Huquqiy axborot | Lotin
6.29K subscribers
3.67K photos
228 videos
2 files
7.92K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million soʻmgacha “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, oilaviy bogʻchalar tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlarida va hajmlarda ish haqini toʻlash uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, 2026-yil 1-yanvargacha tomorqa yer egalari bilan kooperasiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga omborxonalarni jihozlash, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so'mdan ortiq bo'lmagan hajmda subsidiya berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 3 va undan ortiq ish o'riniga ega oziq-ovqat do'konlarida bitta nazorat tarozi, maydoni 1500 kv.m va undan ortiq bo'lgan savdo zallarida esa ikkita joyda nazorat tarozilari o'rnatiladi.

Har bir iste'molchi o'zi xarid qilgan mahsulotini mazkur nazorat tarozilarida tortib, tekshirib olish huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eslatma #Bilasizmi

❗️ Ota-onalar quyidagi havola orqali, oromgohlar qanday talablarga javob berishi, oromgoh uchun yo'llanmalar pulida imtiyozlar borligi, oromgohdagi guruhlar tarkibidagi bolalar soni qancha bo'lishi, oromgohlar davomiyligi necha kun bo'lishi va shu kabi boshqa huquqiy eslatmalar bilan tanishishlari mumkin.

Batafsil: https://hudud24.uz/news/farzandini-lagerga-iuboraiotgan-ota-onalar-uchun-khukukii-eslatmalar

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, ikki va undan ortiq 16 yoshga to'lmagan bolalari bor yolg'iz onalarning mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi (1 480 500 so'm) daromadlari soliq solishdan ozod etilishi belgilangan.

✔️ Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotnoma asosida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, FIDE reytingi bo'yicha 1800 va undan yuqori ball to'plagan shaxmatchilarga, istisno tariqasida, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan o'tmasdan imtihonsiz shaxmat bo'yicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish huquqi taqdim etilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
❗️ “Adolat nashrlari”da 10 kun muddat ichida kodekslarning eng so'nggi o'zgartirish va qo'shimchalar bilan chop etish imkoni yaratildi.

✔️ Endilikda, davlat organlari, idoralar va kitobxonlarning takliflarini inobatga olgan holda buyurtma tushgan sanadan 10 kun muddatda barcha turdagi kodekslarni nashr etib berish tizimi yo'lga qo'yildi.

🗓 Bundan buyon har oyda kodekslarni eng so'nggi o'zgartirish va qo'shimchalari bilan muntazam ravishda chop etib borish yo'lga qo'yiladi.

+998 71 233 25 65
+998 33 280 55 40
+998 97 430 19 69
@adolat_nashrlari

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarning 3-4-kurslarida o'qiyotgan shaxslar davlat maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

☑️ Bunda ularga o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotga ega bo'lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, Davlat inson hamda fuqaroning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi.

✔️ Har kim o'z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

⚡️Har kimga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, er va xotinning har biri mashg'ulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erklidir.

📌 Xotiniga (eriga) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to'sqinlik qilish ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka koʻra, kafillik shartnoma boʻyicha boshqa shaxsning majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga olish hisoblanadi.

Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor koʻpgan boshqa zararlarni toʻlaydi.

❗️Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM