IT specialist
11.4K subscribers
1.11K photos
473 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #it_humor

JS haqidagi memlar hech qachon eskirmaydi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iOS #iPhone

iPhone'dagi batareyaning so‘nggi foizlarini asraymiz 🔋

Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, smartfondagi so‘nggi foizlar bizga havodek zarur, biroq zaryadlovchi qurilma qo‘l ostimizda yoki birinchisi bo‘lgan taqdirda ham, elektr manbasi yon atrofimizda bo‘lmay qoladi.

Bunday holatlarda energiyani tejash rejimi bilan bir qatorda yana bir foydali chorani qo‘llash maqsadga muvofiqdir:

1️⃣. НастройкиУниверсальный доступ bo‘limiga o‘tamiz.
2️⃣. Дисплей и размер текста bandini tanlaymiz.
3️⃣. Светофильтры bo‘limiga o‘tamiz.
4️⃣. Rang filtrlarini faollashtiramiz va Оттенки серого (oq-qora rejim)ni tanlaymiz.

Endi, ekrandagi oq-qora tasvir bilan bo‘lsa ham, siz muhim qo‘ng‘iroqlar va xabarlarga javob bera olasiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?
Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas?
Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha
Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak
Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
Qaysi Android-ilovalar batareya quvvatini eng ko‘p sarflaydi?
Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!
Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi? (+“jonli” video)
Yaroqsiz batareykani nima qilish kerak?
Yaponlar o‘zi tiklanuvchi akkumulyator yaratishdi
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows'ning “Проводник” fayl menejeri oynasi bilan ishlash uchun tezkor klaviatura birikmalari 📝

* — tanlangan papka tarkibiga kiruvchi barcha papkalarni ko‘rsatish;

+ — tanlangan papkaning tarkibini ko‘rsatish (раскрыть содержимое);

- — tanlangan papkaning tarkibini berkitish (скрыть содержимое);

ALT + D — manzil satrini tanlash;

ALT + P — ko‘rish sohasini ko‘rsatish / berkitish;

ALT + ENTER — tanlangan elementning xususiyatlari (Свойства) oynasini chaqirish;

ALT + — asosiy papkaga qaytish;

ALT + (ALT + ) — oldingi / keyingi papkaga o‘tish;

BACKSPACE — oldingi papkani ko‘rish;

CTRL + F — qidiruv maydoniga o‘tish;

CTRL + N — yangi oynani ochish;

CTRL + SHIFT + E — joriy papka qaysi papkalar tarkibida joylashganligini ko‘rsatish;

CTRL + SHIFT + N — yangi papkani yaratish;

CTRL + W — faol oynani yopish;

F4 — manzil satriga o‘tish;

F6 — oyna yoki ishchi stolidagi elementlar o‘rtasida siklik o‘tish;

F10 — faol ilovadagi menyu satriga o‘tish;

F11 — faol oynani butun ekranga yoyish (развернуть) / vazifalar paneliga tushirish (свернуть);

HOME — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning dastlabkisiga o‘tish;

END — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning so‘nggisiga o‘tish.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Super aksiya!

💐ZUHUR - gullar olamiga marhabo!

Munis va go‘zal ayollarimiz uchun ismlari tushirilgan guldastalar 💝

🚕 Yetkazib berish xizmati — kelishuv asosida.

101 talik – 110.000 so‘m;

201 talik – 200.000 so‘m;

301 talik – 280.000 so‘m;

401 talik – 350.000 so‘m;

501 talik – 450.000 so‘m;

1001 talik – kelishilgan holda.

Murojaat uchun raqam:
📞+998977444769

💵|💳
To‘lov naqd va pul o‘tkazish yo‘li bilan.

🌹Eng sara guldastalar katalogi:
Telegram | Instagram | Facebook
#ict_news #operatsion_tizim #internet

Microsoft 2022-yilning 15-iyunidan boshlab Internet Explorer brauzeri bilan tamomila xayrlashadi.

