Foydali ilm🌿|علم نافع
129 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
"Agar bilsangiz ro'za tutmog'ingiz siz uchun yaxshidir"

Baqara surasi 184-oyat
#foydali
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qadr kechasi borasida: “U 27 yoki 29-kechadir. Ushbu kecha yerda farishtalar soni toshchalar sonidan ham ko‘p bo‘ladi”, — dedilar (Ahmad rivoyati).

Eslatma: bugun Ramazon oyining 27-kechasidir.
#foydali
LAYLATUL QADR bu kechada:

• Ilk bor Qur'on nozil bo'lgan;
• Bu kecha ming oydan yaxshiroqdir;
• Bu kechada farishtalar va Jabroil alayhissalom tushadilar;
• Qadri ulug' va bandalarning qadarlari belgilangan kecha.
#foydali
LAYLATUL QADR KECHASIDA

• Nafl (qo‘shimcha) namoz
o‘qish
• Qur’on tilovat qilish
• Zikr-u duo qilish
• Diniy ilm o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lmoq kerak.
#foydali
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: "Ey Rosululloh, agar Qadr kechasi qaysi kecha ekanini bilsam (ya’ni, qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam), unda nima deb duo qilay?" — dedim. U zot: "Allohumma innaka Afuvvun tuhibbul afva fa’fu ’anniy" deb ayt!" — dedilar".

©Imom Ahmad, Termiziy, Ibn Moja, Nasoiy, Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

Duoning ma’nosi: "Yo Alloh, albatta, Sen Afuvvsan (gunohlarni kechiruvchi, afv qiluvchisan), kechirishni yaxshi ko‘rasan, meni afv qilgin, kechirgin".  

🔻Kanalga a’zo bo‘ling👇
@ilman_nafiian
#tabassum
– Dadasi, men ham haydovchilikka o‘qisam degandim. O‘zim mashina haydardim, birga aylanib, dunyo ko‘rardik.
– Qaysi birini: bu dunyonimi u dunyonimi?

Mavlon Marasulov
©Hubbuna

🔻Kanalga a’zo bo‘ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ramadan🌙
Ming oydan afzalroq Ramazon oyim,
Rizq va nasibaga, iymonga boyim.
Seni sog‘inaman o‘ylasam doim,
Xayr, oylar sultoni — Mohi Ramazonim😢


🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
🌙Allohu Akbar, Allohu Akbar, La Ilaha Illallohu!
Allohu Akbar, Allohu Akbar, Valillahil hamd!

تقبل الله منا ومنكم
عيد مبارك علينا و عليكم

💐Musulmon ahliga Iyd al-Fitr muborak bo‘lsin🥳

@ilman_nafiian |علم نافع🌷
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foydali
HAYIT NAMOZINING O'QILISH TARTIBI!!!

Ulashing, o'rganib oling!

Manba: hazratimuz
#eslatma
#foydali
​​Hayit bayramlari odoblari

Birinchi odob: yaxshi niyat qilish

Musulmon kishi barcha ishlarida bo‘lgani singari hayit bayramlarida bajaradigan barcha ishlarini ham yaxshi niyatlar bilan ado etishi lozim. Masalan hayit namoziga otlanar ekan zimmasidagi vojib amalni ado etishni niyat qiladi, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ko‘rsatmalarini bajarish niyati bilan yaxshi kiyimlarini kiyib chiqadi, silai rahm niyati bilan qavmu-qarindoshlarini ziyorat qilishga harakat qiladi va hakozo barcha amallarida ezgu niyat qilinadigan bo‘lsa, xursandchiliklardan tashqari ko‘plab ajru mukofotlarga ham ega bo‘ladi.

Ikkinchi odob: Gʻusl qilish

Hayit bayramiga tayorgarliklardan biri namozgohga g‘usl qilib, toza-ozoda bo‘lib chiqish hisoblanadi. Ushbu odobga rioya qilish tufayli boshqalarning undan aziyat chekishlarining oldi olingan bo‘ladi.

Uchinchi odob: Xushbo‘ylanish

Yuvinib toza-ozoda bo‘lganidan so‘ng shirin mushk va atirlar bilan xushbo‘ylanib chiqish ham bu kunning odoblaridan sanaladi.

To‘rtinchi odob: Yaxshi kiyimlar kiyish

Hayit kunida imkoni bor kishi yangi kiyim kiyishi mustahab bo‘ladi. Chunki bu ish Alloh taoloning bandasiga bergan ne’matlarini izhor etish, shod-u xurramligini namoyon qilish bo‘ladi. Ulug‘ zotlarning hayit bayramlarida eng yaxshi kiyimlarini kiyganlari ma’lum va mashhurdir.

Beshinchi odob: Ramazon hayitida namozdan oldin “sadaqai fitr”ni ado etish

“Sadaqai fitr” ro‘zadan chiqish munosabati bilan beriladigan sadaqa hisoblanadi. Bu moliyaviy ibodat shariatimizda ro‘zadorning ro‘zasi komil bo‘lishiga xalal beradigan turli behuda gap-so‘z va hatti-harakatlardan poklash va miskinlarga taom bo‘lish ma’nosida joriy qilingan.

👉 Тўлиқ ўқиш:

©islomuz
#hikmat
Bir erkak mushukka ozor bergani uchun do‘zaxga tushdi. Hayvonga ozor bergan kishining jazosi shunday ekan, insonga ozor bergan kishining ahvoli qanday bo‘larkin?


Vaxb ibn Munabbix
©zakiylar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibratli
Ular bir- biridan boshqa hech kim yo'qligini bilishadi. Shuning uchun ular dushman emas, do'st bo'lishdi. Qaniydi, insonlar ham ulardek pokiza, begunoh bo‘lsalar edi.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
🌿Ey ko'ngil! Xilvat joy topganingda Robbingga istaganing qadar yashirincha yig'la. Ammo xilvat joylarda yashirincha yig'lagan ko'ngillarga sabab bo'lishdan ehtiyot bo'l!
O'shanda yig'lasangiz yarashadi🥹

@ilman_nafiian |علم نافع🌷
🪐Hech kim orqaga qaytib yangi boshlang'ich qila olmaydi, ammo bugun o'tmishga so'n berib, yangidan boshlay oladi.

@ilman_nafiian |علم نافع🌷
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz Allohim, meni kechir. Men faqat Sen bilan chinakam baxtli bo'lishim mumkinligini tushunishim uchun menga juda ko'p vaqt kerak bo'ldi. Oxir-oqibat, yolg'iz Sen menga kerakliging va yolg'iz Sen men bilan ekanligingni ko'rsatish uchun hayotimdagi eng yaqin odamlarni mendan olding. Senga qaytib, yagona to'g'ri yo'l Sening yo'ling ekanligini tushunish uchun menga uzoq vaqt kerak bo'lganidan afsusdaman...

Aslida men Sensiz o'zimni yo'qotar edim. Sen og'ir kunlarimda mening yupatuvchimsan
#ibrat
— Rasmda nega dadangning qo‘llarini chizmading?
— Onamni boshqa urolmasin dedim...

(hayotdan olindi)
📚Bahor qaytmaydi