IT specialist
11.4K subscribers
1.11K photos
473 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows soatida soniyalar ko‘rinib turishini faollashtirish

Windows 10'da vazifalar panelining o‘ng chetida joylashgan soat joriy vaqtni qoida bo‘yicha soniyalarsiz ko‘rsatib turadi. Agar sizga ularning ko‘rinib turishi qulay bo‘lsa, u holda quyidagi harakatlar ketma-ketligini bajarishingizga to‘g‘ri keladi:

1️⃣. Выполнить oynasini ekranga chaqirish maqsadida WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan oynaga regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Редактор реестра oynasini ishga tushiring.

2️⃣. Ochilgan oynaning chap tomonida joylashgan kichikroq panelida quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting (yoki ushbu matnni oynadagi manzil satriga nusxalab o‘tkazib, ENTER klavishini bosing): HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer\Advanced.

3️⃣. Oynaning o‘ng tomonidagi kattaroq panelning bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali ShowSecondsInSystemClock nomli 32-bitlik DWORD parametrini yarating va unga 1 qiymatini bering.

So‘ngra Диспетчер задач'ni ekranga chaqirish uchun CTRL + SHIFT + ESC birikmasini bosing. Jarayonlar ro‘yxatidan Проводник (Windows Explorer)ni topib belgilang va oynaning pastki o‘ng burchagidagi Перезагрузить tugmasini bosing.

Windows 7 uchun soniyalarni biz rammichael.com saytidan yuklab olish mumkin bo‘lgan 7+ Taskbar Tweaker dasturi orqali faollashtirishimiz mumkin. Dasturning oynasida faollashtirilishi lozim bo‘lgan band ushbu post ostidagi rasmning 2-qismida keltirilgan👇🏻.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

⌨️ Windows (WIN) klavishi bilan bog‘liq foydali kombinatsiyalar to‘plami (1-qism)

Standart klaviaturada “Пуск” menyusini ochish imkonini beruvchi WIN klavishi mavjud. U odatda klaviaturaning pastki chap burchagidagi xizmatchi CTRL, FN (noutbuklarda va maxsus klaviaturalarda bo‘ladi) va ALT klavishlari orasida joylashadi, o‘ng tomondagi xizmatchi klavishlar orasida esa uni har doim ham uchratmaysiz.

WIN klavishi bilan bog‘liq yana ko‘plab kombinatsiyalar mavjud bo‘lib, ular bilan yaqindan tanishtirib o‘tamiz:

WIN“Пуск” menyusini chaqirish/yopish (CTRL + ESC ham shu vazifani bajaradi);
WIN + A – Bildirishnomalarni boshqarish markazini ochish/yopish;
WIN + B – Fokusni ekranning o‘ng pastki burchagidagi fondagi dasturlar belgilari sohasiga qaratish;
WIN + C“Cortana” yordamchisini eshitish rejimida ishga tushirish (qoida bo‘yicha ushbu imkoniyat o‘chirilgan, yordamchi esa barcha hududlar uchun mo‘ljallanmagan)
WIN + D – Ishchi stolni ko‘rsatish/berkitish;
WIN + ALT + D – Kalendar va vaqtni ko‘rsatish/berkitish;
WIN + E“Проводник” oynasini ochish;
WIN + F – Chaqiruvlar markazini ochish;
WIN + G – O‘yin panelini ko‘rsatish/berkitish;
WIN + H – Gapirib turish (Диктовка) jarayonini boshlash;
WIN + I“Параметры” oynasini ochish;
WIN + J – Ko‘rinib turgan vaqtida fokusni Windows eslatmasiga qaratish (klavishlar birikmasiga qayta bosish, fokusni maslahat yo‘naltirilgan elementga o‘tkazadi);
WIN + K“Подключение” tezkor harakatini ishga tushirish;
WIN + L – Shaxsiy kompyuterni bloklash yoki foydalanuvchini almashtirish;
WIN + M – Barcha ochilib turgan oynalarni (muloqot oynalaridan tashqari) vazifalar paneliga tushirish (Свернуть);
WIN + SHIFT + M – Vazifalar paneliga tushirilgan barcha oynalarni joyiga (ekranga) qaytarish;
WIN + O – Qurilmaning tanlangan oriyentatsiyasini qotirib qo‘yish (Зафиксировать);
WIN + P“Проекцировать” tezkor harakatini ishga tushirish;
WIN + R“Выполнить” oynasini ekranga chaqirish;
WIN + S – Qidiruv panelini ishga tushirish;
WIN + T – Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur va funksiyalar hamda ochilib turgan oynalar o‘rtasida siklik ravishda o‘tish;
WIN + V – Kengaytirilgan almashinish buferini ishga tushirish;
WIN + X – Tezkor havolalar menyusini ochish;
WIN + Y“Windows Mixed Reality” va ishchi stol o‘rtasida o‘tish.

👉🏻 Ushbu ro‘yxatning 2-qismi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
Operatsion tizim rukni ostida joylashtirilgan qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🎧🔊 Quloqchinlar uchun hajmdor tovush (Spatial sound)ni faollashtirish

Microsoft'ning joriy operatsion tizimida Windows Sonic nomli funksiya mavjud bo‘lib, u video va o‘yinlar namoyishida qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ichki o‘rnatilgan hajmdor tovush hosil qiluvchi audio tizimdir.

Ushbu funksiya ko‘p kanalli quloqchinlar va mos keluvchi kontentdan foydalanganda o‘zini eng yaxshi ifodalaydi. Biroq, o‘yinlar yoki videolar namoyishida 3D-tovushni qo‘llab-quvvatlamaydigan oddiy quloqchinda ham farq sezilarli bo‘ladi.

Opsiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalar panelidan faollashtirish mumkin. Bu uchun karnaycha belgisi ustiga bosib, kengaytirilgan sozlamalarga o‘tiladi va Windows Sonic for Headphones bandi tanlanadi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

⛔️ Windows'da tizim bilan birgalikda ishga tushuvchi dasturlarning avtomatik yuklanishini faolsizlantirish

Kompyuterni uzoqroq muddat ishlatib kelayotgan foydalanuvchilar, tizim ishga tushirilgan paytdagi yuklanishi – dastlabki yuklanishlariga nisbatan ko‘proq vaqt olayotganiga guvoh bo‘lishlari mumkin.

Bu bizga ortiqcha dasturlarni Windows ishga tushgan paytda birgalikda yuklanishidan o‘chirib qo‘shish maqsadida Автозагрузка'ga murojaat etishimiz lozimligini anglatadi. Bunda bajariladigan qadamlar ketma-ketligi quyidagicha:

1️⃣. Windows 7 va undan oldingi tizimlarda

WIN + R birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga msconfig buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosing. Ochilgan oynadagi Автозагрузка varaqa (вкладка)siga o‘ting va tizim bilan birga yuklanishi zarur bo‘lmagan dasturlar qarshisidan qushcha belgilarini olib tashlang. Kiritilgan o‘zgartirishni saqlang.

2️⃣. Windows 8 va undan keyingi tizimlarda

CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali Диспетчер задач oynasini ekranga chaqiring. Ochilgan oynaning Автозагрузка varaqa (вкладка)sida kerakli dastur keltirilgan bandni tanlang, so‘ngra oynaning pastki o‘ng burchagidagi Отключить tugmasini bosing.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #software #word #excel #powerpoint #outlook

Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish 📥

Windows ISO Downloader – Microsoft serverlaridan Windows operatsion tizimining rasmiy obrazlarini oddiy yuklab olish uchun mo‘ljallangan bepul dastur.

Dastur obrazini yuklab olish mumkin bo‘lgan mavjud operatsion tizimlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ayni damda bu Windows 7, Windows 8.1, Windows 10 va Insider Preview, shuningdek MS Office 2010, Office 2013, Office 2016, Office 2019 va Expression Studio'lardir. Mos keluvchi tizim tanlanganidan so‘ng, dastur Microsoft Techbench saytidagi kabi monand formani aks ettiradi.

Kompyuterga allaqachon o‘rnatilgan va qo‘llanilib turgan operatsion tizimning tayyor ISO obrazini yuklab olish, tizimni qayta o‘rnatish yoki tiklash uchun ajoyib variant hisoblanadi.

📎 Windows ISO Downloader v8.46.0.154 kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

SHUTDOWN buyrug‘i ⚙️

SHUTDOWN buyrug‘i foydalanuvchining faol seansini yakunlash, kompyuterni qayta yuklash, uni uyqu rejimiga o‘tkazish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Tegishli ruxsatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, buyruq masofada turgan tizim uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Ushbu buyruqni Buyruq satri (Командная строка, Command Line) hamda WIN + R birikmasini bosib, Выполнить (Run) oynasi orqali qo‘llash mumkin. Buyruqning bajarilish usullarini ko‘rib chiqamiz.

1️⃣. shutdown /s – kompyuterni 30 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

2️⃣. shutdown /s /t 0 – kompyuterni darhol o‘chirib qo‘yish.

3️⃣. shutdown /h – kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish.

4️⃣. shutdown /l – joriy foydalanuvchining faol seansini yakunlash.

4️⃣. shutdown /r – kompyuterni qayta yuklash.

5️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\COMP7 – COMP7 nomli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

7️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

8️⃣. shutdown /r /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni qayta yuklash.

❗️Post ostida ilova qilinayotgan dastlabki ikki mavzu orqali ham ushbu buyruq bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 👇🏻

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

⚡️ Powerbank ortib olgan Tesla

📌 P.S.: ... va quvvat tugashidan xavotir yo‘q! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat

👤🔄 Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish

Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar.

Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz:

1️⃣. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL + SHIFT + N).

2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting.

3️⃣. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT + ENTER birikmasini bosing).

4️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing.

5️⃣. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating.

6️⃣. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting.

7️⃣. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor! 😉

📝 Manba: @GooogleTM

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #security #software

Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?

Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.

3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.

4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.

❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.

📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
CyberShredder dasturi
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #security

⤴️ Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish

Windows 10'da Windows'ning qoida bo‘yicha o‘rnatilgan sozlamalariga qaytaruvchi “Сбросить настройки ПК” opsiyasi mavjud. Bu Windows'ni qayta o‘rnatib o‘tirgandan ko‘ra tezroq va qulayroq kechuvchi jarayondir.

Kompyuteringizdagi Windows 10 sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
1️⃣. WIN + I klavishlari birikmasi yordamida “Настройки” oynasini ekranga chaqiring.
2️⃣. Ochilgan oynada “Обновление и безопасность” -> “Восстановление” bandlari bo‘ylab o‘ting.
3️⃣. “Перезагрузить этот компьютер” bo‘limida “Начать” tugmasi ustiga bosing.
4️⃣. Qayta tiklash (сброс)ning kerakli parametrlarini tanlang. (Fayllarni saqlash, qattiq diskni to‘liq tozalash va hokazo)

“Сбросить этот ПК” opsiyasi qulay, biroq qurilmangiz ishlab chiqaruvchisi zavodda ko‘plab istalmagan dasturiy ta’minotlarni o‘rnatgan bo‘lsa, qayta tiklash ushbu dasturlarni o‘chirmaydi.

📌 P.S.: Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
CyberShredder dasturi
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija