MARKAZ XABARLARI
17.4K subscribers
19.1K photos
3.04K videos
19 files
8.03K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: http://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#marifat_karvoni
#Qashqadaryo_viloyati

🔰 Yakkabog' tumani "Yangibog" mahalla fuqarolar yig'inida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

♻️ San'atkorlar Muxlis Berdiyev, Sa'dulla Badalov, Milliy tadqiqot universiteti professori Zuxra Ismoilova va bir necha mahalliy san'atkorlar, shoirlar ishtirok etdi.

✏️ Ular mahallalardagi muhit bilan tanishib, ayollar manfaatini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumot berdi.

Kanalga ulanish: @marifat_jamiyati
#Маърифат_карвони
#Қашқадарё

Яккабоғ тумани " Пахтакор" МФЙ да бўлиб ўтган маданий-маърифий тадбир қизғин бахс-мунозара асосида кечди. Дилбар қўшиқлар, гўзал рақслар даврага янада ўзгача файз-тароват киритди.

@manaviy_markaz
#Inson_qadri
#Fargʻona

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi va Quva tuman bo‘linmasi xodimlari bilan birgalikda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan M.Hasanov MFYda yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bir yuzi besh yoshli tabarruk otaxon Toshmatov Mo’minjon ota hamda ma’naviyat faxriysi uzoq yillar ma’naviyat sohasida samarali mehnat faoliyatini olib borgan Guliston MFYda yashovchi G‘ofurov Obidjon xonadonlarida bo‘ldilar.
Uchrashuv davomida otaxon vatan ozodligi uchun kechgan janglar, urushdan keyingi qizgʻin mehnat faoliyati toʻgʻrisida gapirib berdi.

Kanalga ulanush: @manaviy_markaz
"Meni frontga kuzatayotgan yaqinlarimning yuzidagi iztirobni yaxshi eslayman..."
Jo‘ra bobo Yodgorov - Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

🔰Qashqadaryo vohasida bo'lib o'tayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining holidan ham xabar olinmoqda.

🌐 Batafsil: Faxriylar holidan xabar olindi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9 МАЙ - ХОТИРА ВА ҚАДРЛАШ КУНИ

93 ёшли Лариса Шарова ҳаммани лол қолдирди

Лариса Шарова 1929 йилда Ленинград шаҳрида туғилган. Ҳозирда Фарғона шаҳар "Ойбек" маҳалла фуқаролар йиғини П.Маҳмуд кўчаси 46-уй, 4-хонадонда яшайди.

Уруш даврида 12 ёшда бўлган Л.Шарова Ленинград қамалида қолган. Урушдан кейинги даврларда Наманган пахта тайёрлаш трестида техник назорат бўлими бошлиғи, Меҳнатобод тумани режа бўлими бошлиғи, бош иқтисодчи, Фарғона хом ашё ишлаб чиқариш бўлимларида ишлаган.

Республика Маънавият ва маърифат маркази Фарғона шаҳар бўлинмаси ташаббуси билан бугунги кун қаҳрамонининг хонадонида ўтказилган тадбирда Лариса Шарова барчани ҳайратлантирди.

93 ёшли онахоннинг шижоати ва рақс ҳаракатлари ёшларимизда катта таассурот қолдирди. Йиғилганлар онахоннинг умри узоқ, доимо бугунгидек хушчақчақ бўлиб юришларини тиладилар.

@manaviy_markaz