IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor

Senga yangi kompyuter sovg‘a qilishsa-yu, sen undan foydalanishni bilmay ustabuzarmonlik qilganingda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🖼 Wallcraft – smartfonlar uchun eng mashhur HD-fon rasmlari to‘plamlaridan biri. Android 7.1+. Pro-versiya

📎
Wallcraft v3.6.02 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash

Dasturchilik kasbi, unga o‘qish narxlari va maoshlar — dasturchi Botir Ziyatov bilan suhbat 🎙

Dasturchilik – jahon miqyosida juda qadrlanadigan, kelajagi porloq va anchagina daromadli kasbga aylanib bormoqda.

O‘zbekistonda ham dasturchilikka qiziqish ortib borayotganini hisobga olib, Kun.uz nashriyoti muvaffaqiyatli dasturchilardan biri Botir Ziyatov bilan suhbat uyushtirdi va ko‘plab yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob oldi.

👉🏻 Maqolani o‘qish

📹 To‘liq video

ProNeo markazi sahifalari👇🏻

Telegram | Veb-sayt | YouTube | TikTok

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Dasturchilar qancha daromad topadi?
Dasturchi uchun Time Management kerakmi?
Dunyoga mashhur tizimlarning yaralishida qo‘llanilgan dasturlash tillari
Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari
“Oyiga 5 000 – 7 000 AQSh dollarigacha daromad topyapman!..” 23 yoshli frilanser Sardor Islomov bilan suhbat

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #game

🕹 Among Us – sizning vazifangiz koinot kemasini uchirish uchun tayyorlash. Koinot kemasining parvozini amalga oshirish uchun butun ekipaj a’zolarining sa’y-harakatlarini yirik mexanizmning barcha detallarini ishga tushirishga qarating.

⚠️ Biroq ogoh bo‘ling: jamoa a’zolaridan biri ushbu parvozni kechiktirish va uchirish rejasini buzish uchun hamma narsani qilishga tayyor sotqindir.

⚙️ Rasmiy yangilanish, mod: barcha pullik skinlar va hamrohlar foydalanish uchun ochiq

📎
Among Us Mod v2021.5.12 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Angry Birds mobil o‘yini
Crossy Road mobil o‘yini
Subway Surfers mobil o‘yini
Tap Tap Dash mobil o‘yini
Numpuz mobil o‘yini
Quick Brain mobil o‘yini
Geometry Dash mobil o‘yini
Plants vs. Zombies mobil o‘yini
Bridge Constructor mobil o‘yini
PC Creator PRO mobil o‘yini
Hill Climb Racing mobil o‘yini
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Bo‘sh yacheykalarni tezkor o‘chirish usuli

Ba’zida shunday holat bo‘ladiki, foydalanuvchi tomonidan keraksiz ma’lumotlar o‘chirilganidan keyin bo‘sh yacheykalar qolib ketadi. Oradagi hosil bo‘lgan ushbu bo‘shliqlarni olib tashlash esa unchalik murakkab emas:

— 1-qadam
Bo‘sh yacheykalari o‘chirilishi lozim bo‘lgan ustun yoki satrni belgilang.

— 2-qadam
Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida Найти и выделитьВыделить группу ячеек tugmalari ustiga bosing. So‘ngra yuzaga kelgan oynada Пустые ячейки variantini tanlab, OK tugmasini bosish orqali tasdiqlang. Buning natijasida barcha bo‘sh yacheykalar belgilanadi.

— 3-qadam
Belgilangan yacheykalardan istalgan birining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va УдалитьЯчейки, со сдвигом вверх bandlari bo‘ylab o‘ting, tayyor.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iPhone #iOS

🌤 iPhone'da avtoyorqinlikni faollashtirish

iOS'dagi ba’zi, hattoki eng oddiy funksiyalar ham odatiy tarzda faollashtirilmaydi. Bu, masalan, Автояркость (avtoyorqinlik) funksiyasi bilan ham ro‘y bergan. Uni faollashtirish uchun quyidagi qadamlarni bajarish talab etiladi:

1️⃣. Настройки'ga o‘tiladi.
2️⃣. Универсальный доступ bo‘limi ochiladi.
3️⃣. Дисплей и размер текста menyusiga kiriladi.
4️⃣. Автояркость bandi faollashtiriladi, tayyor!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin?
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish

Tanlangan postlar uchun izoh qoldirish imkoniyatini o‘chirib qo‘yish 💬

Muayyan bir post uchun izoh qoldirish imkoniyatini qanday o‘chirib qo‘yish mumkin? Ya’ni butun kanal uchun izohlar qoldirishni butunlay o‘chirmay, izohsiz bo‘lishi lozim bo‘lgan yozuvlar uchungina buni qo‘llash nazarda tutilmoqda.

