💻 Kompyuter | Informatika
2.27K subscribers
697 photos
339 videos
138 files
1.11K links
📢 Kompyuter haqidagi kerakli maʼlumotlar va vositalar bilan yoritib boriladi.

🕵️ Foydali ma'lumotlar;
👩‍💻 Kompyuterni o'rganish;
🎬 Video darslar;

Admin: @TBT1907
Download Telegram
🔐 Hujjatga o‘zgartirish kiritishni cheklash

#Microsoft_word / #security

Agar siz biror kim bilan hujjat ustida ishlab turgan bo‘lib, lekin ushbu hujjatga ortiqcha o‘zgartirish kiritilishini istamasangiz, bunga cheklov o‘rnatishingiz mumkin.

Ma’lum uslub (стиль)lardan foydalanishni taqiqlashingiz, taqiqlanmaydigan matn qismlari va foydalanuvchilarni belgilashingiz, kelishilgan o‘zgartirish turlarini ko‘rsatishingiz mumkin.

Bunda harakatlar ketma-ketligi esa quyidagicha: Файл → Сведения → Защита документа → Ограничить редактирование.

Telegram | Dastur | Kitob | Aloqa
👍9
Hujjatni parol bilan himoyalash 📄🔐

#word / #excel / #powerpoint / #security

Word, Excel va PowerPoint dasturlarida yangi hujjatni yaratish yoki mavjud fayllarni tahrirlash paytida qo‘shimcha himoyaga ega bo‘lish hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Hujjatni parol bilan himoyalash uchun Файл varaqa (вкладка)sining Сведения bo‘limiga o‘ting va qo‘llanilayotgan dasturga qarab mos tarzda Защитить документ (Word) / Защитить книгу (Excel) / Защитить презентацию (PowerPoint) ochiluvchi ro‘yxatining Зашифровать с использованием пароля opsiyasini tanlang.

Endi parolni yaratishga kirishishingiz mumkin, lekin uni unutib qo‘ygan taqdiringizda, parolni tiklashning imkoni bo‘lmaydi, shuning uchun ehtiyot bo‘ling.

Telegram | Dastur | Kitob | Aloqa
👍7
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?

#OS / #security #software

Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.

3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.

4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.

❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.

📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish.

Telegram|Dastur|Video|Kitob
👍5
CyberShredder dasturi 🗑

#operatsion_tizim / #security / #dastur

CyberShredder - bu tezkor, xavfsiz va qulay yordamchi dastur, bu sizning kompyuteringizdagi maxfiy fayllarni butunlay yo‘q qilishga imkon beradi. Oddiy faylni o‘chirish fayl katalogidagi yozuvni va joylashuv jadvali ma’lumotlarini olib tashlaydi. Disk klasterlari tarkibidagi fayl ma’lumotlari aslida qattiq diskingizda saqlanib qoladi va keyinchalik ularni tiklash mumkin hisoblanadi. CyberShredder faylni o‘chiradi va fayldan bo‘shagan joy ustidan tasodifiy ma’lumotlarni qayta-qayta yozib tashlaydi, shuning uchun ma’lumotlarni qayta tiklash dasturlari buni hech qachon tiklay olmaydi.

CyberShredder'ning sodda interfeysi maxfiy ma’lumotlardan butunlay xalos bo‘lishga yordam beradi. Fayllarni uch xil turdagi parchalash, shu jumladan NSA (MXA - Milliy Xavfsizlik Agentligi) tomonidan tasdiqlangan yetti bosqichli fayl ustidan yozish usullari yordamida o‘chiradi.

⚠️ E’tibor bering, CyberShredder tomonidan o‘chirilgan fayllar va kataloglarni ma’lumotlarni qayta tiklash uchun xizmat qiluvchi dasturlar yordamida tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Undan ehtiyotkorlik bilan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling. Dastlab sinov uchun ba’zi oldindan nusxalab olingan ma’lumotlar bilan uning xatti-harakatlarini tahlil qilish orqali dasturdan qanday foydalanishni o‘rganib olish tavsiya etiladi.

🌐 Dasturning Internetdagi rasmiy sahifasi: https://www.cylog.org/utilities/cybershredder.jsp

📎 CyberShredder v1.12 dasturini yuklab olish

📌 P.S.: Arxivdan dasturning o‘rnatiluvchi (.EXE) va o‘rnatilgan, ya’ni Portable (.ZIP) variantini topib foydalanishingiz mumkin.

🔔 Telegram | Dastur | IT Video | Kitob
👍6
#tarmoq #internet #security

🔐 Wi-Fi'da shifrlash turlari

1️⃣ OPEN – bu himoyaning mavjud emasligi.

2️⃣ WEP (Wired Equivalent Privacy) – shifrlashning dastlabki turlaridan biri. WEP'dagi parollar — 40 yoki 104 bitdan iborat bo‘lib, bu kombinatsiyaning juda qisqaligini anglatadi va uni bir necha soniyada aniqlash mumkin.

3️⃣ WPA va WPA2 (Wi-Fi Protected Access) – hozirgi kunda shifrlashning eng zamonaviy turlaridir. Parolning uzunligi ixtiyoriy, 8 dan 63 baytgacha, bu uni aniqlashni juda qiyinlashtiradi.

4️⃣ WPS/QSS – mijozga 8 simvolli raqamlardan iborat kod (PIN) orqali foydalanish nuqtasi (точка доступа)ga ulanish imkonini beradi.

Bizni IT_0rganamiz kanalida kuzatib boring
👍2
#tarmoq #internet #security

🔐 Wi-Fi'da shifrlash turlari

1️⃣ OPEN – bu himoyaning mavjud emasligi.

2️⃣ WEP (Wired Equivalent Privacy) – shifrlashning dastlabki turlaridan biri. WEP'dagi parollar — 40 yoki 104 bitdan iborat bo‘lib, bu kombinatsiyaning juda qisqaligini anglatadi va uni bir necha soniyada aniqlash mumkin.

3️⃣ WPA va WPA2 (Wi-Fi Protected Access) – hozirgi kunda shifrlashning eng zamonaviy turlaridir. Parolning uzunligi ixtiyoriy, 8 dan 63 baytgacha, bu uni aniqlashni juda qiyinlashtiradi.

4️⃣ WPS/QSS – mijozga 8 simvolli raqamlardan iborat kod (PIN) orqali foydalanish nuqtasi (точка доступа)ga ulanish imkonini beradi.

Kanalga obuna bo'lamiz
👉@kompyuter_informatika_1
#operatsion_tizim #security

🔄 Windows'ning himoya tizimi (“Защита системы”) funksiyasini faollashtirish

Windows'dagi “Защита системы” funksiyasi operatsion tizimni avvalgi holatiga tezkor qaytarish maqsadida tiklash nuqtalarini yaratish uchun mo‘ljallangan va u har doim ham qoida bo‘yicha faollashtirilmagan bo‘ladi.

Tizimning xususiyatlari (“Свойства системы”) oynasida “Защита системы” funksiyasini faollashtirish tartibi quyidagicha:

1️⃣. WIN + R birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasiga sysdm.cpl buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosing. Ochilgan oynadagi “Защита системы” varaqa (вкладка)siga o‘ting.

2️⃣. “Защита системы” varaqasida disklar ro‘yxati va ular uchun himoya holatini ko‘rishingiz mumkin. Muayyan diskka nisbatan tizim himoyasini faollashtirish zaruratiga ko‘ra ular orasidan keraklisini tanlaymiz va “Настроить” tugmasini bosamiz.

3️⃣. Keyingi oynada “Включить защиту системы” bandini faollashtiramiz va tiklash nuqtasini yaratish uchun diskda qancha hajmdagi soha qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatamiz.

4️⃣. “OK” tugmasini bosamiz. Tayyor – tanlangan disk uchun tizim himoyasi faollashdi!

Kanalga obuna bo'lamiz
KOMPYUTER | INFORMATIKA