mulkini o‘g‘irlash bilan qo‘lga tushgan amaldorlarga nisbatan qo‘llaniladi.

* * *
Buyuk Britaniyada esa korrupsioner yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilib, yana yetti yil muddatga har qanday tayinlanishi yoki saylanishi mumkin bo‘lgan lavozimlarga saylanish hamda tayinlanish huquqidan mahrum bo‘ladi.

* * *
Eronda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun, jinoyat og‘irligiga qarab, o‘lim jazosi ham berilishi mumkin.

Shu o‘rinda yana bir jihatni keltirish joiz, fuqarolarimiz faolligi kuzatilmasa, korrupsiya huquqbu zarliklari, tamagirlik kabi holatlar haqida tegishli davlat idoralari vaq tida ogohlantirib borilmasa, ushbu illatdan butunlay qutulishning iloji yo‘q. Ayrim g‘araz maqsadga ega shaxslarning bu kabi illatga qo‘l urishi natijasida halol va o‘z mehnat faoliyatiga sodiqlik bilan sidqidildan xizmat qilib kelayotgan xodimlar ning ham nomiga dog‘ tushishi achinarli holatlardan yana biridir.

Har qanday ko‘rinishdagi kor rupsiya holatlarining sodir etilishi, ularning ko‘payishi va o‘z vaqtida barham berilmasligiga o‘zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz ham qaysidir ma’noda sabab bo‘lib qolishi hech gap emas. Har bir fu qaro korrupsiya jinoyatlariga guvoh bo‘lganida bunday holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organ larga darhol xabar berishi lozim.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning davlat himoyasida bo‘lishi kafolatlangan hamda bu to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni ta’qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan. Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerak ki, barchamiz bu illatga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib, yakdillikda kurashsakgina, har bir sohada salmoqli natijalar tomon dadil odimlaymiz. Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jami yat yangilanishida muhim omildir!

Abror POYONOV,
o‘z muxbirimiz.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
47-mavzu

TЕRRORIZM VA EKSTRЕMIZM – CHЕGARA BILMAS, MILLAT TANLAMAS ILLAT


Taraqqiyot va globallashuv sari dadil qadam tashlayotgan insoniyat bugun ko‘plab umumbashariy muammolarga ham duch kelayotir. Iqlim o‘zgarishi, narkobiznes, odam savdosi kabilar qatorida terrorizm va ekstremizm dunyo afkor ommasining jiddiy xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Terrorizm lotincha «terror» so‘zidan olingan bo‘lib, «qo‘rqitish», «vahimaga solish» degan ma’nolarni anglatadi.

U aholining keng qatlamida vahima, qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali siyosiy va mafkuraviy maqsadlarga erishishga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Xalqaro miqyosda bu tushuncha davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi.

Ekstremizm jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid bo‘lgan keskin radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. U mazmuniga ko‘ra diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarda ko‘rinadi.

Ekstremistik qarashlar chuqur ildizlarga ega bo‘lib, ular chegara bilmaydi, din, millat, biron-bir mamlakat hududini tan olmaydi. Aslida ularning asl niyati diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu g‘oyalardan vosita, niqob sifatida foydalanish orqali mintaqada, muay¬yan bir davlatda beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, iqtisodiyotni izdan chiqarish, pirovardida, qurolli to‘qnashuvlar, ya’ni qon to‘kish, zo‘rlik bilan hokimiyatga erishish hisoblanadi.

«Terrorizm» atamasi ilk bor XVIII asr oxirida Fransiyada, inqilobiy to‘ntarishlar davrida ishlatilgan. Uning avj olishi XX asrga borib taqaladi. Xususan, xalqaro terrorizm 1960-yillarning oxirlarida vujudga kelgan va XX asr oxiri – XXI asr boshlarida sezilarli darajada rivojlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan asrning 90-yillari boshiga kelib dunyoda 500 ga yaqin terroristik tashkilotlar faoliyat yuritgan. Ular o‘n yil ichida 6500 ta xalqaro terrorchilik aktini amalga oshirgan. Ushbu teraktlarda 5 ming kishi halok bo‘lgan, 11 mingdan ortiq kishi jabrlangan.