Brauzer ortiq foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lmaydi, undan foydalanib kelgan ilovalar esa Edge orqali ishlashga moslashtiriladi.

📝 Manba: @tbite

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Microsoft” kompaniyasi yangi “Edge” brauzerini chiqardi
Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi?
Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
Android-smartfon egalarini reklamadan Microsoft Edge brauzeri qutqaradi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

O‘z ma’lumotlaringizni himoyalang 🔐

Telegram'da har qanday ma’lumotni Избранное bulutli papkasida saqlash maqsadga muvofiq, agar ma’lumotlarni saralash lozim bo‘lsa, u holda shaxsan o‘zingiz uchun kanallar yaratib olishingiz mumkin. Aytgancha, Telegram'dagi limitlar bilan ham tanishib qo‘yish zarar qilmaydi.

⚠️ Kanallar privat bo‘lishi lozim, aks holda ehtiyotsizlik bilan shaxsiy ma’lumotlaringizni kimgadir erkin foydalanishga topshirib qo‘yishingiz mumkin.

📌 P.S.: Postlar bo‘yicha kanaldagi statistikani kuzatayotgan paytimiz ko‘pincha shunday public (havolasi ochiq) kanalchalarga ko‘zimiz tushib qoladi, ularda ko‘p vaziyatlarda mavjud kanallardan foydali deb topilgan postlarning repostini kuzatish mumkin.

Agar kichik auditoriyaga bilim ulashish maqsadida bo‘lsangiz, kanalingizni privat ko‘rinishga o‘tkazib, havolasini tor doiradagi insonlarga uzatish orqali ish yuritishingiz mumkin, xullas ehtiyot bo‘laverganingiz ma’qul.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash

Parkentlik dasturchilar oilasi: bolalar Android'ni oʻrganmoqda, ota va ona oflayn platforma yaratmoqchi 💻

Ikki yil avval oʻzbek dasturchilarini tayyorlaydigan “Bir million oʻzbek dasturchisi” (One Million Uzbek Coders) loyihasi ishga tushgandi. Loyiha kurslarini oʻqib, yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlar 100 dan ortiq Nanodegree dasturlarining birida oʻqishni davom ettirishlari mumkin. Parkentlik Xolovlar oilasi loyihada qatnashib, barcha oila aʼzolari bilan dasturlashni oʻrgandi. Oila aʼzolari muvaffaqiyatlari haqida Kun.uz'ga gapirib berdi.

👉 Batafsil oʻqish

📹 Videoni koʻrish

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari
“Oyiga 5 000 – 7 000 AQSh dollarigacha daromad topyapman!..” 23 yoshli frilanser Sardor Islomov bilan suhbat
Dasturchilik kasbi, unga o‘qish narxlari va maoshlar — dasturchi Botir Ziyatov bilan suhbat

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Dasturlash paytida massivlar 0 dan boshlanishini unutib qo‘yganingda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

25 soniyada daraxtga ishlov beruvchi ushbu texnologiyaning ish samaradorligini kuzatib lol qolasan kishi...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Gibernatsiya rejimini faollashtirish 💤

Boshlanishiga bu o‘zi qanday rejim ekanligi borasida to‘xtalib o‘tsak. Gibernatsiya (Гибернация) – avvalambor noutbuklar uchun mo‘ljallangan, kompyuter energiyasini saqlash holatidir.

Mazmunan bu Uyqu rejimi (Спящий режим), farqi esa shundaki, Гибернация vaqtida siz kompyuter yoki noutbukni elektr manbasidan to‘liq uzib qo‘yishingiz mumkin. Qurilmaning keyingi ishga tushirilishida barcha ma’lumotlar va ochilib turgan dasturlar, Спящий режим bilan bo‘lgandagi kabi o‘z ishchi holatiga tiklanadi.

Ushbu rejimni Windows 10'dagi Пуск menyusiga qo‘shish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

1️⃣. Панель управления ishga tushiriladi ( WIN + R -> control -> ENTER).

