Huquqiy axborot | Lotin
2.86K members
48 photos
8 videos
1 file
822 links
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal

Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot
Download Telegram
to view and join the conversation
#Bilasizmi
#Saylov_2019

Deputatlik odobi qoidalari

Qonunchilikda deputatlarning odob qoidalariga qatʼiy rioya etishi belgilab qoʻyilgan. Ushbu qoidalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yoki mahalliy Kengashlarda faoliyat yuritishidan qatʼi nazar, har bir deputatga taalluqli.

Ushbu qoidalar deputatning oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida majburiy boʻlgan xulq-atvori, maʼnaviy va axloqiy prinsiplarini, shuningdek xulq-atvor qoidalarini belgilaydi.

Masalan, mahalliy Kengash deputati oʻz maqomidan fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Xuddi shunday, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ommaviy axborot vositalarida, matbuot konferensiyalarida, boshqa jamoat tadbirlaridagi chiqishlarida, omma oldidagi bayonotlarida davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning, mansabdor shaxslarning va fuqarolarning faoliyatini sharhlaganda oʻz nutqida ularning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni qoʻllashga, asossiz ayblovlarga yoʻl qoʻyishga, bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanishga, qonunga xilof xatti-harakatlarga daʼvat etishga haqli emas.

Deputatlik odobi buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
#Saylov_2019

Saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilindi

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga koʻra, 2019-yil 22-dekabr – Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni deb belgilandi.

Saylov boʻyicha saylov kampaniyasi 2019-yil 20-sentyabrdan boshlandi.

Saylovni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlar Konstitutsiya, Saylov kodeksi, shuningdek Asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan kanalda Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda saylov qonunchiligiga oid #saylov_2019 rukni ostida saylov qonunchiligiga oid materiallar ham berib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari tegishli mahalliy Kengashlar tomonidan saylovga kamida 80 kun qolganida 7 — 15 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi hamda oʻz vakolatlarini keyingi saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilinguniga qadar amalga oshiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Saylov_2019
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 150 ta hududiy saylov okrugi tuziladi.

Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish uchun 60 tadan ko‘p bo‘lmagan hamda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish uchun 30 tadan ko‘p bo‘lmagan saylov okruglari tuziladi.

Saylov okruglarining ro‘yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan yeri ko‘rsatilgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin tegishli saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Siyosiy partiya oʻzining saylovda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlovchi kamida 40 000 saylovchining imzosini toʻplagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar koʻrsatishi mumkin.

Bunda har bir saylovchi bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyishga haqli.

Saylovchilarning imzosini toʻplash ish, xizmat, oʻqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo toʻplash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshiriladi.

Imzo toʻplayotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majburlash va oʻziga ogʻdirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 70 kun qolganida rais, rais oʻrinbosari, kotib va 6 – 8 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 40 kun qolganida 5 — 19 nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi.

Agar komissiya 7 nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Saylov_2019
21 yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylov sohasida ish tajribasiga va aholi oʻrtasida hurmatga ega fuqarolar viloyat, tuman va shahar hamda okrug va uchastka saylov komissiyalarining aʼzosi boʻlishi mumkin.

Boshqa saylov komissiyalari va siyosiy partiyalarning aʼzolari, hokimlar, prokuratura va sudlarning mansabdorlari, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek nomzodlarga bevosita boʻysunuvchi shaxslar saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.

Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Saylovchilar ro‘yxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manzili kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Okrug saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda telefon raqami, joyi va ovoz berish binosini koʻrsatgan holda saylovchilarni har bir uchastkaning chegaralari toʻgʻrisida xabardor etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019
Saylov uchastkalari okrug saylov komissiyalari tomonidan saylovga kamida 60 kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida 20 va ko‘pi 3000 nafardan oshmagan holda tuziladi.

Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilganda, Qonunchilik palatasi bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tomonidan yagona saylov uchastkalari tuziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Okrug va uchastka saylov komissiyalarini tuzish tartibi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Saylov kuniga qadar mamlakatimizda ovoz berish huquqiga ega saylovchilarning umumiy soni taxminan yigirma million olti yuz ming nafar atrofida boʻlishidan kelib chiqib, har bir saylov okrugidagi oʻrtacha saylovchilar soni 137 ming 279 nafarni tashkil etmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylov oʻtkazish tartibi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin