MARKAZ XABARLARI
31K subscribers
19.5K photos
3.25K videos
19 files
8.44K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: http://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Qashqadaryo_viloyati


ГУРИЛЛАГАН ГУЛХАН БАХШ ЭТГАН ФАЙЗИЁБ ШУКУҲ...

Қишнинг салқин кунлари. Кеч тушиши билан эса ҳаво ҳарорати янада пастлаб кетади. Бундай вақтда кўпчилик иссиққина уйда ўтириб, телевизор томоша қилиш, китоб ўқиш ёки бошқа бирор юмуш билан шуғулланишни маъқул кўради. Аммо ана шундай об-ҳавода ҳам маҳалла аҳли тўпланиб, катта гулхан атрофидаги самимий даврада шеърхонлик қилиши, дилтортар қўшиқлар куйлаб, рақс тушишнинг файзиёб шукуҳини ҳеч нарса билан қиёслаб бўлмайди.
❇️ Шаҳрисабз туманининг Амир Темур ва Мираки маҳаллалари аҳли ҳам Республика Маънавият ва маърифат маркази Шаҳрисабз тумани бўлими томонидан ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда ўтказилган тадбирда иштирок этиш асносида бу завқни дилдан ҳис этишди.
❇️ Кечада ёш истеъдод эгалари томонидан уюштирилган шеърий мушоиралар, куй ва қўшиқлар барчага хуш кайфият улашди.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.me/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Qashqadaryo_viloyati


“СЕН ЎҚИ, ЎҒЛИМ!” — жазо муддатини ўтаётган ота фарзандига китоб совға қиларкан, кўзда ёш билан шундай хитоб қилди...

⚡️ Қамаши туманидаги N-сонли манзил колонияда “Фарзандимга китоб совға қиламан” акцияси бўлиб ўтди.
Республика Маънавият ва маърифат маркази туман бўлинмаси ташаббуси билан ташкил этилган тадбирда манзил колония ходимлари, шу билан бир қаторда, муассасада жазо муддатини ўтаётган маҳбуслар, уларнинг оила аъзолари иштирок этди. Иштирокчиларнинг диққатини тортган бир вазият жазо муддатини ўтаётган ота ва уйидан келган ўғил ўртасида рўй берди: ота фарзанди танлаган китобни унга олиб берар экан, кўз ёшларини тийиб тура олмади: “Ўғлим, сен фақат ўқи. Фарзандларим етук инсонлар бўлиши керак, мен қилган хатоларни асло такрорламанглар!”, дея чин дилдан оталарча меҳр ва армон билан хитоб қиларкан, китобни ўғлига тутқазди у. Бундан бошқалар ҳам қаттиқ таъсирланиб, жуда кўп китоблар харид қилишди.

https://t.me/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Qashqadaryo_viloyati

MA‘NAVIY-MA‘RIFIY SEMINAR SAMARALI BO‘LDI

✏️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Mirishkor tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tumandagi barcha maktablarning ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida sohaga oid o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda Prezidentimizning PQ-3160, PQ-4307 hamda PQ-5040-sonli qarorlari ijrosini amalga oshirish to‘g‘risida bir qator ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Semir davomida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan soha xodimlari tomonidan bir qator fikr va mulohazalar bildirildi.
🏆 Seminar so‘ngida esa ma‘naviy-ma‘rifiy sohada faollik ko‘rsatgan bir guruh ma‘naviyat xodimlari Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Mirishkor tuman bo‘linmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.me/manaviy_markaz
#Online

#Qashqadaryo_viloyati

#Bugungi_kun_mavzusi


EKSPRESS KUTUBXONA — MUTOLAAGA IMKONIYAT

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tuman Axborot kutubxona markazi hamda O‘zLiDeP tuman kengashi hamkorligida Prezidentimizning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha qo‘ygan ustuvor vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida “Ekspress kutubxona” tashkil etildi.

👨‍👨‍👧‍👧Unda "Ma’naviy homiy" loyihasiga kiritilgan tumandagi "Oqdaryo" MFY hudud aholisi, o‘quvchi yoshlar, turli soha vakillari keng jalb qilindi.

📗Tuman Axborot kutubxonasi tomonidan fuqarolar, yoshlar a’zolikka qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda o‘zlari qiziqqan kitoblarini vaqtinchalik mutolaa qilish uchun tegishli tartibda taqdim etildi.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.me/manaviy_markaz
#Jarayon

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Qashqadaryo_viloyati


Вокзалдаги “Маънавият кутубхонаси” янада кенгайтирилди

✳️ Республика Маънавият ва маърифат маркази Қашқадарё вилояти бўлими томонидан 2018 йили Қарши темир йўл вокзали кутиш залида “Маънавият кутубхонаси” ташкил қилинган эди. Ўтган вақт мобайнида мазкур кутубхона кўплаб инсонларга маърифат улашиб, манзилга элтувчи поезд келгунга қадар йўловчилар вақтини унумли ўтказишида асқотиб келди.
📚📚 Яқинда Қарши темир йўл вокзалидаги ушбу кутубхона янги адабиётлар билан бойитилди. Жумладан, “Жаҳолатга қарши маърифат”, “Илмдан бошқа нажот йўқ”, “Экстремизм ва терроризмга қарши курашнинг маънавий-маърифий асослари”, “Хорижга чиқувчиларга эслатма” каби қўлланмалар ва маълумотлар тўпламлари ҳамда қизиқарли бадиий ва илмий-оммабоп адабиётлар фойдаланувчилар маънавий дунёқарашини бойитишга беминнат хизмат қилаётир. Энг муҳими, бундан яхши ниятда сафарга отланган аҳоли вакиллари хурсанд.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.me/manaviy_markaz
#Qashqadaryo_viloyati
#marifat_karvoni

Yangi O'zbekistonni birgalikda quramiz!

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar, olimlar, ziyolilar, ijodkorlar ishtirokida aholi hamda yoshlar bilan ijodiy uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

📚 Uchrashuv davomida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod yosh qalamkashlarga ijod yo'lining mashaqqati, mas'uliyati haqida gapirdi, she'rlaridan namunalar o'qidi.

🔰 Yoshlarga kerakli maslahatlarini berib, ko'p kitob o'qish kerakligini, bu so'z boyligini oshirishda ham foyda berishini alohida ta'kidladi.

✏️Ziyolilar esa hech bir yutuqqa mashaqqatsiz erishib bo'lamsaligini, buning uchun tinmay ilm olish zarurligini, bilimli inson har qanday sinovni osonlik bilan yengishini aytishdi.
#marifat_karvoni
#Qashqadaryo_viloyati

♻️ Ayni vaqtda viloyatning barcha hududlarida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Ko‘ngilochar dasturlar, musiqiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar bilan bir qatorda ziyolilar, olimlar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati hamda qonunchilikdagi yangiliklarni keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

📚 Xususan, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova Qarshi tumanidagi “Uzumzor” mahallasida bo‘ldi.

✏️ 300 nafardan ortiq aholi vakillari ishtirok etgan uchrashuvda yosh avlodni ma’nan barkamol etib tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish, ularda kitobga mehr tuyg‘usini shakllantirish borasida ham fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.

@manaviy_markaz
#marifat_karvoni
#Qashqadaryo_viloyati

📚 Qashqadaryodagi madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari Shahrisabzdagi Amir Temur muzeyida qizg‘in davom etmoqda.

♻️Shahrisabzda vohaning taniqli san'atkorlari bilan birga “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ham ishtirok etmoqda.

🔰 Tadbir davomidan san'atkorlar tomonidan Ko'hna Keshdagi uchrashuvlar mobaynida vatandoshlarimiz uchun ularni raqsga chorlovchi kuy-qo‘shiqlar ijro qilinib, ziyolilar va "Ayollar daftari" qolaversa "Temir daftar" ga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari bilan bevosita muloqotlar uyushtirildi.

✏️ Tadbirdan so‘ng "Marifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi Oynisa Musurmonova aholi vakillari bilan suhbatlashar ekan Qadimiy shaharlardan bo‘lmish Shahrisabzning o‘ziga xos milliy qadriyatlarini, hunarmandchilik namunalarini avaylash, ularni kelajak avlodga munosib tarzda yetkazish zarurligini alohida ta'kidladi.

👉Kanalga ulaning: @marifat_jamiyati
#marifat_karvoni
#Qashqadaryo_viloyati

🔰 Yakkabog' tumani "Yangibog" mahalla fuqarolar yig'inida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

♻️ San'atkorlar Muxlis Berdiyev, Sa'dulla Badalov, Milliy tadqiqot universiteti professori Zuxra Ismoilova va bir necha mahalliy san'atkorlar, shoirlar ishtirok etdi.

