Iqtisodchi Kundaligi
22.1K subscribers
434 photos
77 videos
20 files
1.58K links
Download Telegram
Umumiy muvozanat va yaratiladigan talab.

Qisqa vaqt yashagan bir dahamda bir odam sut-qatiq sotar edi, hamma biladi “moloko, qaymoq, qatiq” deb chaqishar edi ular va ora orada odamlar tushib ulardan bozor qilishar edi. Bilasizmi yoʻqmi oʻsha biznesda ham har xil muvaffaqiyatga erishsa bo’ladi. Bizni dahadagisi ayniqsa juda muvaffaqiyatli edi, lekin buni siri juda oddiy iqtisodiy intuitsiyadan tashkil topgan ekan.

U bizni koʻchaga ora-orada emas, har kuni kelar edi. Boz ustiga, har kuni deyarli bir paytda kelar edi. Men oʻshanda bir narsa olishga tushib soʻraganman, nega har kuni aynan bizni koʻchadan oʻtasiz, axir kecha ham kelgan edingiz va katta ehtimol bilan hech kim bor sut mahsulotlarini bir kunda tanovul qilib qoʻymaydi-ku, masalan ikki yoki uch kundan bir kelsangiz koʻproq odam xarid qiladi-ku deb soʻragan edim. U qiziq javob bergan haligacha eslayman, maʼnosi taxminan shunday edi: agar men ikki yoki uch kunda bir kelsam, mahalladagi va dahadagi odamlar qaysi kuni kelishimni aniq bilishmaydi va sut-qatiq uchun ehtiyojlarni boshqa joydan qilishadi, mendan esa faqat favqulodda kerak boʻlib qolsa xarid qilishadi, shunda meni umumiy savdoyim kam boʻladi. Yaʼni ikki uch kunda bir kelsam, vaholanki oʻsha kelgan kunlarimda savdoyim baland boʻlishi mumkin, lekin qisqa muddatdan keyin, meni ishonchli sut-qatiq yetkazib beruvchi deb oʻylashmay qolishadi va sut-qatiqni tashqaridan olishga harakat qilishadi. Men agar ora orada kelsam, oʻsha kelgan kunlarimda koʻproq odam kelgandek tuyuladi, lekin umumiy hisobdan yutqazaman degan edi.

Bu gʻoyani iqtisodiyot fanida yaratilgan talab (induced demand) deyishadi. Yaʼni bir xil xizmatlar va tovarlar uchun talab — agar u narsa koʻp va doimiy sodir etilsa boʻladi. Jamoat transporti misolida aytish mumkin: deylik bir yoʻnalishda avtobus har 6 minut kelish uchun 12 ta avtobus kerak— oʻsha yoʻnalishdagi yoʻlovchilar soni 15 mingta boʻlishi mumkin. Lekin deylik sizda 2 ta avtobus bor, shunda oʻrtacha kutish 36 minutni tashkil etadi. Lekin yoʻlovchilari soni qanday oʻzgaradi? Siz 15/6=2.5 ming deb hisoblashingiz mumkin, axir agar avtobuslar shunchaga kamaysa, yoʻlovchilar ham proporsional kamayadi degan taxmin qilishingiz mumkin, lekin oʻsha sut sotuvchi amaki aytgan mantiq bizga toʻgʻri taxminni beradi — yoʻlovchilar anchaga kamayadi, balki 500 ta ham boʻlmas. Nima uchun? Chunki oʻrtacha kutish vaqti 35 daqiqa boʻlsa- odamlar alternativ transportni qidirishadi, balki marshrutkada borishadi, balki bir necha kishi boʻlib taksida borishadi, balki koʻproq piyoda yurib metrogacha yetib olishadi va-hokazo. Yaʼni xizmatni doimiyligi va taklif qilinayotgan hajmi talabni hajmini belgilaydigan omil boʻladi. Talab taklifni yaratadi emas, taklif ham talabni yaratadi. (1/3)
Nega buni yozyapman?

Chunki menimcha transportdagi mutassadilar buni tushunishmaydi shekilli. Masalan, qariyb 10 million aholisi bor Fargʻona vodiysi viloyatlari bilan Toshkentga boʻlgan aviaqatnovlar soniga qarang. Andijon yoki Fargʻonaga haftasiga 8 marta ham uchmaydi uchoqlar. Qoʻshni Qozogʻistonda qaradim, ikki eng katta shaharlari Olma-ota va Ostona orasida kuniga 16-18ta aviaqatnov mavjud. Bizda haftasiga ham birorta shaharni orasida buncha qatnov yoʻq. Yaʼni bizda haftasiga reyslar soni ulardagi kundalik reyslar sonidan ikki barobar kamroq. Yoki mayli, Qozogʻistonni ikkinchi va uchinchi shaharlari orasida — Chimkent va Olma-otani kuniga kamida 6-9ta reys ulaydi. Bizda Toshkent va Urganch yoki Samarqand orasida ham kuniga uchta reys yoʻq. Aql bovar qilmaydi — Urganchga mashinada bir kunda yetib olish deyarli imkonsiz boʻlsa ham shu ahvol. Ha mayli, Qozogʻiston juda bir katta va rivojlangan davlat dersiz, Qirgʻiziston bilan solishtiraylik: Oʻsh va Bishkek orasida kuniga kamida 6 ta reys ekan - tekshirdim. Bizda butun vodiyga kuniga 3ta ham yoʻq — iqtisodiy ahvolimiz bir xil boʻlsa ham (aholi esa bizda ko'proq - ya'ni undan ham ko'p reys kerak).

Eng qizigʻi — agar aviatsiyada ishlaydiganlardan nima uchun bizda aviakompaniya hali ham xususiy emas desangiz — eng siyqasi chiqqan argumentlardan biri shuki, agar milliy aviakompaniya boʻlmasa — unda viloyatlarga chet ellik aviakompaniyalar uchmas emish. Qizigʻi bizda milliy aviakompaniya ham, deyarli uchmayapti. Qirg'izistonda esa, xususiy aviakompaniyalar o'sha reyslarni uchishyapti. Oʻn millionlik vodiydan Toshkentga bir kunda nechta odam keladi? Bir kunda bitta uchadiganmi uchmaydigan samoletga esa 200 ta odam ham sigʻmaydi, boz ustiga har kuni ham uchmaydi.

Aviatsiyadagilar oʻsha qatiqchi amaki ishlatadigan gʻoyadan bexabar ekanlari tushunarli lekin — bilasizmi nega? Chunki ular bozorda ishlamayapti. Ularni xato qilishlari, bozorni bilmasliklari, foyda olmasliklari bilan qiziqishlari yoʻq. Normal aviaqatnov bozori boʻlganida, ular bilishar ediki, agar mamlakatdagi eng katta shahar va deylik vodiy orasida kuniga 20 yoki 30 ta reys qoʻysa — hozirgi 1 ta reysdan koʻra talab 20 barobardan koʻproqqa oshadi. Bitta samolet qoʻyilgandagi talabdan, 20ta kunlik qatnovdagi talabni solishtirib boʻlmaydi. Chunki oʻsha gap, bir soatda bir keladigan avtobusga tayanib reja qilmaganingiz kabi, kuniga bir necha marta uchmaydigan uchoqni reja qilmaysiz. Yaʼni mamlakat ichidagi reyslarda odamlar ertalab ishini bitirib, obeddan keyin uchib ketishi, ertalab kelib, kechki payt keta olishi kabi qulayliklarni koʻrsalargina, alternativ yoʻldan koʻra uchoqni tanlashadi. Rivojlangan dunyoni gapirmasa ham boʻladi, serqatnov yoʻllarda, masalan Boston va Nyu York orasida Delta havo yoʻllari har yarim soat uchadigan shuttle — xuddi bizni marshrutkadek qatnovni qoʻygan, shunchalik talab koʻp — lekin vaholanki, aynan taklif bu talabni yaratgan.

Bizda bu ahvol qanchalik yomon ekanini, toʻgʻrisi bilmas edim. Yaxshi emas deb o'ylar edim, lekin qanchalikligini bilmasdim. Bundan bir yilcha oldin, bir tanishim bilan Bishkekda obed qildik, obeddan keyin Oʻshga reysi bor edi, lekin gap qizib ketganidan keyin oʻz reysini kechasiga telefonidan alishtirgan edi. Oʻshanda men mintaqaviy oʻylagan ekanman — Bishkekdan Oʻshga ikki uch soat orasida bir nechta reys boʻlsa, Oʻzbekistonda ham shunaqa shekilli deb. Bir necha oydan beri shaxsiy safarim uchun Samarqanddan Toshkentga Afrosiyobga chipta izlamoqdaman (besh olti marta tvitterda yozdim, Iyul, Avgust va mana Sentyabr oyida), menga kerakli sanada chiptalar sotuvga qoʻyilgan, lekin oʻsha menga kerak boʻlgan poyezdga biletlar yoʻq, vaholanki necha marta tekshirib keldim, bir sotuvga qoʻyilmagan deyishdi, hozir esa qoʻyilgan ekan lekin sotib olish uchun yoʻq. Poyezdlar haqida oʻzi bir alohida yozish kerak — temir yoʻllarini kompetentligi yetarli emasligi va raqobatli ishlamasligi iqtisodiyotimizni haqiqiy bir sekinlashtiradigan omillaridan: ham passajirlar tashish masalasida va ham, balki ayniqsa — yuk tashish masalasida. (2/3)
Mayli, samoletda uchay dedim va bilasizmi nimani koʻrdim: yakshanba kuni Samarqanddan Toshkentga samolet uchmas ekan, ha, toʻgʻri oʻqidingiz — toʻgʻrirogʻi shanbadan yakshanba oʻtar kechasi soat 2da reys bor lekin yakshanba kunni ichida birorta ham yoʻq. Ikkita eng katta shahar. Qiziqib koʻring, haftasiga yoki kuniga mamlakatdagi ikki eng katta shahar orasida nechta reys uchadi — hayron qolasiz. Shu narsalarni aviatsiyadagilardan soʻrasangiz (men so'radim): “talab yoʻq” deyishadi. Yaʼni ularga ko'ra, Oʻzbekiston ichidagi qatnovlarni kamligini sababi — odamlar kam uchishi deb aytishadi. Lekin mantiq aslida teskari — bu darajada kam taklif boʻlsa, albatta talab ham boʻladi. Axir mamlakat ichida parvozlarni qulayligi — istalgan payt uchib ketish imkoni boʻlishi. Nechadir kun kutish kerak boʻlsa — moshinada borib qoʻyish tuzukroq va qulayroq boʻladi. Xuddi qatiqchini qachon kutaman deb, qatiqni bozordan olib kelishdek gap. Odamlar biladi buni. Qatiq sotuvchisini buni tushunganini sababi — u juda ham raqobatli bozorda edi, tushunmaslik qimmat edi, transportda esa unday emas, axir ortirilmagan foyda bu jamiyatniki.

Albatta meni shaxsiy izlanishlarim muammo emas, unday tushunmang, bu masalani oddiy hal qilsa boʻladi — bundan oldin ham tajribamda boʻlgan, temir yoʻl kassasiga borsangiz “hal qilib beruvchilar” ixtiyoriy chiptani topib ham berishadi. O'tgan safar bir tarafga chipta topa olmaganimda ilojsizlikdan, noqulay bo'lsa ham taksi olib borganman, muammo emas albatta. Men bu kuzatuvni umuman yozyapman, ya'ni agar duch kelmasam muammo qanday ekanligini bilmasdim ham. Bu axir iqtisodiy kanal, iqtisodiy nazariya uchun zo'r misol ekan deb ulashdim.

Asosiy g'oya shundaki - talabni yaratishdagi taklifni oʻrni haqida yozmoqchi edim, menimcha misollar yaxshi yoritib berdi.

Aytmoqchi, yoʻlni kengaytirish tirbandliklarga olib kelishi haqidagi argument ham aynan shu mantiqdan iborat — suniy yaratilgan talab - taklifni deb vujudga keladi. (3/3)
Forwarded from Prof. Sherzod
#ДунёУниверситетлари туркумини бошлайман 🏫😊

Университетда ишлаганим учун, университетларга қизиқаман. Турли университетларига борганимда, кампусларини айланаман, расмга оламан. Бир кун вақт топсам, ўтириб улар ҳақида видеолар ҳам қиларман. Аммо ҳозирча бу ерда, ўқувчиларимга қизиқ бўлар деб, шу пайтгача борганим ва келажакда борадиганим университетлар кампусларидан расмлар, видеолар бериб бораман.

Туркумдаги биринчи университет—мен шу кунларда конференция сабаб келганим Истанбулнинг машҳур Боғазичи университети. 1863 йилда АҚШлик меценат Кристофер Роберт ва насроний миссионер Сайрус Ҳамлин Бебек маҳалласида Роберт коллежига асос солишади. Коллеж Боғазичининг пойдевори бўлиб хизмат қилади. 1971 йилда Роберт коллежининг университет қисми Туркия жумҳуриятига топширилади ва Боғазичи университетига айланади, мактаби эса ҳали ҳам хусусий Роберт коллежи шаклида қолган.

Университетда саккиз факултет бўлиб, аниқ фанлардан тортиб журналистика, таржимашунослик, бошқарув ва муҳандисликкача ўргатилади.

@profsherzod
Forwarded from Uzbekonomics
​​Kechagi postimning davomi sifatida - bu grafik esa AQSh (Kremniy vodiysi faqat) haqida ekan.

Xitoy kompartiyasi ta'siridan tadbirkorlikni tashlaganlar, Rossiyaning urushidan qochganlar, va Yevropaning o'z oyog'iga bolta uradigan regulyatsiyalardan charchagan tadbirkorlar va ta'sischilar uchun AQSh jozibali makon bo'lib qolaveradi.

Ayniqsa, hozirgi status-kvoda AQSh immigratsiya siyosati ancha cheklovchi ekanligini, xorijlik talantlar kelishi qiyin ekanligini inobatga olsak AQShda tadbirkorlik faoliyati hozirgidan ancha balandroq bo'lishi mumkin edi.

@uzbekonomics
Адам Смит бобо.

@AsanovEldar
Rossiyada eng yaxshi ko'rgan qahvaxonam haqida dokumental kino olishibdi. Darhaqiqat, Kofemaniyadek sifat va umuman shunday yaxshi qahvaxona deyarli ko'rmaganman, nafaqat mintaqada, balki hech qayerda.

Kino qilishga arziydigan biznes deb o'ylayman.

Nyu Yorkda ham ochilishgan edi, keyin esa o'sha joyda nomini o'zgartirishganini ko'rdim, lekin logosi o'sha o'sha qoldi.

https://youtu.be/oWjb22cfbGE?si=suc4E2tuWr3zFqyd
Forwarded from Iqtisod4i
Олимларни Ўзбекистонга жалб қилиш, яхши университетлар қуриш, яхши факультетлар яратишдан маъно йўқ, токи муҳим маълумотлар барча учун очиқланмас экан.

Висконсин университетининг социология бўйича профессори Феликс Элверт билан қисқа суҳбатда менга энг кўп ёққан қисм маълумотлар очиқлиги бўйича фикрлар бўлди.

Элверт айтяпти: «— Ҳа, маълумотлар муҳим. Фактлар маълумотларни англатади. Фактлар сиёсатни режалаштириш учун зарур, чунки фактларни билмай туриб, оқилона сиёсат юритиш жуда қийин. Муҳим нарсалардан яна бири шуки, маълумотлар нафақат ҳукумат, балки фуқаролик жамияти учун ҳам очиқ бўлиши лозим. Ҳукумат қанчалик даҳо бўлишидан қатъи назар, фактларни аниқлаш ва уларни тегишли контекстга қўйишда тадқиқот ҳамжамияти билан алмашишдан фойда олади».

...

«Мен каби одамни нима ўзига жалб қилади? Ҳа, одамга муносиб маош тўлаш керак. Бу одамлар ўйлайдиган биринчи нарса. Аммо ҳақиқатан ҳам тадқиқот қилиш учун маълумотлар керак. Биз каби тадқиқотчилар Ўзбекистонга келиб, бу ерда охир-оқибат Буюк Британия ёки Франция ҳақида тадқиқот олиб боришга мажбур бўладиган ҳолатга тушишни истамаймиз. Улар Ўзбекистон бўйича тадқиқот олиб боришга қодир бўлиши керак».

Тўлиқ кўриш учун:
Видео
Матн
0.5 foizga stavka tushdi.

Inflyatsiya kutilmalari 2%dan kam.

Yalpi ichki maxsulotni real o’sish surati 3%.

AQSh iqtisodiyoti hamma kutilmadan ham yaxshi ahvolda.

Qiziq.
Sog’liqqa xavfli ishlardagi ishchilarni umri va sog’lig’i to’laqonli sug’urtalanishi kerak. Konchilik bo’ladimi, energetikami, kapital qurilishmi - o’sha yerda ishlaydigan odamlarni umri va sog’lig’ini majburan sug’urtalash talab qilinishi kerak.

Shunda “qaramog’iga olish” kabi choralar emas, har bir halok bo’lgan ishchining oilasi - tahminan 1 million dollar oralig’ida - sug’urta korxonasidan mablag’ olishi kerak bo’ladi (bizdek daromadi bor mamlakatlarda tahminan shunday raqam).

Shunda sug’urta qiladiganlar - xavfli ishlardagi ishchilarni ahvoli bo’yicha qayg’urishadi va ish beradigan tashkilotlarni muntazam xavfsizlikni ta’minlashlariga majburlashadi. Boshqa iloji yo’q. Metrodagi fojiadan keyingi saboq shu bo’lishi kerak edi.
Реклама
⚡️Расман! 2024 йилда талаба бўлиш учун сўнгги имконият!

Profi University’da замонавий кампус ва ҳақиқий илмий ютуқларга эга ўқитувчилар билан ўқишни хоҳлайсанми:

Ўқитувчилар — фан докторларидан то академикларгача!
🎓 Иккита диплом олиш имконияти
🌍 Франция ва Японияда амалиёт ўташ!

Бу сенинг бизнинг 10 000 муваффақиятли талабаларимиз сафида бўлишинг учун сўнгги имконият!

⚡️ Муваффақият тезкорлар фақат тезкорлар учун! Тўғри қарорни ҳозироқ қабул қил — сўнгги имтиҳонга рўйхатдан ўт!

📆 25 сентябрь, соат 11:00

Рўйхатдан ўтиш
Faynanshl Taymsda yangi zo’r maqola. Bor statistkaga yaxshi hikoya qilib sharh ham berilgan.

Bundan 30-40 yil oldin, ko’p mamlakatlarda universitetda o’qiydigan ayollarni ulushi erkaklarnikidan ko’p bo’lishni boshlagan edi.

Lekin shunga qaramasdan, o’sha-o’sha ta’lim darajasini solishtirsak - o’rtacha ayollar daromadi sal pastroq edi.

Oxirgi o’n yillarda shu ko’rinyaptiki, yosh ayollarni masalan Britaniyadagi daromadi - tengdosh erkaklarnikidan ham balandroq bo’la boshlagan.

Qiziq tomoni - universitetda o’qimaganlar orasida. Ya’ni oldin, universitetda o’qimagan erkaklar, universitetda o’qimagan ayollardan ancha ko’proq daromad topishar edi. Hozir esa, o’rtacha raqamlarda ayollar yuqoriroq. Sabablar ko’p albatta - lekin sabablaridan biri - fizik mehnatni o’rni tobora kamayib boryapti, lekin kommunikatsiya va “yumshoq” ko’nikmalarni (soft skills?) nisbiy o’rni oshib borgan sari bu farq yopilishi bashorat qilingan edi, menimcha shunday bo’lyapti ham.
Aytmoqchi - bir AQSh universiteti mamuriyatida shunday gap eshitgan edim.

Oldin universitet qabul qilish siyosatida ayollarga yon bosish bo’lar edi (affitmative action siyosati ham deyishardi). Jinsiy balans juda erkaklar tomon keskinlashmasligi uchun, qabul hayati ayol abiturientlarga yon bosib kelar edi. Lekin deydi u (2017 yildagi gap bu) oxirgi 5-10 yilda, teskari tendensiya natijasida ya’ni erkak abiturientlar soni tushib ketgani uchun, teskari siyosat qilishga majburmiz, endi erkak abiturientlarga yon bosishni boshladik.
Forwarded from Орзудаги
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Уйдан кетганимга ўн йил бўлибди,

Ўн йил қишлоғимдан юрибман узоқ.

Мен юрган йўлларда ўтлар унибди,

Кўмилиб бўлибди мен кезган сўқмоқ…

Абдулла Орипов