Foydali ilm🌿|علم نافع
119 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
218 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
#dolzarb
AYOLNI URMANG!

Bu yerda chiroyli so‘zlar, hadislardan namunalar bo‘lishi mumkin edi. Mushohadaga chorlovchi sarlavha ham. Unday qilmadim, chunki necha oylardan beri “yozmayman, bu mavzuga aralashmayman” deganim sari bu mavzu juda ham ko‘p qarshimdan chiqyapti: kaltaklanayotgan ayollar… (Bu haqda yozish bir necha yillik ruhiy jarohatlarimni tirnashi mumkinligi uchun ham yozmay yurgandim. Ammo ana shu og‘riqlar ichra nimadir yozmasam bo‘lmasligini tushundim.)
Biz kaltaklangan, tahqirlangan, farzandining najasi yedirilgan, zo‘rlangan… hatto o‘ldirilgan, ha-ha, eri tomonidan o‘ldirilgan ayollar haqida ham bemalol, bir tukimiz o‘zgarmay fikr aytiladigan, bu xo‘rlik va vahshiylikka ayolning qaysi aybi sabab bo‘lgani muhokama qilinadigan jamiyatda yashayapmiz. Biz “ayolni urmaslik kerak” degan odamga dushmanona qaraladigan, benomusdan olib, feministga solinadigan jamiyatda yashayapmiz.
Odamlar kimnidir muhokama qilayotganda o‘zini qanday his qilarkin-a? Farishta debmi, avliyo debmi? Birovlarni xuddi o‘zida zarracha ayb yo‘qdek muhokama qilishadi. “Ayol eriga gap qaytarsa, urish mumkin”, “Ayol qaynonadan alohida yashaymiz desa, qaynonaning oldida tahqirlash mumkin”, “Ayol befarosat bo‘lsa, videoga olib sharmanda qilish mumkin”, “Ayol xiyonat qilsa, o‘ldirish shart!” Zamondoshlarimizning fikri bular! Dahshat! Xiyonat haqida yozmoqchi emasman. Barchasiga kifoya qiluvchi, hisob-kitobini to‘g‘rilab, har ishning jazosini ham, mukofotini ham beruvchi Zot bor.
Men erkak tomonidan kaltaklanayotgan, qatl qilinayotgan ojiza xilqatning taqdirini o‘ylayapman. Kelajakni o‘ylab, qizimning, shu millat qizlarining taqdirini o‘ylab tashvishga tushyapman. Jamiyatda ayolni urish mumkin degan fikr shakllangan. Hatto o‘ldirilgan ayolning ham nima uchun eri o‘ldirganini surishtirishadi. Qani ayting-chi, ayolni qaysi aybi uchun o‘ldirish kerak? Umuman, banda bandaning jonini olishi qaysi dinda va qaysi millatda, qaysi urf-odatda mumkin? Kuchlilarning ojizlarga zulm qilishi qayerda yoqlanadi?
Sabab muhim emas, muhimi natija: ayol kaltaklandi va o‘ldirildi! Qaysi jamiyatda ayol kaltaklansa, u jamiyatda botir yigitlar, ma’suma qizlar yetishib chiqmaydi. Chunki alamzada ayol alamini ichiga yutib farzandini qornida ko‘taradi, alamini ichiga yutib, zo‘rg‘a chidab unga sut beradi. Asablar, alamlar, tahqirlarni yutgan farzandlar kim bo‘lib yetishadi? Zo‘ravon erkak, javraqi ayol. Inson tasavvurida erkak va ayol modeli dastlab oilada ota-ona misolida shakllanishi ko‘plab ilmiy kitoblarda tasdiqlangan. Oilada onasining tahqirlanganini, kaltaklanganini, yuz-ko‘zi ko‘karganini ko‘rib ulg‘aygan o‘g‘il farzand ongida “ayolni urish mumkin” degan fikr shakllanadi va kelajakda u ham onasining azoblarini qaysidir sho‘ring qurg‘urga qaytaradi. Bunday oilada katta bo‘lgan qiz esa erkaklarga nisbatan qo‘rquv, nafrat bilan ulg‘ayadi. Erta bir kun turmushga chiqqanda ham eriga mehr bera olmaydi va yana qarabsizki, kaltak yeydi…
Ayolni urish mumkin, o‘ldirish mumkin degan fikrni o‘zgartirmasak, bizni juda ham ayanchli kelajak kutib oladi. Ayoli xo‘rlangan jamiyat – tamom bo‘lgan jamiyat. Unda muhabbatga, go‘zallikka, ezgulikka o‘rin yo‘q. Bu maqolani o‘qiyapsizmi, demak, sizning ham opangiz, singlingiz, qizingiz bordir. Yo‘q bo‘lsa, onangiz bordir… Nahotki, ularni urish mumkin?!

Sitorabonu Shomurodova,
o‘qituvchi
© Facebookdan olindi

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb #foydali
❗️Ayollarning qirqta joni yo‘q

Bilmadim qayerdan chiqqan gap bu, ammo xalq orasida juda mashhur. Bu gap noto‘g‘ri. Bu gap hatto odamgarchilikka ham to‘g‘ri kelmaydi.

Bugun shu haqida gapirishga qaror qildik.

Bu gapni siz ham eshitganmisiz?

©ShavkatHasan

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb
Erta uxla, erta tur!

Hayotda muvaffaqiyatga erishgan insonlarning katta qismi, erta uxlab erta turishga odatlanganidan xabaringiz bormi?

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb
#foydali
Erkak kishi ahlining tarbiyasiga mas’ul, ba'zilar uyga borib telefondan ortmayapti. Ahli oilasining haqqini bajarmayapti!

❗️YAQINLARGA HAM ULASHING

©vaqt_qadri

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb
#foydali
SODDAGINA QIZLAR-A 😊

🎙Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
📌Kanal mundarijasi:

#malumot — eng qiziqarli #fakt'lar

#Respekt — biz kabi bandalarning oliyjanob, maqtovga sazovor ishlari

#dolzarb — ummat uchun muhim, dolzarb mavzular

#halallove🌷 — barchasi halol sevgi haqida (e'tibor bering, "halol" deyilyapti☝️)

#tegib_ketsin — ko'ngli bo'shlar o'qimasin!😅

#hikmat — buyuk shaxslar, mashhur kitoblardan iqtiboslar

#eslatma — eslatma va qaydlar

#ibratli — eng ta'sirli, eng ibratli videolar. Ko'ring va ibrat oling!

#ibrat — ibratli postlar (matn holida)

#ibratli_hikoyalar — hayotga real qarab, voqea-hodisalardan xulosa chiqaring!

#dasturlar — telefoningiz uchun manfaatli dasturlar

#foydali — barcha manfaatli ma'lumotlar. Dinimizni chuqur o'rganaylik.

#kitoblar — siz sevgan va o'qishni niyat qilgan kitoblar endi elektron variantda

#nazm — she'riyat olamiga sayohat

#tabassum — tabassum ham sunnatdir. Hayotda "ت" kabi yashang!

#duo — o'zimga va sizlarga atalgan duolar

#audio_hikoyalar — eshiting, faqat yig'lamang

#nashidalar — iymoningizni sal bo'lsa-da, ohang yordamida mustahkamlang

#suralar — Qur'ondan 114 sura

#gózal_qiroat — turli qorilardan go'zal qiroatlar

#hijobim — obunachilarimizdan kelgan hijob hikoyalar

#ramazonim — obunachilarimizdan kelgan ramazonda uy va masjidlarning rasmlari

#Cactus🌵 — kaminaning obunachilarga murojaatim va ijod mahsulim🦦
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb #ibratli
#tegib_ketsin
🎙Kulardim turklarni ustidan, lekin bir kuni bir turk akamiz...

P.s.: bizda erkaklar ayolining uyda eri uchun qiladigan ishlari, taom tayyorlashi va boshqa millionlaaaaab yumushlari odatiy holdak, bu qilishi kerak edi qilyapti, bu shu ishlarni qilishga majburki, qiladi deb qaraladi.

❗️BALKI QARASHLARNI O'ZGARTIRISH VAQTI KELGANDIR.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#dolzarb
Farzand tarbiyasidan ko'ra internetga ko'p vaqt sarflaydigan onadan yomonroq tarbiyachi bormi?!

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
#dolzarb
#tegib_ketsin
🛍Ehson qilishga odatlanish yaxshi, ammo ko'z-ko'z qilish yaxshi emas.

🔻Kanalga a'zo bo'ling👇
@ilman_nafiian
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb
🎥AYOLLAR DARDI ERKAKLAR TILIDAN

Mass media fondi gender tenglik bo‘yicha juda ta’sirli rolik ishlabdi. Albatta ko‘ring, xulosa qiling.

Har yili 25 noyabrdan to 10 dekabrgacha dunyoning 200 ga yaqin mamlakatlarida "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi o‘tkaziladi. Yurtimizda ham ushbu aksiya doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilyapti.

O‘g‘il farzandingizga ayol ham kimningdir dilbandi ekanini tushuntiring. Qiz farzandingizga esa qaddini baland tutishni o‘rgating! Har bir qiz va ayol eng yaxshisiga loyiq. "Mahalla nima deydi?", "Odamlar nima deydi?" deb qizlarimizni o'qishdan, rivojlanishidan, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishidan, biror lavozimni egallashidan to'xtatmaylik. Qizingizga, keliningizga dalda bo'ling, "Eplaysan, qo'lingdan keladi" deb qo'llab-quvvatlang, katta marralarni zabt etishiga yordam bering. U esa eplaydi.

#AyolAvvaloInson
#Biz_zõravonlikka_qarshimiz