IT specialist
11.6K subscribers
1.11K photos
471 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#ict_news #internet

🔄 Facebook o‘z nomini o‘zgartirishi kutilmoqda

Facebook kelasi haftada kompaniya nomini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Shu tarzda uning bosh direktori Mark Sukerberg “meta-universe”ni yaratishga o‘z e’tiborini qaratmoqchi. Bu haqda Verge portali ma’lum qildi.

Sukerberg 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Connect konferensiyasida bo‘lajak imidj o‘zgarishi haqida gapirishni rejalashtirmoqda.

“Rebrending Facebook ilovasini Instagram, WhatsApp, Oculus va boshqalar kabi guruhlarni boshqaradigan bosh kompaniyaning ko‘plab mahsulotlaridan biri sifatida belgilashi mumkin. Facebook vakili bu voqeaga izoh berishdan bosh tortdi”, — deb yozadi gazeta.

Facebook'da 10 mingdan ziyod xodimlari bor, ular AR ko‘zoynagi kabi iste’mol uskunalarini yaratadilar. Sukerbergning fikricha, bu kabi ko‘zoynaklar oxir-oqibat smartfonlar kabi hamma joyda ishlatiladi.

Iyul oyida u The Verge nashriga bergan intervyusida, kelgusi bir necha yil mobaynida “bizni odamlar birinchi navbatda ijtimoiy media kompaniyasi sifatida qabul qilishdan “meta-universe” kompaniyasiga o‘tamiz”, deb aytgandi.

Rebrending, shuningdek, Sukerbergning Facebook ijtimoiy tarmog‘ining bugungi kundagi ijtimoiy platformasi qanday ishlashiga e’tibor qaratgan futuristik ishini yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi mumkin.

O‘tgan yozda Sukerberg “meta-universe” uchun maxsus guruh tuzdi. Yaqinda Facebook Yevropadagi “meta-universe”da ishlash uchun yana 10 ming xodimni yollash rejasini e’lon qildi.

““Meta-universe” diqqat markazida bo‘ladi va menimcha, bu mobil Internetdan keyin Internet qanday rivojlanayotgani haqidagi keyingi fikr-mulohazalarning muhim qismi bo‘ladi. Va menimcha, bu biz uchun kompaniyamizning ikki kara o‘sishiga keyingi katta bo‘lim bo‘ladi”, — deydi u.

📝 Manba: Xabar.uz

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #muvaffaqiyatli_insonlar #ict_news

🥇 Ilon Mask endi insoniyat tarixidagi eng boy inson

Hisobotlar va Hertz kompaniyasi tomonidan 100 000 elektromobil uchun olingan rekord buyurtmalar fonida Tesla aksiyalarining 13%-lik o‘sishi tufayli – Tesla va SpaceX asoschisining daromadi rekord darajadagi 41,7 AQSh dollariga ko‘paydi.

Bu Ilon Maskni Forbes'ning butun tarixdagi hisob-kitoblari bo‘yicha eng boy insonga aylantirdi. Bu bilan esa uni chin dildan tabriklaymiz!

📝 Manba: @d_code

📌 P.S.: Hozirda Maskning boyligi 271,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. U o‘zining SpaceX kompaniyasi tufayli dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #internet

Agar eslasangiz, Facebook kompaniyasi o‘z nomini o‘zgartirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandik, kerakli on keldi va bu sodir bo‘ldi.

🔄 Facebook nomlanishini Meta'ga o‘zgartirmoqda, ushbu qaror kompaniya rebrendingi taqdimotida e’lon qilindi

Shu tariqa, Facebook kompaniya uzoq vaqtdan beri nafaqat birgina ijtimoiy tarmoq, balki WhatsApp, Instagram, Oculus va boshqa aktivlarning egasi ekanligini namoyish etish niyatida.

Facebook kompaniyasining yangi logotipi va yangi nomlanishini Mark Sukerberg quyidagicha izohladi:

“Bizning pirovard maqsadimiz hamon o‘sha — insonlarni birlashtirish. Ilovalarimiz brendlari (ya’ni nomlanishlari, logotiplari) o‘zgarmaydi. Yangi nom biz bosib o‘tgan butun yo‘lni va biz qurmoqchi bo‘lgan kelajakni aks ettiradi. Endi biz shunchaki Facebook ijtimoiy tarmog‘i bo‘lib qolishni istamaymiz... Men bizni meta borliq (meta-universe)ni ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida qabul qilishlarini istayman”.

📌 P.S.: Bloomberg bergan ma’lumotga ko‘ra, Facebook Meta'ga qayta nomlanganidan so‘ng sarmoyadorlar kanadalik Meta Materials ishlab chiqaruvchisi bilan kompaniyalar nomlarini adashtirib, uning aksiyalarini 26%'ga ko‘tarib yuborishgan.

📝 Manba: @NovostiUZ

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news #mulohaza_uchun #hardware #texnologiya

Malayziya politsiyasi tomonidan 1000 dan ortiq ASIC-maynerlari yo‘lni tekislash uchun qo‘llaniluvchi katok mashinasi yordamida ustidan bosib o‘tish orqali yo‘q qilindi.

Bu noqonuniy maynerlarga qarshi kurashning namoyish chorasi sifatida qo‘llanildi. Ushbu qurilmalarning umumiy narxi taxminan 1 mln 250 ming AQSh dollarini tashkil etgan.

Maynerlarning harakatlari tufayli mahalliy energetika kompaniyasi 1 mln 965 ming AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan, hatto shahar elektr ta’minotida uzilishlar ham yuzaga kelgan.

Jinoyatchilarni atigi 8 oylik qamoq jazosi va 1 870 AQSh dollari miqdoridagi jarima kutmoqda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya #ict_news

👶🏻 AQShda avtopilotda ketayotgan Tesla avtomobilining old o‘rindig‘ida ayol bolani dunyoga keltirdi

Er-xotin yo‘lda ketayotib, tirbandlikka tushib qolgan vaziyatida 33 yoshli Yiran Sherrining tug‘ruqi boshlanib qoladi. Ayolning turmush o‘rtog‘i avtopilotni faollashtirgan holda undan tug‘ruqni qabul qilishga kirishadi.

Qizaloq kasalxonaga yetib kelish dunyoga kelgan.

📝 Manba: @Znaltg

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Tesla kompaniyasi logotipi haqida
Tesla avtomobili ostki qismining ko‘rinishi
Tesla elektromobili mustaqil harakati vaqtida atrofini “ko‘rishi”
Tesla o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirmoqda!
Ilon Mask haqida post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #telegram #muvaffaqiyatli_insonlar

Pavel Durovning boyligi yil davomida 3,43 dan 17,24 milliard AQSh dollarigacha o‘sdi, bu rossiyalik milliarderlar orasida besh baravar ko‘p – Forbes.

Nashr ushbu o‘sishni Telegram reytingi bilan bog‘laydi. 2021-yil mart oyida messenjer birinchi marta o‘z obligatsiyalarini joylashtirdi va 1 milliard AQSh dollaridan iborat mablag‘ni jalb etdi.

📝 Manba: @tbite

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Pavel Durov haqida postlar
Bill Geyts haqida postlar
Djeff Bezos haqida postlar
Ilon Mask juda ajoyib xarakter egasi ekan
Stiv Jobs haqida postlar
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #ict_news #game

🕹 Kompyuter o‘yinlariga qaramlik kasallik deya tan olindi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kompyuter o‘yinlariga qaramlikni kasallik sifatida rasman tan oldi.

Bu haqda tashkilot hujjatiga asoslanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, kompyuter va video o‘yinlarga haddan tashqari ishtiyoq va qaramlik ruhiy buzilishning yangi turi hisoblanadi. Biroq, bu kasallikni tashxislash uchun, yil davomida odamda oila, ijtimoiy, ta’lim, kasbiy va hayotning boshqa sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan belgilar bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga faqat malakali tibbiy mutaxassis ushbu tashxisni qo‘yishi mumkin, deydi JSSTning psixofaol moddalar va giyohvandlik bo‘yicha eksperti Vladimir Poznyak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ta’rifni qarindoshlar, do‘stlarga nisbatan shaxsiy fikrga asoslanib qo‘llash mumkin emas.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #ict_news

💰 Telegram TON xizmatlarini o‘z messenjeriga joriy etishi mumkin

Toncoin kriptovalyutasini yaratgan Pavel Durovning izdoshlari jamoasi 2022-yilning yakuniga qadar fayllarni saqlash, bloklashlarni chetlab o‘tish, pul mablag‘larini o‘tkazish va boshqa shu kabi bir qancha yangi xizmatlarni taqdim etadi. Ushbu xizmatlar Durovning TON blokcheyn-loyihasining bir qismi bo‘lishi kutilmoqda.

Forbes nashri taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Telegram ushbu xizmatlarni o‘z messenjeriga joriy etish imkoniyatini istisno etmaydi.

➡️ Batafsil rus tilidagi ushbu maqolada.

📝 Manba: @vamtlgrm

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #mulohaza_uchun

🛂 Fuqarolar uchun raqamli pasport joriy etiladi

“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor bo‘ladi.

2022 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, iyul oyiga qadar shu haqdagi hujjat loyihasi ishlab chiqilishi kerak. Bu orqali haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh guvohnomasi, diplom olganlik kabi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishning yagona elektron tizimi yaratiladi.

Bunda yagona elektron tizimni ishga tushirish va tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish rejalashtirilyapti. Davlat xizmatlaridan identifikatsiya ID karta orqali foydalanilganda boshqa hujjatlarni talab qilmaslik amaliyotini yo‘lga qo‘yiladi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #ict_news

🎙 Toshkentga besh ming so‘m bilan kelib, Buxoroga mashina minib ketganman!

“IT-motivatsiya” ko‘rsatuvining bugungi qahramoni ILM.UZ akademiyasi asoschisi Shahzod Magdiyev.

Shahzod Xusenovich Magdiyev 1988-yilning 4-martida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan:

— 2009-yilda TATU bakalavriat, 2011-yilda magistratura bosqichini tamomlagan;

— 2018-yilda O‘zbek-Yapon markazining (UJC) “Programma PMP” biznes kursini muvaffaqiyatli tamomlagan;

“Cisco CCNA Routing Switching”, “Oracle Database 11g Administrator Certified Associate”, “Oracle Database 11g New features for Administrations”, “Certificate IPTV product ZTE” bo‘yicha xalqaro sertifikatlarni olgan;

— TATUning “Ma’lumotlarni uzatish” kafedrasida “Tarmoq protokollari” fani bo‘yicha pedagogik faoliyat olib borgan;

— IT mutaxassislar yetkazib beruvchi ILM.UZ akademiyasi asoschisi.

🔤 Suhbatning batafsil matnli talqini.

🎞 Suhbatning batafsil video talqini.

📝 Manba: ict.xabar.uz

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#ict_news #mulohaza_uchun

To‘rt ming dollarlik yuqori maosh – BPO yoshlar uchun qanday imkoniyatlar taqdim etmoqda? 🤔

2022-yilning 24-mart kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 59-sonida “To‘rt ming dollarlik yuqori maosh – BPO yoshlar uchun qanday imkoniyatlar taqdim etmoqda?” nomli maqola chop etildi.

Unda bugungi kunda O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda BPO (Biznes jarayonlari autsorsingi)ning taqdim etayotgan imkoniyat va afzalliklari haqida batafsil so‘z yuritilgan.

🖼 Maqolaning gazeta ko'rinishidagi varianti.

👉🏻 Batafsil...

📝 Manba: @mitcuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #texnologiya

💳 Yangi dizayndagi Uzcard to‘lov kartalari

“Bank va Mijoz”
kanalining ma’lum qilishicha yangi Uzcard kartalarining raqamlari boshlanishidagi “8600” raqamlar “5614”ga almashtirilishi rejalashtirilayotgan ekan.

Kartalar, shuningdek, NFC texnologiyasi asosidagi kontaktsiz to‘lov texnologiyasini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega yangi ko‘rinishda chiqariladi.

Kompaniyaning ta'kidlashiga qaraganda, mijoz bank bilan bog‘langan paytdan boshlab kartaning faollashtirilishigacha bo‘lgan vaqt taxminan 5 daqiqani tashkil etadi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #ict_news

⌨️📱 Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasidan “Tahrirchi” mobil ilovasi

Toshkent shahridagi Inha universiteti Matbuot xizmatining xabar berishicha, universitet talabasi Muhammadsaid Mamasaidov Android telefonlari uchun imlo xatolarisiz yozishga mo‘ljallangan yangi “Tahrirchi” nomli klaviatura ilovasi asoschisiga aylandi.

Dasturning negizi, morfologik tahlilchi o‘zbek tilini tabiiy qayta ishlash sohasining boshlang‘ich asoslaridan hisoblanadi. “Tahrirchi” noto‘g‘ri so‘zlarni adabiy tilga moslab to‘g‘rilash, yakunlanmay qolib ketgan so‘zlarni oxirigacha yetkazib qo‘yish va keyingi so‘zni oldindan aytib berish masalalarida sizga hamroh bo‘ladi. Bundan tashqari, u berilgan matnni kirill yoki lotin yozuviga ham o‘giradi.

🎞 Batafsil ma’lumotni post yuqorisidagi va ushbu videodan olishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
• Talabalar uchun foydali mavzular jamlangan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #ict_news

Hyundai “aqlli” robot-aravachani taqdim etdi — u relyefga moslashgan holda yukning holatini barqarorlashtiradi.

MobED aravachasi hattoki juda nozik narsalarni ham ehtiyotkorlik bilan tashishga qodir.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #internet #tarmoq #texnologiya

🇯🇵 Yaponlar ma’lumot uzatish tezligi borasida rekord o‘rnatishdi — soniyasiga 1.02 petabit

Yangi rekord bugungi kundagi eng tezkor uy interneti tezligidan 100 000 marta tezroq.

Eng e’tiborlisi, ushbu yutuqqa mavjud infratuzilmaga mos keluvchi optik tolali kabellar orqali erishildi. Bu texnologiyani amalda joriy qilish jarayonini ancha osonlashtiradi.

Aytishlaricha, nazariy jihatdan bir vaqtning o‘zida 8K formatidagi 10 million videokanalni translyatsiya qilish mumkin bo‘ladi.

🌐 Mana u kelajak interneti!

📝 Manba: @ITeach

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #ict_news

🎙 Bizda har bir bitiruvchi 100 foiz ish bilan ta’minlanadi!

“IT-motivatsiya” – Farobiy IT Academy asoschisi Farruh Boltayev.

Farruh Boltayev – 1993-yil 10-dekabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan:

— 2017-yil – “Marcos Soft” dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi;

— 2018-yil – TATUning bakalavr bosqichini tamomlagan;

— 2020-yil – TATUning magistrlik diplomiga ega bo‘lgan;

— 2020-yil – Xalq ta’limi vazirligida Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i;

— 2022-yil – “Farobiy” IT akademiyasi asoschisi.

🔤 Suhbatning batafsil matnli talqini.

🎞 Suhbatning batafsil video talqini.

📝 Manba: ict.xabar.uz

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Toshkentga besh ming so‘m bilan kelib, Buxoroga mashina minib ketganman!” - Shahzod Magdiyev
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #maslahat #internet

🧳 O‘zbekistonda ish topish uchun qanday platformalar bor?

So‘nggi vaqtlarda deyarli barcha ishlar internet orqali amalga oshirilmoqda. Endilikda siz ko‘chaga chiqib, har xil e’lon doskalarini topib, ish qidirib yurishingiz shart emas.

Turli sohalar bo'yicha vakansiyalar va ishlar platformalarga doimiy ravishda joylab borilmoqda. Quyida siz eng ishonchli platforma va telegram kanallar bilan tanishib chiqib, ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

1️⃣. https://it-market.uz/

IT-kompaniyalar o'z kompaniya porfoliosini va vakansiya joylashtirishlari hamda IT-sohasidagi buyurtmalarining ijrochisi bo'lishlari, IT-mutaxassislar o'z rezyumelarini yuklashlari va o'zlariga mos ishni topishlari mumkin.

2️⃣. https://vacancy.argos.uz/

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali.

3️⃣. https://jobo.uz/

Orzungizdagi ish va kompaniyangiz rivojiga hissa qoʻshuvchi xodimni topishga yordam beradi.

Jobo.uz – minglab vakansiyalar bir yerda!

4️⃣. https://tashkent.hh.uz/

Eng so‘nggi bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozori yangiliklari, ekspertlar tahlillari va boshqalar!

5️⃣. https://uzjobs.uz

UzJobs – O‘zbekistondagi birinchi ish qidirish va ishga yollash saytlaridan biri. 19 yillik barqaror ish davomida UzJobs “Toshkent va O‘zbekistondagi ish o‘rinlari, rezyumelar, bo‘sh ish o‘rinlari” turkumidagi eng mashhur onlayn resursga aylangan.

Platformaning asosiy maqsadi mutaxassislarga ish topish va o‘qitishda, kompaniyalarga esa malakali ishchi kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirishda yordam berishdan iborat.

6️⃣. https://flagma.uz/ru/vacancies/

Platforma vazifasi – har bir mijoz biznes va hayotda foydalanishi mumkin bo‘lgan qulay xizmatlar, vositalar va vakansiyalarni yaratishdir.

7️⃣. https://imirjobs.uz/

IMIR JOBS – xalqaro mehnat, ish joylari bilan ta’minlash va ish beruvchilar uchun xodimlarni saralash agentligi 2016-yilda tashkil topgan.

IMIR JOBS ish joylari bilan ta’minlash va xodimlarni saralab olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi o‘zbek kompaniyalari orasida barqaror yetakchi o‘rinni egallagan agentlik hisoblanadi.

8️⃣. LinkedIn.com

LinkedIn – raqamli soha vakillari uchun ideal platforma. Hozirda dunyo bo‘ylab 65 milliondan ortiq mutaxassis o‘zlarining shaxsiy brend va bizneslarini rivojlantirish uchun aynan shu platformadan foydalanadi.

Platforma vakansiya berish uchun mukammal joy bo‘lib, siz har qanday kasb uchun vakansiya berishingiz mumkin. LinkedIn orqali siz xalqaro yuqori o‘rindagi kompaniyalarga ham hujjat topshirsangiz bo‘ladi.

9️⃣. https://www.norma.uz/uz/vacancy/

NORMA kompaniyasi Oʻzbekiston elektron mahsulotlar bozorida 1999-yildan beri faoliyat yuritadi, oʻzbek va rus tillarida huquqiy va iqtisodiy mavzularda elektron axborot qidiruv tizimlarini, kartografik asosda elektron maʼlumotnomalar, turli xil vakansiyalar taqdim etishga ixtisoslashgan.

🔟. http://smartstaff.uz/

Platformaning asosiy vazifasi mijozga inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda zarur biznes yechimlari va tirik tizimlarni taqdim etishdan iborat.

📝 Manba: Mitc.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Toshkentga besh ming so‘m bilan kelib, Buxoroga mashina minib ketganman!” - Shahzod Magdiyev
“Bizda har bir bitiruvchi 100 foiz ish bilan ta’minlanadi!” - Farruh Boltayev
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #mulohaza_uchun

👨🏻‍💻 O‘zbekistonda yigitlar IT mutaxassisi bo‘lishni istaydi — tadqiqot

🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari farzandlar tarbiyasi va ularning kasb tanlashida ota-onalarning roli, shuningdek, buning betashvish keksalik gashtini surishdagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan tadqiqot o'tkazdi. Tadqiqot doirasida 10 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan bolalarning ota-onalari ishtirokida so'rov ham o'tkazildi.

👨‍👩‍👧‍👦 So‘rovda 2100 kishi ishtirok etdi. (N=2100). Respondentlarning 72 foizini ayollar, 28 foizini erkaklar tashkil etdi. Ta’lim darajasi bo‘yicha ularning 4,6 foizi ilmiy darajaga, 36,1 foizi oliy ma’lumotga, 21,2 foizi o‘rta, 38,2 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega.

1️⃣ So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 28,7 foizi keksa ota-onasi bilan yashashi ma’lum bo‘ldi. Farzandlaringiz tarbiyasiga kim ko‘proq ta’sir qiladi, degan savolga ota-onalarning 41,6 foizi ona, 27,4 foizi ota, 9,3 foizi bobo va buvilar, 8,1 foizi aka-opalar, 7,3 foizi o‘qituvchilar, 3,7 foizi begonalar va 2,5 foizi boshqa qarindoshlar, deb javob bergan.

2️⃣ Soʼrovda ishtirok etganlarning aksariyati (80,2%) farzandlarini maʼlum kasb boʼyicha yetuk mutaxassis boʼlib, elga taniladigan inson sifatida koʼrishi ma'lum bo'ldi. Moddiy taʼminlanganlik va mulk egasi boʼlishi ikkinchi orzu bo'lib qolmoqda (7,9%). Ushbu savolning javoblari ota-onalarning millati va maʼlumot darajasi, farzandning jinsi boʼyicha farq qilmaydi.

3️⃣ Аksariyat ota-onalar (95,8 foiz) farzandlari kelajagi borasida oʼzaro maslahatlashgan. 88,3 foiz holatda ularning fikri bir joydan chiqqan bo'lsa, 7,2 foiz holatda fikrlar keskin farqlangan.

4️⃣ Soʼrovnoma javoblari shuni koʼrsatdiki, ota-onalar farzandlari kelajagini rejalashtirishda bolalarning fikriga ham eʼtibor bermoqda. Ota-onalarning 97,9 foizi oʼz farzandlari bilan ushbu mavzuda suhbatlashgan boʼlib, 86,3 foizi farzandlarining tanlovini maʼqullagan, 11,1 foizi qisman maʼqullagan, 1,3 foizi esa qoniqmagan.

5️⃣ Soʼrovnoma javoblariga binoan, yoshlarda tibbiyot yo'nalishidagi kasblarga (15,5 foiz) qiziqish kattaligi aniqlandi. Keyingi oʼrinlarni oʼqituvchi (9,7 foiz), IT mutaxassisligi (9,3 foiz), iqtisodchi (sohalar boʼyicha) (8,2 foiz), tadbirkor (7,7 foiz) kabi kasblar egalladi. Respondentlarning 2,5 foizi farzandlari kelajakdagi kasbi haqida hali qarorga kelmaganini ta'kidlagan. Qizlar kutilganidek ko'proq shifokor (16,3 foiz) va oʼqituvchi (13,8 foiz) kasblarini tanlagan boʼlsa, oʼgʼil bolalar birinchi oʼrinda IT mutaxassisligi (18,7 foiz), keyin esa shifokor (13,7 foiz), iqtisodchi (13,2 foiz) va tadbirkor (11,2 foiz) kasblarini afzal ko'rgan.

6️⃣ Farzandining kasb toʼgʼrisidagi qarori qanday boʼlmasin, ota-onalarning 81,6 foizi bu qarorni bajonudil qabul qilishini, 12,7 foizi esa ushbu qarorni oʼzgartirish kerakligini iltimos qilishini aytgan.

7️⃣ Ota-onalarning 55,7 foizi farzandlariga nisbatan talabchanlik qilish, kerak bo‘lganda yordam ko‘rsatish, 36,2 foizi nazorat qilish orqali tarbiya berish lozimligini, 6,4 foizi esa farzandlariga erkinlik berish kerakligini qayd etgan.

8️⃣ So‘rovda qatnashgan ota-onalarning 20 foizdan ortig‘i farzandlarining o‘qituvchilari bilan bir oyda bir marta muloqot qilishini, 16,4 foizi esa umuman muloqot qilmasligini bildirgan.

👉 Batafsil

📝 Manba: Xabar.uz | IMRS Research

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#ict_news #maslahat #internet

🧳 O‘zbekistonda ish topish uchun qanday platformalar bor?

So‘nggi vaqtlarda deyarli barcha ishlar internet orqali amalga oshirilmoqda. Endilikda siz ko‘chaga chiqib, har xil e’lon doskalarini topib, ish qidirib yurishingiz shart emas.

Turli sohalar bo'yicha vakansiyalar va ishlar platformalarga doimiy ravishda joylab borilmoqda. Quyida siz eng ishonchli platforma va telegram kanallar bilan tanishib chiqib, ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

1️⃣. https://it-market.uz/

IT-kompaniyalar o'z kompaniya porfoliosini va vakansiya joylashtirishlari hamda IT-sohasidagi buyurtmalarining ijrochisi bo'lishlari, IT-mutaxassislar o'z rezyumelarini yuklashlari va o'zlariga mos ishni topishlari mumkin.

2️⃣. https://vacancy.argos.uz/

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali.

3️⃣. https://jobo.uz/

Orzungizdagi ish va kompaniyangiz rivojiga hissa qoʻshuvchi xodimni topishga yordam beradi.

Jobo.uz – minglab vakansiyalar bir yerda!

4️⃣. https://tashkent.hh.uz/

Eng so‘nggi bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozori yangiliklari, ekspertlar tahlillari va boshqalar!

5️⃣. https://uzjobs.uz

UzJobs – O‘zbekistondagi birinchi ish qidirish va ishga yollash saytlaridan biri. 19 yillik barqaror ish davomida UzJobs “Toshkent va O‘zbekistondagi ish o‘rinlari, rezyumelar, bo‘sh ish o‘rinlari” turkumidagi eng mashhur onlayn resursga aylangan.

Platformaning asosiy maqsadi mutaxassislarga ish topish va o‘qitishda, kompaniyalarga esa malakali ishchi kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirishda yordam berishdan iborat.

6️⃣. https://flagma.uz/ru/vacancies/

Platforma vazifasi – har bir mijoz biznes va hayotda foydalanishi mumkin bo‘lgan qulay xizmatlar, vositalar va vakansiyalarni yaratishdir.

7️⃣. https://imirjobs.uz/

IMIR JOBS – xalqaro mehnat, ish joylari bilan ta’minlash va ish beruvchilar uchun xodimlarni saralash agentligi 2016-yilda tashkil topgan.

IMIR JOBS ish joylari bilan ta’minlash va xodimlarni saralab olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi o‘zbek kompaniyalari orasida barqaror yetakchi o‘rinni egallagan agentlik hisoblanadi.

8️⃣. LinkedIn.com

LinkedIn – raqamli soha vakillari uchun ideal platforma. Hozirda dunyo bo‘ylab 65 milliondan ortiq mutaxassis o‘zlarining shaxsiy brend va bizneslarini rivojlantirish uchun aynan shu platformadan foydalanadi.

Platforma vakansiya berish uchun mukammal joy bo‘lib, siz har qanday kasb uchun vakansiya berishingiz mumkin. LinkedIn orqali siz xalqaro yuqori o‘rindagi kompaniyalarga ham hujjat topshirsangiz bo‘ladi.

9️⃣. https://www.norma.uz/uz/vacancy/

NORMA kompaniyasi Oʻzbekiston elektron mahsulotlar bozorida 1999-yildan beri faoliyat yuritadi, oʻzbek va rus tillarida huquqiy va iqtisodiy mavzularda elektron axborot qidiruv tizimlarini, kartografik asosda elektron maʼlumotnomalar, turli xil vakansiyalar taqdim etishga ixtisoslashgan.

🔟. http://smartstaff.uz/

Platformaning asosiy vazifasi mijozga inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda zarur biznes yechimlari va tirik tizimlarni taqdim etishdan iborat.

📝 Manba: Mitc.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Toshkentga besh ming so‘m bilan kelib, Buxoroga mashina minib ketganman!” - Shahzod Magdiyev
“Bizda har bir bitiruvchi 100 foiz ish bilan ta’minlanadi!” - Farruh Boltayev
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat #internet #ict_news

Microsoft rasman 2021-yil oktyabrda nashr etilgan Windows 11'ning 21H2 versiyasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi.

Joriy yilning 10-oktyabridan boshlab operatsion tizimning ushbu versiyasi har oylik xavfsizlik yangilanishlari va xatoliklarni tuzatish bo‘yicha patch'larni qabul qilmayapti.

Kompaniya kompyuterdan xavfsiz foydalanishda va yangi funksiyalarni qabul qilishda davom etish uchun operatsion tizimni yangiroq versiyasiga yangilashni tavsiya etadi.

📝 Manba: @pcteapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija