IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#ict_news #internet

Oʻzbekistonliklar endi oʻz mahsulotlarini Amazon platformasida sotishlari mumkin boʻldi 📦

Oldin amazon.com onlayn savdo platformasida savdo qilish huquqi oʻzbekistonliklar uchun yopiq edi, endi buning iloji bor.

Yangilangan roʻyxatda Oʻzbekiston ham oʻrin oldi, endi siz oʻzingiz, doʻkoningiz va boshqa kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, sotuvchi sifatida roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Bu nima degani? 🤔

Bilamizki, oʻzbeklar butun dunyo boʻylab tarqab ketgan, AQSh va Yevropa davlatlarida ham koʻplab oʻzbeklar bor. Ularda esa, tabiiyki, oʻzbek mahsulotlariga talab bor, masalan oʻzbek doʻppisi, chust pichogʻi, sopol idish-tovoqlar, tandirdan tortib oʻzbekcha kitoblargacha hammasini amazon.com orqali sotish mumkin.

Bunday oʻylab qarasangiz, biznesingizni xalqaro miqyosga olib chiqish uchun yaxshi imkoniyat.

📝 Manba: @tentakminds

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #internet #hardware

👁 Smartfonni veb-kameraga aylantiramiz

Foydali layfxak: yangi qurilma xarid qilib o‘tirmay — smartfonni kompyuter uchun veb-kameraga aylantirish mumkin. Bu noutbuk bilan birga keluvchi veb-kamera kuchsizroq, uning yonida esa eski va keraksiz Android bo‘lgan taqdirda foyda berishi mumkin.

Buning amalga oshirilish tartibi:

1️⃣. DroidCam ilovasini yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz. Asosiy ma’lumot keltirilgan ekran paydo bo‘ladi va kamera avtomatik ravishda faollashadi: siz veb-kameraning lokal tarmoqdagi manzilini ko‘rasiz. MUHIM: kompyuter ham, telefon ham bitta tarmoqqa ulangan bo‘lishi lozim.

2️⃣. Endi kompyuterga rasmiy saytdan DroidCam Client ilovasini yuklab olamiz va o‘rnatamiz.

3️⃣. Ilovani ishga tushiramiz va telefonda ko‘rsatilgan IP-manzilni ko‘rsatamiz. Agarda nafaqat video, balki ovozni ham uzatish lozim bo‘lsa. xohishga ko‘ra “Audio” bandini belgilab ketishingiz mumkin. “Start” tugmasini bosing.

Ulanish muvaffaqiyatli amalga oshganidan so‘ng kompyuterda telefon kamerasidagi tasvir paydo bo‘ladi. Ushbu oynani pastga tushirib, veb-kamera qo‘llanishi kerak bo‘lgan istalgan dasturni ochishingiz mumkin. Agarda muammo yuzaga kelsa, dastur sozlamalariga o‘ting va asosiy kamera sifatida DroidCam'ni tanlang.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

🆕 Telegram bir qator yangi animatsiyali emodzilar bilan boyidi: 💉🤤😬🤓😶🤘🤟👈👉👆👇🙌💯💢♨️💬💭🗯

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣ | 🔟 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi? 🤔

Word jadvallarida bir nechta formulalardan foydalanish ko‘zda tutilgan, ulardan foydalanish uchun kerakli yacheykani tanlash va Макет → Данные bo‘limining Формула tugmasini bosish lozim.

Ochilgan oynadagi Вставить функцию menyusida funksiyalardan biri tanlanadi va ma’lumotlar keltirilgan yacheykalar havolalari qo‘lda ko‘rsatiladi. Shunday qilib, post ostiga biriktirilgan rasmda keltirilgan misolda ushbu yacheykalar B2; C2; C3 koordinatalariga ega.

❗️Agar sizda natija o‘rniga shaklli ({}) qavslar ichida funksiya paydo bo‘lsa, ushbu yacheyka ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va Коды/значения полей bandini tanlang.

🎞 Ushbu postimizga mos mavzuda keltirilgan (ovozsiz) video ko‘rsatmani ham tomosha qilishni tavsiya etamiz.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Mobil ilovalar yaratish maqsadida "Android Studio"ni ishga tushirganingda... 🙄

@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Excel jadvaliga sonlarni matn sifatida qabul qilinadigan qilib kiritamiz 🔢🔤

Kichik hiyla va tryuklarni bilish, ba’zida Excel'dagi ishimizni ancha tezlashtirishi mumkin. Masalan, yacheykaga sonli qiymatni matn formatida kiritish uchun shunchaki kiritishni apostrof (') belgisidan boshlash yetarlidir.

Apostrofni, va uning ortidan – kerakli sonni kiritamiz. Natijada Excel uni matn sifatida qabul qilinadi.

❗️Excel'da sonli qiymatlar qoida bo‘yicha yacheykaning o‘ng tomoni bo‘ylab, matnli ma’lumotlar esa chap tomoni bo‘ylab tekislanadi.

Qiziq tomoni shundaki, apostrof belgisi formulalar satrida ko‘rinadi, yacheykada esa ko‘rinmaydi. Bu nafaqat sonlarga nisbatan, balki sana va vaqt qiymatlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin (chunki ular ham aslida sonli qiymatlardir).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Excel dasturidagi formulalarda “teng emas” belgisi qanday ko‘rsatiladi?
Anonymous Quiz
44%
!=
26%
НЕ(=)
19%
><
10%
<>
#operatsion_tizim #security

Windows 10'da parol kiritishga bo‘lgan urinishlar soniga limit o‘rnatish 🔐

Agar kompyuteringizdan foydalanish uchun parol himoyasidan foydalanib, boshqa foydalanuvchilar tizimga kirish paytida parolingizni chamalab ko‘rishlarini istamasangiz, u holda parolni kiritish uchun urinishlar sonini belgilab keting. Foydalanuvchi o‘rnatilgan urinishlar limitiga borib yetganida, kompyuter muayyan daqiqaga parol kiritishdan bloklanadi.

1️⃣. Buning uchun WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib ENTER klavishini bosish orqali Редактор локальной групповой политики oynasini ekranga chaqiring.

2️⃣. Oynaning chap tomondagi panelida Конфигурация компьютера - Конфигурация Windows - Параметры безопасности - Политика учетных записей - Политика блокировки учетной записи ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.

3️⃣. Sozlash uchun sizga uchta parametr taqdim etiladi:

⚡️ Пороговое значение блокировки - parolni kiritish uchun urinishlar soni (limit).

⚡️ Продолжительность блокировки учетной записи - foydalanuvchining parol kiritishga qarshi bloklanishi davomiyligi daqiqalarda ko‘rsatiladi.

⚡️ Время до сброса счета блокировки - parolni kiritishga bo‘lgan omadsiz urinishlar hisoblagichini qayta o‘rnatish uchun talab etiluvchi vaqt daqiqalarda ko‘rsatiladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #security

🕸 Josuslikdan himoyalanamiz: Android'dagi ilovalarga kameradan foydalanishni taqiqlash

Android'dagi ba’zi ilovalar, umuman foydalanmasa-da – kameradan foydalanishga ruxsat so‘raydi. Agar bu kamerasiz uddalab bo‘lmaydigan, shartli Pokemon GO bo‘lmasa — u holda ilova uchun bunday ruxsat nima uchun berilishi kerakligi haqida o‘ylab ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Foydalanishni umuman olganda cheklab qo‘ygan ma’qul.

📋 Buni amalga oshirish tartibi:

1️⃣. Camera Block ilovasini yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. Qulfcha belgisi va “Камера разблокирована” (“Kamera blokdan chiqarilgan”) yozuvini ko‘ramiz. Bizning maqsadimiz esa — aynan bloklashdir, buning uchun qulfcha belgisi ustiga bosamiz.

3️⃣. Ilova qurilmani boshqarish uchun ruxsat so‘raydi. Rozilik beramiz: faqat shundagina Camera Block boshqa ilovalarni cheklashi mumkin bo‘ladi.

4️⃣. Tayyor! Biroq bir kichik muammo bor: kamera hattoki o‘z ilova uchun ham nofaol bo‘lib qoladi. Buni to‘g‘rilash uchun sozlamalarga o‘tamiz va “Отключить камеру” qarshisidagi qushcha belgisini olib tashlaymiz. “Приложения с разрешением камеры” varaqa (вкладка)sida esa ilovalarning kameradan foydalanishini nazorat qilishingiz mumkin.

Shuningdek kamerani qo‘shimcha ravishda parol yordamida himoyalash mumkin: kamera parametrlarida “Защита паролем” qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating va parolni ikki marta kiriting.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #word

Word dasturida dastlabki satr (abzats) otstupini yaratish uchun qaysi klavishadan foydalaniladi?
Anonymous Quiz
35%
ENTER
9%
SHIFT
45%
TAB
11%
PROBEL
#telegram

Ovozli chat haqidagi eslatmani faollashtirish

Ovozli chatning boshlanish vaqtini o‘tkazib yubormaslik uchun, uning boshlanishi haqidagi bildirishnomaga obuna bo‘ling.

Buning uchun teskari hisobdagi taymer ustiga bosing va ochilgan ostki paneldagi “Установить напоминание” tugmasi ustiga bosing.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

YouTube'da “yangisi qachon chiqar ekan” deb kutadigan va kuzatadigan bir loyiha bor. Bu — “Osmondagi bolalar” loyihasi.

Ushbu loyihaning bir soni 2 soat-u 10 daqiqa davom etgan. Bu — Muhammadali Eshonqulov bilan bo‘lgan suhbat. Ishonish qiyin-u, aynan shu sonini erinmay 3 martta qayta ko‘rib chiqqanman. Judayam manfaatli suhbat bo‘lgan. Aslida bu loyihaning har soni shunday — foydali va manfaatli.

“Osmondagi bolalar”
— loyihasi juda ajoyib loyiha. Har sonidan ko‘p narsani olish, o‘rganish mumkin. Siz ham ushbu loyihaning kanaliga obuna bo‘ling. Kuzating, o‘zingiz uchun kerakli juda ko‘p narsalarni o‘rganishingiz mumkin.

https://youtube.com/c/Osmondagibolalar

📝 Manba: @masofatalim

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🇬🇧|🇷🇺 Windows'ning ingliz tilida o‘rnatilgan versiyasida dastur va fayllar tarkibidagi ruscha shriftlarni o‘qiladigan qilish

Murojaat/savol:

Assalomu alaykum, hurmatli adminlar!

Menda Windows 7 Ultimate operatsion tizimining inglizcha versiyasi o‘rnatilgan. Biroq bir muammo mavjud, rus dasturchilari tomonidan yaratilgan dasturlarni o‘rnatishga yoki qandaydir rus tilidagi fayllarni ochishga uringanimda, shriftlarning odatiy ko‘rinishidan farqli ravishda, tizim tushunarsiz belgilarni ko‘rsatmoqda.

Bunda matn kiritish tillari orasida rus tili mavjud va ruscha harflarni kiritish bilan bog‘liq muammo yo‘q. Elektron pochta orqali keluvchi xatlarning o‘qilishida ham hammasi joyida. Yuqorida keltirilgan muammoni qanday bartaraf etish borasida biror yo‘l-yo‘rig‘i bo‘lsa, iltimos ulashsangiz, oldindan rahmat!

Javob:

Vaalaykum assalom, muammoingizni tushundik va quyidagi ketma-ketlik bo‘ylab o‘tib, tizimni o‘zingiz uchun sozlab olishingizni tavsiya etamiz (buning uchun sizda tizimdan administrator sifatida foydalanish huquqi bo‘lishi lozim):

1️⃣. Start (Пуск) menyusini oching va unda Control Panel (Панель управления)'ni ishga tushiring (WIN+R → control → ENTER).

2️⃣. Viewed by: Category (Просмотр: Категория) ro‘yxatini ochib (oynaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan) → Small icons (Мелкие значки)'ga o‘zgartiriladi.

3️⃣. Control Panel (Панель управления) oynasida Region and Language (Язык и региональные стандарты) bandiga o‘ting.

4️⃣. Ochilgan muloqot oynasining (👇🏻 post ostidagi rasmda keltirilgan) Administrative (Дополнительно) varaqa (вкладка)siga o‘ting va Language for non-Unicode programs (Язык программ, не поддерживающих Юникод) bo‘limida Change system locale... (Изменить язык системы...) tugmasi ustiga bosib, ochilgan oynachadagi ro‘yxatdan Russian (Russia) (Русский (Россия))'ni tanlang.

5️⃣. Kiritilgan sozlamadan so‘ng tizimni qayta yuklash so‘raladi, bunga rozilik berasiz va muammoingiz hal bo‘lganini tekshirish uchun biror fayl yoki dasturni ochib tekshirasiz.

E’tiboringiz uchun rahmat, bergan tavsiyamiz sizga foydali bo‘ldi, degan umiddamiz.

📌 P.S.: Post ostida biriktirilgan rasmdagi Region muloqot oynasi Windows 10 Pro operatsion tizimiga tegishli, yuqorida keltirilgan tavsiya Windows 8, 8.1 va 10 uchun ham o‘rinli.

ℹ️
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#rasm_bilan_ishlash #internet

🖼 Emodzilardan iborat rasm yasash

Sizni har qanday yuklangan rasmni emodzilar yordamida chizib beruvchi kichik xizmat bilan tanishtirmoqchimiz.

Sayt minimalistik uslubda yaratilgan. Saytga havola bo‘ylab o‘tib, Выберите файл tugmasiga bosgan holda kerakli rasm fayli ko‘rsatiladi.

Rasm real vaqt rejimida emodzilar yordamida chizilishni boshlaydi. Natijani kompyuterga saqlash uchun saytning ostidagi Save as image havolasi ustiga bosiladi.

🌐 Saytga o‘tish

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Rasm bilan ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati keltirilgan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Word hujjatidagi qisqa tirelarni uzunlariga almashtiramiz 🔄

Oddiy chiziqchalar o‘rniga uzun tirelar qo‘llanilgan hujjat yanada jozibali ko‘rinadi.

Hujjatda qo‘llanilgan qisqa tirelarni uzunlariga almashtirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

— 1-qadam
CTRL + H kombinatsiyasini bosish yoki menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida joylashgan Заменить tugmasidan foydalanish orqali Найти и заменить muloqot oynasini ekranga chaqiramiz.

— 2-qadam
Найти
maydoniga ^=, Заменить maydoniga esa — ^+ belgilarini mos tarzda kiritamiz.

— 3-qadam
Заменить всё
tugmasi ustiga bosamiz, tayyor.

📝 Manba: @hacks_word

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#learn_english_with_software #maslahat

🇬🇧 Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak

Bolalarning qisqa muddat ichida ingliz tilini o‘rganishlarida ularga qanday yordam berish mumkin? Quyidagi layfxaklar bu borada sizga asqatadi!

1️⃣. Inglizcha gapiring!

Farzandingiz bilan kuning ma’lum vaqtlarida faqat ingliz tilida suhbatlashing. Bolaning ingliz tilini mukammal darajada biladigan odamlar davrasiga bo‘lishini ta’minlang. Bu uning ana shu muhitga osonroq kirib borishida katta ahamiyat kasb etadi.

Olimlarning aytishlaricha, yangi tug‘ilgan chaqaloqda dunyodagi barcha tillarni o‘rganish moyilligi bo‘ladi. Uning kelgusida qanday tillarni o‘zlashtirishi bola hayotining birinchi yillarida uni kimlar qurshab turganiga qarab belgilanadi.

2️⃣. O‘ynaymiz

Bolalarning til o‘rganishlari osonroq bo‘lishi uchun shu tildagi o‘yinlar ham katta yordam beradi. Bu borada fantaziyangiz keng bo‘lsa yetarli!

3️⃣. Virtual olam

Bugungi kunda virtual olam texnologiyalari yordamida dunyoning turli burchaklariga sayr qilish, ingliz tilida so‘zlashuvchi gid yordamidan foydalanish mumkin. Virtual sayr har qanday yoshdagi o‘quvchilarga ma’qul keladi.

4️⃣. Motivatsiya

Ushbu usulni o‘smirlarga nisbatan qo‘llash mumkin. Eng avvalo, unga qanday musiqa, komikslar, seriallar, xonandalar yoqishini bilib olasiz. Ingliz tilidagi qo‘shiqlarning so‘zlari, sevimli xonandaning shu tildagi intervyulari ham o‘smirni til o‘rganishga rahbatlantiradi.

5️⃣. Ingliz tilida so‘zlashuvchi do‘stlar

Bola muloqot tilini osonroq o‘zlashtirishi uchun internet orqali unga ana shu tilda so‘zlashuvchi do‘st topishni taklif qiling. Boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tengdoshlari bilan ingliz tilida muloqot qilgan bola nafaqat tilni o‘rganadi, balki yangi do‘stlar ham orttiradi!

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #maslahat

⛔️ Android'da reklamani to‘liq o‘chiramiz

Buni Samsung A50 smartfoni misolida ko‘rib o‘tamiz:

1️⃣. Qurilmadagi Настройки (Sozlamalar)ga o‘tamiz.

2️⃣. ПодключенияДругие настройкиПерсональный DNS-серверИмя хоста провайдера персонального DNS-сервера ketma-ketligi bo‘ylab o‘tamiz.

3️⃣. Matn kiritish maydoniga: dns.adguard.com manzilini mos tarzda kiritamiz.

4️⃣. Сохранить tugmasini bosamiz va reklama bizni ortiq bezovta qilmaydi.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security

Foydalanuvchilarga “Проводник” parametrlarini o‘zgartirishni taqiqlash ⚙️🚫

Windows operatsion tizimida Проводник fayl menejeri bilan ishlash va uning tashqi ko‘rinishini sozlash uchun Параметры Проводника muloqot oynasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Uni ochish uchun klaviaturada WIN + R birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasidagi matn kiritish maydoniga control /name Microsoft.FolderOptions buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosing.

Agar kompyuterdan nafaqat o‘zingiz, balki boshqalar ham foydalansa, u holda qolgan foydalanuvchilar uchun ushbu sozlamalarni o‘zgartirishni taqiqlab qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

1️⃣. Выполнить oynasini ekranga chaqirish uchun yana WIN + R klavishlari birikmasini bosamiz va Редактор реестра'ni ishga tushirish uchun matn kiritish maydoniga regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosamiz.

2️⃣. Ochilgan navbatdagi oynada quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘tamiz:

Компьютер\HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Policies\Explorer.

3️⃣. Oynaning katta o‘ng panelida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali СоздатьПараметр DWORD (32 бита) menyu bandlarini tanlang va NoFolderOptions nomli parametrni 1 qiymatini bergan holda yarating.

Проводник parametrlarini o‘zgartirishga ruxsat berish va taqiqlash uchun reyestr tviklari ham ushbu postga biriktiriladi.

📥 Reyestr tviklarini yuklab olish

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor #operatsion_tizim

💻 Hozirgi kunda asosan shaxsiy kompyuter va noutbuklar uchun mo‘ljallangan mashhur operatsion tizimlarning foydalanuvchilar toifalari bo‘yicha o‘rtacha taqsimlanishi.

Ya’ni o‘rnatilgan OS turiga qarab foydalanuvchi haqida taxminiy tasavvur hosil qilaveramiz! 😉

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija