💻 Kompyuter | Informatika
2.28K subscribers
694 photos
339 videos
138 files
1.11K links
📢 Kompyuter haqidagi kerakli maʼlumotlar va vositalar bilan yoritib boriladi.

🕵️ Foydali ma'lumotlar;
👩‍💻 Kompyuterni o'rganish;
🎬 Video darslar;

Admin: @TBT1907
Download Telegram
🔐 Hujjatga o‘zgartirish kiritishni cheklash

#Microsoft_word / #security

Agar siz biror kim bilan hujjat ustida ishlab turgan bo‘lib, lekin ushbu hujjatga ortiqcha o‘zgartirish kiritilishini istamasangiz, bunga cheklov o‘rnatishingiz mumkin.

Ma’lum uslub (стиль)lardan foydalanishni taqiqlashingiz, taqiqlanmaydigan matn qismlari va foydalanuvchilarni belgilashingiz, kelishilgan o‘zgartirish turlarini ko‘rsatishingiz mumkin.

Bunda harakatlar ketma-ketligi esa quyidagicha: Файл → Сведения → Защита документа → Ограничить редактирование.

Telegram | Dastur | Kitob | Aloqa
👍9
🗑 Hujjatdan shaxsiy ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkin?

#word / #microsoft

Word qoida bo‘yicha siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni saqlaydi, buni faylni qabul qiluvchi va u bilan ishlovchi har qanday foydalanuvchi ko‘rishi mumkin.

Ushbu ma’lumotni o‘chirish uchun menyu satrida Файл → Сведения → Найти проблемы bandlari bo‘ylab o‘ting. Ochilgan oynada Проверить документ tugmasini bosing.

Bu yerda bizni ikkinchi band qiziqtiradi (qoida bo‘yicha tanlangan), ammo qolgan bandlardagi qushcha (☑️) belgilarini shu turishida qoldirish mumkin.

Проверить tugmasining, so‘ngra ikkinchi banddagi Удалить всё tugmasining ustiga bosing, tayyor.

Telegram | Dastur | Kitob | Aloqa
👍8