Iqtisodchi Kundaligi
21.4K subscribers
409 photos
74 videos
18 files
1.54K links
Download Telegram
Bugun, 4 Oktyabr, Qodiriy, Fitrat va Choʻlponlar qatil qilingan kuni ekan. Ular bilan bir roʻyxatda 507ta familiya bor boʻlgan. Ularni otish qarorni, oʻsha paytdagi SSSR Oliy sudining harbiy kollegiyasi qabul qilgan.

Odatda, NKVD qotillari, oʻzlari kimni qatl qilishni hal qilishar edi. Faqat NKVD-VKP (b) jallodlari muhim deb hisoblagan hollarda, Harbiy Kollegiya sud protsedurasiga oʻxshagan “teatr” uyushtirar edi. Bu yerda “teatr” soʻzi metafora emas.

Birinchidan, jinoiy ishlar 1934 yil 1 dekabrdagi qonunga muvofiq, “koʻrib chiqilgan”. Bu sahnalashtirilgan teatrda, o’sha qonun boʻyicha, sud ishlari advokatning ishtirokisiz va hukm ustidan shikoyat berish huquqisiz oʻtkazilgan. Qisqasi, Harbiy kollegiya faqat terror tashkilotchilari aytgan roʻyxatlarga qoʻl qoʻyishgan holos. “Roʻyxat Mexanizm”i deb nomlangan bu tizim juda vahshiy bo’lgan. Sud, Stalin va uning bir qancha sheriklari tomonidan berilgan roʻyxatiga qoʻl qoʻyish bilan shug’ullangan (masalan: Molotov, Kaganovich, Voroshilov va Jdanov, Mikoyan, Kosiorlar roʻyxatni berishgan). Oʻsha kollegiya juda koʻp odamni qatil qilish qarorlariga qoʻl qoʻygan: 1936 yil 1 oktyabrdan, 1938 yil 30 noyabrgacha Harbiy Kollegiya 31456 kishiga oʻlim jazosini tayinladi: 7408 kishi Moskvada, qolganlari — turli hududlarda boʻlib oʻtgan kollegiyaning sayyor sessiyalarida.

Ikkinchidan, sud protsedurasi nihoyatda tez boʻlgan: ishni koʻrish guvohlarsiz boʻlar edi va oʻrtacha, sud qarori uchun 5-10 daqiqa sarflashgan. Shu vaqt ichida, kollegiya sudyalari, sudlanuvchiga uning huquqlarini tushuntirishga, ayblov xulosasini oʻqishga, ayblovning mohiyatini ochib berishga, ayblanuvchining sodir etilgan jinoyatlarga munosabatini bilib olishga, ayblanuvchining koʻrsatmalarini va oxirgi soʻzlarini tinglashga, maslahat xonasiga borib, hukmni yozishga ulgurishi kerak edi. Shu hammasiga 5-10 minut, bir xil payt esa, uzogʻi bilan yarim soat vaqt ketar ekan. Qanday boʻlganini tasavvur qilish qiyin emas.

Uchinchidan, sudlanuvchilarga oʻlim jazosi eʼlon qilinmas edi — ular oʻzlarining taqdirlari toʻgʻrisida faqat qatl etilishidan oldin bilib olishar edi.

Aytmoqchimanki, Qodiriy, Choʻlpon va Fitratlarga (va yana 504ta roʻyxatdagi odam uchun) aynan Oliy sudining harbiy kollegiyasi hukm chiqarganini hisobga olsak, bu qarorni shaxsan Stalin yoki eng kamida Politbyuro qabul qilinganligi ayon boʻladi. Chunki kollegiya asosan Moskvadagi siyosat uchun muhim odamlar to’g’risida hukm chiqarar edi xolos. Bu masalani hududlar va hudud sudlari hal qilmas edi. Yaʼni oʻz nomi bilan Oliy Sudining Harbiy Kollegiyasi, oʻta muhim va sobiq ittifoq xavfsizligiga taaluqli ishlar boʻyicha sud qilganini inobatga olsak, Choʻlpon va Qodiriylarga oʻxshaganlarni, oʻsha paytdagi partiya raislari xatarli deb oʻylashgan shekilli. Albatta, o’rinli savol, nima uchun ziyolilar tizim uchun xatar? Shu haqida bir o’ylab ko’rish kerak. Aytmoqchi, Qodiriyning sud ishi 15 daqiqa davom etgan.

Xuddi shu kollegiya, 1938 yilni mart oyida, “Uchinchi Moskva Protsessi” ishi boʻyicha, Akmal Ikromov va Fayzulla Xoʻjayevga hukm chiqargan. Xuddi shu kollegiya, butun ittifoq boʻyicha juda muhim olimlar va ziyolilarni qatl etish boʻyicha qarorlarni chiqargan. Jumladan, iqtisodchi Nikolay Kondratyevga ham oʻlim hukmni aynan shu Kollegiya eʼlon qilgan.

Bu kunda, adolatsizlik qanday muammo ekanligini, kommunizm qanday jirkanch natijalar bilan yakunlanishi va mustaqillik qanday muhim narsa ekanligi haqida oʻylashimiz mumkin deb oʻylayman. Yuzlab vatanimizning eng yorqin odamlari qatl qilingan kun albatta buyuk fojia.
​​Қодирийнинг ёзганларига, ёзувчилар уюшмасининг аъзолари экспертизасини ўқинг.

Қойилмисиз?

Шунинг учун ҳам, ёзилган нарса учун, ёки фикр билдиргани учун, одамга ҳеч қандай чора кўриш мумкин эмас. Ўша экспертиза ҳам бир тийинга қиммат нарса. Экспертиза асосида қайсидир китоб чиқишига йўл қўймаслик, мақола ёзишга йўл қўймаслик ҳам — эркинликка таҳдид.

Одам одамга зулм ўтказишига ҳаққи бўлмаслиги керак. Энг олий зулм эса, фикрини ифода олишга тўсиқ. Билсангиз керак, чор Россиясидаги зодагонларни сургун қилишса, қамашмас эди, шунчаки, хат ёзиш ҳуқуқидан марҳум этишар эди. Яъни ўз қишлоғида хат ёзишга ҳаққи бўлмаслик улар учун жазо эди. Ёки буюк Суқрот ҳам, истаганида, ўлимдан қочиб кетиши мумкин эди, лекин ўз жамиятида яшамаслик ва бир умр фикрини билдира олмасдан биров юртларда яшашдан кўра, ўлимни танлаган. Маъно шундаки, фикрини билдира олиш, одамнинг олиб қўйиш мумкин бўлмаган, муқаддас ҳақларидандир.

Ихтиёрий фикрни эркин билдириш мумкин бўлса, биров ёзгани сизга ёқмаслиги мумкин ва табиий. Ўзгаларни фикри сизни хафа қилиши мумкин, жуда адолатсиз нарса ёзилган деб ўйлашингиз мумкин. Лекин эркин жамият дегани, ҳатто ўша адолатсиз, жирканч ва ёлғон нарсалар ёзадиган одамга ҳеч ким таҳдид қила олмайдиган жамият, ҳеч ким ўшанақаларни фаолиятини чеклай олмайдиган жамият. Чунки бу чеклов аппарати ва қуроли, одатда яхши ниятларда, жамиятни ёмонлардан сақлаш учун, маънавиятни муҳофаза қилиш учун деб номланган олий ният билан қурилганидан кейин, сиз яхши кўрган эркинликни бир кунмас бир кун олиб қўйиш учун ишлатилади. Кўпинча буни сезмай ҳам қоласиз. Қизил террорни ҳам кўп жабрланувчилари, коммунист инқилобчилар бўлган, масалан Акмал Икромов ва Файзулла Хўжаевларни эсланг. Уларга ёқмаган ғояларга қарши курашиш учун тузилган тизим, эртами кечми, уларни ҳам бошини еган. Улар буни билганми, йўқми, билмайман. Шунинг учун, қандайдир адолатсизлик сиз томонга бўлса ҳам уни қоралаш керак. Чунки, худди шу нарса эртага қарши томонда бўлиши мумкин. Ҳозир сиз бировни эркинлигини чеклай олсангиз, тасаввур қилинг, эртага сиз чеклов қўймоқчи бўлган одамларда ўша чеклаш кучи пайдо бўлиб қолса, ўшанда, шундай тизим бўлишини хоҳлаган бўлар эдингизми?

Жамиятда сўз эркинлиги деганда, мана шундай экспертизалардан ҳам эркинлик тушунилади. Яъни ҳеч ким, ҳеч қандай сабабларга кўра, «жамият хавфсизлиги» баҳонасида, бировни фикр билдиришига чекловлар қўя олмаслиги керак. Қодирийни ҳам ўлимига сабаб бўлган экспертизани моҳиятини ўқинг, экспертларни фикрича, «Ўтган Кунлар», совет тизимини ва уни халқини танқид қилиб ёзилган асар экан. Экспертиза асосида фикр берувчига қарши чора кўриш, аслида жиноят бўлиши керак.

Ўзингизни эркинлигингиз учун тўланадиган баҳо, сиз нафратланадиган биров ўша эркинликлардан фойдалана олишидир. Агар сизни фикрингизни чекламасликларини хоҳласангиз, ҳозирданоқ, сиз ёмон кўрган одамлар ўз фикрларини бемалол билдира олишларини таъминлашга ҳаракат қилишингиз керак бўлади да.

Менимча буни бошқа иложи йўқ. Чунки экспертлар тиранияси ҳам аянчли бир ҳаёт.
“Коронавирус туфайли иқтисодий секинлашув фонида Хитой бу йил ўзбек газининг импортини 2/3 қисмга қисқартирди, Россия эса ўзбек гази импортидан бутунлай воз кечди. Ўтган йили шу икки давлатга Ўзбекистоннинг 2,3 миллиард долларлик газ экспортининг 80 фоизи тўғри келар эди, шу билан Ўзбекистон сота олмаётган жуда кўп газ қолиб кетди.

Ҳукуматнинг ечими - газни ўзи истеъмол қилишдир. Қарши шаҳри яқинида ҳукумат 3,6 миллиард долларлик газдан бензин ва бошқа суюқ ёқилғилар чиқарадиган завод қурмоқда.“ — деб ёзади The Economist

https://www.economist.com/asia/2020/10/03/unable-to-export-its-natural-gas-uzbekistan-tries-using-it-itself

Жуда кўп газимиз сотилмай қолиб кетибди. Насиб бўлса, газни аҳолига сотишни ҳам бошласак, менимча, мақсадга мувофиқ бўлар эди. Кўмир ва ўтин ёқилиши бу йил тўхтаб қолса ҳам зўр бўлар эди. Бу икки нарсани ёқиб уйни иситиш ва овқат пишириш нафақат экологияга зарар, балки газдан қимматга ҳам тушади.

Ҳа, айтгандек, газ тўловига бўлган имтиёзларни камайтирган ҳолда, қамровни кўпайтириш ҳам керак. Газ учун имтиёз бериш, пулни ёқишга тенг. Ундан кўра шу имтиёзларни нақд қилиб қийналганларга бериш тузукроқ.
Aytmoqchi, inqirozlardan, odatda, katta bizneslar osonroq chiqib ketishadi degan fikr boʻlar edi. Bu unchalik to’g’ri emas ekan. Juda kichik bizneslar, bir xil payt osonroq inqirozni boshidan kechirar ekan. Albatta davlat siyosati ham muhim o’rin olgan.

Hozirgina bu maqolani muallifi gapirdi: https://www.nber.org/papers/w27629


Savol bergan odam (diskusant), bu maqolani muallifi edi: https://www.pnas.org/content/117/30/17656.abstract

Bugun bir narsa oʻrgandim. Yaxshi dushanba boshlanyapti. Hafta ham samarali oʻtishiga umid qilaman.
Keyingi hafta iqtisoddan Nobel Mukofoti eʼlon qilinadi. Shu haqida oʻzimni taxminlarimni yozib qoʻyay, koʻramiz qanchalik adashaman. Bu yerda Nobel mukofotini olish ehtimoli katta famililardan (inglizchada):

1. Douglas Diamond — moliya uchun.

2. Ernst Fehr, Jon List, Charles Manski — eksperimental iqtisodiyot uchun.

3. Acemoglu, Robinson — siyosiy iqtisodiyot uchun.

4. Acemoglu, Barro — endogen iqtisodiy oʻsish uchun.

5. Blanchard, Rogoff, Fisher, Bernanke, Mankiw — makroiqtisodiyot uchun (aynan qaysi kombinatsiyada berilishini aytish qiyin).

6. Phillips, Donald Andrews — Ekonometrika uchun.

7. Pakes, Bresnahan, Porter — tarmoqlar tahlili uchun (industrial organization).

8. Milgrom, Kreps — mikronazariya uchun.

9. Kiyotaki, Wright, Moore — mutanosiblik nazariyasi uchun.

10. Claudia Goldin, David Card— mehnat iqtisodiyoti.

Shaxsan men, Charles Manskiyga berishsa juda xursand boʻlar edim.

Bu roʻyxatdan birortasi ham bu yili olmasligi ehtimoli deyarli 100%, lekin bu roʻyxatdan qaysidir odam keyingi 30 yilda olishi ehtimoli ham 100% atrofida.
Pochta haqida:

Mamlakatdagi davlat institutlar qanday ishlashini oʻlchovlaridan biri pochta yaxshi ishlashi. Pochta, klassik maʼnoda davlat suverinetini belgilaridan biri deyishadi — davlat bu pochta va bayroq degan gaplarni eshitgandirsiz.

Xullas, pochta va iqtisodiyot bogʻliqligini iqtisodchilar oʻrganishgan. Alberto Chong, Rafael La Porta, Florensio Lopes-de-Silanes va Andrey Shleiferning mashhur: “Davlat Samarasini Maktub (inglizchada soʻz oʻyini qilingan) Orqali Baholash” maqolasi bor.

Oʻsha tadqiqotda, iqtisodchilar 159ta mamlakatdagi, mavjud boʻlmagan adreslarga xat yuborishadi. Gʻoya boʻyicha, agar adres mavjud boʻlmasa, yuborgan odamga xat qaytib kelishi kerak. Lekin hamma mamlakatda ham, pochta yaxshi ishlamaydi, yaʼni koʻp mamlakatlardan, yuborilgan xatlar qaytib kelmagan ham. Keyin, iqtisodchilar oʻsha “xat qaytib kelmaslik” indeksi boʻyicha mamlakatning boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlarini bogʻlashgan, va topishdi-ki, pochta tizimi, mamlakat institutlarini sifati ancha yaxshi baholay oladi. Xullas, bu indeksga koʻra,

Oʻzbekiston 50ta eng qoloq mamlakat ichiga kirgan. Oʻzbekistonga yuborilgan xatlarning 40% qaytib kelgan, 30% esa 90 kun ichida qaytib kelgan. Oʻrtacha qaytgan xat, 284 kunda qaytgan. Solishtirish uchun: Qozogʻistonga yuborilgan xatlarning 80% qaytgan, 50% esa 90 kun ichida qaytgan, oʻrtacha vaqt — 146 kun.

Xullas qiziq maqola, oʻqishni tavsiya qilaman. Ayniqsa, keyingi hafta Andrey Shlayfer Nobel mukofoti olib qolsa (ehtimoli 0 emas), Nobel mukofoti sovrindori maqolasini oʻqigan boʻlasiz.

https://scholar.harvard.edu/files/shleifer/files/publication_03282014_0.pdf
Telegram asoschisi Durov yozgani haqida bir do’stim aytib berdi.

Afsuski Durov boshqa joylardagi gaplaridek, bu yerda ham xato gapirganga o’xshayapti.

Uning fikricha, “bo’ydoqlik” odamni yosh ko’rinishini ta’minlashi mumkin ekan. “Yosh ko’rinish” yaxshi o’lchanadigan narsa bo’lmagani uchun, uzoq umr ko’rish nuqtai nazaridan gaplashsak bo’ladi. Odatda, uylangan yoki erga tekkan odamlar , uzoqroq umr ko’rishadi. Ya’ni korrelyatsiya nuqtai nazaridan, Durovning fikri malumotlar bilan hamohang emas.

Endi agar “yosh ko’rinish” uzoqroq umr bilan bog’liq bir narsa bo’lmasa, unda balki to’g’ri gapirgan. Aytmoqchimanki, agar uylanmaslik rostdan ham “yosh ko’rinishga” olib kelsa, demak, yoshroq ko’rinadigan odamlar qisqaroq umr ko’rishadi degan xulosaga olib keladi. Shuning uchun, Durovni gapi xato bo’lishi ehtimoli baland.

Buni fanda, “post-factum rationalization” deyishadi. Ya’ni Durov o’z qarorlarini o’zi uchun to’g’ri ekanligiga o’zini ishotirishga urinib, birovlarga maslaxat beradi.

Bu insonga hos narsa. Odam o’z qarorlarini noto’g’ri bo’lishidan qo’rqadi. Shuning uchun o’z qarorlari to’g’ri ekanligiga o’zini umri davomida ishontirib yashaydi.

Bu kasallikka barchamiz chalinganmiz. Shuning uchun maslaxat olganda, aynisqa muvoffaqiyatli insonlardan, ikki karra extiyot bo’lish talab etiladi.
Menga birinchi kurs Mikroiqtisodiyotdan va Huquq va Iqtisodiyotdan dars bergan professor, Daniel Quint, Pol Milgromning o’quvchisi.

Kamida ikki marta, Pol Milgrom haliyam Nobel olmaganini adolatsizlik deb gapirgan edi. Rosti, Pol Milgrom Nobel olishi aniq edi, faqat savol qachon olishida edi. Deyarli barcha iqtisodiy Nobel mukofotlari shunday. Hamma biladi kim olishini. Faqat yagona savol, kim qachon olishida bo’ladi.

Xullas auksionlar nazariyasiga berish ham qarz ham farz edi. Nihoyatda muhim mavzu.

Hoshimov Iqtisodiyotining shu mavzudagi suhbatini ko’ring. O’zbekcha subtitrlari bor.
Pol Milgromning Marshal maruzasini YouTubeda atigi 700 kishi ko’rgan ekan. Iqtisodiyotga qiziqsangiz albatta ko’ring. Milgrom zamonamizning eng hikmatga boy mutafakkirlaridan.
Va albatta Nobel mukofoti sovrindori.

https://youtu.be/a0FhGXxY3mE
Tramp tariflari haqida:

“Boj tariflar natijasida, import bilan raqobatlashuvchi sohalardagi hamma yutuqlar, import qilingan materiallardan foydalanadigan sanoatdagi zararlardan ancha kam boʻlgan.

Hatto yaratilgan ish o
ʻrinlari ham katta xarajatlarga olib keldi: tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, amerikalik isteʼmolchilar kir yuvish mashinalari sanoatida yaratilgan har bir ish joyi uchun tariflar bilan bogʻliq boʻlgan narxlarda taxminan 817 ming dollar toʻlashgan va poʻlat sanoatidagi har bir yaratilgan ish joyi uchun AQSh isteʼmolchilari uchun 900 ming dollarga tushgan.“

Ming martda yozganman, yana qaytarishga toʻgʻri kelsa ham, aytish kerak. Importga boj orqali yaratilgan ish joylar va har qanday iqtisodiy “foyda” - keltirilgan zarardan karrasiga kattaroq.

Import bojlari hisobiga yashaydigan, yoki import bojlari deb paydo boʻlgan ixtiyoriy iqtisodiyot tarmogʻi, mamlakat iqtisodiyoti uchun toza zarar.

Menga qiziq boʻlar ediki, bizda ham proteksionizm hisobiga yaratilgan ish joylarini iqtisodiyotiga qanchalik zarar keltirishini hisoblay olsak. Bizda ham, har bir yaratilgan ish joyining zarari, kamida 100-150 ming dollardan koʻproq bo’lsa kerak (bir sohadagini, konvertni orqasida hisoblab koʻrdim).

Yana bir xulosa shuki, qanchalik koʻp ish joylari yaratilsa (bu yerda, tariflar bilan muhofazalangan tarmoqlardagi ish joylari haqida gap) shunchalik mamlakatimiz qashshoqlashadi. Har bir yaratilgan ish oʻrniga, yuz minglab dollarlik iqtisodiy foyda, millatdoshlarimiz choʻntagidan olinadi.

Shuning uchun, o’sha ish joylari yaratishni o’rniga, soliq olib pul tarqatilishi ancha muncha arzonroqqa tushadi.
Bu yilgi Nobel mukofoti sovrindorlarini akademik shajara daraxti.

Ular, Gauss, Oyler, Bernuli, Lagranj va DeLamberlarning to’g’ridan to’g’ri merosxo’rlari ekan. Ya’ni Milgromdan masalan Bernuligacha 10 avlod olimlar alishgan ekan xolos.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Robert Uilson, o’zini o’quvchisining uyiga kechasi shunday kelibdi.

Pol Milgrom telefonini ko’tarmagani uchun, uning domlasi, va bu yili birga Nobel olgan hamkasbi shunday uni uyg’otibdi. Robert Uilson haqida deyarli yozmabman, to’g’risi, chunki uni maqolalarini o’qimaganman shekilli. Lekin bir narsa aniq, Robert Uilson juda zo’r ustoz, axir bugungini hisoblasak, 5 ta Nobel olgan shogird yetishtiribdi.
Esingizda bo’lsa, men taxmin qilganimda, Pol Milgrom, Nobelni David Kreps bilan birga olishi mumkin deb yozgan edim.

Hozir bilamiz, Robert Uilson bilan olganini, bugun David Kreps, Robert Uilson haqida ajoyib maqola yozibdi. Kreps ham qachondir Nobel mukofoti oladi deb umid qilamiz.

https://www.gsb.stanford.edu/experience/news-history/david-kreps-lauds-2020-nobel-laureate-robert-wilson
Ijtimoiy reklama ishlamasligi haqida yuzlab tadqiqotlar mavjud. Sogʻliqni saqlash masalalaridan tortib, moliyaviy savodxonlik masalalarigacha, odamlarga shu haqida gapirish deyarli doim befoyda ekanligi koʻrsatilib kelmoqda.

Odamlarga oʻrgataman deb videolar olish, plakatlar chiqarish, eʼlonlar berish, radioda gapirish deyarli doim befoyda. Yaʼni bir ikkita odamlar eshitish mumkin shunday maslahatlarni, lekin bir narsa qilishni talab etsa, ijtimoiy reklama doim befoyda.

Masalan, “chekishni tashlang” yoki “qoʻlingizni yuving” degan propaganda koʻpincha befoyda boʻladi, lekin, “immigrantlar sizlarni ish joyingizni olib qoʻyyapti” yoki “falonchi mamlakatdagilar bizni dushmanlarimiz” degan propaganda koʻpincha samarali boʻladi.

Lekin bilasiz, siyosatchilar propaganda qilishni sevadilar. Bir xil payt esa, oshirib yuborishadi, natijasi esa kulgili boʻladi.

Mana Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy reklama, odamlar umri davomida oʻqishini targʻib qilishi kerak, gʻoya boʻyicha. Kulaymi, yigʻlaymi, bilmadim.
Rossiya Markaziy Banki o’zining raqamlashtirilgan (digital) valyutasini chiqarmoqchi!

Katta yangilik!


http://cbr.ru/press/event/?id=8175