2001-yil 11-sentabrda AQSHda sodir etilgan teraktlardan so‘ng xalqaro terrorizm yanada kuchaydi. Xususan, birgina 2008-yili dunyoda 12 mingga yaqin terrorchilik harakati sodir etilgan. Buning natijasida 56 ming kishi jabrlangan, aksariyati tinch aholi vakillari sanalgan 15 ming kishi dunyodan ko‘z yumgan. 2017-yilda esa 26-mingdan ziyod begunoh insonlar yovuzlik qurboniga aylangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qayd etishicha, ayniqsa, oxirgi 15 yilda terrorizm qurbonlari soni bir necha barobarga oshgan.
Ko‘rinadiki, terrorizm va ekstremizm din, millat, chegara bilmaydi. Bu ikki illat hozirgi kunda umumbashariy darajada jamiyat xavfsizligiga, tinch va farovon hayotga tahdid soladigan xavfga aylangan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Aksilterror markazining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan qo‘shma konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ta’kidlanganidek, «...kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib bormoqda. Bunda noqonuniy faoliyat, yollash va radikal g‘oyalarni targ‘ib etish bo‘yicha faol ishlar milliy chegaralar va qonunchilik normalarini tan olmaydigan internet tarmoqlari hamda kanallari vositasida tobora ko‘p amalga oshirilmoqda. Buning oqibatida bugungi kunda aholining nisbatan zaif qatlamlari vakillari, jumladan, bizning yoshlarimiz va mehnat migrantlari «onlayn manqurtlashtirish» qurboniga aylanmoqda, turli noqonuniy guruhlarga jalb etilmoqda».
Haqiqatan ham, hozirgi paytda terrorchi va ekstremistik tashkilotlar o‘zlarining g‘arazli niyatlariga erishish uchun ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, internet tarmog‘idan keng foydalanmoqda. O‘zini do‘st, millatdosh, vatandosh, dindosh qilib ko‘rsatayotgan manfur kimsalar hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yoshlarni, irodasiz, soddadil kishilarni yo‘ldan urishga harakat qilishyapti. Buning natijasida noto‘g‘ri yo‘lga bilib-bilmay kirib qolayotganlar soni, afsuski, ortib bormoqda.

O‘rganishlar, tahlillar, tajriba shuni ko‘rsatadiki, terrorizm va ekstremizm dunyo bo‘ylab ko‘plab insonlarni o‘z domiga tortib ketayotganining asosiy sababi jaholat va ma’rifatsizlikdir. Shu sababli xalqaro miqyosda ta’lim va ma’rifatga chorlov keng targ‘ib qilinmoqda. Mazkur sa’y-harakatlarga yaqqol misol sifatida davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2017-yilda bo‘lib o‘tgan 72-sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» dasturi bo‘yicha yangi tashabbusni ilgari surganini ko‘rsatish mumkin. Natijada 2018-yili BMT Bosh Assambleyasi «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik to‘g‘risida»gi rezolyutsiyani qabul qildi.

Umuman olganda, O‘zbekiston BMTning terrorizmni global tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi jirkanch va oqlab bo‘lmaydigan harakat sifatida baholashini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakatimiz terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 14 ta xalqaro konvensiya va protokolni ratifikatsiya qilgan. Joriy yilda esa BMTning Aksilterror boshqarmasi bilan hamkorlikda Reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha mintaqaviy ekspertlar kengashi tashkil etildi, to‘liq miqyosdagi sheriklikning yangi «Yo‘l xaritasi» qabul qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya izchil amalga oshirilmoqda. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bilan bog‘liq bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan, «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi, «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilingan. Shu bilan birga, jamiyatda hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ta’lim sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini yaratish va aholining ishonchli ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilyapti.

Xulosa shuki, terrorizm va eks¬tremizm dunyo aholisining tinchligi va farovonligiga raxna soluvchi illatlardir. Butun dunyo hamjamiyati ushbu yovuzlikka qarshi bir yoqadan bosh chiqargan holda, ma’rifat quroli bilan kurash olib borsagina, uning ustidan g‘alaba qozona oladi.

Kamol OLLOYOROV,
o‘z muxbirimiz.


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from INSPECTOR_UZ
#IIBBhazil #ГУВДшутит

Доимо долзарб
***
Всегда
актуально

RuTube | Telegram | YouTube | instagram | TikTok | Aloqa 📲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun
———
18 ноябрь – Ўзбекистон Республикаси давлат байроғи қабул қилинган кун

Telegram | YouTube | Instagram | TikTok