#ibratli_hikoyalar
Yig‘lab-yig‘lab o‘qidim, sizlarga ham ilindim...
Ibratli voqea!
Sevimli payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) olamdan o‘tganlariga 3 kun bo‘ldi, Abu Bakr r.a. Oyisha onamiz r.a oldilariga keldilar, hol-ahvol so‘rab, "Ey qizim Oyisha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ning barcha sunnatlarini menchalik mukammal ado qilgan inson bormi?" — dedilar.
Hazrati Oyisha onamiz:
— Yo‘q otajon, siz hamma sunnatlarini to‘liq to‘kis ado qildingiz", — dedilar. Hazrati Abu Bakr yana qaytarib:
— Qizim Alloh haqqi aytgin, barcha sunnatlarini ado qildimmi?"— degan edilar Oyisha onamiz roziyallohu anho yig‘lab yubordilarda va:
— Otajon, Alloh haqqi deganingiz uchun aytaman. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ning bir sunnatlari bor edi "hech kimga aytmang, yo Oyisha"— der edilar. Arab bozoring oldida bir uy bor, u yerda bir 80 yoshga kirgan tug‘ma ko‘r nogiron, hech kimi yo‘q yahudiy qariya yashardi. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) har kuni yarim tunda tahajjud namozlarini o‘qib bo‘lgach hamma uyquga ketgan paytida o‘sha yahudiyni uyiga borib, uni yuvintirib kiyimlarini yuvib ovqatlantirib kelardilar", — dedilar.
Buni eshitgan hazrati Abu Bakr r.a tahajjud namozini o‘qidilarda yahudiyning uyiga yo‘l oldilar.
Bordilar, uyga kirar ekanlar 3-4 kundan beri hech kim xabar olmagan qariyaning ahvoli judayam achinarli holatda edi.
Abu Bakr r.a darrov ishga kirishdilar supurdilar, sidirdilar, qariyani yuvintirdilar, kiyimlarini almashtirdilar, ovqatlantirib bo‘lgach, qariyaga:
— Mayli men boray, — deb ketmoqchi bo‘lgan edilar, qariya Abu Bakr r.a ni qo‘llaridan ushladi va:
— Sen kimsan? — deb so‘radi. Abu Bakr esa:
— Men bir qulman ota. Har doim kelib sizni holingizdan xabar olib turgan qulman, — dedilar. Shunda qariya:
— Sen yolg‘on gapiryapsan, — dedi. Abu Bakr:
— Nega unday deysiz? — dedilar. Qariya:
— Chunki, sen menga qattiq muomalada bo‘lding, yuvintirganda ham, kiyintirganda ham, hatto ovqatlanirganingda ham, 3 kun avvalgi kelgan inson menga juda ehtiyotkorlik bilan qarardi. Cho‘miltirganda ham, kiyintirganda ham, eng asosiysi ovqatimni chaynab-chaynab berardi. Uning shunaqanggi hidi bor ediki, u hidni butun Arab diyoridan ham topa olmaysan, — dedilar.
Abu Bakr r.a tinmay yig‘lar edilar. Qariya yana so‘zida davom etib:
— Agar o‘sha odam sen bo‘lsang, nimaga shuncha kun yo‘q bo‘lib ketding yoki sen ham jodugarni to‘riga ilindingmi? — dedi.
Abu Bakr r.a esa:
— Qanaqa jodugarni aytyapsiz, ota? — dedilar.
Qariya:
— Eshitmaganmisan, bir Muhammad (alayhissalom) deganini, u qanaqadur Kitobni o‘ziga kelganini va o‘zini payg‘ambarman deb hammani sehirlayapti-ku, —dedi. Shunda Abu Bakr r.a dod deb yubordilar va:
— Ey ota, to‘xtang, — dedilar, —O'sha siz aytayotgan insonlarning eng buyugi Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning o‘lganlariga 3 kun bo‘ldi. Aslida siz jodugar degan o‘sha inson shuncha yillar davomida sizning holingizdan xabar olib turdilar. Qarang, 3 kunda qanaqa holga tushibsiz, — dedilar .
Qariya qotib qoldi va
— Unda sen kimsan? — dedi.
— Men Abu Bakrman, — dedilar.
Qariya ham dod deb yig‘lashni boshladi va
— Ey Xudo, meni ko‘zimni ko‘r, oyoqlarimni cho‘loq, nogiron qilib yaratganing yetmasdan qalbimni ham ko‘r qilgan ekansan, — deb yig‘ladi va "ey Abu Bakr, sen guvoh bo‘l, Allohning yagonaligiga va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) uning payg‘ambariligiga guvohlik beraman, — dedida Abu Bakr r.a ning qo‘lida jon berdi!
📚Hadis va hayot kitobidan
Ikki olam sarvari, Habibimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamga cheksiz va batamom durud va salovotlar boʻlsin!
Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammadin va ali aʼla sayyidina Muhammad...
🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian

Foydali ilm🌿|علم نافع
Photo
#ibratli_hikoyalar
BAQARA SURASI BILAN
KECHIRGANLARIM
O‘ng tarafimda qattiq og‘riq paydo bo‘ldi. Biqinimga zaharli xanjar sanchilganday edi. Qayerga bormay, doktorlar topib olgani bir xil gap: “Bizning qo‘limizdan kelmaydi”. Beshta kasalxonaga bordim. Befoyda. Chorasiz ketgan urinishlarimni ko‘rgan ilmli, solih do‘stlarimdan biri meni "Baqara” surasini o‘qishga undadi. Yana o‘qish chog‘ida og‘riyotgan joyimga qarab sufsuflashimni ham aytishdi. Chunki menga yetgan og‘riq shu soha mutaxassislari aytishicha sehr edi.
Hammasidan keyin uyimga qaytdim. Xushu’ bilan "Baqara” surasining tilovatiga kirishdim. Og‘riyotgan joyimga sufsuflab ham turdim. Sekin-sekin tuzala boshladim. Allohning marhamati bilan kasallik ketib, shifo kela boshladi. Menga bir necha oylardan beri tinchlik bermayotgan dardim arishni boshladi. Og‘riq qattiqligidan uxlolmasdim. Biror iloj, davo yoxud to‘g‘ri maslahat beradigan shifokor topilmasdi.
Keyin esa dard davosi, kasallik shifosi mana shu buyuk kitobda ekanini bildim. Xususan, “Baqara” surasida. Bu haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “U (Baqara surasi)ga sehr bardosh berolmaydi”.
Sehr tekkan do‘stlarim bilan gaplashdim. Ba’zi birodarlarimni qo‘rqinch, vahima bosganini, boshqalarini qayg‘u-alam chulg‘aganini guvohi bo‘ldim. Ular ham mana shu qadri ulug‘ surani Qiroat qilishda bardavom bo‘ldilar. Tez orada Alloh ularga komil shifo ato qildi.
Sizga tavsiyam shuki, bizlarga dunyo-yu oxiratda hidoyat, nur, shifo-ruqya va zafar-u najot bo‘lmish azim Kitobdan aslo yiroqlashmang.
✍Doktor Oiz Qarniy
📚"Nihoyat, saodatni topdim"

SHAMOL UCHIRGAN IMTIHON VARAQASI
Jiddadagi qirol Abdulaziz universitetida o‘quvchi bir yigit hikoya qiladi: universitet imtihonlari yaqinlashib qolganda dadam qattiq og‘rib qoldilar. Boshlarida turib tuzuk tayyorlana olmadim. Imtihon kuniga bir kun qolganida dadam ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga olib ketdim. O‘sha kechasi do‘xtirlar tinchlantiruvchi ukollar berib, osma ukolga bog‘lab qo‘yishdi. Qo‘limda imtihonga tayyorlanish uchun olib kelgan, darslar xulosasi to‘ldirilgan daftarni ushlagancha dadam boshida o‘tirar ekanman, ko‘zim ketib qolibdi. Ertalab bomdodga yaqin uyg‘ondim. Dadam o‘zlariga kelib, ancha yengillab qolgan ekanlar.
— Dada, bugun birozdan so‘ng imtihon topshiraman, duo qiling, — dedim.
Qo‘llarini ko‘tarib duo qildilar. Ertalab universitetga ketdim. Imtihonga kirdim. Imtihon varaqasini ko‘rib, savollarni o‘qib tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushdi. Dars paytida yaxshi o‘zlashtirgan mavzularni ham dadam xasta bo‘lgan oxirgi kunlardagi tashvishim, asabiylashishim tufayli unutgandek edim. Boshimni changallab o‘tirib, savollarga javob berishga harakat qildim. Vahimaning zo‘ridan javobini bilgan savollar ham miyamda bir-biriga qorishib ketgan edi. Varaqada kelgan oltmish savolning anchasiga xato yozib chiqdim. Bergan javoblarimni kitoblarda kelgan ma’lumotlarga solishtirib tamoman umidim uzildi. Yiqilishim aniq edi.
Bir-ikki kundan so‘ng imtihon natijalari e’lon qilindi. Hamma devorda osilgan ro‘yxatga chopdi. Istar-istamas bordim. Ro‘yxatdan ismimni izlar ekanman, ismimdan ko‘ra hammanikidan ajralib turgan natijaga ko‘zim tushdi. Menga to‘liq baho qo‘yilgan edi! Ko‘zlarimga ishonmadim. Ko‘zimni ishqalab yana qayta qaradim. Baho to‘liq qo‘yilgan. Bunga shubha yo‘q edi. Endi xayolimga boshqa ehtimol keldi: "ustoz yanglishipti.. boshqaning bahosini menga qo‘yib yuboribdi".
Ustozdan buning haqiqatini so‘rab bilish uchun uning xonasiga kirdim.
— Kel, — dedi u. — Nima xizmat?
— Domla, imtihon natijasining anig‘ini bilish uchun kirdim, — dedim. — Menga aniq necha baho qo‘yilgan?
— Isming nima edi?
— Faysal.
— Xo‘sh..., — dedi u ro‘yxatni ko‘zdan kechirib. — Sen to‘liq baho olibsan, xotirjam bo‘l.
— Imtihon varaqamni ko‘ra olamanmi? — dedim men.
— Bilasanmi, — dedi u peshonasini bir qashlab olib. — Imtihon varaqalarini uy balkonida tekshirayotgan edim. Shamol qo‘zg‘alib, varaqalardan birini uchirib ketdi. Farzandlar bilan qancha izlasak ham topa olmadik. Studentlar ro‘yxatini tekshirib, varaqa senga oidligini o‘rgandim. Senga zulm bo‘lmasin deya eng yuqori bahoni qo‘ydim.
Men unga boshimdan o‘tgan voqeani ro‘yi rost hammasini aytib berdim.
— Unda buni dadangga qilgan xizmating evaziga berilgan Alloh in’omi deb bil. Shu zaylda xizmatda davom et, kam bo‘lmaysan, — dedi ustoz.
✍Sayfulloh Nosirxon To‘ra

Forwarded from Foydali ilm🌿|علم نافع
📌Kanal mundarijasi:
#malumot — eng qiziqarli #fakt'lar
#Respekt — biz kabi bandalarning oliyjanob, maqtovga sazovor ishlari
#dolzarb — ummat uchun muhim, dolzarb mavzular
#halallove🌷 — barchasi halol sevgi haqida (e'tibor bering, "halol" deyilyapti☝️)
#tegib_ketsin — ko'ngli bo'shlar o'qimasin!😅
#hikmat — buyuk shaxslar, mashhur kitoblardan iqtiboslar
#eslatma — eslatma va qaydlar
#ibratli — eng ta'sirli, eng ibratli videolar. Ko'ring va ibrat oling!
#ibrat — ibratli postlar (matn holida)
#ibratli_hikoyalar — hayotga real qarab, voqea-hodisalardan xulosa chiqaring!
#dasturlar — telefoningiz uchun manfaatli dasturlar
#foydali — barcha manfaatli ma'lumotlar. Dinimizni chuqur o'rganaylik.
#kitoblar — siz sevgan va o'qishni niyat qilgan kitoblar endi elektron variantda
#nazm — she'riyat olamiga sayohat
#tabassum — tabassum ham sunnatdir. Hayotda "ت" kabi yashang!
#duo — o'zimga va sizlarga atalgan duolar
#audio_hikoyalar — eshiting, faqat yig'lamang
#nashidalar — iymoningizni sal bo'lsa-da, ohang yordamida mustahkamlang
#suralar — Qur'ondan 114 sura
#gózal_qiroat — turli qorilardan go'zal qiroatlar
#hijobim — obunachilarimizdan kelgan hijob hikoyalar
#ramazonim — obunachilarimizdan kelgan ramazonda uy va masjidlarning rasmlari
#Cactus🌵 — kaminaning obunachilarga murojaatim va ijod mahsulim🦦

Bir ayol aytadi: Namoz oʻqiyotgan edim. Bolam menga yaqin joyda baland ovozda meni chaqirayotgan edi. Unga javob bermadim. Oʻsha vaqt undan ikki yosh katta boʻlgan akasi keldi, aytdiki:
"Jim!!! Uyat boʻladi, ikki kishini suhbatini boʻlyapsan! (Onamiz Alloh bilan gaplashyapti)" — dedi.
Ayol aytadi:
Badanimda kuchli titroq his qildim.
Oʻzimdan soʻradim:Oʻsha vaqtda men rostan ham bolam oʻylaganday (holda)midim?
Hali ham har namozga turganimda bu gap mening qalbimni va butun tanamni titratadi.
©alamiy_uz
Bir ayol aytadi: Namoz oʻqiyotgan edim. Bolam menga yaqin joyda baland ovozda meni chaqirayotgan edi. Unga javob bermadim. Oʻsha vaqt undan ikki yosh katta boʻlgan akasi keldi, aytdiki:
"Jim!!! Uyat boʻladi, ikki kishini suhbatini boʻlyapsan! (Onamiz Alloh bilan gaplashyapti)" — dedi.
Ayol aytadi:
Badanimda kuchli titroq his qildim.
Oʻzimdan soʻradim:
Hali ham har namozga turganimda bu gap mening qalbimni va butun tanamni titratadi.
©alamiy_uz
#ibratli_hikoyalar
Turmush o‘rtog‘im bilan uyda kitob o‘qib o‘tirgandik.
Birdan mening telefonimga begona raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi. Go‘shakni ko‘tardim, narigi tomondan notanish keksa ayol ovozi eshitildi: "Yordam bering, ustimdan qulflab ketishgan, yeyishga, ichishga hech narsa yo‘q, jon beryapman!" Va aloqa uzilib qoldi. Men o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim, erimga aytgandim, u meni tinchlantira boshladi: "Qo‘ysangchi, havotir olma, kimdir hazillashgan bo‘lsa kerak..." O‘qishni davom ettirardik-u, ko‘nglim notinch edi. Qayta qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildim. Chaqiruv signalidan keyin, kimdir go‘shakni ko‘tardi, yig‘i ovozi eshitila boshladi, hayajondan baqira boshladim: "Onaxon, kimsiz? Sizga nima bo‘ldi? Qayerda yashaysiz?" Lenin ko‘chasi-manzil, degan qisqagina javob ola oldim xolos. Yana aloqa uzildi. Endi xavotir butun vujudimni qamrab oldi. Erimga gapira boshladim: "U yerda nimadir bo‘lgan. Qo‘l qovushtirib o‘tira olmaymiz!" U menga qaradi-da, boshqachasiga tinchlana olmasligimni tushundi va: "Kel, qo‘ng‘iroq qayerdan bo‘lganini aniqlashga urinib ko‘ramiz", — dedi. Telefon raqamidagi kod raqam bizning shaharga tegishli emasligini anglatardi. Endi tamoman o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim: "Nima qilsak ekan?..." Ammo erim o‘zini yo‘qotmadi, internet orqali o‘sha shahar militsiya bo‘linmasi raqamini topdi. Qo‘ng‘iroq qilib hammasini aytib berdi, o‘zini tanishtirdi va bizga aytilgan manzilni, albatta, tekshirib ko‘rishlarini iltimos qildi. O‘sha kecha uxlamadim hisob. Tuni bilan voqeani anglolmay xavotirlanib chiqdim. Ertasiga esa mening telefonimga yana qo‘ng‘iroq qilishdi.
Notanish kishi o‘zini militsiya xodimi ekanligini aytdi. Uning aytishicha, biz vaqtida harakat qilibmiz. Menga qo‘ng‘iroq qilgan onaxon son suyagini sindirib olganligi tufayli bir necha oydan beri o‘rnidan tura olmas ekan. Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, unga o‘g‘li g‘amxo‘rlik qilarkan. Ularda aloqa uchun telefon bor, lekin onaxon undan foydalanishni hech o‘rgana olmayotgan ekan. O‘sha qo‘ng‘iroqdan ikki kun oldin onaxonning o‘g‘lini ko‘chada mashina urib ketib, reanimasiyaga tushib qolgan, yigit xushiga kelgan, lekin hech narsani eslay olmayotgan ekan. Onaxon esa bu vaqt orasida unga nima bo‘lganini ham bilolmay, joyidan qimirlay olmay yotgan. Qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lganida esa telefon xonaning narigi chetidagi stol ustida ekanini bilibdi. U o‘zining baland qon bosimi bilan kurashib, krovatidan emaklab tushib, stolgacha sudralib borishga majbur bo‘libdi. Telefonni qo‘liga olgach, taxminiy raqamlar tera boshlabdi, lekin uning ingragan ovozini eshitganlar nuqul qizil tugmani bosib qo‘yaveribdi. Bizga qilgan qo‘ng‘irog‘i oxirgisi bo‘lgan, polda yotib olib qo‘ng‘iroq qilaverish onaxonni nihoyatda charchatgan ekan. Militsiya xodimlari eshikni ochganida bunga ham ma’lum vaqt ketgan, ular qo‘ni-qo‘shnilar bilan biroz suhbatlashgan, onaxonni xushsiz holda topishgan. Keyinroq shifokorlar yana biroz vaqt o‘tganida onaxonni qutqara olmasdik, deyishibdi. Shukurki, hammasi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Keyinroq bizga onaxonning o‘g‘li qo‘ng‘iroq qildi, uzoq minnatdorchilik bildirdi va onasi tuzala boshlaganini aytdi. O‘sha kundan buyon odamlarga jiddiyroq e’tibor beradigan bo‘ldim. Chunki hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin ekan. Agar sizda kimgadir yordam berish imkoni bo‘lsa, bu imkoniyatdan albatta foydalaning. Bu voqeani o‘qir ekanman, har birimiz o‘sha keksa onaxon o‘rnida yoki onaxonning qo‘ng‘irog‘iga javob qaytargan oila o‘rnida bo‘lib qolishimiz mumkinligi haqida o‘ylab qoldim...
O‘sha oila o‘rnida biz bo‘lsak, o‘zimizni qanday tutardik? Qayta qo‘ng‘iroq qilarmidik? Boshqa shahar ekanini bilganimizda-chi, u holda harakatlarimiz davomi qanday bo‘lardi?...
✍Gavhar Nasrulloh tarjimasi.

Ajoyib bir novvoy bor edi. Xaridorlar qalbaki pul berishayotganini bila turib ham ularning pulini olar va so‘ragan nonlarini berardi. Yon-atrofidagilar uning bu odatini bilishar va hayron bo‘lishardi. Uning nima uchun bunday qilayotganini sababini hech kim bilmasdi. Nihoyat omonatini topshiradigan fursat yetganda novvoy qo‘llarini ochdi va Yaratganga: "Ey Robbim, yillar davomida odamlarning menga soxta pul berganini va ularni ranjitmay istaklarini bajarganimga O‘zing shohidsan. Men ham bugun huzuringga soxta toat-ibodat bilan bormoqdaman, meni ham ranjitmagin..." — deya iltijo qildi.

Bir kishi aytib beradi:
Kunlarning birida matematika fani ustozim bir umr yodimizda qoladigan gaplar gapirdi, gaplarini namoyish ham qilib berdi.
Doskaga katta 1 raqamini yozdi va dedi: “Bu sizning tarbiyangiz, odamiyligingiz. Hayotda eng muhim hislatlar shular buladi.” 1 raqamidan keyin 0 yozdi va dedi: “Bu esa siz erishgan yutuqlar, tarbiya bilan sizni oʻn karraga yuksaltiradi.” Yana 0 - bu tajriba, qarang inson “100”ga teng boʻldi. Shunday qilib 0 larni yozaverdi - taʼlim, muhabbat, omad... har bitta qoʻshilgan 0 odamni har safar 10 barobar yuksaltiraverdi.
Soʻngra ustozim qator boshida turgan 1 raqamini oʻchirdi. Doskada keraksiz, maʼnosi yoʻqolgan 0 lar qoldi... Ustozim dedi: “Koʻrdingizmi, agar tarbiyangiz va odamiyligingiz boʻlmasa, qolgan hislatlaringiz sariq chaqaga ham teng emas.”

Bir sinfda o‘qiydigan boy qizaloq kambag‘al dugonasiga:
— Oyim yangi moshina sotib oldilar. Mening oyim sening oyingdan boylar. Yana oyim, bizga enaga olib keldilar. Ishga ketsalar, u bizga qaraydi. Oyim sening oyingdan boylar. Oyim bizga mohir oshpaz yo‘lladilar. Bizga eng tansiq taomlar tayyorlaydi. Oyim sening oyingdan boylar. Biz kasal bo‘lsak, oyim hamshira keltiradilar. Kalavatimiz oldida ertalabgacha bizga qarab chiqadi. Oyim sening oyingdan boylar. Oyim bizga o‘qituvchi chaqiradilar. Kelib darslarimizni qildiradi. Oyim sening oyingdan boylar, — dedi.
U gapini tugatmasidan, faqir qizaloq dedi:
— Mening onam eng yaxshi taomlarni o‘z qo‘llari bilan bizga pishirib beradilar. Biz bilan o‘zlari shug‘ullanadilar. Kasal bo‘lsak, ustimizda tonggacha kiprik qoqmay chiqadilar. Darslarimizni mehr bilan o‘zlari qildiradilar. Ularning bizga bo‘lgan muhabbatlarini butun dunyoga almashmayman. Onam biz to‘yib bo‘lsak, keyin bizdan qolgan ovqatni yeydilar. Bizga yumshoq nonni berib, o‘zlari qotganlarini yeydilar. Bizga dori-darmon beradilar. O‘zlari bizdan kasalliklarini berkitadilar. Bizga yangi kiyimlar olib beradilar. O‘zlari yirtilib ketgan oyoq kiyimlarini yamaydilar. Kechirasan, o‘rtoq! Onam sening onangdan ancha boylar!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Dunyoda shunday narsalar borki, barcha boyliklar evaziga bo‘lsa ham sotib olib bo‘lmaydi. Pul bilan o‘lchanmaydi. Muhimi mehr - muhabbat, baxt ichida yashashni anglash kerak, bas.
✍Foydalar tarjimasidan

SHAYTON BILAN QILINGAN
SAVDO
Kitob ko‘rgazmasida dastxat tarqatyapman. Bir beyafandi "Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q" kitobimdan oldi va ismini aytdi. "Oilali bo‘lsangiz, turmush o‘rtog‘ingizning ismi bilan birgalikda yozay", — dedim. "Oilaliman, ammo xotinimning ismi yozilishini istamayman. Bir oydan beri xafalashganmiz. Ismini kitobga yozdirib, ilk qadamni men tashlashni istamayman", — dedi.
Ilk qadamni tashlash! Hamma gap aynan mana shunda. Kibrni sindirish va odim otish. Qanchalar og‘ir botadi, to‘g‘rimi? Ilk qadamni tashlash degani aybdor ekanligini tan olishmi? Men yutqazdim, sen yutding deganimi? Yoki rad qilinish ehtimoliga qarshi himoyalanishmi?
Ayniksa, uzr so‘rash qanchalar og‘ir. Masalan, o‘sha beyafandi uzr haqida gapirgani yo‘q, uzrning mavzuga aloqasi yo‘q. "Sen bilan bunaqa yurishni istamayman" degan ma’noni beruvchi ilk qadamni tashlash ham unga og‘irlik qilyapti.
Kibr shaytonning xazinasidir. Kibrli insonlar ko‘paygan sayin shayton boyib boraveradi. Shaytonning jannatdan quvilish sababi ham kibrdir. Ko'pchilik oilalarda uyni jahannamga aylantirgan narsa ham kibr. Har ikki tomon ham narigi tomon uzr so‘rashini kutadi.
Yaqinlarimiz bilan birga o‘tkazishimiz mumkin bo‘lgan qanchadan-qancha go‘zal damlarni kibr sababli shaytonga sotamiz. Buning evaziga esa berilgan narsa bizni baxtsiz qilishdan boshqa narsaga yaramasligi aniq.
Ilk qadamni tashlash shaytonga "Yo‘q, sen bilan savdo qilishni istamayman, kibrning keragi yo‘q, sevganimni afzal ko‘raman" deyishdir.
Reklamalarda ko‘rsatishadi-ku: foydali xarid. Savdo paytida foydali bo‘lgan narsani tanlash kerak.
Yaqinlarimizni kibrimizni deb yo‘q qilmaylik. Kibr borasida menga juda yoqqan xalq hikoyasini sizlar bilan bo‘lishishni istayman.
📚"Quloq oshiq bo'larkan ko'zdan avval"