✏️ Ular mahallalardagi muhit bilan tanishib, ayollar manfaatini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumot berdi.

Kanalga ulanish: @marifat_jamiyati
#marifat_karvoni
#Qashqadaryo_viloyati

♻️ Viloyatning barcha hududlarida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Ko‘ngilochar dasturlar, musiqiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar bilan bir qatorda ziyolilar, olimlar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati hamda qonunchilikdagi yangiliklarni keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

📚 Xususan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova Qarshi shahridagi “Alisher Navoiy” mahallasida bo‘ldi.
#Qashqadaryo_viloyati
#gerbim_faxrim

DAVLAT GЕRBI - FAXRIM, G‘URURIM!

🔰 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi hamda viloyat "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan Xonobod harbiy qismlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

♻️ Tadbirda ma’ruzachilar va harbiylar o‘rtasida qiziqarli savol javoblar uyushtirildi.

@manaviy_markaz
#Jarayon
#Qashqadaryo_viloyati
#Xalq_Konstitutsiyasi_bilan_xalqchil_davlat_sari
#Maʻnaviyat_festivali

🔰Nishon tumanidagi Paxtazor mahallasida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Qashqadaryo_viloyati
#Maʻnaviyat_festivali

🇺🇿Kasbi tuman Mug‘lon MFY madaniyat markazida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🔰Tadbirda, "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Mehmonali Salimov, Nilufar Saidova, jurnalist Xanifa Zokirovalar ishtirok etishdi.

Jarayondan fotolavhalar

🌐 @manaviy_markaz
#Live

#Qashqadaryo_viloyati
#Xalq_Konstitutsiyasi_bilan_xalqchil_davlat_sari

🔰 Dehqonobod tumani “Beshbuloq” mahallasi hududida joylashgan “Dehqonobod kaliy zavod” AJ faollar zalida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tmoqda.

🔹 Tadbirda, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari: O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi dotsenti Bektosh Berdiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Xakima Otaxonova, Qursiya Esanova ishtirok etmoqda.

🌐 @manaviy_markaz
#Qashqadaryo_viloyati
#Xalq_Konstitutsiyasi_bilan_xalqchil_davlat_sari

🏞 Shahrisabz tumanidagi "Oqsaroy klaster" MChJga qarashli "Oqsaroy tekstil compakt" korxonasida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida "Ma'naviyat festivali" bo'lib o'tdi.

🔹 Tadbirda "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Ra'no O'razova, O‘zbekiston Xalq artisti, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi Odina G'oziyeva, Qarshi Davlat Universiteti dotsenti Tohir Qurbonov, shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatu Dilorom Imomovalar ishtirok etdi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy qonunning mazmun-mohiyati va uning xalq va jamiyat hayotida tutgan muhim o‘rni haqida so'z bordi.

🌐 @manaviy_markaz
#referendum_2023
#Qashqadaryo_viloyati

Ko'kdala tumanida "Xalq konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari" shiori ostida "Ma'naviyat festivali" bo'lib o'tdi. Tadbirdan lavhalar.

🌐 @manaviy_markaz
#Qashqadaryo_viloyati
#Xalq_Konstitutsiyasi_bilan_xalqchil_davlat_sari

"Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!”

Bugun poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli ziyolilar, ijodkorlar, xalqimizning sevimli sanʼatkorlari ishtirokida "TIQXMMI" milliy tadqiqotlar universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida "Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida targʼibot tadbiri oʼtkazildi.

Tadbirda soʼzga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, mamlakatimiz va xalqimiz hayotida tutgan oʼrni, unga kiritilayotgan qoʼshimchalar va oʼzgarishlar toʼgʼrisida atroflicha tushunchalar berdi. Yangilanayotgan Konstitutsiya xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini taʼkidlab, 30 aprel kuni boʼlib oʼtadigan referendumda barchani faol ishtirok etishga chaqirdi.

Tadbirda elimiz suygan sanʼatkor va xonandalarning chiqishlari barchaga koʼtarinki kayfiyat ulashdi.

🌐 @manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Gerbim_faxrim
#Qashqadaryo_viloyati

“Faxrim, g‘ururim, iftixorim...”

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi yoshlar nigohida

🌐
@manaviy_markaz
#Munosabat
#Qashqadaryo_viloyati

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O‘zbekiston xalqiga murojaatiga munosabat

🌐
@manaviy_markaz