MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
57.8K subscribers
218 photos
64 videos
41 files
436 links
Download Telegram
Xulosa qilib aytganda, xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ularning siyosiy huquqlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani tufayli ularning jamiyatdagi tutgan o‘rni yuksaldi.

Zero, ayolni, onani e’zozlangan yurtning qudrati ortib boraveradi, kelajagi buyuk va nurafshon bo‘ladi.

Ozoda PARPIBOYEVA,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.


📌 Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

📌 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📌 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

📌 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing

📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#билимимизнисинабкўрамиз

Жума - йўл ҳаракати хавфсизлиги тарғиботи куни!

👇 жавобингизни белгиланг👇
10-mavzu

Korrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati

«Menda ikkita yo‘l bor edi: bi¬rinchisi – o‘g‘irlash hamda do‘stlarim va qarindoshlarimni «Forbes» ro‘yxatiga kiritish, bu bilan xalqimni qup-quruq yer ustida qoldirish, ikkinchisi – xalqimga xizmat qilish va mamlakatni dunyoning eng yaxshi mamlakatlari o‘ntaligiga kiritish. Men ikkinchisini tanladim». Bu so‘zlar g‘oyat qiyin va murakkab sharoitda Malayziya tarkibidan ajralib chiqqan Singapurni qisqa vaqt ichida jahonning iqtisodi baquvvat, korrupsiyadan xoli, bugun ham rivoj¬lanishdan to‘xtamayotgan mamlakatga aylantirgan, barcha xalqaro reytinglarda birinchilikni saqlab kelayotgan ushbu mamlakatga uzoq yillar boshchilik qilgan mashhur davlat arbobi Li Kuan Yu¬ning qimmatli so‘zlaridan bir parcha, xolos.

Xo‘sh, korrupsiyani yengish mumkinmi?
Ko‘pchilik dunyoda korrupsiya balosini yengish ancha dushvor ish, uning ildizlari shu darajada tomir otganki, uni tag-tubi bilan sug‘urish qiyin, deyishadi. Biroq singapurlik davlat arbobining korrupsiyani yengib, «yanchib» o‘z yurtida chinakam «mo‘jiza», farovonlik sari «buyuk sakrash»ni amalga oshirgani yuqoridagi savol va ikkilanishga munosib javob bo‘lishi mumkin.

Ushbu davlat allaqachon shiddat bilan rivojlangan mamlakatlar ro‘yxatidan joy olishga ulgurdi. Endi u o‘zining yirik biznes markazlari, banklariga, osmono‘par binolariga, chiroyli yo‘llar, eng yaxshi ta’lim va rivojlangan sog‘liqni saqlash tizimiga ega. «Singapur tajribasi» yoki «Singapur sifati» degan atama paydo bo‘lgan.
Singapur qanday qilib qisqa vaqt ichida bunday natijalarga erishdi? 1950-yillarda Singapurda pora ochiq tarzda olingan va hatto bu illat mahalliy hokimiyatlarda an’anaga ham aylanib ulgurgandi.

To‘g‘ri, mamlakatni modernizatsiya qilishda ustuvor yo‘nalishlar: investitsiya va innovatsiyalarni rivoj¬lantirish, ijtimoiy modernizatsiya, siyo¬siy barqarorlik muhim omil bo‘ldi. Biroq mamlakat taraqqiyoti¬ning eng muhim omili sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvorlik kasb etdi. Hukumat rahbari shaxsiy aloqalaridan qat’i nazar, korrupsiyani yo‘q qilishni asosiy vazifa qilib belgiladi. Shu vaqtdan boshlab mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus byuro tuzilib, u Bosh vazirga shaxsan hisobot beradigan bo‘ldi. Mazkur Byuro xodimlariga keng vakolatlar bilan birga, korrupsiyada gumon qilinganlarni qidirish, hibsga olish, ularning qarindoshlari va kafillarini tergov qilish, korrupsiya ishini yuritish jarayonida aniqlangan har qan¬day huquqbuzarliklarni tekshirish topshirig‘ini berdi. Hattoki Li Kuan Yu korrupsiya bilan qo‘lga tushgan qarindoshlarini ham ayovsiz jazoladi. Shuningdek, hukumat rahbari sudya va davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirdi. Mas’uliyatli lavozimlarda ishlaydigan davlat xizmatchilarining ish haqi xususiy korporatsiyalarning top-menejerlari bilan taqqoslanadigan darajaga ko‘tarildi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar ro‘yxatida ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. Shuningdek, davlat xizmatchisining axloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham mazkur davlatda korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Darhaqiqat, dunyo olimlari va siyosatchilari davlat arbobi Li Kuan Yu qat’iyat va ishonch bilan o‘tkazgan islohotlarni bejiz «inqilobiy» deb atashmagan.
Islohot islohot uchun emas, inson qadri uchun
Korrupsiyaga qarshi kurashish mamlakatimizda ham davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin. Chunonchi, sohada normativ-huquqiy bazani tizimli ravishda takomillashtirib borish choralari ko‘rilmoqda. Fikri¬mizning isboti o‘laroq, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi qonunning kuchga kirgani, shuningdek, turli qonunosti hujjatlarining qabul qi¬linganini keltirish mumkin. Shu¬ningdek, qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolar¬ning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, jazo muqarrarligini ta’minlash va bu borada xalqaro hamkorlikni ta’minlash kabi choralar mustahkamlab qo‘yildi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarning asosida davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Bundan tashqari, budjet xarajatlarini tartibga solish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, budjet qonunchiligining buzilishi faktlari to‘g‘risida xabardor qilish va budjet jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish tartib-taomilini tashkil etish bo‘yicha «Openbudget» – «Ochiq budjet» portali ishga tushirildi. Bir so‘z bilan aytganda, islohot islohot uchun emas «inson qadri uchun» tamoyiliga asoslanib amalga oshirilmoqda.

Halollik – insoniylik belgisi
Azaldan xalqimiz halollik, poklik kabi fazilatlarga alohida e’tibor berib, bu xislatlarga inson umri¬ning xotirjam, osoyishta va farovon o‘tishiga kafolat sifatida qarab kelgan. Shu bilan birga, bunday yuksak insoniy fazilatlar kishilar ma’naviyatini shakllantirishda asosiy omil, deya e’tirof etilgan.

Halollik haqida ko‘p va xo‘p gapiramiz-u, ammo unga amal qilish oson emas. Halollikni shior qilgan inson bunday fazilat bilan hamisha faxrlanadi. Biroq ayrimlar egri va nopok yo‘lni tanlab, boshi berk ko‘chaga kirib qolganliklarini kech anglashadi. Bunga, albatta, nafs balosi sababchi bo‘ladi. O‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan ustun qo‘yish, ehtiyojga erk berish esa nafsni rag‘batlantiradi. Bunday holatda nafsni jilovlab bo‘lmaydi. Ulug‘ alloma Nosir Xisrav aytganlaridek:

G‘avvos tama qilib marvarid, marjon,
Oxir fido qilur unga shirin jon.

Darhaqiqat, halollik inson tabiatidagi eng go‘zal tuyg‘u bo‘lib, aynan mana shu tuyg‘u orqali u boshqalarning mehr-muhabbatini qozonadi. Qalbi pok va toza, halol yo‘ldan yurgan insonning hamisha ko‘ngli ravshan, xotirjam bo‘ladi.

Keyingi paytlarda ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, shaxsiy tarkib o‘rtasida ham ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifat jihatdan yangi pog‘o¬nalarga ko‘tarildi, xodimlarning bilim saviyasini yanada yuksaltirish, halol, sadoqatli va fidoyi xodimlarni shakl¬lantirishga alohida e’tibor qaratil¬moqda. Natijada halollikni shior qilgan xodimlar ko‘plab uchramoqda. Xodimlar fuqarolar tomonidan taklif etilayotgan poralarni olmasdan, uning huquqiy oqibatlari haqida qayta-qay¬ta tushuntirishmoqda, o‘z fikridan qaytmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda vakolatli organga murojaat qilishmoqda.

Bosh prokuratura ma’lumotla¬riga ko‘ra, o‘tgan yil davomida respublika bo‘yicha jami 2965 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3116 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 110 nafari respublika, 264 nafari viloyat va 2742 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln. 12 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 847 mlrd. so‘mi undirilgan.
Reytingda yana yuqoriladik
O‘zbekiston «Open Data Watch» tashkilotining «Open Data Inventory» (ODIN) Ochiq ma’lumotlar reytingida 66 ball yig‘ib, jahon bo‘yicha 40-o‘rinni, Markaziy Osi¬yoda esa 1-o‘rinni egalladi. Mazkur reyting mamlakatning statistik takliflari qanchalik to‘liqli¬gini va ulardagi ma’lumotlar xalqaro ochiqlik standartiga mos kelishini baholaydi. Uning 2022-yilgi natijalarida birinchi o‘rinni Singapur egallagan. Keyingi pog‘onalarni esa Daniya, Finlandiya band etgan. Mintaqa mamlakatlari hisoblangan, Qozog‘iston 48, Qirg‘iziston 89, Tojikiston 120, Turkmaniston 192-o‘rinlarda qayd etilgan.

Xulosa o‘rnida
Inson har bir ishda halollikni ustuvor bilsa, erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyat ham barakali va fayzli bo‘ladi. Shuningdek, ko‘zi to‘q, halol va pok, kishilarga ezgulik ulashuvchi insonning umri oso¬yishtalikda, farovonlikda o‘tib, el-yurt orasida obro‘-e’tibor qozonadi. Eng muhimi, yurtda tinchlik, jamiyatda barqarorlik hukm suradi. Shunday ekan, korrupsiyaga qarshi mu¬rosasiz kurashish adolatli jamiyat barpo etishdek ulug‘vor maqsadga erishishimizda muhim o‘rin tutishini hech qachon unutmasligimiz lozim.

Azizjon FAYZIYEV,
mayor.

📌 Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

📌 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📌 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

📌 Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing

📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#билимимизнисинабкўрамиз

Жума - йўл ҳаракати хавфсизлиги тарғиботи куни!

👇 жавобингизни белгиланг👇
Гауптвахтада ҳибсда ушлаб туриш тарзидаги интизомий жазо аёлларга нисбатан ...
Anonymous Quiz
20%
3 суткадан ошмаслиги лозим
6%
5 суткадан ошмаслиги лозим
4%
7 суткадан ошмаслиги лозим
70%
аёлларга нисбатан қўлланилмайди
Гауптвахтада ҳибсда сақлаш муддати сафдорлар, сержантлар ва кичик офицерлар таркиби ходимлари учун
Anonymous Quiz
14%
3 суткагача бўлиш мумкин
16%
5 суткагача бўлиш мумкин
14%
7 суткагача бўлиш мумкин
55%
10 суткагача бўлиш мумкин
Гауптвахтада ҳибсда сақлаш муддати катта офицерлар таркиби ходимлари учун
Anonymous Quiz
13%
3 суткагача бўлиши мумкин
37%
5 суткагача бўлиши мумкин
18%
7 суткагача бўлиши мумкин
32%
10 суткагача бўлиши мумкин
-касбий маданият қоидаларига риоя этиб, юклатилган вазифани, бошлиқнинг буйруғи ёки топшириғини муваффақиятли бажарган ходим (ходимлар гуруҳи)га нисбатан
Anonymous Quiz
46%
миннатдорлик эълон қилинади
24%
қимматбаҳо ёки эсдалик совға ёхуд пул мукофоти билан тақдирланади
19%
фахрий ёрлиқ билан тақдирланади
11%
идоравий кўкрак нишони билан тақдирланади
касбий маданият қоидалари ва хизмат интизоми талабларига риоя этган, юқори натижаларга эришган, хизмат вазифасини намунали бажарган, шунингдек, мусобақа (беллашув)нинг якуний натижаларига кўра ва ўқишни (ўқув йилини) муваффақиятли якунлаган ходимга
Anonymous Quiz
20%
идоравий кўкрак нишони билан тақдирланади
16%
миннатдорлик эълон қилинади
28%
фахрий ёрлиқ билан тақдирланади
36%
қимматбаҳо ёки эсдалик совға ёхуд пул мукофоти билан тақдирланади
Интизомий жазо ножўя хатти-ҳаракат бошлиққа маълум бўлган кундан бошлаб қанча муддат ичида қўлланилиши керак,
Anonymous Quiz
25%
5 кун муддат ичида
28%
10 кун муддат ичида
19%
15 кун муддат ичида
29%
1 ой муддат ичида
Forwarded from TEZKOR XABARLAR
Қуёш тутилишини биринчи бўлиб илмий исботлаган аллома ким?
Anonymous Quiz
43%
Абу Райҳон Беруний
42%
Мирзо Улуғбек
9%
Аҳмад Фарғоний
6%
Муҳаммад Хоразмий
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 20.01.2023 йилдаги “ ИИОларини халқчил профессионал тузилмага айлантириш ва аҳоли билан янада яқин ҳамкорликда ишлашга йўналтириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” ПҚ-10-сонли қарорида 2- илова бу?
Anonymous Quiz
40%
А) ИИО ходимларининг касбий маданияти ва хизмат интизоми
33%
Б) ИИВ ММИ ва КБТД тўғрисидаги низом
27%
В) ИИО кадрлар салоҳияти даражасини ошириш бўйича комплекс чора-тадбирларининг “Йўл харитаси”