🗣
Savolga javob

Muayyan bir yozuv/post uchun izoh qoldirishni o‘chirib qo‘yish uchun – ushbu yozuv/post uchun tugma (кнопка) qo‘shing. Kanallardagi tugmali postlar ostida izoh qoldirish maydoni yaratilmaydi.

Bunday post guruhga biriktirilgan kanaldan oddiy repost ko‘rinishida qo‘shiladi. Kanalda esa ushbu postda izohlar qoldirish uchun maxsus havola bo‘lmaydi.

Allaqachon nashr qilingan postlarga tugmalar qo‘shishning imkoni yo‘q. Tugma postni kanalga chiqarishni rejalashtirish uchun xizmat qiluvchi maxsus botlar yordamida qo‘shiladi.

📋 Bunday botlar sarasiga quyidagilar kiradi:

FleepBot – bu shunchaki rejalashtirgich yoki o‘zaro aloqa emas. Bu bir joyda jamlangan ko‘plab vositalar majmuidir: ma’lum bir vaqtlarda chiqarishga mo‘ljallangan postlar, auditoriya bilan muloqot, tarqatmalar, narx-navo (prays)lar, tushum analitikasi, kreativlar ombori, kross-posting va yana o‘nlab yangi funksiyalar.

@markdownrobot – administratorlar uchun matnni formatlash, giperhavolalar va inlayn tugmalar yaratish hamda boshqa funksiyalarni taqdim etuvchi bot.

@ControllerBot – matnni maxsus formatlash va postni ma’lum vaqtda kanalga chiqarib, belgilangan vaqtda o‘chirish, shuningdek post nashr etilganidan keyin uni tahrirlash imkoniyatini taqdim etuvchi bot.

🧾 Ushbu botni qanday yaratish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin.

📌 P.S.: Ba’zi botlarda tugmadagi matn va havolani, u kanalga joylashtirilganidan keyin tahrirlash mumkin. Bunda postdagi mavjud tugmalardagi ma’lumotni o‘zgartirish yoki yangi tugmalarni qo‘shish mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Telegram-kanalni qanday yuritgan ma’qul?
Kanal mavzusini tanlash
Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar
Qo‘llanilgan formatni saqlagan holda post chiqarish
Telegraph nima? Undan qanday foydalaniladi?
Telegraph'dagi maqolalar matni bo‘ylab tezkor o‘tish
Telegram'da daromad qilishning asosiy yo‘llari
Telegram'da pul topishni istaysizmi?
Telegram'da Izohlar va Muhokamalar
Telegram'da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
Telegram 7.1.0 – Anonim guruh administratorlari va kanallardagi izohlar
Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?
Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
Murojaatlar bilan ishlash uchun maxsus botdan foydalanish (Livegram Bot)
Kanal obunachisining kanalga a’zo bo‘lgan vaqtini ko’rish
Rasm ostida matn ko‘rinishida yuborilgan xabardagi rasmni tahrirlash
Xabar/postlardagi matnni shaxsiy yozishmalar, guruh va kanallarda tahrirlash
Telegram'da yoki Telegram-da?
Telegram'dagi limitlar haqida ma’lumot
Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari.
Telegram Desktop'da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

📹 TikTok – bu global video hamjamiyati. Bu yerda siz turli yo‘nalishlardagi qisqa videolarni topishingiz va hayotingizning yorqin onlarini butun dunyo bilan bo‘lishishingiz mumkin.

Original kontentni niqoblar, filtrlar va stikerlar yordamida suratga oling. Android 4.1+. Videolarni suv belgisisiz yuklab olish, reklama o‘chirilgan, cheklovlarsiz.

📎
TikTok v24.0.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi

📸 IT-sohasining yirik namoyandalaridan birining bolalik paytida olingan esdalik rasmi, tanidingizmi?

🖼 Ushbu maqola sizlarga yechimni topishda yordam beradi: https://t.me/itspecuz/5172.

💡 Google qidiruv tizimining ushbu imkoniyatini bilmaganlar bahonada oʻzlari uchun yangi bilimni kashf etishadi! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Dasturchi bo‘lish qiyin deb arz qilavermagin-da, ingliz tilini uncha-muncha o‘rgan va ba’zi-ba’zida Stack Overflow'ga murojaat etib tur... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Fayllarning qaysi dasturga tegishliligini aniqlaymiz ☝🏻

Bizga noma’lum kengaytmali faylni ishga tushirishga uringanimizda, tizim uning ochilishi uchun bizga kompyuterdagi dasturni tanlashni tavsiya etadi. Muayyan turdagi fayllarning o‘zlariga tegishli dastur bilan uzviy aloqasini ta’minlanishi uchun, noma’lum kengaytmalar HKEY_CLASSES_ROOT reyestr bo‘limida yozilishi lozim. Xo‘sh, noma’lum kengaytmali faylni nima bilan ochish mumkinligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun FileInfo dasturidan foydalanish mumkin. Dastur kompyuterga o‘rnatilganidan so‘ng, fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosganimizda ochiluvchi kontekstli menyuda Открыть с помощью FileInfo menyu bandi paydo bo‘ladi. Noma’lum fayl dastur oynasida ochilganida kengaytmalar va faylni ochishi mumkin bo‘lgan dasturlar haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.

📥 Dasturni yuklab olish uchun manba: https://www.file-info.ru/

📌 P.S.: Ilovaning o‘zi bepul, biroq o‘rnatgich tarkibiga boshqa dasturning reklamasi biriktirib ketilgan. Shunday ekan, o‘rnatish paytida e’tiborliroq bo‘ling – reklama takliflarini rad eting.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Dasturlarning eski versiyalari portali
Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi? 🎧🆚📖

Bugungi kunda audiokitoblarni topish muammo emas. Ularni tinglash ham, internet tarmogʻidan bir necha soniya ichida yuklab olish ham juda qulay. Biroq, nima uchun ular bosma kitoblarning oʻrnini bosa olmayapti? Nima uchun kitob oʻqish, audiokitob tinglashdan koʻra foydaliroq ekanligini bilasizmi?

Audiokitoblarni nima uchun tanlaymiz?

Oʻz vaqtida kitoblarni fonograf orqali eshitishni taklif qilgan Tomas Edison ushbu usulning qanchalar ommalashib ketishini tasavvur ham qilmagan boʻlsa kerak. Birgina Angliyada audiokitob sotuvidan tushadigan daromad koʻrsatkichi 2013-yildan 2017-yilga qadar 148 foizga oʻsgan.

Buning sababi ham tushunarli. Audiokitoblarni tirbandlikda, navbatda turganda ham, uy ishlari bilan band boʻlgan holatda ham eshitish mumkin. Ular bosma kitoblarga nisbatan arzon turadi, javondan joy egallamaydi. Audiokitoblarni yaratish ham oson. Bundan tashqari, koʻrish qobiliyati zaif boʻlgan insonlar undan istalgancha foydalanishlari mumkin.

Nima uchun bosma kitoblarni magʻlub qilib boʻlmaydi?

• Audiokitobga suratlar, jadvallar ilova qilish imkoni yoʻq;
• Audiokitob oʻqiyotgan odamning ovozi matnni toʻliq tushunib olishga halal beradi;
• Audiokitobning mazmuniga tushunish nisbatan koʻproq vaqt oladi.

Eng muhimi:

Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida, audiokitob tinglagan odamlar boshqa ish bilan band boʻlmasalar ham jarayon davomida koʻproq chalgʻishlari aniqlangan. Inson koʻzlari bilan oʻqigan kitobini quloqlari bilan eshitgan ovozdan koʻra osonroq eslab qoladi va qabul qiladi.

Audiokitoblar maʼlum darajada ustunlikka ega boʻlgan format – video hisoblanadi. London universiteti olimlari odamlar kitobdagi hodisalarni ekran orqali koʻrsalar, uni yaxshiroq tushunishlarini isbotlab berishgan.

📝 Manba: Xabardor.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

💾 Namoyish vaqtida kiritilgan qaydlarni saqlash

Taqdimotning namoyishi vaqtida slaydlarda “chizish” uchun interaktiv qalam (перо) va markerdan foydalanish mumkin. Ba’zida ushbu qaydlar taqdimot tugaganidan keyin ham foydali bo‘lishi mumkin. Ushbu holatda, PowerPoint tomonidan qo‘lda kiritilgan qaydlarni saqlash borasidagi taklifni qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Namoyish rejimidan chiqilganidan so‘ng ular slaydlarga alohida grafik obyektlar sifatida qo‘shiladi. Albatta, ular istalgan vaqtda taqdimotning asosiy kompozitsiyasiga ziyon yetkazmagan holda o‘chirilishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Slayddagi ro‘yxatlarning to‘g‘ri va teskari yuzaga kelish animatsiyasini qo‘llash
Ro‘yxatlar bilan ishlashda ENTER va SHIFT+ENTER klavishlarining vazifalari haqida
Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz!
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint bo‘yicha video darslar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

📨 SMS Backup Restore Pro – qo‘ng‘iroq, SMS/MMS'larning zaxira nusxasini yaratishda yordam beradi. Backup Google Disk/OneDrive/Dropbox'larda saqlanishi mumkin. Pro-versiya

📎
SMS Backup Restore Pro v10.11 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Matnning turli yacheykalarda mos tushish/tushmasligini qanday tekshirish mumkin? ↔️🤔

Agar sizga turli yacheykalarda joylashgan matnlarning bir-biriga mos tushish/tushmasligini tezkor tarzda solishtirish lozim bo‘lib qolsa, buning uchun oddiy formuladan foydalanishingiz mumkin: =A1=A2

A1 va A2'larning o‘rniga istalgan boshqa yacheykalarni tanlashingiz va natijani ЛОЖЬ (yolg‘on) yoki ИСТИНА (rost) ko‘rinishida qabul qilishingiz mumkin.

ИСТИНА yacheykalardagi ma’lumotlar yoki matn mos tushgan taqdirda, ЛОЖЬ esa aksincha bo‘lganda yuzaga keladi.

Shuni yodda tutingki, ushbu taqqoslashda harflarning registri, ya’ni katta-kichikligiga ahamiyat beriladi. Qariyb o‘xshash =СОВПАД() funksiyasi xuddi shu ishni, faqatgina registrga ahamiyat bermagan tarzda bajaradi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da qidiruv indeksatsiyasini qanday o‘chirib qo‘yish mumkin? 🔍🤔

Windows 10 qattiq diskni fon rejimida indekslaydi. Nazariy jihatdan olib qaraganda, ushbu funksiya fayllarni tezroq izlab topish imkonini beradi. Biroq indekslash kuchsizroq ShK'larning ishlashini yanada sustlashtiradi.

Buni o‘chirib qo‘yish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Windows'ning qidiruv satriga services.msc so‘rovini kiriting va ishga tushiring.
2️⃣. “Xizmatlar” (“Службы”) oynasi yuzaga keladi.
3️⃣. “Windows Search” bandini izlab toping va xizmat ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing.
4️⃣. “Xususiyatlar” (“Свойства”)ni oching va “Тип запуска” uchun ro‘yxatdan “Отключена” bandini tanlang. Откройте свойства и в "Тип запуска" выберите "Отключена".
5️⃣. ShK'ni qayta yuklang.

📌 ShK - shaxsiy kompyuter.

Sizda hattoki SSD-disk bo‘lgan taqdirda ham, indeklashni o‘chirib qo‘yish kompyuterning ishlash tezligini oshirishi mumkin. Chunki indekslash bajarilayotgan diskka doimiy yozuvlar kiritib turiladu, bu esa SSD-disklarni sekinlashtirishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Oddiy insonlar qoʻli bilan qilingan qahramonliklarni yaxshi koʻrishim haqida oldin ham yozgandim.

Mana bu voqea Ganada boʻlibdi. Jonkuyar informatika oʻqituvchisi bolajonlarga kompyuterni oʻrgatish uchun doskaga chizib koʻrsatar ekan. Maktabda kompyuter boʻlmaganidan boshqa yoʻl ham boʻlmagan. Buni rasmga olgan turist uni internetga qoʻyadi. Bir necha kishi buni koʻrib taʼsirlangandan pul yigʻib maktab uchun yangi kompyuterlar sotib olib berishibdi.

📝 Manba: @allaevuzb

📌 P.S.: Rasmdagi sinf doskasida chizilgan interfeys Microsoft Word dasturiga tegishli ekanligini tajribali foydalanuvchilar darhol payqashgandir.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Bildirishnomalarning xususiy sozlamalari ⚙️

Telegram'da har bir chat, guruh, kanal uchun bildirishnomalar kelishi borasida alohida sozlamalarni amalga oshirish mumkin. Buning uchun:

1️⃣. Chatning profiliga o‘ting (avatarka ustiga bosing) va “Уведомления” bo‘limini oching.
2️⃣. “Настроить” bandini tanlang.
3️⃣. Paydo bo‘lgan oynada “Включить особые уведомления” qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating.

Endi siz xabarlar va ilova ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun istalgan tarona, vibrosignal, rangli diod rangini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🖼 Canva (Graphic Design, Video Collage, Logo Maker) – ushbu grafik muharrir dizaynlarning yaratilishini oson va yoqimli qiladi. Ishingiz va shaxsiy maqsadlaringiz uchun ajoyib dizaynlarni yarating, buning uchun profi bo‘lish shart emas. Pro-versiya

📎
Canva Pro v2.101 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
Logo Maker Plus
Photoshop Express
PhotoRoom
Prisma
Wallcraft
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija