Saylov oldi modellarning eng yaxshilaridan biri, 538 (fivethirtyeight) Tramp saylovni yutish ehtimolini 13% deb baholamoqda.
13% degani, agar tangani yuz martda otsak, 13 tasi masalan burgut bo’lib tushadi degani. Lekin saylovda tanga bir marta otiladi. Shuning uchun 13% ehtimol bilan ham, Tramp saylovni yutishi mumkin.

Hozir bizni kafedrada seminar bo’lyapti, shu paytning o’zida yana bir boshqa institutda seminar. Yana bir narsa, AQShing keyingi oliy sudining raisini senatda so’roq qilishomqda. Va Apple yangi Iphoneni taqdim qilmoqda. Hamma narsa bir paytda bo’lsa qiyin ekan.
AQShda muzqaymoq sotadigan moshinalarni hammasida bir xil musiqa yangraydi. Shuni sezgan edimku, lekin tarixini bilmas ekanman. AQShdagi muzqaymoq sotadigan moshinalardagi musiqani bir kompaniya sotar ekan. Ya’ni bir kompaniyaga shu bozorni 97% tegishli ekan.
Aytmoqchi, bu degani u kompaniya yomon ma’noda monopol degani emas. Bundan oldin ham aytgan edim, bizda monopoliya so’zi noto’g’ri talqin qilinadi. Bir kompaniyada bozorning 97% bo’lsa ham, u kompaniya raqobatni qisqartiruvchi va narxni oshiruvchi bo’lmasligi mumkin. Shu muzqaymoq mashinasidagi musiqa kompaniyasi bunga misol.
Teskarisi ham to'g'ri, bozorda ulushi 10% bo'la turib ham, narxni qimmat qilishda va raqobatni qisqartirishda bir kompaniya ma’sul bo'lishi mumkin.
Bu masalada davlatni o'rni muhim bo'ladi. Davlatni ishlatmasdan, raqobatni cheklashga hech bir kompaniya qodir emas. Raqobat cheklanishini ko’rsangiz, katta ehtimol bilan davlatni aybdor qilish mumkin.
Shu mavzuda Mfaktroda ham bir gapirgan edim.
https://youtu.be/QE1hvEVrlPs

thehustle.co
The company that has a monopoly on ice cream truck music
How a small, family-owned electronics company came to control 97% of the ice cream truck music market.
20 asrning 50 yillarida, iqtisodiy rivojlanish uchun importni cheklab, mahalliylashtirish kerak degan g’oya chiqqan. Shu g’oyaning tarixi, va nimma uchun bu g’oya mashxur bo’lgan, keyin esa deyarli barcha tomonidan noto’g’ri ekanligi tan olinishi haqida, yaqinda yozilgan daxshat maqola:
https://www.nber.org/papers/w27919.pdf
O’qishni 100% tavsiya qilaman. Duglas Irvin zamonamizning eng zo’r savdo iqtisodiyoti tarixchisi.
Maqolada bir qiziq narsa, original “mahaliylashtirish” g’oyachilari, ancha ehtiyotkor bo’lib gapirishgan ekan. Ularning ehtiyortkorligi 21 asrdagi, mahalliylashtirishni targ’ib qiladiganlardan ancha farq qilar ekan. Yana bir optimistik g’oya shuki, mahalliylashtirish shu oxirigi 50 yilda, “tentak g’oyalar” qatoridan joy olganida. Shunisiga xursand bo’lsa bo’ladi.

Yevropa Ittifoqida koronavirusga chalinganlar soni, AQShdagi chalinganlar soniga teng bo’libdi (albatta aholi jon boshiga chalinganlar soni haqida gap). Bir oy oldin, kasalliklar soni bo’yicha Yevropa ikki barobar yaxshiroq ko’ringan edi. Bir oyda shunday keskin o’zgarish. AQShdaku, amaldagi mamuriyatni ayblashgan edi, tushunsa bo’ladi, lekin Yevropada kimni ayblashar ekan…
Aytmoqchi bo’lganim, oxirgi olti oy, AQShdagi jurnalistlar Yevropa qanday samarali kurashayotgani haqida minglab maqolalar yozgan edi, “AQSh o’rganishi kerak” deb. Endi Yevropaliklar AQSh tajribasi haqida yozisharmikan…
O’limlar bo’yicha: AQShdagi raqamlar ikki barobar yomonroq.

Qiziq zamonlar. Hukumat xarajatlari byudjet hisobidan boʻlmasligi juda qiziq.
“Byudjet” degan soʻz notoʻgʻri talqin qilinishi katta muammo. Shuning uchun ham, byudjet va soliq siyosatini, konstitutsiyaga binoan, faqat qonun qabul qiluvchilar qabul qilishi kerak. Ixtiyoriy davlat hokimiyati organi puli, ayniqsa hukumatning puli, shartli ravishda — xalq puli. Yaʼni “byudjet” puli boʻlishi kerak. Xalq puli boʻlgani uchun, barcha byudjet qonun qoidalariga amal qilinishi kerak. Agar favqulodda hodisa boʻlib, xalq puli hisobidan, yaʼni byudjet hisobidan koʻproq sarf etish talab etilsa, konstitutsiyaga binoan, ijro hokimiyati qonun ishlab chiqaruvchilardan xarajatlarni oshirib berishni soʻrashi mumkin. Ular ruxsat bersagina, ishlatishi mumkin boʻladi.
Koʻp mamlakatlarda, masalan AQShda, ijro hokimiyati pul favqulodda berilishini xohlashi mumkin, buni uchun qonun ishlab chiqadiganlardan soʻrashi talab etiladi. Lekin teskarisi shart emas. Qonun chiqaruvchilar, ijro hokimiyatidan soʻramasdan pul ishlatishga qaror qilishlari mumkin, ijro organi esa, faqat ijro qilishi kerak boʻladi.
Suv suyuq boʻlgani kabi, byudjetdan tashqari “byudjet” ham yomon narsa. Bir paytlar byudjet bilan byudjetdan tashqari davlat xarajatlari hajmi taxminan teng edi. Shuni islohot qilish rejada bor edi. Xalq pulini mingta choʻntakka solib, bittasini koʻrsatish yaxshi amaliyot emas. Bu choʻntaklarni bir narsa deb sanamaslik — mantiqsiz.
“Yashirin iqtisodiyot” bilan kurashish ancha qiyin va uddasidan chiqish mushkul boʻlgan masala.
Lekin “yashirin byudjet”ni yoʻq qilish uchun esa koʻp kuch ketmaydi, va aniq aytish mumkinki, iqtisodiy rivojlanish uchun, “yashirin byudjet”dan voz kechish ancha samaraliroq ish boʻlar edi.
“Yashirin byudjet”dan voz kechsak, menimcha, koʻp davlat xarajatlari samarasizligini va davlatning iqtisoddagi oʻrni haqidagi mulohazaga ham kelar edik. Byudjet deganda, faqat oʻqituvchilarni oylik maoshlari emas, jamiyatga tegishli barcha mablagʻlarni sanash kerak. Oʻshanda, nisbiy ravishda qayerga qancha ketkazayotganimiz ancha yaxshiroq koʻrinib qoladi. Qisqasi, yashirin byudjet — yoʻq qilinishi kerak, bu tariximizdagi qora xotira boʻlishi kerak. Sharqiy post-kommunist Yevropada ham, fiskal islohotlar, yaʼni shunday choʻntaklardan voz kechish muhim siyosiy oʻzgarish deb atalgan edi.
Davlat hokimiyati organlari: ijro, sud va qonun yaratuvchilar daromad keltiradigan tashkilotlar emas, konstitutsiyaviy talablarni bajaradigan organlarga aylanishi kerak boʻladi. Yaʼni ularda byudjetdan boshqa mablagʻlari, tushum va xarajatlari boʻlmasligi kerak. Natijada, davlat xarajatlarini, ikki barobarga kesish imkoni boʻladi. Asosiy xarajatlarni qisqartirish, taʼlim va sogʻliqni saqlash vakillarini oyligini kesib emas, “yashirin byudjet” hisobiga, yaʼni davlat va jamiyat puliiga faoliyat olib boradigan tijoriy va notijoriy tashkilotlarni xarajatlarini, idealda esa tashkilotlarni oʻzini qisqartirishni talab etadi. Bilvosita jamiyat pulini ishlatilishi ham, bevosita ishlatilishiga teng.
Shundan soʻng, soliq yuki, bojxona toʻlovlari ham kamayadi. Odamlar oz boʻlsa ham, moliyaviy ahvollari yaxshilanishiga imkoniyat tugʻilishi mumkin boʻladi. Chunki, shunday boʻlsa, davlat yaratilgan iqtisodiy qiymatni 50-60% ni emas, 10-20% ni taqsim qiladi, qolgan 80-90% esa, odamlarning qoʻlida qolar edi. Hozir esa, yaratilgan iqtisodiy qiymatni, uchdan birini davlat bevosita taqsimlaydi, 20-30% ni esa davlat bilvosita, yaʼni “yashirin byudjet” orqali taqsimlaydi. Natijada, odamlarning qoʻlida, yaratilgan qiymatni yarmidan kami qolyapti.
Odamlar oʻz pullarini davlat byurokratlaridan yaxshiroq ishlatishini va taqsimlashini hammamiz bilamiz, shuning uchun ham bu masala juda dolzarb.
Bu narsa haqida, “yashirin byudjet” haqida, Federal rezerv topgan foydasi AQSh byudjeti, yaʼni moliya vazirligiga berilishi haqidagi mulohazadan oʻrganish mumkin. Federal Rezerv tashkil topganda, u pul topishi mumkinligi koʻrilgan, oʻshanda qonun boʻyicha, Federal rezervning barcha “daromadi” shartli ravishda moliya vazirligiga berilishi kerakligi qonunga kiritilgan.

Odamlarga sport bilan shug’ullanish va gymga borish uchun pul to’lash unchalik ham samarali emas ekan. Hozir seminarni eshityapman. 64 ming odamlarni ishlatib qilingan tadqiqot natijalari. Juda qiziq.
Esingizda bo’lsa, aytgan edim, ijtimoiy reklama ishlamaydi deb. Hatto naqd pul berish ham yaxshi ishlamas ekan (har bir gymga borish uchun tahmminan 1/4 dollar berishgan). Ha aytgandek, bu gymga boradiganlar ichida qilingan tadqiqot.

Erkin Rossiyada islohotlar nimadan boshlangan?
Prezident Boris Yeltsin oʻzining islohotlar dasturini RSFSR xalq deputatlarining 5-syezdiga taklif qilgan edi. Ushbu dasturning birinchi bandi 1991 yil 15 dekabrdan boshlab chakana narxlarni zudlik bilan erkinlashtirish edi. Yegor Gaydar oʻsha paytda hali hukumatda ishlamas edi — Gaydar faqat noyabrda tayinlanadi.
Yeltsinning narxlarni liberallashtirishni tezlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi 878 ovoz bilan maʼqullandi va faqat 16 deputat qarshi ovoz beradi.
Aytmoqchimanki, Sobiq Ittifoq qulaganidan keyin, birinchi qilinadigan, ish, birinchi islohot bu narxlarni rejadan olib, bozorga berish boʻladi.
Konstitutsiyadan oldin, bayroq qabul qilishdan oldin, hatto hukumatni tayinlanishidan oldin, yangi mustaqil boʻlgan Rossiyaning rahbarlari, narxni erkinlashtirish qanchalar muhimligini anglab yetishgan boʻlishadi. Axir 70 yil rejalashtirilgan iqtisodiyotda yashab kelgan jamiyat buni talab qilgan boʻladi.
Bu yerda qiziq narsa shuki, Sobiq Ittifoq juda boshqacha mamlakat boʻlgan edi yangi Rossiyada demokratik davlat qurilish rejasi bor edi, va tabiiyki erkin Rossiyada qilinishi kerak boʻlgan ishlar juda juda koʻp edi. Lekin ittifoqdan mustaqillikni eng muhim omili deb, erkinlikning eng muhim omili deb, oʻsha paytda, narxlarni erkinlashtiruvi deb tushunishgan edi. Yana qaytaraman, butun bir mamlakat qulaganidan keyin, mamlakatning Prezidenti, parlamentga bir qator islohotlarni taklif qilgan edi, va birinchi punkt — narxlar erkin bozorda belgilanishi edi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi vazir o'rinbosari lavozimiga tanlov e'lon qilibdi. Ishga topshiring, yoki shu ishga munosib odamlarni bilsangiz, ulashing.
Batafsil:
http://mineconomy.uz/uploads/Mineconomy%20October/vacancy_uz.pdf

Uchta juda zoʻr leksiya koʻrishni taklif etaman. Ertadan boshlab, Rossiya Iqtisodiyot maktabi uchun, mashhur iqtisodchi, Chikago universiteti professori va “Nima uchun bir xil mamlakatlar boy, qolganlari esa kambagʻal?“ (Why Nations Fail) kitobi hammuallifi Jeyms Robinson maʼruza oʻqiydi.
Bilasizlar, Jeyms Robinson “Hoshimov Iqtisodiyoti” dasturi mehmoni ham boʻlgan.
Xullas, quyidagi havola orqali leksiyaga qayddan oʻtish mumkin.
1- leksiya mavzusi: Liberal-demokratik konstitutsiyaviy anʼana va uning xususiyatlari.
2- leksiya mavzusi: Islom konstitutsiyaviy anʼanalari.
3- leksiya mavzusi: Konstitutsiyaviy anʼanalar qiyoslovi
Koʻrishni albatta tavsiya qilaman!

events.nes.ru
Онлайн-лекции памяти Цви Грилихеса
Профессор Школы публичной политики имени Харриса (Университет Чикаго) Джеймс Робинсон прочитал серию почетных лекций памяти Цви Грилихеса «Сравнительное конституционное устройство» (Comparative Constitutional Design). Лекции прошли онлайн на английском языке…
Jeyms Robinsonning bugungi ma’ruzasi. Musulmon jamiyatlar konstitutsiyasi haqida:
https://www.youtube.com/watch?v=YwDFFrHqCLE&feature=youtu.be

YouTube
Online lecture by James Robinson «The Islamic Tradition».
Topic
The lecture studies the nature of constitutionalism in the Islamic world and how it deviates radically from the Liberal-Democratic Tradition. Most importantly, the objective of the state is not to aggregate preferences or reflect popular opinions,…

Koreyada ob-havo sababidan, kimchi taqchilligi bo’layotgan ekan. Ya’ni kimchi qilish uchun ishlatiladigan karam xosildorligi yomg’irlar tufayli tushib ketgan. Karamga narxlar 60% ga oshibdi.
Kimchi Koreya madaniyatida katta o’rin olgan taom. O’zbekstonlik Koreyaliklar tufayli, O’zbekistonda ham kimchi ko’p iste’mol qilinadi - osh bilan kimchini tanovul qilishni o’rganganmiz.
Karamga narxlar juda keskin oshganiga qaramasdan, hukumat choralar ko’rmayapti, aksincha baland narxlar talabni qondirishiga umid qilyapti.
https://www.bloomberg.com/news/articles/2020-10-17/a-kimchi-disaster-is-brewing-after-cabbage-fields-crippled?sref=BPgrU5ep

Bloomberg.com
A Kimchi Disaster Is Brewing After Cabbage Fields Crippled
AQSh Adliya vazirligi (prokuratura) Googleni monopolistik harakatlari uchun ish ochibdi.
Har bir avlodda shunga o’xshagan narsa bo’lsa kerak. AQSh Maykrosoftga qarshi sudini ko’rmagan avlod, AQSh Google bilan sudlashuvini kuzatamiz.
Iqtisodchilarni varragi uchadigan narsa bu. Ikkala tomon ham yuzlab iqtisodchilarni ishga olib, monopolistik harakatlar bor yoki yo’qligini ko’rsatishga to’g’ri keladi. Hozircha adliya vazirligi haqiqatdan nimaga tayanib ish ochgani menga unchalik tushunarli emas.
Nyu York Tayms ham, Wall Street Journal ham, buni “kutilgan” ish deb yozishyapti. Agar Google buni ijtimoiy bosim ostida ochilgan ish ekanligini ko’rsata olsa, ishi ancha oson bo’ladi.

NY Times
U.S. Accuses Google of Illegally Protecting Monopoly (Published 2020)
A victory for the government could remake one of America’s most recognizable companies and the internet economy that it has helped define.
Googleni adliya vazirligiga javobi:
https://blog.google/outreach-initiatives/public-policy/response-doj/
Nima desa bo’ladi? zo’r.

Google
A deeply flawed lawsuit that would do nothing to help consumers
Today's lawsuit by the Department of Justice is deeply flawed. People use Google because they choose to, not because they're forced to, or because they can't find alternatives.
Google internet qidiruvini 92% ekan, lekin prokuratura bu uchun Googleni sudga bermayapti.
Davlatning asosiy davosi, Google qidiruvdan olgan foydasini va bozor kuchini ishlatib, eksklyuziv kontraktlar orqali boshqa kompaniyalarni, jumladan, Apple ishlab chiqaradigan uskunalarda, Google qidiruvini asosiy qidiruv sayti boʻlishiga majbur qilishida ayblashyapti. Bu narsa, bir asr oldingi Sherman qonunlari asosiga qurilgan davo.
Esingizda boʻlsa, Mfaktorda monopoliya haqida gapirgan edim, oʻshanda aytgan edim, bir kompaniya bozorni butunlay egallashi, yoki 90% egallashi, oʻz oʻzidan monopolistik kuch ishlatadi degani emas deb. Prokurorlar ham, oʻz fikrlarida, shu narsani toʻgʻri qayd etishyapti, gap Googleni hajmida emas, gap, raqobatni cheklaydigan amallar qilganlikdagi shubhada. Bu juda muhim. Chunki, aytganimdek, afsuski bizda monopoliyaning asosiy mohiyati va zarari nima ekanligi, va raqobatni cheklovchi amallar deb nima tushunilishi ancha qiyin masala.
Lekin bir narsa aniq, bozordagi ulushi orqali, qandaydir qaror qilib boʻlmaydi. Bozordagi ulushi asosida bir korxona raqobatni cheklashi yoki cheklamasligini bilishni iloji yoʻq. Oʻzimiz bilamiz, bizda davlat tomonidan muhofaza qilinadigan xususiy va davlat kompaniyalarini koʻpi, 90% bozorga ega emaslar, lekin shunga qaramasdan, raqobatni ochiqchasiga cheklay olishadi. Aynan shu narsa, koʻp mamlakatlarda jinoyat hisoblanadi.
Yana bir qo’shimcha, Googleni ishida jinoiy til biriktirish yoki og’zaki aytilgan majburlash emas.

Albatta gapirish vaqtli, lekin mardlik qilib oʻzimga masʼuliyat olay.
Bu keys haqida gap ketgan ekan, meni taxminim: bu ish katta ehtimol bilan Googleni boʻlinishiga olib kelmaydi. Google katta qonun buzarlik qilmagan koʻrinadi. Sherman qonunlari orqali boʻlib tashlash uchun ancha kattaroq dalillar talab etilishi mumkin. Shuning uchun, men taxmin qilaman: Google shu ish natijasida boʻlinmaydi. Balki sudda ozgina jarima toʻlar, balki, katta ehtimol bilan, suddan oldin davlat bilan kelishib oladi. Davlatni ham bu yerda kuchlari ko’p emasga o’xshaydi. AQSh jamoatchiligi, ayniqsa so’llar, katta texnologik kompaniyalarni tartibga solishmoqchi, bu haqida ko’p gapirishyapti. Shuning uchun, agar Bayden mamuriyati hukumatga kelsa, prokuratura yuzini saqlash uchun, xo’ja ko’rsinga “adabini berib qo’yishi” mumkin. Lekin real ravishda kompaniyani bo’la olishi qiyin bo’lsa kerak. Ko’ramiz-da.
Meni taxminim ikki uch yilda xato yoki toʻgʻri ekanligini bilib olamiz. Oʻshanda oʻzimga eslatish uchun yozib qoʻyyapman. Bir narsa aniq, bu internet kelajagi uchun eng muhim keyslardan boʻlib qoladi.

Endilikda, Singapurni 20% elektroenergiyasi, Avstraliyadagi quyosh elektrostansiyalarda ishlab chiqarilar ekan.
Singaprda quyosh panellari qo’yishga joy bo’lmagani uchun, 4 ming kilometr narida, Avstraliya cho’llarida ishlab chiqarilgan elektr energiya, okean ostida qurilgan sim orqali Singapurdagi iste’molchilarga borar ekan.
Qoyil!
https://www.thetimes.co.uk/article/outback-solar-farm-will-light-up-singapore-726llznql

Thetimes
Outback solar farm will power Singapore
The power of the sun in the Australian Outback will provide electricity to more than a million people almost 2,500 miles away in Singapore under plans to bui