Huquqiy axborot | Lotin
6.12K subscribers
3.62K photos
201 videos
2 files
7.8K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari oshdi

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari rahbar, oʻqituvchi va konsertmeysterlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, bolalar musiqa va sanʼat maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2019-yil 1-oktyabrdan:
👉 direktor va direktor oʻrinbosarlari uchun – 1,5 baravarga;
👉 oʻqituvchilar va konsertmeysterlar uchun – 1,25 baravarga oshirildi.

Shuningdek, qarorga koʻra:
👉 ilgʻor xorijiy tajriba asosida bolalar musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim sifatini baholashning zamonaviy tizimi ishlab chiqiladi;
👉 bolalar musiqa va sanʼat maktablari rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida saralash amaliyoti joriy etiladi;
👉 ushbu maktablar rahbar xodimlarining masofadan turib malakasini oshirish tizimi tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (818-son, 27.09.2019-y.).

Qaror bilan, 78 turdagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati hamda jinoiy harakatni tasniflashda ushbu moddalarning koʻp miqdor koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilotlar hamda axborot vositalarining kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni sotish hamda ularning noqonuniy muomalasi boʻyicha axborotini, dori vositalarini notibbiy maqsadlarda isteʼmol qilish monitoringi natijalarini koʻrib chiqish Ekpert guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ekspert guruhi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Turizm mavsumida “Registon” kompleksi yarim tungacha ishlaydi

Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (828-son, 30.09.2019-y.).

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan hududlardan tashqari Samarqand shahridagi yer uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun “E-IJRO AUKSOIN”da elektron onlayn-auksion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladi.

Shuningdek, shaharning “Universitet hiyoboni”, I. Karimov, A. Navoiy va Pushkin koʻchalarida xususiy investorlarni jalb qilgan holda 2019-2021-yillarda turizm infratuzilmasi tashkil etiladi.

Qarorga koʻra:
👉 “Bogʻi baland” va “Bogʻi Shamol” bogʻlari joylashgan joyni aniqlash orqali qayta tashkil etiladi va tarixiy qiyofasi qayta tiklanadi;
👉 “Sheroz qalʼa” , “Dobussiya”, Revdat shaharchasi – Kofir qalʼa, Afrosiyob shaharchasidagi arxeologik yodgorliklar YUNESKO bilan kelishgan holda restavratsiya qilinadi;
👉 arxeologik yodgorliklar hududida “ochiq osmon ostidagi” muzeylar tashkil qilinadi va tashrif buyuruvchilarni elektron hisobga olish tizimi joriy etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab, turizm mavsumi davomida (mart-noyabr) “Registon” kompleksi har kuni soat 7:00 dan 24:00 gacha ishlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mahalliy undan qolipli non ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozi belgilandi

Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (829-son, 30.09.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyulgacha faqat mahalliy dondan ishlab chiqarilgan undan tayyorlangan qolipli non ishlab chiqarish va sotish QQSdan ozod etiladi.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab
import qilinganda QQSga tortilgan donni qayta ishlash korxonalari QQS boʻyicha soliqqa tortiladigan aylanmani Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.

Shuningdek, qaror bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra yuridik shaxslar belgilangan roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch uchun QQS toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyoz bekor qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va realizatsiyasini monitoring qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (834-son, 02.10.2019-y.) bilan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Davlat soliq qoʻmitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.

Ushbu maʼlumotlar asosida tadbirkorlarning hisobotlari, shuningdek, soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida tegishli tashkilotlardan olingan maʼlumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazorat oʻtkaziladi.

Kameral nazorat natijasida tafovut aniqlansa, soliq toʻlovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan talabnoma yuboriladi.

Tadbirkorlarning faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilsa, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

Adliya vazirligida yangi tayinlovlar

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Nodir Xudayberdiyevich Jumanyozov vazirlikning Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

N. Jumanyozov shu kunga qadar vazirlikning Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasining boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

_______

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Saydaxmedov Akbar Akmalovich vazirlikning Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasining boshligʻi vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

A. Saydaxmedov shu kunga qadar vazirlikning Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

_______

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Nozimbek Mansurbekovich Rustambekov Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

N. Rustambekov shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi yangi lavozimga tayinlanganlarni muborakbod etadi. Ularning kelgusi ishlarida omad tilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Huquqiy axborot” telegram kanali 2 yoshga toʻldi

Oʻz vaqtida huquqiy axborot tarqatishning innovatsion va tezkor usuli sifatida ishga tushirilgan kanal bugungi kunga kelib yuz minglab insonlar uchun ishonchli axborot manbaiga aylandi. Kanal obunachilari soni 200 mingga yaqinlashayotgan ushbu kunda Sizlarga bizni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Ishonchingiz biz uchun qadrli!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Chorva hayvonlarini sugʻurta qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (830-son, 30.09.2019-y.) bilan Aholi xonadonlarida va chorvachilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, chorva hayvonlarini sugʻurtalash uchun sugʻurta qildiruvchi ning ogʻzaki yoki yozma murojaati boʻyicha ixtiyoriy ravishda sugʻurtalovchi bilan shartnoma tuziladi.

Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta mukofoti toʻlaydi va unga sugʻurta polisi beriladi.

Sugʻurta hodisasi (sugʻurtalangan hayvonning nobud boʻlishi, oʻgʻirlanishi va majburan soʻyilishi) roʻy berganda bu haqda dalolatnoma tuziladi.

Sugʻurta qildiruvchining arizasi va taqdim etilgan tegishli hujjatlarga asosan sugʻurta tovoni toʻlab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
21 yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylov sohasida ish tajribasiga va aholi oʻrtasida hurmatga ega fuqarolar viloyat, tuman va shahar hamda okrug va uchastka saylov komissiyalarining aʼzosi boʻlishi mumkin.

Boshqa saylov komissiyalari va siyosiy partiyalarning aʼzolari, hokimlar, prokuratura va sudlarning mansabdorlari, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek nomzodlarga bevosita boʻysunuvchi shaxslar saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.

Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Aholiga davlat hisobidan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam ro‘yxati ishlab chiqiladi

Hukumat qarori (832-son, 30.09.2019 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Ro‘yxat har yili Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli moliya va rejali davr uchun Davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin 15 kundan kechikmay ishlab chiqiladi.

Ro‘yxat tibbiy yordamning quyidagi turlari bo‘yicha shakllantiriladi:
👉 shoshilinch tibbiy yordam;
👉 rejali (shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya) yordam;
👉 ixtisoslashgan (shu jumladan yuqori texnologik) tibbiy yordam;
👉 palliativ tibbiy yordam.

Ro‘yxatga tibbiy xizmatlarning aniq turlari, shu jumladan dori-darmonlar, sarflash materiallari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash kiritiladi.

Ro‘yxat tibbiy xizmatlar turlari va hajmlari belgilab olingan holda, tibbiyot tashkilotlari darajasi bo‘yicha shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, respublikada muqim yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganda asoslantirilgan murojaatlar bilan Ro‘yxatga kiritilgan tibbiy yordamni olish huquqiga ega bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi

Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazib borishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Prezident Farmoni (PF–5841-son, 03.10.2019-y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, har 2 yilda bir marta sentyabr oyida Qoʻqon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi.

Shuningdek, festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ham oʻtkaziladi.

Festivalning asosiy vazifalaridan biri hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, boy madaniy merosni dunyo hamjamiyati oʻrtasida targʻib etishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Veterinariya sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan OTM filiali ish boshlaydi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori (840-son, 03.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali institutning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

Filialda quyidagi bakalavr yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:
👉 Zooinjeneriya;
👉 Veterinariya meditsinasi;
👉 Veterinariya-sanitariya ekspertizasi;
👉 Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.

Filialda oʻquv jarayoni 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi va qabul qilinadigan talabalar soni respublika OTMlariga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Eslatib oʻtamiz, Filial Prezidentning 2019-yil 28-martdagi PQ–4254-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Jizzaxda tibbiyot klasteri tashkil etiladi

Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (838-son, 02.10.2019-y.).

Qarorga muvofiq, ushbu hududda aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish, tibbiy kadrlarni tayyorlashni nazarda tutuvchi zamonaviy tibbiyot klasteri tashkil qilish boʻyicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirishga masʼul boʻlgan “Medical care cluster” MCHJ tashkil etiladi.

2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga “Medical care cluster” MCHJ va loyihani amalga oshirish doirasida MCHJ tomonidan jalb qilingan pudrat tashkilotlari:

👉 yuridik shaxslar daromad soligʻi va QQSni;

👉 respublikada ishlab chiqarilmaydigan, tibbiyot klasterini qurish, jihozlash uchun moʻljallangan materiallarni belgilangan roʻyxat boʻyicha olib kirishda bojxona toʻlovlarini (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi.

Shuningdek, loyiha ishtirokchilari klaster faoliyatini tashkil qilish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash fondidan yagona ijtimoiy toʻlov toʻlashdan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Saylovchilar ro‘yxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manzili kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Shoximardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi

Fargʻona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (843-son, 03.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Fargʻona viloyati hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Shoximardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi.

Direksiyaning asosiy vazifalaridan biri Fargʻona tumani “Shoximardon” va “Yordon” MFYlarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini taʼminlash, ushbu MFYlarning ekoturizm salohiyatini inobatga olgan holda yangi turizm yoʻnalishlarini ishlab chiqishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeks ishlab chiqiladi

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik oʻzgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Prezident qarori (PQ-4473-son, 04.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qonun hujjatlarining loyihalari boʻyicha muhokama natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Vazirlar Mahkamasiga (koʻrib chiqish uchun) kiritiladi.

Bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilishi majburiydir.

Shuningdek, qarorga koʻra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
👉 respublika, viloyatlararo NNTlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari BHMning 4 baravaridan 3 baravarigacha;
👉 viloyat NNTlari uchun – BHMning 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytiriladi.

Faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan NNTni davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji stavkasi BHMning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-fevralga qadar Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov asosida NNTlar rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbek tili mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi

“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, joriy yilning oktyabr oyida “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 30 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanadi.

Qaror bilan ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi va o‘tkaziladigan ommaviy ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Tashkiliy qo‘mitaga tadbir o‘tkazilishi bilan bog‘liq qator vazifalar yuklatildi.

Xususan, umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek tili mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.

Shuningdek, 21-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi san’at saroylarida Qonuni qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirlarini tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat xizmatiga qabul ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Prezident Farmoni (PF–5843-son, 03.10.2019 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida ayrim davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va hududlarda, 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatiga qabul ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshiriladi.

Endilikda, davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish va xizmatchilarning xizmat bo‘yicha o‘sib borishi bilan bog‘liq faoliyatda nomzodlarni adolatli baholab borish va ular orasidan eng munosiblarini tanlashga qaratilgan meritokratiya tamoyili qo‘llaniladi.

Shuningdek, Farmonga asosan davlat fuqarolik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etiladi.

Farmon bilan, Prezident huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Prezidentning davlat xizmati va vakillik organlari bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bir paytning o‘zida Agentlik direktori hisoblanadi.

Shu bilan birga, ushbu Agentlik huzurida Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin