💻 Kompyuter | Informatika
2.27K subscribers
697 photos
339 videos
138 files
1.11K links
📢 Kompyuter haqidagi kerakli maʼlumotlar va vositalar bilan yoritib boriladi.

🕵️ Foydali ma'lumotlar;
👩‍💻 Kompyuterni o'rganish;
🎬 Video darslar;

Admin: @TBT1907
Download Telegram
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?

#OS / #security #software

Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.

3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.

4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.

❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.

📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish.

Telegram|Dastur|Video|Kitob
👍5