2️⃣. Электропитание bandi tanlanadi.

3️⃣. Elektr ta’minoti (Электропитание) sozlamalari oynasining chap tomonida Действия кнопок питания bandi ustiga bosiladi.

4️⃣. So‘ngra o‘ng tomondagi asosiy paneldan Изменение параметров, которые сейчас недоступны tanlanadi.

5️⃣. Shundan keyin Режим гибернации'ni faollashtiring va Сохранить изменения tugmasi ustiga bosing.

6️⃣. Natija sifatida sizdagi Пуск menyusida Гибернация bandi paydo bo‘ladi.

📝
Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
SHUTDOWN buyrug‘i
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Singapur hukumati metro liniyalari yaqinidagi uylar aholisi shaxsiy hayotini yo‘lovchilarning nigohidan saqlash maqsadida, muammoni o‘ziga xos tarzda hal qildi.

Turar-joy binolari yonidan o‘tayotganda vagon oynalari avtomatik ravishda xiralashadi! Ha, sun'iy intellekt shu yerda ham inson foydasiga xizmat qilmoqda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Matn va sanani qanday qilib biriktirib yozish mumkin? 🔤🗓🤔

Agar siz shunchaki matn va funksiyani, masalan, =СЕГОДНЯ'ni biriktirib yozishga urinsangiz — sizda formatlardagi farq bois kerakli natija yuzaga kelmaydi.

Buning amalga oshirish yo‘li esa quyidagicha:

— 1-qadam
Yangi yacheykada kerakli matnni kiriting. Masalan: (Привет! Сегодня )

— 2-qadam
Joriy sanani hosil qilish maqsadida =СЕГОДНЯ() funksiyasini, keyingi (pastki) yacheykaga esa =ТЕКСТ(А1; ДД.ММ.ГГГГ) funksiyasini qo‘llang. A1 o‘rniga =СЕГОДНЯ funksiyasi qo‘llanilgan yacheykani ko‘rsating.

— 3-qadam
=СЦЕПИТЬ funksiyasi yordamida matn va siz oldingi qadamda matnli formatga o‘tkazgan sana keltirilgan yacheykalarni biriktiring.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iOS #iPhone

iPhone kalendarining sirli jihati 🗓

Qoida bo‘yicha standart Календарь va boshqa ilovalarda eslatmalar va tadbirlarni yaratish vaqtida vaqt oraliqlarini faqat besh daqiqalik o‘tishlar ko‘rinishida tanlash mumkin, bu esa ba’zida noqulaydir.

Agar daqiqani belgilash uchun aylanadigan g‘ildirak ustiga ikki marta bosilsa, shkala bir zumda aniqroq ishlashni boshlaydi — vaqtni har daqiqasi bo‘yicha belgilash imkoniyati yuzaga keladi.

👇🏻 GIF'kada buning qanday ishlashini ko‘rishingiz mumkin.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Mijoz: “Aytayotgan narxingiz biroz qimmatroq, arzonroq qilib bera olasizmi?”
Men: 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash

Photoshop'ga ish qoldirmaydigan rassom fotosuratchilarga qoyil! Juda zo‘r g‘oyalar! Rasm olishga qiziquvchilar takrorlashga urinib ko‘rishlari mumkin!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #hardware #texnologiya

Apple kompaniyasining 1980-yillarga mansub plansheti

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

⌨️ AIMP audio pleyeri qaynoq klavishlari

O‘ylashimizcha, AIMP audio pleyeri bilan tanish bo‘lmagan foydalanuvchilar kam topilsa kerak. Uning ishlab chiqilishidan oldin ko‘pchilik Winamp'dan foydalanib kelgan, hozir esa bu pleyer Windows o‘rnatilganidan keyin birinchi o‘rinda o‘rnatiluvchi dasturlar orasida ekanligi shubhasizdir.

Ish jarayonida yoqimli musiqalarni pleylistga jamlab olib, tinglab ish yuritish juda maroqli, shunday emasmi? Uni boshqarish uchun o‘z navbatida qaynoq klavishlar birikmalari bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

CTRL + K – Audiokonverter;
F3 – Tezkor qidiruv
ENTER – Tanlangan faylni ijro ettirish
Q – Tanlangan faylni navbatga qo‘shish
CTRL + INSERT – Papkalar qo‘shish
CTRL + U – Havola qo‘shish
INSERT – Fayllar qo‘shish
CTRL + F4 – Pleylistni yopish
V – Ovozni yoqish/o‘chirish
CTRL + L – Pleylistni import qilish
F4 – Fayl haqida ma’lumot
CTRL + Q – Navbat menejeri
CTRL + P – Sozlamalar
CTRL + N – Yangi pleylist
CTRL + DELETE – Pleylistni tozalash
ALT + R – Pleylistni qayta nomlash
CTRL + / CTRL + – Oldinga/orqaga (biroz) o‘tish
CTRL + J – Muayyan vaqtga o‘tish
ALT + W – Barcha oynalar ustidan joylashtirish
CTRL + M – Fonotekani ko‘rsatish/berkitish
ALT + ENTER – Vizualizatsiyaning to‘liq ekranli rejimi
CTRL + 0 - CTRL + 5 – Baho qo‘yish (0-5)
ALT + O – Faylning joylashgan joyi
CTRL + F – Kengaytirilgan qidiruv
CTRL + T – Teglar muharriri
SHIFT + 2 – Davomiyligi bo‘yicha saralash
SHIFT + 0 – Sarlavhasi bo‘yicha saralash
SHIFT + 3 – Ijrochisi bo‘yicha saralash
SHIFT + 1 – Papkalar bo‘yicha saralash
SHIFT + I – Saralash: invertlash
SHIFT + U – Saralash: aralashtirish
PROBEL – Start/pauza
DELETE – Tanlangan fayllarni o‘chirish
SHIFT + DELETE – Tanlangan fayllarni diskdan o‘chirish
DELETE – Ma’lumotlar bazasidan o‘chirish (Fonoteka)
ALT + Q – Navbatdan o‘chirish
SHIFT + E – Mavjud bo‘lmagan fayllarni o‘chirish
SHIFT + O – Nofaol fayllarni o‘chirish
SHIFT + R – Qaytarilayotgan fayllarni o‘chirish
ALT + DELETE – Ijro etilayotgan faylni diskdan o‘chirish
CTRL + S – Pleylistni eksport qilish

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va amaliyotda foydalanib borish tavsiya etiladi:
Windows 10'dagi “Калькулятор” dasturi uchun foydali klavishlar birikmalari
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🗂 X-plore File Manager Donate – boy funksiyalar va imkoniyatlar to‘plamiga ega bo‘lgan Android qurilmalari uchun ajoyib ikki panelli fayl menejeri. Ilova juda oddiy bo‘lishi bilan birga, juda qulay hamdir, uning yordamida shaxsiy ma’lumotlaringizni xuddi kompyuterda bo‘lgani kabi boshqarishingiz mumkin. Android 4.3+. Reklamasiz Donate-versiyasi

📎
X-plore File Manager Donate v4.27.10 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#learn_english_with_software #internet #maslahat

📺 Filmdan parchani topish va yuklab olish

YouTube'chilar o‘z roliklariga filmlardan parchalarni joylashtirishni yaxshi ko‘rishadi. Agar siz, buning uchun ular filmlarni butunligicha yuklab oladi, deb o‘ylasangiz — adashasiz. Bu uchun ajoyib layfxak mavjud.

🌐 playphrase.mefilmlardan parchalarni o‘z ichiga oluvchi sayt. Shunchaki kerakli jumlani kiritasiz va kerakli parchaga ega bo‘lasiz. Matnni aynan qo‘lda kiritish lozim (CTRL + C yordam bermaydi), matn ingliz tilida, jumla esa qisqa bo‘lishi (1-4 so‘z) lozim. Natijaning pastki chap qismida parchani yuklab olish tugmasi, o‘ng tomonida esa — filmning nomlanishi ko‘rinib turadi.

🇬🇧 Sayt shuningdek ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Jumlani kiritasiz va uni ushbu til tashuvchilari qanday talaffuz qilishini eslab qolasiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet #game

Kompyuter qanday o‘yinlarni “ko‘tara olishini” aniqlaymiz 🕹

Sizning ShK qo‘llab-quvvatlaydigan o‘yinlar ro‘yxatini tuzish uchun, ularning har biri uchun tizim talablarini izlashga to‘g‘ri keladi.

🌐 technical.city/ru/what-games-can-i-run — ShK'da qaysi o‘yinlarni ishga tushira olishingizni ko‘rsatib beradi. Buning uchun saytga o‘ting va kompyuterning texnik parametrlarini ko‘rsating.

Shundan keying o‘yinlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Ulardan birining ustiga bosgan taqdiringizda, ushbu o‘yinning muvofiqligi haqidagi ma’lumot keltirilgan sahifaga o‘tasiz.

Masalan, sizdagi ShK o‘yinning minimal va tavsiya etiluvchi talablariga qanchalik mos kelishi, qancha FPS va boshqalar.

Sayt ma’lumotlarining aniqligini oshirish maqsadida, o‘z FPS qiymatingizni ham yuborishingiz mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish haqida
Android smartfonida qancha vaqt sarflayotganingizni bilish usuli
Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak
Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!
Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin
Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish
“Сапёр” o‘yinidan qanday qilib tez o‘tish mumkin?
Windows 10’da o‘yin rejimi qanday faollashtiriladi?
Barcha geymerlar uchun qadrdon bo‘lishga ulgurgan Counter Strike o‘yini kodlari
Google Play’da ota-ona nazorati (родительский контроль)ni o‘rnatish
Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
O‘yin haqida IT-hazil
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
Foydali mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
IT nima? Nega biz IT mutaxassisi bo'lishimiz kerak?
#info / #atama

ℹ️ IT (o'qilishi "ay-ti") bu inglizcha "Information Technology" qisqartma shakli hisoblanadi va o'zbekchada Axborot
Texnologiyalari deb tarjima qilinadi.

🌐 Axborot Texnologiyalari (AT) – ma'lumotlarni saqlash va uzatish bilan bog'liq bo'lgan barchasi.

📌 Axborot Texnologiyalari (AT yoki ing. IT) – bu hisoblash texnikalari yordamida ma'lumotlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash
va uzatish metodlarini o'rganadigan va amaliyotga tadbiq etadigan ko'p tarmoqli ilmiy-texnologik bilimlar sohasi.

Ayniqsa hozirda yuqorida sanalganlarni barchasi kompyuter texnologiyalari bilan bajarilmoqda, demak hozirda IT atamasi
kompyuter bilan bevosita bog'liq.

AT (IT) qo'llanilish sohalari (foydalanish bo'yicha mashhurligi bo'yicha):

🔸 Ko'ngilochar (kinolar, musiqa, kitoblar, o'yinlar);
🔹 Muloqot (ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta, chatlar va h.k);
🔸 Ma'lumotlarga ega bo'lish (yangiliklar, ob havo ma'lumotlari va h.k);
🔹 Ma'lumotlarni qayta ishlash (matematik hisoblash dasturlari, grafika tahrirlovchilar, ovoz va video tahrirlash va h.k);
🔸 Ta'lim (o'qitish, interaktiv darslar, vebinarlar, ma'lumotnomalar).

Xo'sh biz nega AT (IT) sohasida mutaxassis bo'lishimiz kerak?
Chunki hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv jarayoni AT orqali tezlik bilan amalga oshmoqda, shu sababli o'z sohamiz
qanday bo'lishidan qat'iy nazar zamon bilan hamnafas bo'lishimiz uchun AT sohasida ham yetarlicha bilim va ko'nikmalarga ega
bo'lishimiz kerak.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube