MARKAZ XABARLARI
31K subscribers
19.5K photos
3.25K videos
19 files
8.44K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: http://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#marifat_karvoni
#Qashqadaryo_viloyati

♻️ Viloyatning barcha hududlarida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Ko‘ngilochar dasturlar, musiqiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar bilan bir qatorda ziyolilar, olimlar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati hamda qonunchilikdagi yangiliklarni keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

📚 Xususan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova Qarshi shahridagi “Alisher Navoiy” mahallasida bo‘ldi.
#marifat_karvoni
#mahallalarda

🔰 Yakkabog' tumanidagi "Istiqbol" MFY da tashkil etilgan tadbirda Ozbekiston xalq artisti Rajab Adashev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, p.f.d., professor Zuxra Ismoilovalar ishtirok etdi.

📚 Zuxra Ismoilova oila tinchligi, farovonligida e'tibor qaratish kerak bo'lgan jihatlar, farzand tarbiyasida mahallaning roli haqida gapirib, ilmiy asoslangan ma'lumotlar bilan bo'lishdi.
#Maʼrifat_karvoni

📚Xabaringiz bor, joriy yilning 5 may kunidan buyon ma'naviyat, madaniyat, san'at
karvoni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va boshqa hamkor tashkilotlardan iborat navbatdagi targ‘ibot guruhi Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

🔰 Yoshlarimizni haqiqiy vatanparvarlik, azmu shijoat, mardlik va jasorat ruhida tarbiyalashda ziyolilar, faol va fidoyi olimlar hamda ijodkorlarni o‘rni katta.

📸 Jarayondan fotolavhalar…


@manaviy_markaz
#Matbuotda
#Marifat_karvoni

✍️ "Yangi O'zbekiston" gazetasining

№92(614) 2022-yil 11-may sonida

🔰 "Xayrli tashabbus, hayrat va hayajonga hamohang lahzalar"


✏️sarlavhali maqola chop etildi.

Unda Qashqadaryo viloyati mahallalarida madaniyat va san'at anjumanlari, aholi bilan jonli muloqotlar haqida so'z boradi.


👉
@manaviy_markaz
#Maʼrifat_karvoni
#Chiroqchi_tumani

🔰Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan ushu ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davomida Qashqadaryo viloyatidagi mavjud 813 ta mahallani qamrab olish rejalashtirilgan.

📚 Ayni kunlarda ma’naviyat, san’at bayrami vohaning barcha tuman, shaharlarida davom etmoqda.

San’atkorlar, ijodkorlar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari eng chekka hududlarda joylashgan mahallalarga ham kirib bormoqda.

✏️ Chiroqchi tumanidagi “Olmazor” mahallasi aholisi ham bugun ko‘tarinki kayfiyatda Ma’rifat karvonini qarshi oldi.

📸Fotolavhalar...

@manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TV
#Maʼrifat_karvoni

📸 Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda.

Kanalga ulanish:
@manaviy_markaz
#Marifat_karvoni

🔰Muborak tumani markazidagi "Mash'al" PFK 3-o‘yin maydonida konsert dasturi bo'lib o'tdi.

✏️Unda "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod faol ishtirok etdi.

👉https://t.me/marifat_jamiyati
#Maʼrifat_karvoni
#Qashqadaryo

🔰 Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda


♻️ Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Aytish kerakki, el sevgan ijodkorlar va san’atkorlarning chekka qishloqlarga kirib borishi katta voqea hisoblanadi. Har qanday rasmiyatchilik va zo‘rma-zo‘rakilikdan holi bo‘lgan jonli muloqotlar muxlislarga qanchalik zavq bag‘ishlasa, san’atkorlar ham bundan ko‘tarinki ruh va ijodiy ilhom olishi shubhasiz.

✏️ Bunga Kitob tumanidagi “Obikanda”, “Hoji”, “Ko‘hsor”, “Tevaboshi”, “Palandara”, “Iskana” va boshqa mahallalarda tashkil etilgan ijodiy uchrashuvlar davomida ham amin bo‘lish mumkin.

📸Tadbirlardan fotolavhalar…

👉@manaviy_markaz
#Maʼrifat_karvoni

🔰Furqat tumanida “Yangi O‘zbekiston - inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Yangi O‘zbekiston rivojlanish sohasida yangi davrga qadam qo‘ydi. Davlatimiz rahbari belgilab bergan “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan ulug‘vor maqsad asosida yangidan-yangi islohotlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

✏️ 2022 yilni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qilinishi ham joriy yilda inson qadri, uning manfaati hamisha yuqori o‘rinda turishi kerak degan xalqparvar g‘oyaning uzviy davom etishini isbotlab berdi.

⚡️ “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davomida konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar, eng sara kinofilmlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

👉@manaviy_markaz
#Maʼrifat_karvoni

♻️ Bag‘dod tumanidagi mahallalarda poytaxtdan tashrif buyurgan elimiz ardog‘idagi madaniyat, san’at namoyandalari, shoir va yozuvchilar karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi.

♻️ O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Zulfiya Mo'minova, xalqimizning sevimli xonandasi Dilfuza Rahimova xonandonlarga borib, keksaonaxonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi holidan xabar olishdi.

♻️ Ularga kitoblar sovg'a qilishdi.

@manaviy_markaz